Mamlakatlarida ekstremal va togʻ turizmi milliy iqtisodiyotda sezilarli



Download 0,55 Mb.
bet1/2
Sana18.01.2020
Hajmi0,55 Mb.
#35547
  1   2
Bog'liq
extermal turizm

Bugungi kunda, dunyoning koʻplab mamlakatlarida

ekstremal va togʻ turizmi milliy iqtisodiyotda sezilarli

daromad keltiradigan sohalardan biri hisoblanadi.

Soʻnggi yillarda turizm sohasining jadal rivojlanishi

va turizm xizmatlari sifatining yaxshilanishi natijasida

- ekstremal, ekoturizm, agroturizm, arxeologik,

etnografik va boshqa turizmning noanʼanaviy turlari

faol rivojlantirilmoqda. Ayniqsa, ekstremal va togʻ

turizmi tez suratlarda ommalashmoqda. Oʻzbekistonda

ekstremal va togʻ turizmining eng rivojlangan turlari

orasida togʻ choʻqqisini zabt etish, gʻorda sayr etish,

snoubord, togʻ velosipedi, paraplan va deltaplanda

uchish va albatta togʻ changʻisi ajralib turadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2

dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining turizm

sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari

toʻgʻrisida”gi PF-4681-sonli Farmoni ushbu

yoʻnalishdagi ishlarning samaradorligini oshirishda

muhim dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda. Albatta,

estremal va togʻ turizmini rivojlantirishda jamoat

tashkilotlarining roli juda muhim. Shu nuqtai nazardan,

Oʻzbekiston Ekstremal va togʻ turizmi federatsiyasi

tashkil etilgan. Federatsiya tomonidan turizm sohasida

har yili yirik bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda,

jumladan, “Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish

kuniga bagʻishlangan “Chimyon sadolari” ekoturizm

festivali”, “Toshkent quyoshi” motofestivali, “Sport

turizmi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi”, “Off-road yoʻl

tanlamas avtoturizm musobaqasi” va boshqalar. –

Federatsiyamiz 2007 yildan buyon faoliyat koʻrsatib

kelmoqda - deydi federatsiya raisi Leonid Kozlovskiy.

2018 yildan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm

rivojlantirish davlat qoʻmitasi bizni oʻz “qanoti” ostiga

olganidan soʻng, davlatimizning bizning faoliyatimizga

haqiqiy eʼtiborini sezdik. Soʻnggi paytlarda

mamlakatimizda turizm sohasi jadal rivojlanmoqda,

xususan, diqqatga sazovor joylarni sayohat qilish istagini

bildirayotganlar soni ortmoqda, xizmat koʻrsatish sifati

yaxshilanmoqda, yangi turizm yoʻnalishlari yaratilmoqda.

Afsuski, mamlakatda togʻ sporti turlari va togʻ turizmini

rivojlantirishda professional tashkilotlar mavjud emas,

shahar va togʻli hududlarda oʻquv-mashgʻulotlari

maskanlarini tashkil etish zarur. Turizmni rivojlantirish

davlat qoʻmitasining institutsional koʻmagida,

Federatsiyaning off-road (yoʻl tanlamasi) avtomobillarda

sayyohlik yoʻnalishi jadal rivojlanmoqda, jumladan, off-

road avtoralli boʻyicha musobaqasi oʻtkazildi,

shuningdek, GPS-yoʻnaltirilgan avtomobil musobaqasini

oʻtkazish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Bektemir tumani hududida mamlakatimizda ilk

marotaba 22 ta avtotransport ishtirokida, yengil va oʻrta

kategoriyada off-road avtoralli “Road instinct”

musobaqasi oʻtkazildi. Bundan tashqari, GPS-navigatorlar

yordamida yoʻnalishlar tanlab olindi. Tadbir natijasida,

Rossiya Federatsiyasi, Qirgʻiziston va Qozogʻistondan

avtoturistlarni jalb qilgan holda 2019 yil oktabr oyida

xalqaro off-road avtoralli musobaqasini oʻtkazish

boʻyicha kelishuvga erishildi. Ayni kunda, musobaqa

hakamlari guruhi shakllantirilmoqda. Joriy yilda Turizmni

rivojlantirish davlat qoʻmitasi koʻmagida Federatsiya

tomonidan “SKY accuracy cup 2019” paraplanda uchish

va aniq qoʻnish boʻyicha musobaqa, “Lakeopenair”

avtosayyohlar yozgi festivali,“Chimgan Air Battle-2019”

paraplanda uchish boʻyicha Oʻzbekiston ochiq

chempionati, “4x4 Energy” avtoralli festivali, avtoturizm

boʻyicha xalqaro musobaqalar, GPS-yoʻnalishida yangi

marshrut oʻtkazish va boshqa tadbirlarni tashkil etish

rejalashtirilgan. “Federatsiya faoliyatining koʻlami

kengayib bormoqda, biz nafaqat turizmning ekstremal

turlarini, balki togʻ velosportini, velomotokross,

mototurizm, paraplan va deltaplanda uchishni

ommalashtirish bilan shugʻullanamiz. Federatsiyamizda

mualliflik qoʻshiqlari va sheʼriyatning “Archa” ijodiy

uyushmasi, “Oʻzbekiston qanotlari” paraplan va

deltaplanda uchish birlashmasi, mototurizm hamda togʻda

tez yugurish sportchilar jamoasi faoliyat olib boradi. –

deydi Leonid Kozlovskiy. Xulosa oʻrnida aytish joizki,

turizmni jadal rivojlantirishga jamoat tashkilotlarini keng

jalb qilinishi sayyohlik yoʻnalishlarini koʻpaytirish va

ommalashtirishga katta hissa qoʻshadi

Mamlakatimizda turizm industriyasini yanada rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini yuksaltirish, yurtimizga kelayotgan xorijlik sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston

Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni

ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada

muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Toshkent viloyatida turizm, ayniqsa, snoubording,

paraplan va deltaplanda uchish, velosport, motosport,

ekstremal sport turlari, ekologik turizmni rivojlantirish

uchun tabiiy sharoit va imkoniyatlar mavjud.

Viloyatdagi mahalliy va xorijiy turistlarga xizmat

ko‘rsatuvchi 120 korxona kuniga 2 ming 440 sayyohga

xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari,

hududda 45 mehmonxona, 71 sanatoriy va dam olish

maskani mavjud. Joriy yilda viloyatga kelgan sayyohlarga

xizmat ko‘rsatish hajmi qariyb 72,6 milliard so‘mni tashkil

etgan yoki o‘tgan yilga nisbatan 106 foizga o‘sgan. Turizm

xizmatlari eksportning 44,6 million dollarini tashkil etadi.

– Yurtimiz boy madaniy-ma’naviy merosi, sharqona

turmush tarzini o‘zida aks ettiruvchi urf-odatu an’analar,

xalqimizning mehmondo‘stlik fazilatlari, so‘lim go‘shalari va

ko‘plab muqaddas qadamjolari bilan dunyo sayyohlarini

o‘ziga jalb etadi, – deydi Toshkent viloyati hokimligi

huzuridagi turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha

kotibiyat mudiri J.Mashrapov. – Viloyatda ayniqsa, ziyorat

va gastronomik turizm rivojlangan bo‘lib, sayyohlarning

aksariyat qismi Bo‘stonliq tumanida joylashgan Ansoriy

bobo, Shayx Umar Vali, Ikrom ota, Parkent tumanidagi

Bobomochin, Said ota va Suzuk ota kabi yodgorlik

qadamjolarini ziyorat qilish uchun keladi.

Viloyat yuqori ekoturizm salohiyati, ulkan tog‘ tizmalari,

noyob hayvonot va nabotot dunyosi, qulay iqlimi bilan

ajralib turadi. Birgina 574,6 ming gektar maydonni

egallagan “Ugom-Chotqol” milliy bog‘ida 230 turdagi

hayvon, 1 ming 800 o‘simlik turi, 4 tabiiy ko‘l (Urungach,

Bodak, Shovuri, Ixnoj) mavjud. Shuningdek, Chotqol

biosfera qo‘riqxonasi va ko‘plab o‘rmon xo‘jaliklari faoliyat yuritadi.

Joriy yilning oktabr oyida poytaxtimizda o‘tkazilgan “Ipak

yo‘lida turizm” 23-Toshkent xalqaro sayyohlik

yarmarkasida yuzlab xorijiy mehmonlarga yurtimizda

tashkil etilgan madaniy-tarixiy, ekologik sayohatlar, xizmat

ko‘rsatish va servis sohasi, sog‘lomlashtirish, gastronomik

turizm kabi barcha zamonaviy yo‘nalishlar namoyish etildi.

Toshkent viloyatining tog‘li qishloqlarida yashaydigan aholi

xonadonlarida sayyohlar uchun tashkil etilgan “Mehmon

uylari” yarmarka ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Zamonaviy andozalar asosida yaratiladigan “Mehmon

uylari”ni Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron-Angren

turistik klasterlaridagi 162 aholi xonadonida tashkil etish

bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Sayyohlarning qolish

muddatini uzaytirish maqsadida milliy urf-odatlar, to‘y

marosimlari, ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish, tabiatning

so‘lim go‘shalari, xushmanzara tog‘ yonbag‘irlariga

sayohatlar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 5-dekabrdagi “Chorvoq” erkin

turistik zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni Toshkent

viloyatining turistik salohiyatidan foydalanish

samaradorligini oshirish, rivojlantirish va yangi turistik

yo‘nalishlarni shakllantirgan holda, zamonaviy investitsiya

loyihalarini amalga oshirish yo‘li bilan yangi ish o‘rinlari

yaratish, aholi daromadlari o‘sishini ta’minlashni ko‘zda tutadi.

– Milliy turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turizm

bozorida faol targ‘ibot qilishga qaratilgan bunday sa’y-

harakatlar bejiz emas, – deydi O‘zbekiston Respublikasi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati

bo‘yicha vakolatli vakili M.Ismoilov. – Tashkil etilayotgan

“Chorvoq” erkin turistik zonasi O‘zbekistonda dastlabkisi

bo‘lgani tufayli o‘ziga xos innovatsiya xarakteriga ega.

Uning faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish

imkoniyati bilan 30 yil etib belgilangani zona ishtirokchilari

sifatida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini

kengaytirish, bojxona va soliqlar bo‘yicha imtiyoz va

preferensiyalar yaratilishiga imkon beradi. Hududning

ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda, transport

vositalari arzonligini ta’minlash maqsadida hududda

poyezd, elektropoyezd va avtobuslar harakati yo‘lga

qo‘yiladi. Kelgusida Toshkent – Chimyon-Chorvoq kurort-

rekreatsiya zonasi yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi tashish

tizimini kengaytirish, ularning to‘xtovsiz harakatini ta’minlash rejalashtirilgan.

Muqobil va qayta tiklanadigan manbalarni qo‘llagan holda

yangi zamonaviy energiya tejovchi tizim va

texnologiyalarni sinov tariqasida joriy qilish asosida o‘ziga

xos ekologik tizim yaratishga alohida etibor qaratiladi.
Farmonda vakolatli vazirlik va idoralarga erkin turistik zona

hududida xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini,

sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini muassasalari,

ularning zamonaviy jihozlar va yuqori malakali kadrlar

bilan ta’minlanganiga asosiy e’tibor qaratgan holda,

turistlarga sifatli tibbiy xizmat, jumladan, shoshilinch va

kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishni yo‘lga

qo‘yish kabi bir qator vazifalar ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Sayyohlik sohasi jahon miqyosida jadal rivojlanmoqda.

Ko‘plab mamlakatlarda tashkil etilgan erkin turistik zonalar

avvalo, xalqlarning savdo-sotiq madaniyati, urf-odati, milliy

ma’naviyat va mehmondo‘stlik kabi ezgu qadriyatlari bilan bog`liqdir.

Bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiyotida sezilarli daromad keltiradigan sohalardan biri ekstremal va tog‘ turizmi hisoblanadi. Jahon turizm tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu sohaning yillik daromadi bir necha trillion dollarni tashkil etadi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham – ekstremal,


ekoturizm, agroturizm, arxeologik, etnografik kabi
turizmning noan’anaviy turlari faol rivojlantirilmoqda.
Ayniqsa, ekstremal va tog‘ turizmi tez suratlarda ommalashmoqda.
O‘zbekistonda ekstremal va tog‘ turizmining eng
rivojlangan turlari orasida tog‘ cho‘qqisini zabt etish, g‘orda
sayr etish, snoubord, tog‘ velosipedi, paraplan va
deltaplanda uchish va albatta tog‘ chang‘isi ajralib turadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2
dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini
jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
farmoni ushbu yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini
oshirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.


Albatta, ekstremal va tog‘ turizmini rivojlantirishda jamoat
tashkilotlarining roli juda muhim. Shu nuqtai nazardan,
O‘zbekiston Ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi tashkil etilgan.

– Federatsiyamiz 2007 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib


kelmoqda – deydi O‘zbekiston Ekstremal va tog‘ turizmi
federatsiyasi raisi Leonid Kozlovskiy. – 2018 yildan
boshlab, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bizni o‘z
“qanoti” ostiga oldi. So‘nggi paytlarda mamlakatimizda
turizm sohasi jadal rivojlanmoqda, xususan, diqqatga
sazovor joylarga sayohat qilish istagini bildirayotganlar

soni ortib, xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanishi natijasida


yangi turizm yo‘nalishlari yaratilmoqda. Afsuski,
mamlakatda tog‘ sporti turlari va tog‘ turizmini
rivojlantirishda professional tashkilotlar mavjud emas,
shahar va tog‘li hududlarda o‘quv-mashg‘ulotlari
maskanlarini tashkil etish zarur.
Mutaxassisning ma’lum qilishicha, federatsiya tomonidan
turizm sohasida har yili bir qator tadbirlar tashkil
etilmoqda. “Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish
kuniga bag‘ishlangan “Chimyon sadolari” ekoturizm
festivali, “Toshkent quyoshi” motofestivali, “Sport turizmi
bo‘yicha O‘zbekiston kubogi”, “Off-road” yo‘l tanlamas
avtoturizm musobaqasi va boshqalar shular jumlasidandir.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining institutsional
ko‘magida, federatsiyaning off-road (yo‘l tanlamasi)
avtomobillarda sayyohlik yo‘nalishi jadal rivojlanmoqda.
Yaqinda Bektemir tumani hududida mamlakatimizda ilk
marotaba off-road avtoralli “Road instinct” bo‘yicha 22 ta avtotransport ishtirokida musobaqa o‘tkazildi.

– Federatsiya faoliyatining ko‘lami kengayib bormoqda, –


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish