PR-0,5 pal olgich-marza tekislagich. T-4A traktoriga o‘rnatib ishlatiladigan, gidravlik boshqariladigan qurilma bo‘lib, ko‘ndalang va bo‘ylama marzalar tortadi, ayni vaqtda marzalarni tutashtirib ketadi, dalalarga yaxob berish va tuproqni sho‘rini yuvish vaqtida egatlar va muvaqqat o‘qariqlarni ko‘mib, pushta va marzalarni buzib tekislaydi.
(1.2-rasm) Pal olgich-marza tekislagichning qismlari marza tekislagich, pal olgich va tuproq to‘kib marzalarni tutashtiradigan kovshdan iborat. [9]
Ma’lumki, osma pal olish qurilmasi rama, yon tomonga tuproq chiqaruvchi otvallar va tayanch g‘ildiragidan iborat. Biroq, ma’lum pal olish qurilmasi ko‘ndalang pallarni olish jarayonida bir vaqtning o‘zida birlashmalarni yopish (qoplash) ishlarini ta’minlay olmaydi. Buning natijasida qo‘shimcha texnologik jarayon talab qilinadi.
1.2-rasm.
a) Qurilmaning ishchi xolatida yon tomonidan ko‘rinishi, b) qurilmaning yuqoridan ko‘rinishi;
1- rama; 2- yon tomon otvallari; 3, 6- ko‘ndalang brus; 4- kronshteyn;
5- kovsh; 7- tayanch g‘ildiragi; 8- gidrosilindr; 9- qayta o‘rnatish tirkagi;
10- bosimli moslama ;
11- kengaytirgich;
Bundan tashqari bugungi kunda jahonda qishloы xo‘jalik texnikalariga bo‘lgan talab yuqoriligi va raqobatning yuksalishi tufayli pol oluvchi qurilmalarning ham zamon talabiga javob bera oladigan turlari chiqarilmoqda. Masalan “Lahore Agro Farm Industries” ishlab chiqqan diskli ish jihozli pol olish qurilmasi. (1.3-rasm) [10]
1.3-rasm. Lahore Agro diskli ish jihozli pol olish qurilmasi.
Bundan tashqari “ AS2” deb nomlangan pol oluvchi qurilma.
(1.4-rasm).Bu qurilma 2 ta freza, pol shaklini tuzuvchi korpus, o‘lcham to‘g‘irlagichlardan tuzilgan.
“AS2”ning pol olish soni 1 ta bo‘lib 50 – 60 sm kenglikda pol hosil qiladi. Frezalar turoqni yumshatib kurilma o‘rtasiga yig‘adi va pol shaklini berivchi korpus tuproqqa shakl beradi. [11]
1.4-rasm. AS2 ikki frezali pol olish qurilmasi.
Frezali pol hosil qilgich qurilmalari ichida “B12” ham alohida o‘rin tutadi. (1.5-rasm) “B12” yon tomonlarga o‘rnatilgan 2 ta freza, reduktor, transmissiya, korpus va pol hosil qiluvchi tortqili mexanizmdan tuzilgan.
1.5-rasm. B12 ikki frezali pol olish qurilmasi.
Kartoshka, qupupnay va boshqa poliz yekinlarini yekish uchun mo‘ljallangan pol olish qurilmalari ham mavjud. Ular mexanizassiyalashganligi va ish unumdarligi yuqori bo‘lgani bilan ye’tiborlidir.masalan PG-2,6 kurilmasini ko‘radigan bo‘lsak, (1.6-rasm) bu qurilma faol ish jihoziga yega bo‘lgan,bir martada 4 ta qator pol hosil qiladigan agregatdir. Haydov va chopiq traktorlariga agragatlanadi. [11]
1.6-rasm. PG-2,6 to‘rt qatorli pol hosil qilish kurilmasi
Bu kabi zamonaviy, ish unumdorligi yuqori, universal va mehnat xarajatlarini iqtisodiy tomondan tejovchi qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari kelajagimizni bardavom yetuvchi vositalardir. Zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish davr talabi, o‘sib borayotgan qishloq xo‘jaligi yendi yangi ko‘rinishda aks yetmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |