joriy
narxlar asosiyda qayta baholash
deb nom olgan
(marking to market).
1-nazorat uchun savol
Kompaniya aksiyalarining bozor bahosi, odatda, ularning balans qiymati
(bahosi)dan farq qilishining sabablari nimada?
99
2. Foydaning buxgalteriya va iqtisodiy mezonlari
Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq foyda to‘g‘risidagi
tasavvurga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Umumqabul qilingan ma’noda foyda – bu
Siz ma’lum vaqt oralig‘ida sarflashingiz mumkin bo‘lgan summa bo‘lib, shu bilan
birga, mazkur vaqt boshidagi boyligingiz darajasi saqlab qolinadi. Boshqacha qilib
aytganda, foyda – bu kelib tushgan va Siz sarflashingiz mumkin bo‘lgan pul
mablag‘i hajmi bo‘lib, natijada muayyan davr oxiriga kelib, shu davr boshida
qancha pulingiz bo‘lgan bo‘lsa, ixtiyoringizda shuncha pul qoladi. Keng ma’noda
iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, taniqli ingiz iqtisodchisi
Jon R. Xiks
(John R. Hicks)
o‘zining mazkur muammoga bag‘ishlangan klassik asari “Qiymat
va kapital”da (Value and Capital) aynan shu ta’rifdan foydalangan va zamonaviy
iqtisodchilar ham aynan shu ta’rifdan foydalanib kelmoq-dalar
76
. Bu o‘rinda shuni
ham qayd etish lozimki, yuqoridagi tarzda buxgalteriya hisobida qabul qilingan
foydaga berilgan ta’rif
(income, earnings, profits)
aksiyalarning bozor kursi oshishi
yoki pasayishi yoki ma’lum vaqt (davr)da mulk bahosi o‘zgarishi sababli
olinmagan foyda yoki ko‘rilgan zararlarni e’tiborga olmaydi.
Misol tariqasida quyidagi vaziyatni ko‘rib chiqishni taklif etamiz. Faraz
qilaylik, Sizning yil mobaynida olgan sof mehnat haqingizning umumiy summasi
10,0 mln. so‘mni tashkil etadi va Siz bu summani oilan-gizni boqishga
sarfladingiz. Ammo, shu bilan birga, aktivlaringizning umumiy qiymati 6,0 mln.
so‘mga pasayib ketdi, deylik. Umuman olganda, hech bir buxgalter bu pasayishni
e’tiborga olmagan bo‘lar edi. Chunki bu zarar potensial xarakterga ega. Sababi,
Sizning aktivlaringiz sotilmagan edi. Bir vaqtning o‘zida, har qanday iqtisodchi
Sizga qiymat kamayishini foy-dangiz hisoblanayotganida inobatga olinishi
kerakligi aytgan bo‘lur edi. Chunki u oilangizning iste’mol imkoniyatlariga ta’sir
qiladi. Axir endi bu imkoniyat yil boshidagiga nisbatan 6,0 mln. so‘mga qisqardi-
ku! Demak, iqtisodchining nuqtai nazaridan qaraganda Sizning sof foydangiz
hammasi bo‘lib 4,0 mln. so‘mni tashkil etgan.
Bundan tashqari, buxgalteriyada foyda hisoblanayotganda garchi soliqqa
tortish maqsadida foydadan chegirib qolish sifatida qarz olingan kapital bo‘yicha
foizlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olish mumkin bo‘lsa-da, shu
bilan birga, xususiyatiga ko‘ra xuddi shunday xarajat - sarflangan o‘z kapitalini
hisobga olish mumkin emas. Masalan, firma 20,0 mln. so‘m miqdorida foyda oldi,
ammo shu bilan birga u o‘z faoliyatini moliyalashtirish maqsadida 500,0 mln.
so‘mlik aksiyadorlik kapitalidan foydalanganligi uchun 10% ga teng daromadlilik
stavkasidan kelib chiqqan holda xarajat qildi, deylik. Bu holda iqtisodiy nuqtai
nazardan u 30,0 mln. so‘m miqdorida zarar ko‘rgan (ya’ni 20,0 mln. so‘m – 500,0
mln. so‘m x 0,10 = - 30,0 mln. so‘m). Bu buxgalteriya nuqtai nazaridan foyda
ijobiy bo‘lgan holda, firma o‘zining asosiy xarajatlarini, shu jumladan, o‘z
aksiyadorlik kapitalidan foydalanish bo‘yicha xarajatlarni qoplashga qodir
bo‘lmagan vaziyatga yaqqol misol bo‘la oladi
77
.
76
J. R. Hicks, Value and Capital, 2-nashr (New York: Oxford University Press, 1946), 172-b.
77
Nisbatan yaqinda AQShning bir necha korporatsiyalari tomonidan kompaniya faoliyati samaradorligini baholash uchun yangi
mezon qabul qilindi. U
iqtisodiy qo‘shilgan qiymat
(EVA – economic value added) deb nomlandi. Ushbu mezon Stern Stewart &
100
Do'stlaringiz bilan baham: |