Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida axborotkommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati har qachongidan ham dolzarb bo’lib hayotiy zaruratga aylangan
KIRISH Yurtimizda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va ma’lumot uzatish tarmoqlari, internet xizmatlarini rivojlantirish, zamonaviylashtirish, ularni dunyo standartlariga yetkizish va shu asosda "Global axborotlashgan jamiyat" sari ildam borish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborotlashgan jamiyat barpo etish O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Jamiyatda yangidan-yangi axborot va telekommunikatsiyalar xizmatlariga bo‘lgan extiyoj zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish yo‘lini belgilab beradi. Bugungi dunyoda telekommunikatsiyalar jamiyat va iqtisodiyotni xarakatlantiruvchi asosiy kuchga aylangan.
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida axborotkommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati har qachongidan ham dolzarb bo’lib hayotiy zaruratga aylangan. Mamlakatimizda qay bir soha rivojiga ahamiyat bermaylik, ularning zamirida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining hissasi yuqori bo’layotganini ko’ramiz. Istiqlolning dastlabki yillaridanoq axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini har tomonlama ravnaq toptirish, uning huquqiy-tashkiliy hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, soxa uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan katta e’tibor tufayli AKTni zamon talablariga muvofiqlashtirish va takomillashtirish dasturi yaratildi. Tarixan qisqa davrda AKTning mustahkam infratuzilmasi, malakali kadrlar tayyorlash tizimi shakllantirildi. Axborot texnologiyalarining davlat boshqaruvi va ishlab chiqarishda keng joriy qilinayotgani natijasida tarmoq muntazam kengayib, uning ahamiyati yanada ortib bormoqda. Respublikamizda bugun telekommunikatsiya soxasida bir qancha davlat va tijorat tashkilotlari o’z xizmatlarini taklif etib kelmoqda
Jumladan na’muna uchun «O’zbektelekom» AK- butun O’zbekiston Respublikasi hududini o’z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik telekommunikatsiyalar operatoridir. Kompaniya mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish bo’yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Internet tarmoqidan foydalanish, videokonferensaloqa xizmatlarini taqdim etadi, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi.
O‘zbekistonda «misdan optikaga» o‘tish jarayoni keng ko‘lamda davom etmoqda. 2019 yil boshidan buyon «O‘zbektelekom» AK aholi va ijtimoiy ob’yektlarga GPON texnologiyasidan foydalangan holda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun 5000 km.dan ortiq optik tolali aloqa liniyalarini o‘rnatdi. Yil oxiriga qadar O‘zbekiston bo‘ylab fuqarolarning uylariga bir necha o‘n minglab kilometr optik tolali aloqa liniyalari yotqiziladi.
Shuning uchun ham optik tolali abonent liniyalarini qurishda GPON texnologiyasidan foydalanish axamiyatlidir.