SAFO OCHIL
(1942 — 2009)
259
nidir. Shoir ramziy ifodalash orqali o‘zining falsafiy fikrlarini
bolalar tilida jonlantirishga harakat qiladi. Bu o‘rinda
„Kungaboqar“ she’ri diqqatga loyiq:
Kungaboqar muloyimdir,
Uyati bor.
O‘ziga xos qiziq, ajib
Odati bor —
Òunda yerga, kunduz esa
Kunga boqar.
Shu boisdan yer-u kunga
Birday yoqar.
Qorni to‘ygach, „yig‘ib olar“
U esini.
Quyoshga ham ko‘rsatadi
Yelkasini¾
Bu she’rda o‘zbek xalq og‘zaki ijodiga xos botiniy pa-
rallelizm uslubi gavdalangan. Kungaboqarning o‘ziga xos
xususiyatlari, o‘sishi, „yashash“ tarzi yashirin ravishda inson-
ga qiyoslanadi. Darhaqiqat, ayrim laganbardor odamlarning
rahbar-u amaldorlarga yaltoqlanishi, ularning og‘ziga qarab
turishi va ularga egilib-bukilib turish manzaralari barchaga
ayon va ma’lum. Qolaversa, hayotda ba’zi kishilar borki, ular
ishi bitgach, yaxshilikni tez unutadilar, ezgulik qilgan insonga
hatto „yelkasini ko‘rsatadi“lar. She’rda shu lavhalar badiiy
jihatdan yaxshi tasvirlangan.
„Soyam bilan o‘ynayman“ she’rida ayrim subutsizlar tim-
soli yorqin ifodalangan. Bola o‘z soyasi bilan do‘st tutinadi,
o‘ynaydi. Biroq soya esa bola yursa-yuradi, tursa-turadi.
Bolada qiziq bir xususiyat bor. Kimdir uning qilgan
ishini, xatti-harakatini takrorlayversa, aytgan so‘zini bot-bot
aytaversa, „Meni ermak qilyapti“ deb undan jahli chiqadi.
„Soyam bilan o‘ynayman“ she’ridagi lirik qahramon ham shu
holatga tushadi va o‘z soyasiga:
Ey, soyajon!
Qilmagin ermak.
Shunday qilsang,
Do‘stmassan, demak, —
deya tanbeh beradi. Lekin soya „bilganidan qolmaydi“.
Shunda lirik qahramon o‘zining ichki ruhiy holatini,
kichkintoylarga xos iztirobini, noroziligini to‘kib soladi:
260
„Po‘m“ desam-da,
Ergashib kelar.
Undan odam
Qanday qutular?!
Shoirning „Qo‘rqoqlik“ she’rida yosh lirik qahramon no-
haqlikka, adolatsizlikka, loqaydlikka qarshi isyon ko‘taradi.
Shu isyon ruhi badiiy-publitsistik uslub orqali tasvirlanadi:
— Dada, katta bir bola
Meni nohaqdan urdi.
Yordam bermay o‘rtog‘im
Qo‘rqoqlik qilib turdi.
Murg‘ak bola og‘ir ahvolga tushganida o‘rtog‘ining hi-
moyasini kutadi. Shunda o‘rtog‘i ko‘maklashmasa, yonini
olmasa, u iztirob chekadi. Va bola dadasidan so‘raydi:
Sizni ham men singari,
Birov nohaq urganmi?
Shunda do‘stingiz chetda
Yordam bermay turganmi?
Bu holat nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham xosdir.
Bir kishi ikkinchi kishini begunoh, adolatsiz ravishda xafa
qilsa yoxud xo‘rlashga harakat qilsa, bundan og‘iri bo‘lmaydi.
Darhaqiqat, shunday noxush hodisalar uchrab turadi. Shoir-
ning „Qo‘rqoqlik“ she’rida tasvirlangan voqea-hodisada hayot
uyg‘unligi bilan she’riy uyg‘unlik bir butun yaxlitlikka ega.
Bolalar shoiri kichkintoylar hayot tarzini, ichki dunyo-
sini, fe’l-atvorini, ruhiy kechinmalarini, fikrlash darajasi va
ko‘lamini, eng asosiysi, ularning shirin, chuchuk tilini yaxshi
bilishi asosiy mezondir. Shoir Safo Ochil she’rlarini o‘qir
ekanmiz, uning shu fazilatlarini kuzatamiz.
Odatda, bolalar tabiat manzaralarini, hayvonot va qush-
lar dunyosini boshqalardan ko‘ra ko‘proq sevadilar, o‘zgacha-
roq his qiladilar va idrok etadilar. Shoir she’rlarida bolalarning
shu xislatlari badiiy-falsafiy jihatdan aniq tahlil qilinganki,
ular murg‘ak qalblarning ruhiyatiga samarali ta’sir qila oladi.
„Yarador qushcha“ she’rida ilgari surilgan badiiy-tarbi-
yaviy g‘oya qushlarga nisbatan mehr, g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini
shakllantirishga yordam beradi. She’rda poetik voqea-topilma
tush orqali ifodalanadi va nazmiy til orqali „so‘zlab“ beriladi.
Kichkintoyning o‘zi tushida uchib yuradi. Yonginasida ucha-
261
yotgan qushchani otishadi va bola qulayotgan yarador qush-
chani ushlab oladi. Keyin yaralarini bog‘lab, unga yordam
ko‘rsatadi. Lirik qahramon qushchaning chekayotgan azobi,
qiynalib chirqirashiga chidolmay yig‘lab yuboradi, uyg‘onib
ketadi va deydi:
Òushdagidek ne uchun
Uchib yura olmayman?
Yarador qushchamni men
Nahot ko‘ra olmayman?
Òushidagi kabi ucholmasligidan afsuslanish, yarador qush-
chasiga rahm-shafqat va uni sog‘inish ruhi bola vujudini qam-
rab olgan. Boshqacha aytganda, murg‘ak qalbda sog‘inch dar-
dini uyg‘otish va shakllantirish lirik yo‘sinda talqin qilingan.
„Yarador qushcha“ she’rining ikkinchi qismida avvalgi
poetik ma’no va maqsad ravshanlashtiriladi. Ya’ni o‘yinqaroq
bolaning toshbag‘irligi, ozor chekkan qushning iztirobi va ni-
hoyat, rahmdil kichkintoyning odobliligi va mehr-oqibati so-
kin ohangda kuylanganki, bu turfa fe’l-atvorlar o‘quvchi ru-
higa samarali ta’sir etadi.
O‘yinqaroq bola sopqonidan tosh otib, qushni yerga qula-
tadi. Boshqa bir bola tiðirchilab, chalajon yotgan qushchani
mushukdan olib qochadi va unga in yasaydi, malham qo‘yib,
yarasini bog‘lab, don-dun berib, parvarish qiladi. Qushcha esa
yarasi tuzalgach, qafasda zerikadi. Rahm-shafqatli, odobli bola
uning bu holatini his qiladi:
Òuzalgach asta-sekin,
Zerikdi u qafasda.
Qolgan kabi armonda,
Uchsam derdi osmonda.
Uni yaxshi ko‘rardim,
Darrov qo‘yib yubordim.
Shoirning „Men“i tutqunlikda qiynalayotgan qushchani
ozod qiladi. U bundan zavq-shavq oladi. Bu yerda ozodlik,
erkinlik bola tilidan falsafiy yo‘sinda ifodalangan. Yuqorida ay-
tilgan poetik ma’noni ochib berish uchun muallif jonli hikoya
uslubini tanlaganki, u she’rga nafis va ohangdor pafos hamda
joziba bag‘ishlagan.
Safo Ochil „Òog‘ lavhalari“ (turkum), „Mudraydi qish-
loq“, „Ey, qor“, „Qor bola“, „Qish“, „Oqshom“, „Ko‘klam
262
qo‘shig‘i“ she’rlarida tabiat manzaralarini chizish orqali mur-
g‘ak bolalarning estetik didini shakllantirish, „Kurashchi bo-
la“da sportga mehr, „Xazonlarni supurmang“da insonparvar-
lik, „Yaxshilikning yovlari“da ezgulikning yovuzlik ustidan
tantana qilishi, boshqa ko‘pgina she’rlarida esa Vatanga mu-
habbat, ota-onaga hurmat singari tuyg‘ular rango-rang bo‘-
yoqlarda chizilgan.
Safo Ochil bolalar qo‘shiqchiligini rivojlantirishga samarali
hissa qo‘shgan shoir. Uning qo‘shiqbop she’rlari sodda, tili
ravon, sermazmun, ohangdor, shuningdek, ularning har biri
muayyan poetik maqsadga yo‘naltirilgan. Shuning uchun
shoirning aksariyat she’rlari osongina kuyga tushadi. Bastakor
ularga qiynalmasdan kuy bastalaydi, jajjigina ijrochi osongina
kuylay oladi. „Gul ekaman“, „O‘z tilim“, „Ota-ona duosi“,
„Osmonimiz tiniq bo‘lsin“ kabi she’rlar shular jumlasidandir.
Masal bolalarning sevgan janrlaridan hisoblanadi. Chunki
qushlar, sudralib yuruvchilar, hayvonlar va shu kabilarning
xatti-harakati, ularning o‘ziga xos xususiyatlari goh kulgili,
goh satirik yo‘sinda tasvirlanadi. Safo Ochilning „Qarg‘a va
Bulbul“, „Ilon va Tiðratikan“ „Òuya bilan Kuchuk“, „Òovuq
va simob pantomimasi“, „Qurbaqa va sigaret“ singari masallari
badiiy yuksak mahorat bilan bitilganki, ular bolalarning diq-
qatini o‘ziga tortadi.
Xayoliy ramz va timsollar, kutilmagan hayotiy voqea va
hodisalar, odatdan tashqari o‘xshatish va istioralar, go‘zal tas-
nif va tasvirlar, g‘aroyib sarguzashtlar, mardlik va shu kabi
badiiy unsurlar muayyan sujet chizig‘ida birlashadi. Bunday
hikmatlarga boy dialektik yaxlit topilma bolalar diqqat-e’tibo-
rini qozonadi, o‘z „bag‘ri“ga ohanrabodek tortadi. Bu doston,
ertak va afsonalarga xos badiiy-estetik xususiyatdir.
Shoir Safo Ochil qalamiga mansub doston va ertaklar
ham shunday fazilatlarga ega bo‘lib, ularda badiiy jozibasi bilan
murg‘ak qalblardan tez o‘rin olish qudrati mavjud. Adibning
doston va ertaklarida faqatgina ta’sirchan badiiylik emas, balki
ularda voqea-hodisalarni tahlil va tadqiq etish samarali ko‘zga
tashlanadi. Darhaqiqat, shoir har bir asariga badiiy-ijodiy va
ilmiy-nazariy jihatdan yondashadi.
Shoirning „Gavhartosh“ ertak-dostoni xalq ichida tildan
tilga ko‘chib yurgan bir afsonaning sujet-voqeasi asosiga
qurilgan bo‘lib, unda ota qadri, uning ma’naviy-axloqiy hik-
263
matlari badiiy ifodasini topgan. Dostonning lirik qahramoni
muayyan jamiyatda asrlar osha axloqiy qonuniyatga aylanib
qolgan urf-udum va an’analarga qarshi bosh ko‘taradi.
Chambil degan mamlakatda ota yoxud ona qarigach, ular
tog‘ ortiga — ilonlar makoniga olib borib tashlangan. Jur’at
shohlarning udumga aylangan bu farmonidan nafratlanadi:
Farmoningga ming la’nat, ey Shoh,
Farmoningdan o‘rgildik, tojdor.
Udumlaring tufayli, e voh,
Nahot bola Otaga ag‘yor!
Shoir „o‘rgildik“ so‘zini ko‘chma ma’noda ishlatgan bo‘-
lib, u nafratlanish ma’nosini ifodalaydi. Bu, o‘z navbatida,
she’rga poetik effekt (samara, pafos) baxsh etgan va fikr
ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan.
Lekin Jur’at ham taqdirga tan berib, otasini yelkasiga or-
tib, ilonlar saltanatiga yaqin joyda bir xarsangtoshga o‘tqizib,
dam oladi. Shu yerda otasining aytgan so‘zlari farzand qalbini,
uxlab yotgan tuyg‘usini uyg‘otadi:
Men ham senday sher kabi olg‘ir,
Kuchga to‘lgan yigit bo‘lganman.
Qirq yil burun bobongni, axir,
Shu tosh uzra olib kelganman.
Shu to‘rtlik ma’nosida „Qaytar dunyo“, „Keyinchalik bu
qismat sening ham boshingga keladi“ degan hikmat yashirin.
Biroq bu hikmat bolalar tafakkuriga, dunyoqarashiga va ichki
dunyosiga mos keladigan til va sodda badiiy uslub bilan beril-
ganki, uni yosh kitobxon tez va aniq tushuna oladi.
Xalqimizda „Qari bilganni — pari bilmas“ degan naql bor.
Uning ma’nosi ertak-dostonda hayot haqiqati orqali ilmiy
jihatdan asoslanadi. Johil shohga dengizning oqmas qismi —
chuqur soy tubida gavhar ko‘rinadi. O‘sha hududdagi yosh
yigitlar gavharni olib chiqishga majbur qilinadi. Biroq uni
hech kim olib chiqolmay, suvga cho‘kib, halok bo‘lishadi.
Navbat Jur’atga yetadi va bo‘lgan voqeani yerto‘ladagi otasiga
bayon qilib beradi. Ota so‘raydi: „Bormi o‘sha joyda bir da-
raxt?“ Jur’at dedi: „Ha, bitta chinor“. So‘ngra ota gavhar chi-
nor tepasidagi burgut uyasida ekanini aytadi.
Darhaqiqat, suv ostida ko‘ringan gavhar burgut uyasidagi
gavharning aksi edi.
264
Bu yerda hayot voqeasi bilan badiiy to‘qima uyg‘unla-
shib, singishib ketganki, u bolaning fikrini teranlashtiradi va
shu bilan birga unda asar davomida o‘qishga qiziqish ortadi.
Bu badiiy tafakkurning qudratidir.
Ertak-doston boshqa ertaklarga xos lirik qahramonning
g‘alabasi, ijtimoiy Haqiqat va Adolat tantanasi, buyuk kela-
jakka ishonch tuyg‘ularining ifodasi bilan yakunlanadi. Ya’ni
inson hayoti va turmushini oyoqosti qiluvchi g‘oyalar ustidan
insonparvarlik, qariyalarga g‘amxo‘rlik, vatanparvarlik g‘oyala-
rining muborak tantanasi asarning asosiy salmog‘ini tashkil
qiladi.
Safo Ochilning „Burgut“, „Nodir pahlavon“, „Òemirchi
boy va boyo‘g‘li“ kabi ertaklari ham bolalarning ma’naviy-
axloqiy va estetik tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, shoir va olim Safo Ochilning deyarli
barcha asarlari milliy istiqlol g‘oyasi bilan sug‘orilgan bo‘lib,
ular milliy bolalar adabiyotining ravnaq topishida muhim
o‘rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |