fikr yurituvchi qismi “
Falsafiy antropologiya
” deb nomlanadi.
“Antropos” yunonchadan tarjimada “odam” deganidir. Odamning
jismu- tani, ongi, faoliyatining turli jihatlari hususida konkret tabiiy,
ijtimoiy hamda gumanitar fanlar ma’lumot beradi, ammo inson
mohiyatini umumnazariy jihatdan idrok etib, tegishli hulosalar
chiqarish falsafa fanining vazifasidir.
Falsafa tarixida oqimlar, ta’limotlar juda ko‘p bo‘lgan, ammo biror
mutafakkir yoki yo‘nalish inson, uning hayoti va o‘limi
masalasi
hususida falsafiy mushohadalar yuritmay o‘tmagan. Qadim-
qadimdan inson muammosini qizg‘in baxs – munozaralarga mavzu
bo‘lgan asosiy falsafiy masala deyish mumkin. Masalan, diniy –
falsafiy ta’limotlarga ko‘ra, inson – ilohiy ijodning oliy timsolidir.
Insonning butun borlig‘ida, ayniqsa, uning aqlu - zakovatida
yaratuvchi hudoning kuch – qudrati, mehr-shafqati, sahovati, mislsiz
ne’mati namoyondir. Sharq diniy falsafasida inson masalasi hal
qiluvchi o‘rin tutadi. Umuman sharq falsafasi an’anaviy tarzda
insoniylik, insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgandir. Masalan,
buyuk
faylasuf shoir, tasavvufchi M.A.Bedil fikricha, inson olloh
yaratgan, haloyiq etganlar orasida betakror mo‘jizadir: “Sening
ko‘zlaringda, - deb xitob qiladi shoir,— ikki olamninhg – sag‘ir va kabir
olamlarning mazmuni mujassamlashgan. Quyosh shami kabi sen yetti
qavat yeru to‘qqiz qavat ko‘k iqbolining mahzari-ko‘zgusisan”
Ayniqsa, tasavvuf falsafasining “
komil inson
” g‘oyasi Markaziy
Osiyo hududida IX-XV asrlarda keng yoyilgan, uning turli tariqat va
suluklari mintaqaning hayot tarzi va ahloqiy–falsafiy qadriyatlariga
kuchli ta’sir ko`rsatgan. Tasavvufning
markaziy muammosi ham
inson erkinligi, mavjudligini anglashga intilishdan iborat. “O`tkinchi”
dunyo qa’ridan halos bo`lish va samoviy yuksaklikka erishish, olloh
bilan birlikni anglash uning mohiyatini tashkil etadi.
Inson muammosiga fan ham o‘z nuqtai nazaridan yondoshib
kelgan. Olimlar o‘z hulosalarida inson zotini goh tabiiy-biologik, goh
ijtimoiy, goh siyosiy deb ta’riflab, bir o‘rinda tafakkurni, aqlni, boshqa
o‘rinda ruhiyatni, uchinchi bir o‘rinda ma’naviyatni, boshqa bir
nuqtai
nazardan mehnat qobiliyatini, yana boshqa bir nuqtai
nazarga ko‘ra esa, hattoki, shahvoniyatni uni ta’riflovchi asosiy
hususiyat sifatida ko‘rsatib kelganlar. Inson ko‘pdan - ko‘p ichki va
tashqi omillar, hususan, tabiat, kosmos, jamiyat, hudo bilan
aloqadorlikdagi, ichki tomondan esa ruh (jon), aql, hissiyot,
ma’naviyat bilan bog‘langan mavjudot sifatida tahlil qilingan.
Falsafiy oqim va yo‘nalishlarga kelsak, materializm falsafasi an’anviy
ravishda insonni materiyaning bir bo‘lagi, aniqrog‘i, his qiluvchi, jonli
materiya deb qarab keladi. O‘lim natijasida insonning moddiy vujudi
boshqa moddalarga parchalanadi. Idealizm falsafasida, hususan,
ob’yektiv idealizmda inson olami Mutloq ruh yoki g‘oyaning
mahsuli. Sub’ektiv
idealizmda inson, uning “Men”i—butun olamning
markaziy nuqtasi, jami narsa- hodisalarning yaratuvchisi deb talqin
etiladi. Qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor “Inson-hamma narsaning
o‘lchovi” deganda shu g‘oyani lo‘nda ifoda etgan. Sokratning
“Avval o“zingni angla, shunda dunyoni anglaysan” degan iborasi
ham “Inson – butun borliqning mujassamidir” degan sub’ektiv-
idealistik talqin uchun yo‘l ochadi.
Insonning mohiyati haqidagi baxs-munozaralar falsafa fanida uzoq
vaqt davom etgan. XIX ars o‘rtalariga kelib odam haqidagi mavhum
umumiy mulohazalar o‘rnini real inson haqidagi konkret
mushohadalar egalladi. O‘tmishning, shu jumladan,
diniy falsafa
targ‘ib etgan o‘rta asrchilikning mo‘min-qobil inson haqidagi
aqidalari yangi, kapitalistik tuzum talab qilayotgan faol,
tashabbuskor, ishchan inson haqidagi tasavvurlar bilan o‘zaro zid
kelib qoladi. Bu falsafiy ta’limotlarda ham o‘z aksini topdi. Dastlab
daniyalik faylasuf S.K’erk’egorning “ilohiy dunyo boshqa, insoniy
dunyo boshqa,” degan ekzistensializm ruhidagi g‘oyasida, so“ngra
nemis faylasufi L. Feerbaxning insonni ijtimoiy mavjudot sifatida
qarashga chaqiruvchi “Din – insonning o‘zini-o‘zi anglashidir” degan
tamoyilida ifodalanadi. Shu singari
yangicha falsafiy qarashlar
insonni baholashda shu vaqtgacha hukmron bo‘lib kelgan “Inson
hudo yoki mutloq ruhning mahsuli, faoliyatsiz, passiv narsa” deya
baholashlariga chek qo‘ydi, insonni ijtimoiy vujud deb qarashga,
jamiyatda mavjud ijtimoiy munosabatlarning ifodasi, mahsuli ,
majmui deb ta’riflashga imkon yaratdi.
Darhaqiqat,
“inson”
so`zining
etimologiyasiga
nazar
tashlaganimizda ham buni sezish mumkin. Ma’lumki, qadim-
qadimdan jami mavjudotlarni “ins” va “jins” ga ajratish urf bo‘lgan.
Ertak va rivoyatlarda naql qilinishicha, “ins” odam zotini bildirsa, “jins”
unga zid bo‘lgan jin- ajinalarni anglatadi. “Ins” so‘zi ko‘plikda
“inson”deganidir, bu so‘z ostida g‘ayritabiiy,
ruhiy jin-ajinalardan
farqli real, hissiy odam tushuniladi. Demak,
inson
real borliqning uzviy
qismi, qism bo‘lganda ham oddiy emas, balki murakkab qismidir.
Unga ijtimoiy his-tuyg‘ular, munosabatlar ijtimoiy qiyofa va faoliyat
hosdir. Bu hususiyatlar insonga “yuqori”dan baxsh etilmagan, ular
tug`ma ham emas, balki aniq ijtimoiy – tarixiy mohiyatga egadir.
Odam o‘z yaratuvchilik faoliyatida moddiy va madaniy boyliklarni
yaratish bilan kifoyalanmaydi, shu asnoda u oz’-o‘zini ham “yaratib”,
mukammallashtirib boradi. Insonni boshqa mavjudotlardan ajratib
turuvchi eng muhim hususiyat ham huddi shunda, tarixni,
madaniyatni, o‘zini – o‘zi yaratuvchilik, sub’ektlik hususiyatidir.
II.
Do'stlaringiz bilan baham: