RUSTAM NAZAR
1
(1949 — 2011)
1
Bo‘lim bolalar shoiri T. Adashboyev bilan hamkorlikda yozilgan.
278
Qizcha xomush, jim edi,
Bilmasdi ne deyishni.
Istamasdi qo‘shiqqa,
Non botirib yeyishni!..
She’rdagi kutilmagan xulosa kishini yoqimli seskantirib,
beixtiyor xushyor torttiradi. Yosh qizchaning soddaligi zami-
ridagi beozorlik, beg‘uborlik va ulug‘likdan qattiq mutaassib
bo‘ladi kitobxon. Shunda:
Bolalar pokligi bilan ulug‘dir,
Soddaligi bilan kattadir bizdan, —
degan shoir M. Kenjabekning iqroriga so‘zsiz qo‘shilamiz.
Sevimli „qo‘shiqqa non botirib yeyishni“ istamagan qizcha
kattalarga ibrat bo‘lgulik emasmi? Shå’rdagi favqulodda kutil-
magan poetik fikr-xulosa — ezgu va muqaddas tuyg‘ularni,
tushunchalarni ulug‘lash, qadrlash lozimligi haqida hukmdåk
jaranglaydi.
V. Belinskiy „ ... bolalar uchun kitob yozish kerak, biroq
shunday yaxshi va foydali asarlar yozmoq zarurki, ular kat-
talarni faqat bolalarga atalganligi tufayligina emas, balki chi-
nakam badiiy asar sifatida hammaga mo‘ljallanganligi bilan
qiziqtira olsin,“ degan edi.
Xuddi shuni e’tirof etgandek, Rustam Nazar o‘zi haqida:
„Men bolalar she’riyatini jiddiylashtirishga, unga kattalar
adabiyotiga xos unsurlarni olib kirishga harakat qildim“, deb
yozadi. Chindan, u yaratgan she’rlarning lirik qahramonlari
muayyan bir voqelik, narsa-hodisalarni sinchkovlik bilan
kuzatib, jiddiy fikr-mulohaza yuritadigan aqlli, mustaqil fikrli
bolalardir:
Qora nima, oq nima.
Fahmiga tez yetaman.
Boqib rangin olamga,
Sirlarin kashf etaman, —
deydi „Dunyo va men“ she’ri qahramoni. Bu lirik qahramon
rangin olamning turfa sir-sinoatlarini o‘z aql-u shuuri bilan
anglab, his etib, o‘ziga xos fikr-xulosalarni o‘rtaga tashlaydiki,
u yosh kitobxonni ham, kattalarni ham birdek o‘yga toldiradi.
Shoir „Rangli favvora“da ko‘zbo‘yamachi, yuzi yaltirog‘-u
ichi qaltiroq kimsalarning asl qiyofasini ko‘radi.
279
Òurfa chiroqlar yog‘dusida kamalakday tovlanib, o‘zini
ko‘z-ko‘z qilgan favvora chiroqlar o‘chgach, asl holiga
qaytadi. Bu holni kuzatgan lirik qahramon o‘z munosabatini
shunday bildiradi:
Soxtalikdan naf yo‘q-da,
Xatosini anglarmi?
Ko‘z-ko‘z aylash lozimdir
O‘zingda bor ranglarni!..
„Boqib rangin olamga, sirlarin kashf etaman“ degan lirik
qahramon „Rangli favvora“da shu taxlit oq-qorani ajratadi.
Daraxtni ham, hayvonni ham odam deb ataydigan Dersu
Uzala haqidagi filmni ko‘rib esa, bu holdan hayron bo‘ladi:
Nega ba’zi odamlar
Yomonlikni ko‘zlashar —
Bir-birini to‘nka deb,
Kalamush, deb so‘zlashar?!
Har bir jonzotga odam deb qaraydigan („Odam kabi
gaplashar, hatto yo‘lbars bilan u“) film qahramoni va hayotda
odam bo‘la turib, bir-birini „to‘nka“, „kalamush“ deb atay-
digan kimsalarni qiyoslab, lirik qahramon chuqur o‘yga toladi.
Uning savoli zamirida yomonlik, qabihlik kabi illatlardan
qochish, bir-biriga mehr, izzat ko‘rsatish orzusi bor.
„Olis urush yillari“dan „unsiz hikoya“ so‘ylayotgan man-
gu olov yoniga bir chol gul qo‘yadi, „og‘riq kirib taniga“. Bu
hol, bu og‘riq sababi ma’lum — olis xotiralar qiynog‘i bu.
Shu payt „tantiq bir o‘smir“ ham „chopib keldi shoshilib“.
Uni ham shoshilmay kuzatib:
Yodgorlikka boqmadi,
Nigohida yo‘q ma’ni.
¾ Kun sovuq-da, kelibdi
Sal isinib olgani! —
deydi lirik qahramon va tantiq o‘smirning sovqotgan (aslida
sovuq, hissiz) qiyofasini („Nigohida yo‘q ma’ni“) chizar
ekan, o‘z munosabatini kesatish ohangida bildiradi. She’rdagi
chol va o‘smir qiyofasi faqat ikki avlod emas, ayni paytda,
ikki xil olam kishilari sifatida gavdalanadi: ezgulik, tinchlik
uchun kurashgan fidoyi (chol) va faqat o‘z tinchini, rohatini
o‘ylaydigan xudbin (o‘smir) kimsalar.
280
Bunday xudbinlar erta bir kun ulg‘aygach ham el-yurt
uchun biror-bir naf keltirishni aslo o‘ylamaydi. „Chig‘anoq“
she’rining lirik qahramoni shundaylardan nihoyatda dilzada.
Chig‘anoqqa „quloq tutsangiz, xuddi dengiz shovullar“. Go‘yo
shu mitti xilqat ardoqlab „Dengiz — asl ma’vosin, Charcha-
mas hech, bezmas hech kuylashdan yurt navosin“. Lirik
qahramon shu kichik chig‘anoqdan katta ma’no tuyadi: u o‘z
yurtiga sadoqatli, ayriliqda ham Vatan yodi bilan yashovchi
yurtparvar fidoyi kabi.
Lirik qahramon fikrlashda davom etadi:
Odamlar-chi? Ba’zilar
Subutsiz va ayyordir.
Gaplarida yurt uchun,
O‘lmoqlikka tayyordir.
Lekin quloq tutsangiz
Qalblariga mabodo,
Eshitilar baralla,
Ko‘p g‘alati bir sado, —
kabi satrlarda tili boshqa-yu dili boshqa odamlarning qiyofasini
tasvirlar ekan, ularning aslida chig‘anoqdan ham maydalashib
ketganidan afsus chekadi, achinadi:
Uy-joy, ro‘zg‘or g‘amida
So‘nar dillar hovuri —
Ichlarida g‘uvullar
Bozor g‘ala-g‘ovuri.
Chig‘anoqdan dengiz shovullashi eshitilsa, ba’zilarning
ichida „bozor g‘ala-g‘ovuri“ „g‘uvullar“. Bu ikki so‘z — ulkan
dengizga xos o‘ktam ovoz (shovullash) va bozor „g‘ala-
g‘ovuri“ning g‘uvullashi ichki olami ikki xil bo‘lgan kishilar
ma’naviy holatini tasvirlaydi. Ichki olami g‘arib, faqat tirik-
chilik g‘amidagi „bozorbop“ kimsalarning siri ochilib, fosh
etiladi.
Hatto chig‘anoqchalik bo‘lolmagan ba’zi kimsalarning
ayanchli holati — tasviri bu. Umuman, Rustam Nazar she’r-
larida, ko‘pincha, hayotni yanada mukammal va go‘zal, in-
sonni barkamol va ulug‘vor ko‘rish orzusi barq urib turadi.
Buning uchun inson tinimsiz sa’y-harakat qilmog‘i, yuksal-
mog‘i, vaqt va umrning qadriga yetmog‘i kerak! Òoshbaqa
kabi imillash mumkin emas.
281
Òoshbaqa manzili olis bo‘lsa ham shoshilishiga hojat
yo‘q, chunki u 400 yil yashaydi, ammo:
Lekin sen-chi, bolakay,
Nega beg‘am yotibsan,
Hamma ishing chala-yu,
Puch o‘ylarga botibsan?! —
deb tanbeh beradi, kuyunadi. „Òoshbaqa“ she’ri lirik qahra-
monining da’vati va talabi qat’iy:
Qadrla har fursatni,
Chaman yarat, qur qasr.
Imillagan har jonzot
Yashamaydi to‘rt asr!
Har lahzaning g‘animatligi „O‘lchovli vaqt“ she’ri lirik
qahramoni tilidan ham obrazli, ta’sirchan tarzda ta’kidlanadi.
Yugurishda atigi bir daqiqa kechikkani bois g‘olib bo‘lolmagan
Sobirning iztirobi tasvirlanar ekan, musobaqa emas, hayotda
ham har daqiqaning qadriga yetish kerakligini uqtiradi:
Ko‘zingni och, ey jo‘ra,
Vaqt o‘lchovli, yetsa gal —
Atigi bir daqiqa
Òaqdiringni etgay hal!
Vaqtni, umrni ezgu va yaxshi ishlarga sarflashda ibrat
bo‘lgan, yetmishdan oshsa hamki kun bo‘yi og‘ir etik kiyib
bog‘da ishlaydigan otaxonga nevaralar hordiq olib, oyoq
uzatib yotishni taklif qilishadi. Shunda:
Buvam kular: „Òirik jon —
Lozim mehnat etmog‘i.
O‘zi qarib, zaminni
Yashartirib ketmog‘i“.
O‘zidan yaxshi nom qoldirish ko‘p aytilgan. Aslo eskir-
mas ezgu aqidaning chol tilidan aytilishi unga o‘zgacha bir
ruh baxsh etmoqda. Bu she’rda „qarish“ va „yashartirish“
zidligi asosida ma’no yanada ta’sirchan chiqqan. Shu ma’no-
fikr, o‘git-nasihat agar quruq „Mehnat qilish kerak, yerni
yashnatish, gullatish kerak“ tarzida aytilsa, yosh kitobxonning
ensasini qotirishi turgan gap edi.
„Dangasa“ she’rida, qalovini topsa qorni yondirish ham
mumkin bo‘lgani holda, loqaydlikka berilganlar shunday
282
ayovsiz tanqid qilinadi. Lirik qahramon dangasalarni shunday
chimdib-chimdib oladi:
Jon koyitmas dangasa,
Izlash tugul qalovni,
O‘chiradi erinib
Yonib turgan olovni!
Rustam Nazar she’rlari, asosan, aniq sujetga ega. Shoir-
ning mahorati shundaki, u muayyan bir voqelik, holat-man-
zarani yorqin va rangin bo‘yoqlarda tasvirlaydi, ular asosida
muayyan bir fikr, g‘oyani ilgari suradi. Muhimi, hammaga
ma’lum narsalar haqida ham mutlaqo yangi bir gap, ohorli
fikr ayta oladi. O‘z fikrini badiiy jihatdan puxta asoslaydi va
ishontiradi. Masalan, kuz „daraxtlarning ra’yiga qaramay“
hammasini sariq rangga bo‘yaydi. Faqat archa har doim
ko‘m-ko‘k. Shoir buni shunday izohlaydi:
Jur’at etmas bo‘yashga,
Qo‘rqar ignalaridan!
G‘aroyib she’riy topilma! Hammaga ma’lum narsaning
hech kimning xayoliga kelmagan yangicha izohi va badiiy is-
boti: archaning ignalaridan qo‘rqib, kuz uni sarg‘aytirishga
botinolmaydi.
Yoki „Intizomli tramvay“ she’rini olaylik. Avvalo, tram-
vay qanday qilib „intizomli“ bo‘lsin? Shoir esa buni badiiy
asoslaydi:
Yurar doim bir yo‘ldan,
Izdan sira chiqmas u.
Avtobusday burnini
Har ko‘chaga tiqmas u.
Sodda, ravon va obrazli tasvir o‘quvchini rom etadi va
shoir so‘ziga ishontiradi.
Narsa-hodisalarning o‘ziga xos belgisi, shakli yoxud bosh-
qa bir jihatiga asoslanib, ulardan majoziy ma’no-mazmun
anglatadiki, bu badiiy topilmalar o‘quvchini so‘zsiz ishonti-
radi. Shu badiiy asoslarga suyangan holda, muayyan bir po-
etik mazmun shakllantirilib, she’r so‘ngida ixcham va ta’sir-
chan fikr-xulosa bayon etiladi. Bu kutilmaganlik va favqu-
loddalik birdan kitobxonni yoqimli larzalantiradi. Shoirning
poetik maqsadini o‘quvchiga tez va oson singdiradi.
283
Shoir she’rlari yosh kitobxonlarning fikr darajasi, dun-
yoqarashi, o‘sishiga, mulohaza layoqatining chuqurlashishiga
xizmat qiladi. Ularni hayotga ziyrak nigoh va tiyrak aql bilan
qarashga, ezgulikni qadrlashga undaydi. Qalblarini, ma’naviy
darajalarini yanada yuksaltiradi, ulg‘aytiradi. Zero, shoirnnig
o‘zi e’tirof etganidek:
Mashqlarimni sizga tutdim,
Dilingizga borib yetsin.
Bolalarni katta aylab,
Kattalarni bola etsin!
Do'stlaringiz bilan baham: |