1.4. G‘o‘za qator oralariga bo‘ylama pol hosil qiluvchi qurilmani takomillashtirishning jihatlari (Mavzuni asoslash)
G‘o‘za qator oralariga bo‘ylama pol hosil qiluvchi qurilmani takomillashtirish har tamonlama bizning paxta sanoatimiz rivoji bilan bog‘liq. G‘o‘za qator oralariga bo‘ylama pol hosil qiluvchi qurilma sug‘orish sitemasiga keskin ta’sir yetkazib, yerlarning meliorativ holatini yaxshilaydi. Yuqorida ko‘rib o‘tdikki pol hosil qiluvchi vositalar bir talay ammo g‘o‘za qator oralariga bo‘ylama pol hosil qiluvchi vosital sanoqlidir. Bu yesa shu sohaning oqsoqlanib qolishiga sababchi bo‘lyapti. Shu muammolarni yechish maqsadida yurtimizda bir kancha olimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muxandislari Inistituti Buxoro Filialida 2009-yilda N.M.Murodov va X.X.Olimov g‘o‘za qatorlari orasida bo‘ylama pal olish qurilmasi ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar va ma’lum natijalarga erishishgan. Ushbu pal olgich universal chopiq traktori osmasiga o‘rnatishga moslashgan, harakat yo‘nalishiga nisbatan ma’lum burchak ostida joylashgan vintli ikkita yon jo‘yakdagi tuproqni yuqoriga ko‘tarish mexanizmidan, traktor quvvat olish validagi harakatni tuproq ko‘tarish mexanizmlariga uzatuvchi zanjirli uzatmalar tizimi va tuproqni o‘rta jo‘yakka markazlovchi maxsus korpus bilan jihozlangan qurilma orqali asoslanadi.(1.7-rasm) [12]
1.7 - rasm. G‘o‘za qatorlari orasida bo‘ylama pol olish qurilmasining konstruktiv sxemasi.
Bo‘ylama pal olish qurilmasi quyidagilardan tashkil topgan. Pal olish qurilmasi taqish moslamasi 1, rama 2 va unga harakat yo‘nalishi tomon ma’lum α burchak ostida o‘rnatilgan vintli tuproq ko‘tarish mexanizmi 3, traktor quvvat olish validan harakatni tuproq ko‘taruvchi mexanizmlar 3 ga uzatadigan zanjirli mexanizmlar tizimi 4 hamda ikkita yon jo‘yakdan ko‘tarilgan tuproqni o‘rta jo‘yakka markazlab yo‘naltiruvchi korpus 5 dan iborat. . Qurilma foydali model hisoblanib, 21.04.2010 yil ustivorlik sanasiga asosan talabnoma raqami G‘AR 00671 bilan Intellektual Mulk Agentligi tomonidan ro‘yxatga olinib, mazkur qurilma uchun patent olingan. [13]
Haqiqatdan ham bu kurilma faol ishchi jihozli va yuqori ish unumiga yega. Kurilmani ishlab chiqishda standart parametrlar asosida ishlanganligi barcha g‘o‘za qator oralariga ishlatish imkonini beradi. Qurilma quydagi afzalliklarga yega:
Pol olishnning to‘liq mexanizatsiyalashganligi qo‘l mehnatini talab qilmaydi.
Passiv ish organli pol olish kurilmasida pol olish uchun traktor qator orasidan borib va qatish kerak, bunda yesa bir marotaba o‘tishda pol hosil bo‘ladi. Ya’ni yoqilg‘i va moylar tejaladi deganidir, qolaversa tuproqning zichlanish holati kamayadi va vaqtdan yutiladi.
Bu qurilma yordamida olingan pollarning sifati yuqori bo‘lib aniq parametrdagi pol hosil qilinadi, o‘znavbatida yurtimiz va jahon miqyosida paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar standartlariga teng keladi.
Pol olivchi kurilmalarni takamillashtirishning dolzarbligi shundaki nafaqat yuqori hosil olish balki yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga ham yerishamiz. Sizot suvlarini normada ushlab turamiz va suvni katta miqdorda tejaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |