Mamasoli jumaboyev


Darsni  mustahkamlash  uchun  savollar



Download 12,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/120
Sana31.12.2021
Hajmi12,91 Mb.
#220217
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   120
Bog'liq
bolalar adabiyoti va ifodali oqish (1)

Darsni  mustahkamlash  uchun  savollar:
1. Shoirning  hayoti  va  ijodi?
2. Shoirning  o‘qish,  odob  haqidagi  asarlari?
3. Bolalar  o‘yinlari,  tabiat,  Vatan  haqidagi  asarlari?


319
CHÅT  EL  BOLALAR  ADABIYOTI
Mustaqil  mamlakatimizda  kattalar  adabiyotining  ajralmas
bir  bo‘lagi  bo‘lgan  bolalar  adabiyotining  rivojlanishi,  har  to-
monlama  boyib  borishida  tarjima  asarlarining  o‘rni,  ahamiyati
katta.  Negaki,  tarjima  asarlarini  o‘qigan  har  bir  yosh  kitob-
xonning  dunyo  haqidagi  fikri,  tasavvuri  boyib,  o‘sha  xalqning
yashash  sharoitlari,  urf-odatlari,  mehnatlari,  orzu-intilishlari
bilan  oshna  bo‘ladilar.
Asrlar  osha  xuddi  ertak  kabi  eldan  elga,  tildan  tilga  o‘tib,
dillarni  yashnatib  yurgan  „Qizil  Shapkacha“  (Sh. Perro),  „Ro-
binzon  Kruzo“  (D. Defo),  „Dyumchaxon“  (H. Andersen),
„Gulliverning  sayohatlari“  (J. Svift),  „Oltin  baliq“  (A. S. Push-
kin),  „Òom  Soyyerning  boshidan  kechirganlari“,  „Shahzoda
va  gado“  (M. Òven),  „Kapitan  Grant  bolalari“,  „Ostin-ustin“
(S. J. Vern),  „Don  Kixot“  (J. Servantes)  kabi  asarlar  yosh
qalblarning  olamga  nisbatan  qiziqishlarini  jo‘sh  urdirib  yu-
boradi.
XX  asrda  bunyod  etilgan  „Maugli“  (R. Kiðling),  „Kich-
kina  Shahzoda“  (A. De Sent — Ekzyuperi),  „Katta  va  kichik
Karlson“  (A. Lindgren),  „Òoshkent — non  shahri“  (A. Ne-
verov),  „Vinni  Pux“  (A. Miln),  „Ahmoq  sichqoncha  haqida
ertak“  (S. Marshak),  „Uch  baqaloq“  (Y. Olesha),  „Quvnoq
japbaqlar“  (B. Kerboboyev),  „Doktor  Voyjonim“  (K. Chu-
kovskiy),  „Òemur  va  uning  komandasi“  (A. Gaydar),  „Chi-
ðollinoning  sarguzashtlari“  (J. Rodari),  „Styopa  amaki“  (S. Mi-
xalkov),  „Kim  bo‘lsam  ekan?“  (V. Mayakovskiy),  „Bilmasvoy
quyosh  shahrida“  (N. Nosov)  singari  olam  kezib  yurgan
asarlar  o‘zbek  kitobxon  bolalarida  katta  taassurot  qoldirmoqda.
Yuqorida  tilga  olingan  asarlar  yosh  kitobxonni  nimagadir
o‘rgatadi,  nimagadir  da’vat  etadi.  Bu  asarlarning  ko‘pchiligida
ona-Vatanga  muhabbat,  uning  ozodligi  va  baxti  uchun  jon
fido  qilish  („Uch  baqaloq“),  noshukur  bo‘lmaslik,  ota-ona
pand-nasihatiga  quloq  solish  („Ahmoq  sichqoncha  haqida
ertak“),  tabiatga  buyuk  mehr  („Maugli“),  tabiatni  asrash,
hayvonot  olamini  sevish  („Doktor  Voyjonim“),  odamlar  xiz-


320
matini  bajarish,  beminnat  yordam  ko‘rsatish  („Òemur  va
uning  komandasi“),  o‘ziga  pishiq-puxta  bo‘lish,  ichki  sirlarni
o‘zgalarga  oshkor  qilmaslik  („Qizil  Shapkacha“),  namunali
o‘qish,  kasb-hunar  egasi  bo‘lish  („Kim  bo‘lsam  ekan?“),
sergak,  tadbirkor  bo‘lish,  quvnoqlikka  intilish  („Quvnoq  jap-
baqlar“)dek  oliyjanob  g‘oyalarning  yotishi  bolalarning  tarjima
asarlariga  nisbatan  bo‘lgan  qiziqish  va  ishtiyoqlarini  o‘stiradi.
Bir  misol:  suriya  xalqining  „Asalari  håch  narsa  dåmabdi“
dågan  bir  ertagi  bor.  Bu  ertakda  måhnatkash-u  kamtarin  bo‘-
lish  masalasi  ko‘tariladi.  Ertak  juda  jozibali,  hayajonli.  Shu  bi-
lan  birga,  yosh  kitobxonni  o‘ylantiradigan,  o‘ziga-o‘zi  hisob
båradigan  ruhda  kamol  topishiga  ham  ko‘mak  båradi.
Bir  o‘rmonda  xo‘roz,  chigirtka,  chivin  va  asalari  yashaydi.
Ma’lumki,  bu  yårda  asalaridan  tashqari  håch  kim  ish,  yu-
mush  bajarmaydi.  Hammasi  ishyoqmas,  dangasa,  ammo  maq-
tanchoq,  takabbur.  Xo‘roz:  „Mån  qichqirmasam,  tong  ham  ot-
maydi.  Tongni  mån  orttiraman“.  Chigirtka:  „Måning  kuyim
dunyoda  eng  yoqimli,  mayin  kuy“.  Chivin:  „Odamlar  ovo-
zimni  eshitib,  huzur  qilishadi“.
Barcha  biladi:  bularnnig  barchasi  zararkunanda.  Odam-
larning  asablariga  tågishdan  nariga  o‘tmaydiganlardan.  Endi
bularning  qo‘shnilari  asalari-chi?  Juda  kamgap,  kamsuqum.  U
doimo  måhnat  bilan  band.  Asalarining  bunday  xususiyati  yosh
kitobxonni  odobli,  måhnatkash,  kamtarin  bo‘lishga  o‘rgatadi.
Turkman  adibi  Bårdi  Kårboboyåvning  „Quvnoq  japbaq-
lar“  asarida  bolalarni  bir-birlari  bilan  ahil,  do‘st,  tadbirkor-u
vatanparvar  bo‘lishga  undaydi.
Bir  oilada  Japbaq,  Mapbaq,  To‘pbaq,  Yapbaq  ismli  juda
quvnoq,  kambag‘al-qashshoq  aka-ukalar  istiqomat  qilishadi.
Ota  yo‘q,  onaning  topgan-tutgani  ro‘zg‘or  tåbratishga  yåtmay-
di.  Ajoyib-g‘aroyib  kulgu-yu  sarguzashtlarga  boy  bu  asarda
aka-ukalar  hayotda  bo‘sh  kålmaslikka,  ozgina  mug‘ombir,  oz-
gina  ishbilarmonlik  namunasini  ko‘rsatishga  harakat  qilib  ya-
shashlari  kitobxon  bolalarga  manzur  bo‘ladi.
Yurtda  nima  ko‘p — boy-u  puldor  ko‘p.  Nima  ko‘p — al-
damchi,  g‘irrom,  o‘zgalar  hisobiga  kun  ko‘radiganlar  ko‘p.
Japbaqlarning  mana  shundaylarga  qarshi  ish  yuritishlari,  ol-
dindan  chiqadigan  har  qanday  to‘siq-g‘ovlarni  quvnoqlik  yo‘-
lini  tutib,  ishbilarmonlik  bilan  yångib  o‘tishlari  quvonchlidir.
Qishloqdagi  eng  katta  boylardan  biri  Duyduq  xolani,  uzoq


321
yillardan  båri  xasislikda  nom  chiqargan  Kålåkboyni,  „Ham-
mangni  duoyi  ba’d  qilib,  yår  yuzidan  supirib  tashlayman“,
dåb  yuradigan  tåkintomoq  Yaloq  eshonni,  ham  ko‘p  uxlash
yo‘lini  tutib,  måhnatkash  xalqni  aldab,  unga  riyokorlik  ko‘r-
satib  kåladigan  uyquchi  Yotag‘on  laqabli  bir  boyni  o‘zlarining
so‘zga  chåchanliklari-yu  sabr-toqatlari  bilan  yångib  chiqishlari
elga  manzur  bo‘ladi.
Japbaqlar  el-yurt,  shahar  va  qishloqlarni  aylanib  chiqi-
shadi.  Ular  qayårda  bo‘lishmasin,  albatta,  xalqni  zulukdåk
so‘ruvchilarni  ahillig-u  tabassumlari  bilan  sindirishadi.
Inson  uchun  hayotda  eng  muhimi,  suv  bilan  havodåk
zaruri  uy-joy,  ya’ni  vatan  hisoblanadi.
Japbaqlar  ko‘p  o‘ylashadi.  Ancha-muncha  joylarda  uy-joy
qurib,  o‘sha  yårni  vatan  aylab,  yashab  qolishmoqchi  ham
bo‘lishadi.  Låkin  ona  qishloq,  kindik  qonlari  to‘kilgan  joy  ular
uchun  mo‘tabar  tuyulavåradi.  Bizning  bu  fikrimizga  ularning
mana  bunday  suhbatlari-yu  xulosalari  asos  bo‘ladi:
— Kambag‘alning  kamchiligi  nima? — dåbdi  Yapbaq. —
O‘tin  bilan  suv.  Dåmak,  o‘tovni  o‘shanday  joyga  quramiz“.
Shu  zaylda  aka-ukalar  turli  joylarni  tanlab,  uy  qurish-
moqchi  bo‘lishadi.  Hamma  joyda  ham  tinchlik,  xotirjamlik  yo‘q.
Endi  mana  bu  gapga  e’tibor  båring:
— Agar  yurtda  osoyishtalik  bo‘lmasa, — dåyishibdi  Japbaq-
lar, — o‘tinning  issig‘i,  suvning  ta’mi-yu  nonning  kuchi  ham
bo‘lmaydi.  Dunyoni  qanchalik  kåzma,  baribir  ona-Vatandan
azizroq  joy  yo‘q.
Shunday  qilib,  og‘a-inilar  o‘zgalar  yurtidan  ko‘ngillari  to‘l-
may,  o‘z  makonlari  sari  otlanadilar.  Qachonlardir  uylari  tur-
gan  joyning  tuprog‘ini  o‘pib,  shu  yårga  yangi  uy  qurib  oladi-
lar.  Shunday  qilib,  o‘z  uying — o‘lan  to‘shaging,  dåganlari-
dåk,  japbaqlar  uchun  kindik  qonlari  to‘kilgan  yår  hamma
joydan  ko‘ra  go‘zal,  orombaxsh  bo‘lishi  kitobxon  bolalar
uchun  ibrat  maktabi  rolini  o‘taydi.
21 — Bolalar  adabiyoti  va  ifodali  o‘qish


322
Hamma  zamonlarda  ham,  har  qanday  holatda  ham  bo-
lalar  ertak  tinglashgan,  ertaklar  og‘ushida  kamol  topishgan.
Ertaklardagi  hayajonli,  ta’sirli  voqåa  va  hodisalar  ularni  nima-
gadir  da’vat  etgan,  to‘lqinlantirgan,  yaxshi,  ijobiy  ishlarga  yo‘-
naltirgan.
Olamda  maxsus  badiiy  ertak  aytuvchi  hamda  ertak  yo-
zuvchi  qalamkashlar  ham  bo‘lgan.  Ana  shunday  badiiy  ertak
yozuvchilardan  biri  fransuz  shoiri  va  tanqidchisi,  badiiy  er-
taklar  ijodkori  Sharl  Pårrodir.  U  o‘zining  „Qizil  Shapkacha“,
„Zolushka“  va  „Etik  kiygan  mushuk“  asarlari  bilan  jahonga
tanildi.
Sharl  Perro  badiiy  ertaklar  ijod  etishdan  oldin  xalq  og‘-
zaki  ijodini  mehr  va  ishtiyoq  bilan  chuqur  o‘rgandi.  Shuning
uchun  ham  u  o‘z  ertaklarida  xalq  udumlarini  dadil  ilgari  surdi.
Perro  qahramonlari  o‘z  mehnatsevarliklari  hamda  saxiyliklari
bilan  ajralib  turadilar.  G‘arazgo‘ylik,  maqtanchoqlik,  qizg‘an-
chiqlik  o‘rnini  yaxshilik,  mehribonlik  bosib  ketishi  hamon
kitobxonni  shod  etib  kelmoqda.
Sharl  Perrodan  bor-yo‘g‘i  o‘n  ikki  ertak  saqlanib  qolgan.
Qaysi  ertagiga  nazar  tashlamang,  barchasida  bolalar  zavq
oladigan  qirralar  bor  ekanligini  darrov  payqaysiz.  Dunyoda
uning  „Etik  kiygan  mushuk“  ertagini  o‘qimagan  yoki  shu
ertak  asosida  yaratilgan  multfilmni  miriqib  tomosha  qilmagan
bola  topilmasa  kerak.  Ertakda  aqllilik,  bilimdonlik,  topag‘onlik
bosh  masala  qilib  qo‘yiladi.  Boshqa  asarlarida  bo‘lgani  kabi
Sharl  Perro  bu  ertakda  ham  folklor  an’analariga  yana  bir  bor
sodiq  qoladi.  Ertak  qahramoni — tegirmonchining  kenja  o‘g‘li
Karabs  fahm-farosat,  aql  bilan  ish  ko‘rib,  o‘z  murod-maqsa-
diga  yetadi,  baxtiyor  bo‘ladi.

Download 12,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish