1.2.Bo‘ylama va ko‘ndalang pol olish qurilmasining mexanizatsiyalashganlik darajasi va texnik sirvis ishlarining tashkil etilganligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2018-yil 1-yanvardagi Qishloq xo‘jaligining texnik jihozlanish darajasini yanada oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-3459 qarorining
4-bandida qishloq xo‘jalik texnikasini yetkazib berish “Agrobank” ATB kreditlari, fermer xo‘jaliklari va mashina-traktor parklarining o‘z mablag‘lari, shuningdek, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ va “O‘zagroservis” AJ tomonidan mashina-traktor parklariga taqdim yetiladigan qarz iablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Bundan tashqari qarorning 5-bandida “Agrobank” ATB fermer xo‘jalik lari va “O‘zagroservis” AJ tarkibiga kiruvchi mashina-traktor parklariga “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ hamda uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan ta’minlanishi (ishonch xati, mol-mulkni garovga qo‘yish) hisobiga yilllik 5 foiz stavka bo‘yicha 10 yil muddatga kredit berish tavsiya qilingan.Qarorning fermer xo‘jaliklarini mexanizatsiyasini yaxshilash bo‘yicha kreditlarni berish belgilangan qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining kamida 70 foizi miqdorida, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarishni tezroq tashkillashtirish, shu jumladan zarur qisimlar va materiallarni importi bo‘yicha sotib olish uchun avans(bo‘nak) bera boshlangan.
Respublika qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ bilan birgalikda 2018-yilda bahorgi agrotexnika ishlarini o‘tkazish uchun zamonaviy haydov va chopik traktorlari, g‘alla o‘rib yig‘ish kambayinlari, pluglar, seyalkalar va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikasini jami: 5 778 ta, shu jumladan, 758 ta haydov traktorlari, 1 500 ta chopiq traktorlari, 330 ta bog‘dorchilikka mo‘ljallangan traktorlar, 2 790 ta osma va tirkama qishloq xo‘jalik texnikasi, shuningdek boshoqli don yekilari hosilini o‘rib yig‘ib olish uchun 400 ta g‘alla o‘rib-yig‘ish kambayinlari yetkazib berishga bo‘lgan birinchi navbatdagi talab-ehtiyoj belgilandi. [7]
Bugungi kunda qishloq xo‘jalik texnikalari soni va sifati ko‘lamida ancha ilgarilab ketgan bo‘lsada haligacha ayrim fermer va dehqon xo‘jaliklarida bo‘ylama va ko‘ndalang pollarni ko‘lda olish holatlari ham uchraydi. Bunday holatda dalalarni birinchi sug‘orish uchun tayyorlash jarayoni uzayib, hosildorlikka o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatgan holda, mehnat sarfini oshishiga va sarf-xarajatni ko‘payishiga olib keladi.
Bo‘ylama va ko‘ndalang pollarni olishda texnik vositalar yordamida olish inson ko‘l mehnatini yengillashtiribgina qolmasdan bir qancha afzalliklarga ham yega.
Birinchidan hosil qilingan pollar sifat jihatdan yaxshi olinadi va pollarning bir xil o‘lcham (balanligi,ko‘ndalang kesim yuzasi,zichligi) ta’minlanadi.
pol hosil qilinadigan qatordagi g‘o‘za nihollarining ko‘milmasligi va shikastlanmasligi, palning hosil qilishda tuproq olinadigan yon qatorlardagi g‘o‘za nihollarning ildiz va tana qismlarining zararsizlanmasligi ta’minlanadi.
texnologik jarayonning texnik vosita yordamida bajarilishi hisobida paxta dalasi birinchi sug‘orishga tezda tayyor bo‘ladi va bu bilan hosilni erta yetishishiga erishiladi.
Bundan tashqari pollarni mexanizatsiyalashgan texnik vositalar yordamida olish fermer xo‘jaliklari uchun ham ijtimoiy, ham iqtisodiy samara beradi.
Umuman olganda yekin maydonlarini pollar bilan qirqimlarga ajratishdan ko‘zlangan asosiy maqsad sug‘orish jarayonini samarali olib borish. Pol hosil qilish qurilmasi traktorlarga agregatlagan holda bajariladi. Pollarning sifati mutaxassislar tomonidan nazorat qilinadi.Bo‘ylama pol olish qurilmasi T-28x4ms, TTZ-80.11, MTZ-80 traktorlariga agregatlangan holda olib boriladi. Bugungi kunga qadar pal olish kurilmalari sanalgan PR-0,5, UKP yoki KPU – 2000 A, KZU-0,3, KZU-0,3D va boshqalar bo‘lib, ular asosan bo‘sh yerlarga yoki ekin ekilgunga qadar pal olish uchun mo‘ljallangan. O‘tkazilgan mavjud adabiy manbalar va texnik vositalarni o‘rganishga oid izlanishlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, g‘o‘za qator oralarida bo‘ylama pal olish jarayonini amalga oshirish Respublikamizda paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarida uchinchi kultivatsiya bilan birinchi sug‘orish jarayonlarining orasida maydonni pallar bilan qirqimlarga ajratish juda muhim agrotexnik tadbir sanaladi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, hozirda mavjud qurilma asosida olingan bo‘ylama pallarning sifatli bo‘lishiga erishilgan buning natijasida paxta nixollarining vegetatsiya davrida birinchi sug‘orishdan oldin nixollarni bir me’yorda sug‘orilishini ta’minlaydi hamda suv tejamkorligiga erishiladi. G‘o‘za qator oralariga bo‘ylama va ko‘ndalang pol olish qurilmasining mexanizatsiyalashdan kutilgan natija, g‘o‘za qatorlari orasida birinchi sug‘orishdan oldin bo‘ylama pal olish texnologik jarayonini mexanizatsiyalashtirish, bo‘ylama pallarning sifatli va miqdorini talab darajasida bo‘lishligini ta’minlash evaziga ish unumdorligini oshirgani holda mehnat sarfini kamaytirish va suv tejamkorligiga erishishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |