Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror oʻsishini taʼminlashda asosiy ro’lni korxonalar oʻynaydi, chunki ularda yalpi ichki mahsulot yaratiladi. Shuning uchun ham korxonalarni moliyaviy holatiga alohida eʼtibor berilmoqda


Korxona xarajatlarining buxgalteriya hisobi



Download 398,58 Kb.
bet5/6
Sana26.02.2020
Hajmi398,58 Kb.
#40902
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
natija


2.2. Korxona xarajatlarining buxgalteriya hisobi
Korxona faoliyatining sof moliyaviy natijasini aniqlash uchun hisobot davrida qilingan barcha sarf va xarajatlar toʻgʻri taqsimlanishi lozim. Barcha xarajatlar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga va tannarxga kiritilmaydigan, ammo davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlarga boʻlinishi zarur. Davr xarajatlari, soliq toʻlaguncha boʻlgan foydani hisoblashda inobatga olinadi. Bundan tashqari moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda moliyaviy faoliyat va favqulodda holat boʻyicha xarajatlar ham alohida koʻrsatiladi

Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda daromadlar olish bilan bogʻliq xarajatlarni quyidagi guruhlar boʻyicha koʻrsatish mumkin:

10-rasm. Xarajat guruhlari


Molyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning mazmuni shundan iboratki, unda korxona xoʻjalik faoliyatining yakuniy va oraliq moliyaviy natijalarini ularning alohida daromad (foyda) xarajat (zarar) koʻrsatkichlarini taqqoslash va qoʻshish orqali aniqlanadi.

Davr xarajatlari deyilganda — bevosita ishlab chidarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi. Davr xarajatlari tarkibiga mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan xujalik sarflari kiritiladi. Ularni yuzaga chitsish shakli va oʻrniga karab quyidagilarga ajratish mumkin:

- sotish xarajatlari

- maʼmuriy xarajatlar

-boshqa umumxujalik xarajatlari.

Sotish xarajatlari — mahsulot (ish bajarish, xizmat kursatish) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar, mahsulot (bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi tugʻrisidagi Nizomga muvofiq yagona tartiblashni va toʻgʻridan-toʻgʻri korxona faoliyat natijaviyligi bogʻlanishi tartiblangan. Sotish xarajatlari mahsulotlarni xaridor va buyurtmachilarga ortib joʻnatish va sotish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni o’z ichiga oladi.

Sotish xarajatlarini ish haqi xarajatlari, ish haqidan ajratmalar, material xarajatlari, asosiy vositalar va nomaterial aktivlar amortizatsiyasi, reklama xarajatlari, ish va xizmatlar, boshqa xarajat moddalari bo’yicha tarkiblash va taxlil etish mumkin. Sotish xarajatlarining qoplanishi korxonaning dastlab hisob foydasidan amalga oshiriladi. Maʼmuriy xarajatlar qatoriga korxona boshqaruvi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar kiritiladi va ularning korxona sarflari tarkibidagi salmogʻi sezilarli ulushni tashkil etadi. Bu bevosita rahbarlar va boshqaruv apparatining xizmati xarajatlaridir. Boshqa umumxujalik xarajatlari qatoriga yuqoridagi tarkibga kiritilmagan xarajatlar ishlab chiqarishni takomillashtirish, uzaytirish va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar kiritiladi.

“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda sotilgan tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:

9100 “Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat) larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar”


  • 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”

  • 9111 “Eksport uchun tayyor mahsulot tannarxi ”

  • 9112 “Mahalliylashtirish yoʻli bilan tayyor mahsulotni tannarxi”

  • 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”

  • 9130 “Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi”

  • 9131 “bajarilgan ishlar va eksport xizmatlarining qiymati”

  • 9132 “bajarilgan ishlar va mahalliylashtirish xizmatlari”

  • 9134 “Qurilish ishlari va xizmatlarning qiymati”

  • 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish / xarid qilish”

  • 9150 “Davriy hisobda TMZ boʻyicha tuzatishlar”.

Tayyor mahsulotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlar sotilganda, sotilgan tayyor mahsulotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlarning tannarxi 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”,

9110 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”, 9130 “Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotlarining debetida tayyor mahsulotlarni (2800), tovarlarni (2900) hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettriladi.

Hisobot davrining oxirida 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”, 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”, 9130 “Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan yopiladi.

Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat) larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)dan amalda foydalanish korxonada qoʻllaniladigan tovar moddiy zaxiralarning hisob usuliga, yaʼni tovar moddiy zaxiralarning uzluksiz yoki davriy hisobiga bogʻliq.

Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz hisobga olish usuli qoʻllanilganda har bir mahsulot yoki tovarning tannarxi uning ishlab chiqarish jarayonidagi harakatiga qarab xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda toʻplanadi.

Tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish usulidan foydalanilganda har bir mahsulot (tovar)ning tannarxi hisobot davri davomida vaqtinchalik 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish / xarid qilish” schyotida yigʻiladi, biroq sotilgan mahsulotlar, tovarlarning haqiqiy tannarxini faqat

TMZ inventarizatsiya qilingandan soʻng aniqlash mumkin. 9150 “Davriy hisobda TMZ boʻyicha tuzatishlar” schyoti - hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijasida TMZni mavjudligini aks ettirish uchun foydalaniladigan vaqtinchalik schyot.

Koʻrsatilgan schyotning debeti boʻyicha TMZning kamayishi, krediti boʻyicha TMZning oʻsishi TMZni hisobga oluvchi schyotlar (1000-2900) bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.

11-jadval

“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat) larning tannarxini hisobga oluvchi 9100 schyotning bogʻlanishi




Xoʻjalik muomalalarining mazmuni

Summa

Schyotlarning bogʻlanishi

Debet

Kredit

1.Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar

354 192 777,06

9100

2100

2.Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar

1 661 434 705,55

9100

2300

3.Tayyor maxsulotlarni xisobga oluvchi schyotlar

132 728 679 354,68

9100


2800

“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan sotish xarajatlari, boshqaruv xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar, shuningdek kelgusida soliq solinadigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:



  • 9400 “Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”

  • 9410 “Sotish xarajatlari”

  • 9420 “Maʼmuriy xarajatlar”

  • 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”

  • 9440 “Kelgusida soliq solinadigan bazadan chegiriladigan xarajatlar ”

Davr xarajatlarining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y. 2-son, 9-modda) bilan tartibga solinadi.

9410 “Sotish xarajatlari” schyotida mahsulotni sotish boʻyicha xarajatlar, yaʼni, mahsulotni isteʼmolchiga yetkazib berish bilan bogʻliq, transport vositalariga ortish, marketing bilan shugʻullanuvchi xodimlar va boʻlimlarning xarajatlari va boshqalar aks ettiriladi.

Hisobot davrining oxirida 9410 “Sotish xarajatlari” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.

9420 “Maʼmuriy xarajatlar” schyotida korxonani boshqarish boʻyicha xarajatlar, boshqaruv xodimlarining mehnat haqi xarajatlari, umumboshqaruv ahamiyatiga molik asosiy vositalarni taʼmirlash xarajatlari, umumxoʻjalik ahamiyatidagi binolarning ijara toʻlovlari va boshqa xarajatlar hisobga olinadi.

Hisobot davrining oxirida 9420 “Maʼmuriy xarajatlar” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.

12 -jadval

“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda davr xarajatlarini hisobga oluvchi

9400 schyotning bogʻlanishi




Xoʻjalik muomalalarining mazmuni

Summa

Schyotlarning bogʻlanishi

Debet

Kredit

1.Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar

250 529 617,50

9400

0200

2.Kapital qoʻyilmalarni xisobga oluvchi schyotlar

63 073 082,28

9400

0800

3.Materiallarni xisobga oluvchi schyotlar

420 704 468,69

9400

1000

4.Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar

1 543 872 394,07

9400

2300

5.Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarni hisobga oluvchi schyotlar

1 666 305 627,45

9400

2700

6.Kelgusi davr xarajatlarini xisobga oluvchi schyotlar

6 463 488,00

9400

3100

9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari, axborot, auditorlik va maslahat xizmatlari uchun toʻlov xarajatlari, ish haqi hisoblashda hisobga olinmaydigan kompensatsiyalash va ragʻbatlantirish ahamiyatiga molik toʻlovlar.

Bank va depozitariy xizmatlarining toʻlovlari, zararlar, jarimalar, penyalar va boshqa opersion faoliyat jaryonida vujudga keladigan, ishlab chiqarish jarayoni, moliyaviy faoliyat va favqulodda xarajatlar moddalarining belgilari boʻlmagan boshqa xarajatlar aks ettiriladi.

Hisobot davrining oxirida 9430 “Boshqa opersion xarajatlar” schyoti

9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.

13 -jadval

Davr xarajatlarini hisobga oluvchi 9400 schyotlarning olinadigan schyotlar bilan bogʻlanishi


Xoʻjalik muomalalarining mazmuni

Summa

Schyotlarning bogʻlanishi

Debet

Kredit

1.Olinadigan schyotlar


17 915 657,20

9400

4000

2.Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar

14 992 960,00

9400

4010

3.Xaridorlar va eksport qiluvchilardan olinadigan schyotlar

2 922 960,00

9400

4011

4.Ajratilgan boʻlinmalar, shoʻba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyot

12 033 643,20

9400

4100

5.Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni xisobga oluvchi schyotlar

24 888 975,03

9400

4300

6.Byudjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar

174 762 427,31

9400

4400

14-jadval

Davr xarajatlarini hisobga oluvchi 9400 schyotlarning pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlanishi

Xoʻjalik muomalalarining mazmuni

Summa

Schyotlarning bogʻlanishi

Debet

Kredit

1.Milliy valyutadagi pul mablagʻlari

21 897 200

9400

5010

2.Hisob-kitob schyoti

401 352 876,77

9400

5110

3.Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari

460 765,77

9400

5210

4.Naqd pul ekvivalenti - sayohat kartalari

5 817 600

9400

5613

15-jadval

Davr xarajatlarini hisobga oluvchi 9400 schyotlarning joriy majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlanishi




Xoʻjalik muomalalarining mazmuni

Summa

Schyotlarning bogʻlanishi

Debet

Kredit

1.Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar

316 136 161,43

9400

6000

2.Ajratilgan boʻlinmalar, shoʻba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan toʻlanadigan schyotlar

129 070 002,65

9400

6100

3.Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarzni xisobga oluvchi schyotlar

3 249 943 067,64

9400

6400

4.Sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar

6 376 546 493

9400

6500

5.Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni xisobga oluvchi schyotlar

4 964 770 954,87

9400

6700

6.Turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar

765 161 457,77

9400

6900

Xarajat schyotlarini yopish uchun 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti debetlanadi va xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar kreditlanadi

“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar toʻgʻrisidagi axbrotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


  • 9600 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar”

  • 9610 “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar”

  • 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”

  • 9630 “Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish boʻyicha xarajatlar”

  • 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar”.

Banklar, mol yetkazib beruvchilarning kreditlari va qarzlar, moliyaviy ijara boʻyicha foizlar va boshqa foiz toʻlovi xarajatlari 9610 “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar” schyotining debetida 6920 “Hisoblangan foizlar” yoki pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotida salbiy kurs farqi va balansning valyuta moddalariga doir operatsiyalar boʻyicha zararlar aks ettiriladi. Chet el valyutasi operatsiyalari boʻyicha salbiy kurs farqlari, shu jumladan, buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholashdan farq

9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar va majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish bilan bogʻliq xarajatlar

9630 “Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish boʻyicha xarajatlar” schyotining debetida majburiyatlar va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.

9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” schyotida moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar aks ettiriladi.

Korxonalar faoliyatida sarflanadigan xarajatlarni moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotga kiritish uchun ularni hisobga oluvchi schyotlarni yopish bilan bogʻliq boʻlgan hisob ishlari amalga oshiriladi. Buning uchun quyidagi schyotlarni yopish talab qilinadi:


  • 9100 “Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat) larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar”

  • 9400 “Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”

  • 9600 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”

  • 9720 “Favqulodda zararlar” schyoti

  • 9800 “Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar”

9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti hisobot yilida korxona faoliyati yakuniy moliyaviy natijasining shakllanishi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.

Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan va favqulodda daromadlardan ushbu faoliyat turlari boʻyicha xarajatlar summasiga kamaytirilishidan yuzaga keladi.

9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining debetida korxonaning xarajat (zarar)lar, kreditida esa foydalar aks ettiriladi. Hisobot davridagi debet va kredit aylanmasi taqqoslanishi hisobot davrining sof foydasi (zarari)ni koʻrsatadi.

Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni tuzishdan oldin yana bir bor daromad va xarajat schyotlaridagi summalar tekshirib chiqiladi va shundan soʻng hisobotni tuzishga kirishiladi.

Har bir hisobot davri oxirida 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining debeti va krediti boʻyicha aylanmalar yigʻiladi va hisobot davrining yakuniy moliyaviy natijasini ifodalovchi ushbu schyot boʻyicha umumiy qoldiq hisoblab chiqariladi.

Yakuniy moliyaviy natijani shakllantirishda quyidagi buxgalteriya provodkalari orqali amalga oshiriladi:



9910
D 9100 K D 9000 K

34 744 307 154 902 869 

D 9400 K D 9300 K

20 542 274 2 706 400 



D 9600 K D 9500 K

6 427 272 804




155 293 008 157 882
Hisobot davrining tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzishda 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi. “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” unitar korxonasining hisobot yili sof foydasi.
D 9900 K D 8710 K

2 589 065 2 589 065



III Bob Korxona sof foyadasining shakllanishi va unga taʼsir etuvchi omillar tahlili

3.1. Korxona moliyaviy natijalarining shakllanishiga taʼsir etuvchi omilar tahlili
Xar bir xoʻjalik yurituvchi subyektning oldiga qoʻygan asosiy maqsadi bu foyda olishdir. Foyda ijtimoiy ishlab chiqarishni hamma bosqichlarining iqtisodiy kategoriyasidir. Foyda iqtisodiy kategoriya va moliyaviy yakun sifatida oʻzining eng yuqori ahamiyatiga bozor munosabatlari, bozor iqtisodiyoti davrida koʻtariladi. Foydani barpo etish, uni realizatsiya qilish bu kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishning, qiymat qonunining va xo’jalik yuritish usuli sifatida foydalanadigan xo’jalik hisobining obyektiv talabidir. Kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarishning doimo kengayishini, uning texnikaviy darajasini muntazam ko’tarib turishni talab etadi. Buning uchun ishlab chiqarishda hamma vaqt foydaga erishilishi, realizatsiya qilinishi va undan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish lozim.

Foyda (daromad) iqtisodiy harakatning zaruriy sharti, maqsadi sifatida qaraladi. Jahon amaliyotida foyda deyilganda koʻpincha biznes samaradorligining tadbir vositasi sifatida qaraladi. Foyda bu daromadlar va xarajatlar farqlanishidagi yuqori oʻzgaruvchanlikdir. Ular orasidagi quyi oʻzgaruvchanlik esa zararni ifodalaydi. Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalarni xarakterlovchi foydani oʻlchashga daxldor bo’lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlar va xarajatlarni, yaʼni foydani aniqlash va oʻlchash korxona o’z moliyaviy hisobotini tayyorlashda foydalaniladigan kapital konsepsiyasi hamda kapitalning saqlanishiga bogʻliq boʻladi. Daromadlar va xarajatlar elementlari quyidagicha aniklanadi. Moliyaviy natijalar tahlilida daromad va xarajatlarning o’zaro farqdanishidagi holatga baho beriladi. Moliyaviy natijalar foyda va zararlarning shakllanish qatorlari boʻyicha oʻzgarishlari oʻrganiladi. Foyda va zararlarning omilli tahlili olib boriladi. Respublikamizda amaldagi huquqiy meʼyorlarga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy natijalarining shakllanishi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda 1999-yil 5-fevralda tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat) lar ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan belgilanadi. Mazkur Nizomga muvofiq moliyaviy natijalarning shakllanish qatorlariga quyidagilar kiritiladi:




10 -rasm. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot shaklining asosiy koʻrsatkichlari
Korxonada moliyaviy natijaviylikni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarning mavjudligi va ularni yoʻlga qoʻyishning chora va tadbirlari belgilanadi. Korxonaning foydalilik darajasini xarakterlovchi rentabellik ko'rsatkichi va uning omilli tahlili oʻtkaziladi. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni oʻqishda uning satrlar boʻyicha koʻrsatkichlar tartiblanishiga, moliyaviy natijaviylikni xarakterlovchi umumiy qatorlarning qiymat ifodasi, hisobot davri va oʻtgan yilning shu davri boʻyicha maʼlumotlarga umumiy izoh beriladi.

Nizomga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi koʻrsatkichlari bilan tasniflanadi:

-mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi oʻrtasidagi tavofut sifatida aniqlanadi:

YAF= SST-IT

bunda,

YAF - yalpi foyda

SST - sotishdan olingan sof tushum

MT - sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi

-asosiy faoliyatdan koʻrilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari oʻrtasidagi tavofut va plus asosiy faoliyatdan koʻrilgan boshqa daromadlar yoki boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:

AFF = YAF-DX+BD-BZ

bunda,

AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda



DX – davr xarajatlari

BD - asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar

BZ – asosiy faoliyatdan koʻrilgan boshqa zararlar

-xoʻjalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zararlar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plus moliyaviy faoliyatdan koʻrilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:

UF = AFF+MD-MX

bunda,


UF – umumxoʻjalik faoliyatidan olingan foyda

MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar

MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari

-soliq toʻlagungacha olingan foyda, u umumxoʻjalik faoliyatidan olingan foyda plus favqulodda (koʻzda tutilmagan) vaziyatlarda koʻrilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:

STF = UF+FP-FZ
bunda,

STF - soliq toʻlagungacha olingan foyda

FP - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda

FZ - favqulodda vaziyatlardan koʻrilgan zarar

- yilning sof foydasi, u soliq toʻlangandan keyin xoʻjalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, oʻzida daromad (foyda)dan, toʻlanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va toʻlovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar toʻlangunga qadar olingan foydani ifodalaydi:

SF = STF-DS-BS

bunda,

SF – sof foyda

DS – daromad (foyda)dan toʻlanadigan soliq

BS – boshqa soliqlar va toʻlovlar.

Respublikamizdagi barcha korxonalar mulkchilik shakllari va qaysi tarmoqqa tegishliligidan qaʼtiy nazar moliyaviy natijalarni aniqlashda ushbu tartib qoʻllaniladi.

Moliaviy natijalar tahlili moliyaviy tahlilining tarkibiy qismi hisoblanadi. Koʻrsatkichlarni tahlil qilishda bevosita korxonaning oxirgi natijasi, yaʼni foyda va rentabellikni ifodalovchi koʻrsatkichlari oʻrganiladi. Moliyaviy natijalarni tahlil qilish, eng avvalo, sotilgan maxsulotni oʻrganishdan boshlanadi. Barcha xarajatlarni qoplab daromad olishini taʼminlaydigan koʻrsatkich bu sotilgan mahsulot uchun tushgan pul tushumidir. Demak, moliyaviy natijalarning asosiy manbasi, bu sotishdan tushgan tushumdir. Shu tufayli ushbu koʻrsatkich moliyaviy natijalar oʻzgarishiga taʼsir qiluvchi omil sifatida qaralashi lozim.

Navbatdagi bajariladigan amal sotishdan tushgan yalpi moliyaviy natijani aniqlashdan iboratdir. Buning uchun sotishdan olingan sof tushumdan uning ishlab chiqarish tannarxini ayirish kifoya. Demak, moliyaviy natijalar tarkibida maxsulotni (ish, xizmatni) ishlab chiqarish xarajatlari ham ifodalanadi. Lekin ushbu koʻrsatkich tahlilda moliyaviy natijalarga taʼsir qiluvchi omillar sifatida qaraladi. Korxona moliyaviy natijalarini ifodalovchi koʻrsatkichlar tarkibida sotish xarajatlari, maʼmuriy xarajatlar va asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olinadigan daromadlari va qilinadigan xarajatlarini ifodalovchi koʻrsatkichlari ham mavjud. Ushbu xarajat (daromad)lar sotishdan tushgan yalpi moliyaviy natijadan chegirilib asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasini keltirib chiqarish mumkin.

Bozor munosabatlari sharoitida korxonaning moliyaviy natijasi bevosita uning moliyaviy faoliyatiga ham bogʻliq qolmoqda. Moliyaviy natijalarni ifodalovchi koʻrsatkichlarning bir-biriga bogʻliqligi quyuidagicha ifodalanadi.



11-rasm. Moliyaviy natijalarni ifodalovchi koʻrsatkichlar

Tahlil jarayonida ushbu bogʻliqlikning hamma tizimi oʻrganiladi. Bunda uning vazifasini toʻgʻri belgilab olishni taqozo qiladi.

12-rasm. Korxonaning moliyaviy natijalarini ifodalovchi koʻrsatkichlar


Moliyaviy natijalarning bu tarkib turkumlanishini xalqaro hisob andozalariga nisbatan berilgan deyish mumkin. Bunda asosiy faoliyat moliyaviy natijalar qatoriga korxonaning mahsulot sotishdan oladigan natijasi, asosiy vositalarni sotishdan oladigan natijasi va boshqa aktivlarni sotishdan oladigan moliyaviy natijasi aks etadi. Davr xarajatlari ulardan chegiriluvchi qator sifatida olinadi. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromad va xarajatlar qatoriga korxonaning moliya bozoridagi faolligidan oladigan daromadlari va mulkiy munosabatlardagi ishtirokidan olinadigan daromadlari, erkin almashtiriladigan valyuta resurslarini boshqarishdan oladigan daromadlari, korxonaning moliyaviy faoliyatidan kelib chiqddigan turli xarajatlar kiritiladi. Ularning korxona hisob foydasidagi salmogʻi soʻnggi yillarda tobora oshib bormokda. Favqulodda kutilmagan holatlardan daromadlar va xarajatlar qatoriga korxonaning asosiy va moliyaviy faoliyatidan tashqari, tasodifiy holatlar boʻyicha oladigan daromad va xarajatlari kiritiladi.

Quyida keltirilgan 16-jadvalda “Oʻztemiryoʻlmashta’mir” unitar korxonasining yalpi foydasi va uning oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillar dinamikasi keltirilgan.


16-jadval
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK ning yalpi foydasi va uning oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillarning taxlili ,mln soʻm*


Koʻrsatkich-lar

2016-yil

2017-yil

2018-yil

2017-yil 2016-yilga nisbatan

2018- yil 2017-yilga nisbatan

Farki

%

Farki

%

1.Mahsulot sotishdan olingn sof tushum

79 708 894

119 737 017

154 902 869

40 028 123

150

35 165 852

129

2.Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi

66002874

101 028 919

134 744 307

35 026 045

153

33 715 388

133

3.Mahsulot sotishdan kelgan yalpi foyda (1-2)

13706020

18 708 098

20 158 562

5 002 078

136

1 450 464

108

* Manba: “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK ning “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisoboti”, 2016-2018-yil.
Yuqorida keltirilgan 16-jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki, mahsulot sotishdan kelgan yalpi foyda 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 5 002 078 mln soʻm ya’ni 36 % ga, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 1 450 464 mln soʻm ya’ni 8 %ga koʻpaygan. Bunga esa oʻz navbatida quyidagi omillar taʼsir oʻtkazgan. Mahsulot sotishdan olingn sof tushum 2017-yilda 2016-yilga nisbtan 40 028 123 mln soʻm ya’ni 50 %ga koʻpaygan boʻlsa, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 35 165 852 mln soʻm ya’ni 29 % ga koʻpayishi. Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxining 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 35 026 045 mln soʻm ya’ni 53 % ga koʻpayishi, shuningdek, 2018-yilda 2017-yilga nisbatn 33 715 388 mln soʻm ya’ni 33 % ga koʻpayishi yalpi foydaning 2018-yilda 8 % ga koʻpayishiga olib kelgan.

13-rasm. “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKning yalpi foydasi va uning dinamikasi


“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda mahsulot sotishdan kelgan yalpi foyda 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 5 002 078 mln soʻm ya’ni 36 % ga, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 1 450 464 mln soʻm ya’ni 8 %ga koʻpaygan.

Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan foyda qatoriga korxonaing asosiy ishlab chiqarish faoliyatining maxsulot ishlab chiqarish va sotishdan tashqari faoliyatidan olinadigan foydasi kiritiladi. Ular boʻyicha xarajatlar va daromadlar qatori aloxida tarkiblangan holda umumiy summada moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotga tushurilishi belgilanadi. Bunda operatsion jarayonlardan olingan daromadlar ular boʻyicha xarajatlar olingan daromadlar ular boʻyicha xarajatlar qiymatiga farqlangan holda hisobotga foyda yoki zarar qatoriga tushuriladi. Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan daromad va xarajatlar taxlilida asosiy ishlab chiqarish faoliyatining maxsulot, ish va xizmatlarni sotishdan tashqari, faoliyatlardan olingan daromad va yoʻqotishlarni taxlil etiladi. Quyida keltirilgan 17-jadvalda “Oʻztemiryoʻlmashta’mir” unitar korxonasining yalpi foydasi va uning oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillar dinamikasi keltirilgan.


17-jadval

“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKning asosiy faoliyatdan koʻrilgan foyda (operatsion foyda) hajmining tahlili ,mln soʻm*




Koʻrsatkichlar


2016-yil

2017-yil

2018-yil

2017-yil 2016-yilga nisbatan

2018- yil 2017-yilga nisbatan

Farki

%

Farki

%

1.Tovarlarni sotishdan tushgan yalpi foyda

13 706 020


18 708 098


20 158 562


5002078

136.4

1450464

107.7


2.Davr xarajatlari

14 004 835

18 936 353

20 542 274

4931518

135.2

1605921

108.4

3.Asosiy faoliyatning boshqa operatsion daromadlari

980 744

1 193 389

2 706 400


212 645

121.6

1513011

226.7


4.Asosiy faoliyatidan foyda (1-2+3)

681 929

965 134

2 322 688


283 205

141.5

1357554

240.6


*Manba:“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK ning “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisoboti”, 2016-2018-yillar

Yuqorida keltirilgan 17-jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki, korxonaning asosiy faoliyatidan foydasi 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 283 205 mln soʻm ya’ni 41.5 % ga koʻpaygan, 2018-yilda esa 2017-yilga nisbatan 1357 554 mln soʻm ya’ni 2.4 barobarga oshgan. Bunga esa oʻz navbatida tovarlarni sotishdan tushgan yalpi foydaning 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 5 002 078 mln soʻm ya’ni 36.4 % ga koʻpayganligi, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan esa 1 450 464 mln soʻm ya’ni 7.7 % ga koʻpayganligi oʻz taʼsirini oʻtkazgan. Davr xarajatlarining 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 4 931 518 mln soʻm ya’ni 35.2 %ga koʻpaygan boʻlsa, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan esa 1 605 921 mln soʻm ya’ni 8.4% ga oshgan. Asosiy faoliyatning boshqa operatsion daromadlari 2017-yilda 2016-yilga nisbatn 21.6% ga, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan esa 2.2 barobarga oshganligi asosiy faoliyatidan foydaning oshishiga taʼsir oʻtkazgan.


14-rasm. «Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir» UKning asosiy faoliyatdan koʻrilgan foyda (operatsion foyda) hajmining tahlili.



Download 398,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish