157
noaniqligicha qolmoqda. Balki, qaysi xorijiy aktivlarni qanday bahoda sotib
olishni aniqlash ularga katta qiyinchilik to‘g‘dirar, yoki investorlar chet el
mamlakatlari xukumatlari ularni o‘z aksiyalariga egalik huquqidan mahrum
qilishlaridan, dividend to‘lovlarini cheklanishidan yoki soliq qonunchiligining
o‘zgarishi riskidan xavotirlanadilar.
Xalqaro darajadagi o‘zgarishlar investorlar o‘zlarining xorijiy aksiyalari
paketini dunyoning barja joyida kengaytirib borayotganliklarini ko‘rsatmoqda.
Amerikadagi yirik moliya institutlari o‘zlarining xorijiy investitsiyalari hajmini
sezilarli ravishda oshirmoqdalar va haqiqatan oxirgi vaqtlarda boshqa
mamlakatlarga investitsiya qilmoqchi bo‘lgan investorlar tomonidan ko‘plab
fondlar yaratilmoqda. Madomiki, investorlar xorijiy aktivlar bo‘yicha o‘zlarining
ulushlarini oshirishar ekan, ichki bozorga bog‘liq holda betani hisoblash o‘z
ahamiyatini yo‘qotmoqda, va aksincha, har qanday investitsiyani beta-
koeffitsentini investor qo‘lidagi portfelga nisbatan hisoblash borgan sari
muhimlashib bormoqda.
Bir-necha mamlakatlarda foiz stavkasi boshqa davlatlarga nisbatan past.
Misol uchun, yaqin yillargacha YAponiyaning foiz stavkasi darajasi nol
ko‘rsatkichga yaqin edi. AQSHda bu ko‘rsatkich 3%ga yaqin bo‘lgan edi.
Ko‘pchilik YAponiya kompaniyalari uchun kapital bahosining pastligi ular uchun
foydali deb o‘ylashadi. Bu ko‘p masalada xato fikrlash bo‘lsa, lekin bunda ehtimol
qandaydir darajada haqiqat ham bor. Anglashilmovchilik sababi YAponiyada foiz
stavkasi ienada hisoblansa, AQSHda u dollarda hisoblanadi. Faraz qilaylik, ikkala
holatda ham foiz stavkani real ko‘rsatkichlarda aniqlandi. Endi, ularni o‘zaro
solishtirib quyidagi savolni berish o‘rinlimi: xorijiy investitsiyalar YAponiyada
real kapital bahosini tushishiga sabab bo‘la oladimi? Ma’lumki, yapon xalqi
azaldan tejamkor va yirik jamg‘armalarga ega bo‘lgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan ular
kelajakdan xavotirlanmoqdalar va ular odatdagidan ko‘ra ko‘proq mablag‘larini
jamg‘armalarga yo‘naltirdilar. YAponiya sanoati bunday mablag‘larni o‘zlashtira
olmadi va natijada mamlakat ularni chet el investitsiyalariga yo‘naltira boshladi.
Xalqaro darajada investitsiya qilish doim ham investorlar uchun riskli
hisoblanmaydi. Buni yuqorida keltirilgan misollar ham isbotlaydi. Zero, xalqaro
darajada investitsiyalarni amalga oshirishda investorlar o‘z portfellarini
diversifikatsiya qilishlari, to‘g‘ri investitsiya hududini tanlashlari va qulay bozor
riskiga ega bozorlarni aniqlashlari muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: