Takomillashagan qurilma haqida
2.2. G‘o‘za qatorlari oralarida tuproqning fizik va mexanik xossalari.
G‘o‘za qatorlari orasida bo‘ylama pol hosil qilishda tuproqning fizik va mexanik xossalarini ta’siri katta. Tuproqning namligi va zichligi polnig sifatiga tasir ko‘rsatadi.
Tuproqning fizik va mexanik tarkibi xossalari unga ishlov beruvchi mashinalar ish organlarini tanlash, ular parametrlarini asoslash hamda ish ko‘rsatkichlarini baholashda asosiy omillar hisoblanadi.
Paxtachilik mintaqasida tuproqning fizik-mexanik xossalarini o‘rganish bo‘yicha G.M.Rudakov, R.I.Boymetov, V.A.Sergienko, va boshqalar shug‘ullanishgan [15,16,17].
Yuqoridagi adabiyotlar tahlilidan ko‘rinib turibdiki, g‘o‘za qator oralaridagi tuproqning fizik-mexanik xossalari deyarli o‘rganilmagan. Shu sababli g‘o‘za qator oralari yerini tayyorlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish avvalo tuproqning namligi, qattiqligi, zichligi, egatning profilini o‘rganishni taqozo etadi.
Tajriba maydoni sug‘oriladigan bo‘z tuproqli bo‘lib, yer osti suvlari 10...12 m chuqurlikda joylashgan. Tuproqning mexanik tarkibi - o‘rta - og‘ir soz tuproqdir.
Tuproqning namligi 105…107º haroratda 6 soat ichida termostatik quritish uslubida aniqlandi va qo‘yidagi formula bo‘yicha topildi
, (2.1)
bu yerda: W - tuproq namligi, %; m1 - nam tuproq massasi, kg; m1 - quruq tuproq massasi, kg.
Tuproqning qattiqligi VISXOM qattiqlik o‘lchagichi, zichligi esa maxsus silindrlar yordamida aniqlanadi.
Tuproq namligi, qattiqligi va zichligi pushta, chopiq traktorlarining yetaklovchi va yo‘naltiruvchi g‘ildiraklari o‘tadigan hamda chok qatorlarda 0...10, 10...20, 20…30 sm qatlamlar uchun aniqlangan. Olingan natijalar 2.1-jadvalda keltirilgan.
2.1-jadval
Egat namligi, zichligi va qattiqligi.
Qatlam,
sm
|
namlik, %
|
zichlik, g/sm3
|
qattiqlik, MPa
|
Pushta-da
|
Qiya-likda
|
Egat
o‘rta
sida
|
Pushta-da
|
Qiya-likda
|
Egat
o‘rtasida
|
Pushta-da
|
Qiya-likda
|
Egat
o‘rta
cida
|
0…5
|
13,3
|
15,4
|
17,6
|
1,03
|
1,13
|
1,25
|
0,65
|
1,02
|
1,36
|
5…10
|
16,3
|
17,4
|
18,5
|
1,12
|
1,21
|
1,31
|
0,98
|
1,28
|
1,53
|
10…15
|
17,8
|
18,8
|
19,8
|
1,21
|
1,28
|
1,37
|
1,23
|
1,47
|
1,65
|
O‘rtacha
|
15,8
|
17,2
|
18,6
|
1,12
|
1,26
|
1,31
|
0,92
|
1,26
|
1,51
|
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, chuqurlik oshgan sari tuproq namligi, qattiqligi va zichligi ortib boryapti. Buning sababi tuproqning ustki qatlami quyosh harorati ta’sirida bo‘ladi, pastki qatlamlarda harorat miqdori kamroq, qattiqlik va zichlik esa yuqoriroq bo‘ladi.
G‘o‘za qator orasining ko‘ndalang profili va sug‘orish egatining chuqurligi g‘o‘za qator oralariga bug‘doy ekish uchun ishlov berilmasdan oldin shkalalarga bo‘lingan maxsus reyka va o‘lchov chizg‘ichi yordamida aniqlandi
(2.2-rasm). Ko‘ndalang profilni olishda reyka pushtalar ustiga qoqilgan qoziqlarga qat’iy gorizontal qo‘yib, egat chuqurligini aniqlashda esa to‘g‘ridan to‘g‘ri pushtalarning ustiga o‘rnatildi va egat yuzasidan (tubidan) shu reykani pastki qirrasigacha bo‘lgan masofa 0,1 sm aniqlikda o‘lchandi. Tajribalarning takrorlanishi 100 marta bo‘ldi. [18]
2.2 – rasm. G‘o‘za qator orasining ko‘ndalang profili va sug‘orish egatining chuqurligini aniqlashga oid sxema.
Do'stlaringiz bilan baham: |