Interfaol metodlar – o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro hamkorligi asosida darsda ijodiy muhit yaratish, dars samaradorligini oshirish, o`quvchilarda mustaqil fikrlash mulohaza yuritish, o`z munosabatini bildirish ko`nikmalarini shakllantirish omilidir. Bunday metodlarda o`quvchi o`zi faol ishtirok etgan holda yakka, juftlikda, guruhlarda, jamoa bo`lib muammo va savollarga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baho beradi, yozadi, so`zlaydi, dalil hamda asoslar keltirish bilan qo`yilgan masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa o`quvchilarning xotirasida mustahkam o`rnashadi. Yangi mavzu (axborotni) ni o`zlashtirishda tanqidiy, tahliliy yondashishga o`rgatadi. O`qituvchi faqat yo`l – yo`riq ko`rsatuvchi, tashkil qiluvchi, kuzatuvchi, baholovchi vazifalarini bajaradi.
Interfaol metodlarni juda ko`p turlari mavjud. Biz ulardan o`z faoliyatimizda foydalangan ayrimlari haqida to`xtalib o`tamiz:
Kichik guruhlarda ishlash
Topshiriq, savolasosida muammo tanlab olinadi. Topshiriqda bahsli jihatlar bo`lishi maqsadga muvofiqdir.
Kichik guruhlar shakllantiriladi. Kichik guruhdagi o`quvchilarning soni 3 – 5 tadan oshmasligi kerak, ammo topshiriq, sinf xususiyatlariga bog`liq tarzda guruh soni o`zgarishi mumkin.
Kichik guruhlarda ishlayotganda guruh ishtirokchilari o`rtasida vazifalarni taqsimlagan ma`qul. Masalan, bir o`quvchi munozarani yuritadi, ikkinchisi qabul qiluvchi qarorni yozib boradi, uchinchisi ajratilgan vaqtni nazorat qiladi. To`rtinchisi esa guruh qarorini taqdim etadi va h. k. Odatda ikki asosiy usuldan foydalangan holda sinf guruhlarga ajratiladi. Birinchisida o`quvchilar hohishiga ko`ra, ikkinchisida esa hisoblash uslubi bilan ajratliadi. (1
–3,2-4)
O`qituvchi vaqt hajmini ko`rsatgan holda guruhlarga yo`l – yo`riq beradi.
Guruhda ishlash yakunlanganidan keyin qaror taqdimoti bo`lib o`tadi. Uni spiker taqdim etishi kerak. Vaqt imkoniyati bo`lsa guruhlar bir – biriga savollar berishi mumkin.
Taqdimot natijalari yuzasidan muhokama va baholash o`tkaziladi. Bunda quyidagicha savollar berish mumkin:
Kichik guruhlarda ishlashda qanday natijalarga erishildi?
Qaysi muammo tanlandi? U yechim topdimi? va ho kazoo.
Kichik guruhlarda ishlash uchun belgilangan vaqt reglamentiga aniq rioya qilish;
Guruhlarga yordam berayotganda o`qituvchi tazyiq o`tkazmasligi;
O`quvchilar aytgan fikrlar boshqacha nuqtai nazarda bo`lgan ta`lim oluvchilar tomonidan nazarda tutilgan reglament doirasida asoslangan tanqidga yoki muhokamaga tortilishi mumkin.
Zarurat taqozo etganda, bayon etilgan fikrga tuzatishlar kiritish, aniq va qisqa ifodalashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |