3.2. “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK ning moliyaviy natijalarini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish
Bozor munosabatlari sharoitida har bir xoʻjalik subyekti oʻz faoliyati natijasida sof foydaga erishishni koʻzlaydi. Shu sababli ham sof foyda mikdorini oʻrganish va unga taʼsir etuvchi omillarga baho berish korxona samaradorligini oshirishga olib keladi. Korxona ixtiyorida qoladigan va uning erkin tasarrufidagi foyda - sof foyda deyiladi. Ushbu koʻrsatkich soliq toʻloviga qadar boʻlgan foyda summasidan foyda (daromad)dan soliq va boshqa solikdar va ajratmalar summasini chegirish asosida anikdanadi.
Sof foyda tahlilida uning oʻtgan yillarga, shuningdek, korxona biznes rejasi koʻrsatkichlariga nisbatan oʻzgarishlari oʻrganiladi. Moliyaviy natijaviylikning ushbu yakuniy qatori barcha ichki va tashqi axborotdan foydalanuvchilar eʼtiboridagi masala hisoblanadi.
Tashqi axborotdan foydalanuvchilar korxonaning foydalilik darajasiga, oʻz aktivlarini maqsadli boshqarishning shartlarini belgilashga xam jiddiy axamiyat berishadi. Masalan, korxona mulkida hissali qatnashuvchilar aksiya egalari kelishuviga yoki xususiy kapitaldagi ulushiga qarab taqsimlanadigan xisob foydasining xolatiga korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda bilan qiziqsalar, investitsiya homiylari esa korxona faoliyatining barqarorligi va oʻsish darajalari ga koʻproq qiziqadilar.
Tahlil etishda har bir omilning sof foyda oʻzgarishidagi mutloq qiymatlari aniqlanadi. Ularning oʻzgarishlariga baho berish orqali korxonada foydani oʻstirish yuzasidan ichki imkoniyatlarning mavjudligi oʻrganiladi.
Korxona sof foydasining uzgarishiga taʼsir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.
14-rasm. Korxona sof foydasining oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillar
Sof foyda miqdori faqat bir asosiy faoliyatgagina bogʻliq emas. Uning shakllanishida bir qator qoʻshimcha faoliyatalar ham mavjudki, ularning korxonaning sof foydasining shakllanishidagi xissasi katta. Bular qatoriga moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda (zarar), tasodifiy foyda (zarar)lar kiradi.
Korxonaning soliq toʻlagunga qadar foydasi asosiy ishlab chiarish va moliyaviy faoliyatdan olinadigan natija, favqulodda faoliyatdan yoki xolatlar natijasi jamlangan holda joriy davr boʻyicha aniqlanadi. Soliq toʻlagunga qadar foyda umumxoʻjalik faoliyatidan olingan foydaga favqulodda vaziyatlardan koʻrilgan foydani qoʻshish yoki zarar boʻlsa ayirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Quyida keltirilgan 18-jadvalda “Oʻztemiryoʻlmashta’mir” unitar korxonasining sof foydasi taxlili dinamikasi keltirilgan.
18-jadval
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKning sof foydasi taxlili, mln soʻm*
Koʻrsatkichlar
|
2016-yil
|
2017-yil
|
2018-yil
|
2017-yil 2016-yilga nisbatan
|
2018- yil 2017-yilga nisbatan
|
Farki
|
%
|
Farki
|
%
|
1.Soliq toʻlagunga qadar foyda
|
724 721
|
1 004 262
|
2 589 065
|
279 541
|
138.5
|
1 584 803
|
257.8
|
2. Daromad (foyda) solig’i
|
297 136
|
366 661
|
484 676
|
69 525
|
123.3
|
118 015
|
132.1
|
3.Foydadan boshka soliqlar va yig’imlar
|
34 203
|
51 008
|
-
|
16 805
|
149.1
|
-
|
-
|
4.Jami soliqlar
(2+3)
|
331 339
|
417 669
|
484 676
|
86 330
|
126
|
67 007
|
116
|
5.Sof foydasi (zarari) (1-4)
|
393 382
|
586 593
|
2 104 389
|
193 211
|
149.1
|
1 517 796
|
358.7
|
*Manba: “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK ning “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisoboti”, 2016-2018-yillar
Yuqorida keltirilgan 18-jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki, korxonaning jami soliqlar summasi 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 86 330 mln soʻm ya’ni 26 % ga koʻpayagn boʻlsa, 2018-yilda esa 2017-yilga nisbatan 67 007 mln soʻm ya’ni 16 %ga koʻpaygan. Bunda koʻrinadiki, foydaning 2016-yilda 45.7 % i, 2017-yilda 41.5 % i, 2018-yilda esa 18.7%i davlat byudjetiga tushgan, korxona ixtiyorida esa 2016-yilda 54.3 %i, 2017-yilda 58.5 %i, 2018-yilda 81.3%i qolgan. Korxonaning soliq toʻlagunga qadar foydasi 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 279 541 mln soʻm ya’ni 38.5 % ga koʻpaygan, 2018-yilda esa 2017-yilga nisbatan 1584803 mln soʻm ya’ni 2.5 barobarga oshgan. “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK ning sof foydasi 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 193 211 mln soʻm ya’ni 49.1% ga koʻpaygan, 2018-yilda esa 2017-yilga nisbatan 1 517 796 mln soʻm ya’ni 3.5 barobarga oshgan.
15-rasm. “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKning sof foydasi.
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK ning sof foydasi 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 193 211 mln soʻmga koʻpaygan, 2018-yilda esa 2017-yilga nisbatan 3.5 barobarga oshgan.
19-jadvalda “Oʻztemiryoʻlmashta’mir” unitar korxonasining sof foydasi taxlili dinamikasi keltirilgan.
Quyida keltirilgan 19- jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki, korxona sof foydasining 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 193 211 mln soʻmga yaʼni 49% ga, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 1 517 796 mln soʻmga yaʼni 3.5 barobarga oʻsishi quyidagi omillar xisobiga roʻy bergan;
Maxsulot sotishdan olingn sof tushumning 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 40 028 123 mln soʻm yaʼni 50% ga, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 35 165 852 mln soʻmga yaʼni 29.3% koʻpayishi korxona sof foydasining shu yillar ichida shunchaga oshirgan. Sotilgan maxsulotning ishlab chiqarish tannarxi 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 35 026 045 mln soʻmga yaʼni 53 % ga, 2018-yilda 2017- yilga nisbatan 33 715 388 mln soʻmga yaʼni 33.3 % ga oshishi sof foydaning shunchaga kamayishiga olib kelgan.
19-jadval
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKning sof foydasiga tasir etuvchi omillar taxlili,mln soʻm*
Koʻrsatkichlar
|
2016-yil
|
2017-yil
|
2018-yil
|
2017-yil 2016-yilga nisbatan
|
2018- yil 2017-yilga nisbatan
|
Farki
|
%
|
Farki
|
%
|
1.Mahsulot sotishdan olingn sof tushum
|
79 708 894
|
119 737 017
|
154902 869
|
40 028123
|
150
|
35165852
|
129.3
|
2.Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi
|
66 002 874
|
101 028 919
|
134 744307
|
35 026045
|
153
|
33715388
|
133.3
|
3.Davr xarajatlari
|
14 004 835
|
18 936 353
|
20 542 274
|
4 931 518
|
135
|
1 605 921
|
108.4
|
4.Asosiy faoliyatning boshqa operatsion daromadlari
|
980 744
|
1 193 389
|
2 706 400
|
212 645
|
122
|
1 513 011
|
226.7
|
5.Moliyaviy faoliyatdan daromad
|
47 725
|
56 752
|
272 804
|
9 027
|
119
|
216 052
|
480.6
|
6.Moliyaviy faoliyatdan xarajat
|
4 933
|
17 624
|
6 427
|
12 691
|
357
|
-11 197
|
36.4
|
7.Foydadan soliq va boshqa soliq hamda ajratmalar
|
331 339
|
417 669
|
484 676
|
86 330
|
126
|
67 007
|
116
|
8.Sof foydasi
|
393 382
|
586 593
|
2 104 389
|
193 211
|
149
|
1 517 796
|
358.7
|
*Manba:“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK ning “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisoboti”, 2016-2018-yillar
Korxonalar faoliyatining yakuni rentabellik - iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichida ifodalanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rentabellik foyda olish darajasini, sarflangan xarajat yoki capital hisobiga toʻgʻri keladigan foyda hajmini belgilaydi. Rentabellik koʻrsatkichlari jami ijtimoiy ishlab chiqarish va har bir savdo tashkilotlari va korxonalarning iqtisodiy salohiyatini ifodalovchi koʻrsatkichlardan biri xisoblanadi. Rentabellik koʻrsatkichlari korxonalarning xoʻjalik faoliyatida bir qancha fuksiyalarni bajaradi.
15-rasm. Rentabellik koʻrsatkichlarining fuksiyalari
Rossiya iqtisodiy tahlil faninning koʻzga koʻringan olimlaridan biri A.I.Alekseyev rentabellik koʻrsatkichlarini uchta guruhga umumlashtirishni tavsiya qilgan yaʼni:
-Kapital (aktivlar) rentabelligi;
-Maxsulot rentabelligi;
-Pul mablagʻlari oqimi asosida hisoblangan rentabellik koʻrsatkichlari.
Oʻzbek olimlaridan E.A. Akramov tomonidan chop etilgan “Korxonalarning moliyaviy xolati tahlili” oʻquv qoʻllanmasida rentabellik koʻrsatkichlarini ikki tizimli, yaʼni umumiy rentabellik koʻrsatkichlari va qoʻshimcha rentabellik koʻrsatkichlariga umumlashtirishni tavsiya qilgan.
Bozor istisodiyoti sharoitida iqtisodiyot tarmoslarida rentabellikning quyidagi turlari aniklanadi:
Ishlab chiqarish xarajatalariga nisbatan rentabellik:
Ushbu koʻrsatkich bir soʻmlik ishlab chiqarish xarajati hisobiga olingan foyda summasini xarakterlaydi.
-Asosiy vositalar rentabelligi. Asosiy vositalar rentabelligi har bir soʻmlik yoki ming soʻmlik asosiy vosita hisobiga toʻgʻri keladigan foyda summasini xarakterlaydi. Ushbu kursatkich sof foyda summasini asosiy vositalarning urtacha yillik qiymatiga boʻlish asosida anikdanadi.
- Sotilgan maxsulot rentabelligini aniqlash uchun sof foydani sotilgan maxsulot (ish, xizmat) ning miqdoriga boʻlish kifoya.
Ushbu korsatkich korxonaning 100 soʻm sotilgan maxsulot korxonanga qancha sof foyda keltirayotganligidan dalolat beradi.
-Jami aktivlarning rentabelligi darajasi korxonalarning asosiy fondlar va aylanma mablagʻlardan foydalanish darajasini koʻrsatadi. Ushbu rentabellik darajasining normasi axamiyati 50 foizdan 10 foizgacha boʻlishi kerak.
Quyida keltirilgan 20-jadvalda “Oʻztemiryoʻlmashta’mir” unitar korxonasining jami aktivlarining rentabellik darajasi va uning oʻzgarishiga taʼsir qiluvchi omillar dinamikasi keltirilgan.
20-jadval
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKning jami aktivlarining rentabellik darajasi va uning oʻzgarishiga taʼsir qiluvchi omillarning taxlili,
mln.soʻm *
Koʻrsatkichlar
|
2016-yil
|
2017-yil
|
2018-yil
|
2017-yil 2016-yilga nisbatan %
|
2018- yil 2017-yilga nisbatan %
|
1.Sof foyda
|
393 382
|
586 593
|
2 104 389
|
149.1
|
358.7
|
2.Jami aktivlar summasi
|
61 095 383
|
67 908 896
|
98 600 527
|
111,15
|
145,19
|
3. Jami aktivlar rentabellik darajasi (1*100/2)
|
0.6
|
0,9
|
2.13
|
+0,3
|
+1.23
|
*Manba.:“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK ning “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisoboti”, 2016-2018-yillar
Yuqorida keltirilgan 20-jadval maʼlumotlaridan koʻrinadiki, korxonaning jami aktivlar rentabellik darajasi 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 0,3 % ga koʻpaygan boʻlsa, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 1.23 % ga koʻpaygan. Bunga kuyidagi ikkita omil ta’sir koʻrsatgan ya’ni jami aktivlar summasining 2017-yildda 2016-yilga nisbatan 111,15 % ga koʻpaygan boʻsa, bu koʻrsatkich 2018-yilda 2017-yilga nisbatan esa 145,19 % koʻpaygan, shuningdek sof foydaning 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 49.1% ga, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 3.5 barobarga oshganligi oʻz taʼsirini oʻtkazgan.
16-rasm. “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKning jami aktivlarining rentabellik darajasi
Sotilgan maxsulot rentabelligi koʻrsatkichi bir soʻmlik sof tushumga toʻgʻri keluvchi xarajat birligini koʻrsatadi. Ushbu rentabellik koeffitsiyentining oʻsishi maxsulot tannarxining pasayishi va sotilgan maxsulot tannarxining pasayishi va sotilgan maxsuot rentabelligini oshishidan dalolat beradi. Bunda bir soʻmlik maxsulot qancha sof foyda birligini oshishini koʻrishimiz mumkin.
Quyidagi 21-jadvalda “Oʻztemiryoʻlmashta’mir” unitar korxonasining sotilgan mahsulot rentabellik darajasi va uning oʻzgarishiga taʼsir qiluvchi omillar taxlili dinamikasi keltirilgan.
Quyida keltirilgan 21-jadval maʼlumotlaridan koʻrinadiki, korxonaning sotilgan maxsulot rentabelliki (ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha) 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 1.57 % ga, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 2 % ga oshgan.
Sotilgan maxsulot rentabelliki (sof foyda bo’yicha) 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 0.01 % ga kamaygan boʻlsa, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 0.87 % ga koʻpaygan.
Sotilgan maxsulotning ishlab chiqarish tannarxi 2017 – yilda 2016-yilga nisbatan 53% ga oshgan bo’lsa, 2018-yilda 2017- yilga nisbatan 33.3 %ga oshgan.
21-jadval
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKning sotilgan mahsulot rentabellik darajasi va uning oʻzgarishiga taʼsir qiluvchi omillar taxlili, mln soʻm*
Koʻrsatkichlar
|
2016-yil
|
2017-yil
|
2018-yil
|
2017-yil 2016-yilga nisbatan %
|
2018- yil 2017-yilga nisbatan%
|
1.Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi
|
66 002 874
|
101 028 919
|
134 744 307
|
153
|
133.3
|
2.Sof foyda
|
393 382
|
586 593
|
2 104 389
|
149.1
|
358.7
|
3.Mahsulot sotishdan olingn sof tushum
|
79 708 894
|
119 737 017
|
154 902 869
|
150.2
|
129.3
|
4. Sotilgan mahsulot rentabellik (ishlab chiqarish tannarxi buyicha) (1*100/3)
|
82.80
|
84.37
|
86.98
|
+1.57
|
+2
|
5.Sotilgan mahsulot rentabellik (sof foyda buyicha)(2*100/3)
|
0.49
|
0.48
|
1.35
|
-0.01
|
+0.87
|
*Manba: “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK ning “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisoboti”, 2016-2018-yillar.
Korxona sof foyasi 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 49.1 % ga ko’paygan. Bu esa sotilgan mahsulot rentabelligiga o’z ta’sirini o’tkazgan va 0.01 % ga kamaytirgan. 2018-yilda 2017-yilga nisbatan sof foydaning 3.5 barobarga ko’payganligi natijasida sotilgan mahsulot rentabelligi 2018-yilda 0.87 % ga ko’paygan.
Xulosa va takliflar
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning barqaror faoliyat yuritishi koʻp jihatdan ularning ijobiy moliyaviy natijalarga erishishiga bogʻliq. Moliyaviy natijalar – xoʻjalik yurituvchi subyektning maʼlum hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida oʻziga qarashli mablagʻning oshishi yoki kamayishidir. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning mohiyati shundan iboratki, u korxona faoliyati toʻgʻrisidagi iqtisodiy koʻrsatkichlarni shakllantirish bilan birgalikda uning samaradorligi va moliyaviy barqarorligini tavsiflash uchun zarur maʼlumotlarini ham oʻzida aks ettiradi. Agar buxgalteriya balansi korxonaning mol–mulki mablagʻlari kapitali va majburiyatlari, yaʼni korxonaning ishlab chiqarish vositalari va mehnat predmetlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida mujassam qilsa, moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotiga korxonaning mehnat vositalari predmetlari va ishchi kuchidan foydalanish natijasida olingan koʻrsatkichlarni beradi. Shuning uchun ham uning maʼsuliyatlari tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun birday ahamiyatlidir.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarning moliyaviy natijalarini hisobini samarali tashkil etilishi ular tomonidan foyda olishini toʻgʻri hisobga olishini hamda uning uchun taxliliy ishlarni muntazam amalga oshirish oʻta zarur hisoblanadi va bituruv malakaviy ishini yoritish asnosida quyidagi xulosa va takliflar berildi: “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKning asosiy ishlab chiqarish koʻrsatkichlari hajmi 2016-2018-yillarda oshgan. Ishlab chiqarish hajmi 129% ga, lokomotivlarning taʼmirlash va tiklash 132 % ga, eksport hajmi 106%ga oshgan. Korxonada ishchilar soni 5%ga, oʻrtacha oylik ish haqi 119 % ga oshgan.
Korxona daromadlari 2016-2018-yillar mobaynida koʻpayib oʻsish surʼati 30.4% ni tashkil etgan. Shuningdek, xarajatlari ortib 129.4 % ga oʻzgargan.
Maxsulot sotishdan olingan sof tushum 2016-2018-yillar mobaynida koʻpayib oʻsish surʼati 29 % ni tashkil qilgan. Maxsulot sotishdan kelgan yalpi foda koʻpayib, uning oʻsishi 8 % ni tashkil etgan. Korxonaning asosiy faoliyatdan foydasi 2016-2018-yillar mobaynida 2.4 barobarga oshgan. “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKning sof foydasi 2016-2018-yillar mobaynida 3.5 barobarga oshgan.
Yuqoridagi xulosalar asosida quyidagi takliflarni bildirish mumkin.
Korxona moliyaviy natijalarini yanada yaxshilash borasida quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq boʻlar edi:
Amaldagi temir yo’l korxonalariga ko’rsatilayotgan xizmatlarning va ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning sifatini yaxshilab, maxsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish xamda yangi maxsulot va xizmatlar turini (yuqori tezlikda xarakatlanadigan elektropoyezdlarni joriy, kapital taʼmirlashni oʻzlashtirish; xalk xoʻjaligi istemol mollari turlarini ishlab chikarishni koʻpaytirish, zamonaviy koʻmir kotellarini ishlab chikarish, xar xil temir panjaralar va shunga oʻxshagan maxsulot turlarini) koʻpaytirish;
Eksport xajmini oshirish, shuningdek, ishlab chiqilgan maxsulot va xizmatlarning bir qismini eksportga yoʻnaltirish orqali valyuta tushimini koʻpaytirish;
Korxonada eskirib borayotgan asosiy vositalarini ilg’or zamonaviy texnologiyalar asosida ishlaydigan asbob-uskunalarga investitsiyalar kiritish orqali yangilash. Korxonaga to’g’ridan –to’g’ri xorijiy investitsiyalar kiritish masalasini ishlab chiqish, shuningdek, 2020-2030-yillar uchun uzoq va oʻrta muddatlarga rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish;
Mavjud boʻsh turgan bino va inshootlar bazasida yangi innovatsion maxsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish;
Importa sotib olinadigan extiyot qisimlarini korxonada maxalliylashtirish orqali miqdori va turlarini kamaytirish;
Korxonada BHMS orqali hisobotlar shakllantirish bilan bir paytda buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari asosida hisobotlarni eʼlon qilib borish;
Maxsulot turlarini koʻpaytirib korxonani toʻla quvvat bilan ishlashini taʼminlash va shu orqali sof foydani oshirish yoʻllarini izlab topish.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati:
1.Oʻzbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi” toʻgʻrisidagi qonun. – Toshkent, 2016-yil 13-aprel.
2.Oʻzbekiston Respublikasi “Temir yoʻl transporti” toʻgʻrisidagi qonun. – Toshkent, 1996-yil
3.Oʻzbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi- Toshkent, 2014-yil.
4.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” gi PF-4947-sonli Farmoni. – Toshkent,
5.«Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami», 2017-y., 6-son, 70-modda.
6.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisdagi “2018-yil yakunlari boʻyicha” maruzasi.
7.Oʻzbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobining milliy standarti”. – Toshkent, 2010-yil
8.“Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarakatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida” 54- sonli Nizom, Toshkent, 1999-yil 5-fevral.
9. Gʻulomova Gʻ.Gʻ. “Buxgalteriya hisobini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma”-Toshkent, 2010-yil
10.A.V. Vahobov, A.T. Ibrohimov, N.F. Ishonqulov “Moliyaviy va boshqaruv tahlili” –Toshkent, 2005yil.
11. Sultanova S.M., Babaxalov N.E., Djumanova A.B., Babaxanova N.U. “Temir yoʻl transporti korxonalarida moliyaviy va iqtisodiy faoliyati tahlili” – Toshkent, 2016-yil.
12.Joʻrayev N., Xolbekov R., Abduvaxidov F., Ilxomov I. Buxgalteriya xisobi, iqtisodiy tahlil va audit. Darslik. –Toshkent, 2007-yil.
13.Vohobov A., Ibrohimov A., Ishonqulov N. “Moliyaviy va boshqaruv tahlili”– Toshkent, 2012-y.
14.Shoalimov A.X,Tojiboeva Sh.A., “Moliyaviy va boshqaruv tahlili”.
”– Toshkent,. 2011. 305 bet.
Internet saytlari:
-stat.uz- tashiit.uz
-ziyonet.uz -soliq.uz
- lex.uz
-norma.uz
-realuais.uz
-Finance.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |