Ma’mur qahhorov



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/143
Sana11.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#444229
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   143
Bog'liq
Ma’mur qahhorov

beshta tashqi sezgi
organlari bergan 
ma’lumotdan boshlanadi. Bunday qobiliyat odamdagina 
uchramaydi. Atoqli sufiy alloma Zayniddin Muhammad Gazzoliy 
yozishicha, «besh sezgi(xavosi panjgona) barcha xayvonda ham 
bordur va ko‘zi, qulog‘i, dimog‘i, ta’m bilish, issiq-sovuqni farqlash 
sezgilari yaxshi ishlaydirgan odam xali xayvonot olamidan yuqori 
ko‘tarilmagandir. Odamzotning xayvonotdan farqi uning ko‘ngil 
olamidir. Inson vujudi – tuproqdan, dili – iloxiy nurdan yaratilgandir.
Dil haq taoloning arshi a’lodan insonga ato etgan eng muqaddas 
tuxfasidir. Inson vujudida mana shu dil yoki rux podshodir. Inson 
vujudining barcha a’zolari podshox rux(dil)ning lashkarlari bo‘lib, 
uning amri farmoni bilan ish tuturlar. Rux bo’lmasa, vujud o‘likdan 
farqlanmas». Xullas, alloma tasavvufiy tushunchalarda bayon 
etganidek, sezgilar miyada «qayta ishlanib», yaqqol xissiy obraz-
idrokka birlashtiriladi, ya’ni ong faktiga aylantiriladi. Bu obraz bir bora 
yaratilgach, so‘ngra beiz yo‘qolib ketmaydi, balki xotira va xayolda 
muxrlanadi, binobarin, ong zaxirasida saqlanadi va lozim bo‘lgan 
vaqt va joyda qayta jonlantirilishi, ya’ni tasavvur etilishi mumkin 
bo’ladi. Tasavvur narsaning xissiy obrazini uning o‘zi bilan bevosita 
ta’sirga kirishmasdan xam qayta xosil eta olish xususiyati sifatida xissiy 
bilishning yuqori shakli, mantiqiy bilishga o‘tish uchun o`ziga xos 
«ko‘prik» bo‘lib maydonga chiqadi. 
Ayrim ta’limotlarda haqiqatga na xissiy(empirik), na aqliy (ratsional), 
balki gaybona-ilohiy yo‘l bilan erishiladi, deyiladi. Chunonchi, 
tasavvufchi alloma Ibn Arabiy bilimlarni «kasbiy», ya’ni o‘rganib 
olinadigan va «vaxbiy»-o‘rganilmasdan beriladigan bilimlarga 
bo‘ladi. Uning fikricha, barcha narsalarni «kashfi-shuxud», ya’ni ichki 


dunyo haqiqatlarini tariqqat axliga zoxir bo’lishi orqali anglab olish 
mumkin. «Aqliy bilish, oddiy mantiq xaqiqatni bilib olish yo’lidagi 
parda-xijobdur» - deydi u. Fikrimizcha, tasavvufona, «g‘aybona» 
bilish ilmiy falsafada «oltinchi sezgi» deb nom olgan kuchli ichki faxm 
– intuitsiyaga yaqin qobiliyat bo‘lib, darhaqiqat, ichdan bila va ko‘ra 
olishdek bu o‘ta noyob biluvchanlik xususiyati xar kimga xam nasib 
etavermaydi, biroq uning xis-tuyg‘u va aqldan tamomila mustaqil 
bo‘lolmasligi aniq.
Aksariyat dinlar, ob’ektiv-idealistik falsafiy ta’limotlarda «Olamiy aql» 
tushunchasi ishlatiladi. Naql qilishlaricha, Ollohdan: «Yo rabbimiz! 
Arshi a’lodan xam a’loroq biror narsa yaratdingizmi?» deb 
so’raganlarida parvardigori olam: «Ha, aqlni yaratdim» degan ekan.
«Aqlning qiymatiga teng narsa nadur?» deb so‘ralganida: «Xayxot!
Xech kimsa buni bilishga qodir bo‘lmagay» degan javob bo‘libdi.
Xakim at-Termiziy «Olloh aqldan ustun va sharafliroq biror narsa 
yaratmagan» deya ta’kidlaganda shu haqiqatni nazarda tutgan 
bo‘lsa, ne ajab. Tasavvufda Ollox qudratining mujassami bo‘lmish 
ilohiy va mutloq aql – «aqli kull» ham, oddiy insongagina tegishli «aqli 
ju’z» ham e’tirof etiladi. «Aqli kull»ning qudrati va birlamchiligini inkor 
etish Ollohni inkor etish bilan barobar. Ayni vaqtda «aqli juz» esa haq 
va botilni bir-biridan bexato farqlashga qobil emas. Odam aqli 
ju’zga qaram ekan, xech qachon o‘zligini to‘g‘ri idrok eta olmaydi, 
degan noratsional fikr xam bildiriladi.
Ilmiy falsafa aqlni insonga xudo emas, tabiat ato etgan eng buyuk 
in’om deb biladi. Aql insonni extiros va nuqsonlardan baland 
turibgina qolmay, fazilatlari, iste’dodi, ezguliklaridan maqsadga 
muvofiq foydalanishda ham yordam beradi. «Mantiq tafakkur 
kishilarining tangrisidir» - degan edi nemis adibi va mutafakkiri Leon 
Feyxtvanger. U insonning ma’naviy quroli, bebaxo qomusi. 
Bilish xissiylikdan boshlanib, xis-tuyg‘ulardan oziqlanib, aqliy 
bosqichda – tushuncha, xukm va xulosa kabi mantiqiy shakllarda 
davom etadi. Aql xissiyotning ko‘zini ochadi. Fransuz allomasi J.Fabr 
qayd etganidek, «aql muloxaza yuritish, anglash xususiyatiga, ya’ni 
sabab va oqibatni uzviy bog‘lash, «nima uchun?» degan savolga 
javob berish, tasodiflarni aniqlash, qonuniyatlarni ochish, yangi 
xususiyatlarning yangi sharoitlarga mosligini belgilash, voqealar 
zanjirining boshi va nixoyasini topish xususiyatiga ega.» 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish