Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirish



Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/199
Sana24.06.2022
Hajmi3,18 Mb.
#700626
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   199
Bog'liq
Маъруза матнлари - копия

nomoddiy aktivlar
(intangible assets) deb ataladi va ayonki, ular firmaning bozor qiymati (bahosi) 
oshishiga ko‘p jihatdan ta’sir qiladi va ular moliyaviy qaror qabul qilishda 
e’tiborga olinishi kerak. 
Buxgalterlar o‘z firmasi balansiga ba’zi nomoddiy aktivlarni kiritadilar. 
Ammo bu narsa ularning bozor qiymati (bahosi) bo‘yicha amalga oshirilmaydi. 
Masalan, firma boshqa firmadan patent sotib olsa, patent qiymati (bahosi) balans 
aktivining tegishli qismida aks ettiriladi va unga amortizatsiya ajratmalari 
(chegirmalari) hisoblanadi. Bundan tashqari, kompaniya boshqa kompaniyani 
uning balans qiymati (bahosi)dan qimmat (yuqori) bahoda sotib olsa, buxgalter 
sotib oluvchi firma balansiga nomoddiy aktivni qo‘shadi. Bu aktiv 
gudvil
yoki 
firmaning ishbilarmon sifatida obro‘si 
(goodwill) deb ataladi. Firmaning 
ishbilarmon sifatida obro‘si – bu u sotib olingan bozor qiymati (bahosi) va uning 
balans qiymati (bahosi) o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Ammo, yuqorida tilga 
olingan, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan nomoddiy aktivlardan farqli 
o‘laroq, ko‘plab boshqa aktivlar borki, ular buxgalteriya balansida qayd etilmaydi.
Bundan tashqari, buxgalteriya balanslarida firma uchun iqtisodiy ahamiyatga 
ega bo‘lgan uning ko‘plab majburiyatlari aks ettirilmaydi. Masalan, balansda firma 
sud jarayonida javobgar sifatida qatnashayotgani o‘z ifodasini topmaydi. Bunday 
shartli majburiyatlarning mavjudligi va ularning hajmi, nari borsa, moliyaviy 
hisobotga ilovada ko‘rsatiladi.
Keling, endi moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida baho (qiymat)larning 
qaysi biri inobatga olinishi kerakligini ko‘rib chiqamiz – bozor bahosi (qiymati)mi 
yoki balans bahosi (qiymati)? Deyarli barcha hollarda bozor bahosi (qiymati) 
hisobga olinadi. Masalan, faraz qilaylik, “Alfa” kompaniyasi bundan uch yil avval 
39,0 mln. so‘mga kompyuterlar uchun sistema bloki korpuslari ishlab chiqaradigan 
uskuna sotib oldi va bugungi kunga kelib, ushbu uskunaning balansi qiymati 
(bahosi) uch yillik amortizatsiyani inobatga olganda 26,0 mln so‘mga teng. Ammo, 


98 
zamonaviy ishlab chiqarish jarayonida yuz berayotgan kompyuter korpuslari ishlab 
chiqarish texnologiyasidagi o‘zgarishlar sababli ushbu uskunaning bozor qiymati 
(bahosi) 12,0 mln so‘mdan oshmaydi.
Endi faraz qiling, Siz eski uskunani zamonaviy uskunaga almashtirish 
to‘g‘risida qaror qabul qilishingiz kerak. Xo‘sh, bunda taqqoslash uchun qaysi 
qiymat (baho)ni inobatga olish kerak? Agar soliq to‘lash masalasini hisobga 
olmasak, bizga iqtisodiy nazariyaning asosiy prinsiplaridan ma’lumki, aktivlarning 
haqiqiy qiymati (bahosi)ni hammadan aniq ulardan foydalanishning eng yaxshi 
muqobil varianti ko‘rsatib beradi. Ayonki, ushbu muqobil qiymat (baho) balansda 
ko‘rsatilgan qiymat (baho)ga nisbatan uskunaning bozor qiymati (bahosi)ga (12,0 
mln so‘m.) eng yaqin qiymat (baho)dir.
Boshqa bir misol. Bu safar pech ishlab chiqarish uchun mis tovar-moddiy 
zaxiralari bilan bog‘liq vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Aytaylik, yil boshda Siz mis 
uchun 29,0 mln.so‘m to‘ladingiz. Ammo bugungi kunga kelib, uning bozor 
qiymati (bahosi) 60,0 mln. so‘mgacha ko‘tarildi. Navbatdagi ishlab chiqarish 
qarorini qabul qilishda ushbu ko‘rsatkichlarning qaysi biriga asoslanish to‘g‘ri 
bo‘ladi? Bu holda ham dastlabki narx (29,0 mln. so‘m) e’tiborga olinmaydi. Bu 
paytga kelib Siz misni sotib yuborgan bo‘lishingiz mumkin. Yangi partiyani esa 
faqat 60,0 mln. so‘mga sotib olsangiz bo‘ladi. Shunday qilib, sotib olingan metalni 
ishlatar ekansiz, aslida Siz ishlab chiqa-rishda haqiqiy bahosi 60,0 mln.so‘m 
bo‘lgan resursni sarflaysiz.
Vaziyatga qarab, bozor qiymati (bahosi) va balans qiymati (bahosi) 
o‘rtasidagi farq juda katta bo‘lishi mumkin. Masalan, agar so‘z pul mablag‘lari 
to‘g‘risida ketsa, farq deyarli bo‘lmaydi. Asosiy vositalar, ya’ni zavod inshootlari 
va uskunalari to‘g‘risida ketganda esa, farq juda katta bo‘lishi mumkin. Aslida 
shunday bo‘ladi ham. Demak, aktivlarning bozor va balans qiymati (bahosi) 
o‘rtasidagi farq to‘g‘ridan-to‘g‘ri aktivlar turiga bog‘liq va moliyaviy qaror qabul 
qilish jarayonida, mumkin bo‘lsa, ularning aynan bozor qiymati (bahosi)ni 
inobatga olish kerak. 
Shuni alohida qayd etish kerakki, so‘nggi yillarda buxgalterlar hisobotlarni 
ko‘proq aktivlar va majburiyatlarning bozor qiymati (bahosi) asosida olib 
bormoqdalar. Bu esa buxgalteriya ma’lumotlaridan moliyaviy qaror qabul qilishda 
foydalanish 
mumkinligidan 
dalolat 
beradi. 
Shu 
nuqtai-nazardan, 
korporatsiyalarning pensiya fondlariga kirgan aktivlari bugungi kunda balanslarda 
dastlabki sotib olingan qiymati (bahosi) bo‘yicha emas, balki o‘zining bozor 
qiymati (bahosi) bo‘yicha aks ettirilishini aytishning o‘zi kifoya. Amaliyotda bozor 
narxlarining joriy o‘zgarishini qayd qilish va ular asosida hisobot tuzish uchun 
firmaning aktivlari va majburiyatlarini har kuni qayta baholash jarayoni 

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish