alqaro Mehnat Konferentsiyasi-bu Xalqaro Mehnat Tashkilotining yuqori organi hisoblanadi. Xalqaro Mehnat Konferentsiyasining ishi maxsus Reglament bilan belgilanadi. U har yili iyun’ oyining boshlarida Jenevada to`planadi. Uning ishi ilgari uch hafta davom etardi. 1944 yildan boshlab Konferentsiyaning ishi to`rt kunga qisqaradi. Har bir davlat Konferentsiyaga to`rt delegat yuboradi, ular hal qiluvchi ovozga ega bo`ladilar. Bu delegatlarning ikki nafari xukumatdan va bittadan mehnatkashlar va tadbirkorlardan bo`ladi. Bundan tashqari, ko`p mamlakatlarning delegatsiyalari tarkibiga maslahatchilar ham kiritiladi, yirik delegatsiyalarning tarkibi 40-50 kishiga etadi. Konferentsiyada hammasi bo`lib Xalqaro Mehnat Tashkiloti a`zolari bo`lgan mamlakatlarning 1500-2000 vakili ishtirok etadi. Xukumatlar delegatlarining ko`plari o`z mamlakatlarida mehnat masalalariga javob beradigan shaxslar bo`ladilar. Har bir Konferentsiyada faxriy mehmonlar sifatida bir yoki ikki davlat yoxud xukumatning boshliqlari so`zga chiqadilar.
Xalqaro Mehnat Konferentsiyasining tuzilishi ancha murakkab va ko`p qatlamli bo`lib, u 4-jadvalda ko`rsatilgan.
Xalqaro Mehnat Konferentsiyaning tuzilishi.
Xalqaro Mehnat Konferensiyasi
Tarmoq qo`mitalari
Mintaqaviy Mehnat Konferensiyalari Ma’muriy Kengash
Bosh direktor
Xalqaro Mehnat Byurosi
Xalqaro Mehnat Byurosining mintaqaviy bo`limi
Ko`p mavzuli maslahat гурущлари
Kasb va texnik malakani oshirish
Xalqaro markazi
Mehnat muammolarini
tadqiq qilish Xalqaro instituti
Koferentsiyada tashkil etilagan bir qator qo`mitalar doimiy qo`mitalar hisoblanadi. Ularga quyidagilar kiradi:
1.Farmoyish beruvchi qo`mita; u Konferetsiya va qo`mitalar ishining dasturi va vaqtini tartibga soladi, yangi qo`mitalar tuzish haqidagi takliflari ishlab chiqadi.
2.Vakolatlarni tekshirish qo`mitasi; u delegatlar va ular maslahatchilarining vakolatlarini tekshiradi, shuningdek, vakolatlar munosabati bilan shikoyatlarni qarab chiqadi.
3.Moliyaviy qo`mita xukumat vakillariga taalluqli bo`lib, xukumatlarning a`zolik badallarini to`lash, qarzlarni uzish, byudjet smetalari, dasturlar va mintaqalar bo`yicha xarajatlarni taqsimlash yuzasidan takliflar masalalarini qarab chiqadi.
4.Konventsiyalar va tavsiyalarni tatbiq etish qo`mitasi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti a`zolari bo`lgan mamlakatlar xukumatlari tomonidan taqdim etiladigan konventsiyalarning bajarilishi to`g`risidagi ma`lumotlar va ma`ruzalarni qarab chiqadi, ana shu masalalar yuzasidan ayrim mamlakatlar xukumat vakillarining chiqishlarini eshitadi va Konferentsiyaga ma`ruza taqdim etadi.
5.Tarmoq qo`mitalari. Tarmoq qo`mitalari Konferentsiya doirasidan tashqari, xalq xo`jaligining ayrim tarmoqlari uchun xarakterli bo`lgan ijtimoiy-mehnat munosabatlarini xalqaro darajada muhokama qilish uchun tashkil etilgan. Tarmoq qo`mitalari kimyo, ko`mirchilik, qurilish, oziq-ovqat, xizmat ko`rsatish sohasida, ichki transport, yog`och ishlash sanoati, shuningdek, plantatsiya kabi tarmoqlarni qamrab oladi.
Shtab xonasi jenevada bo`lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |