FARHOD MUSAJON
(1933 — 2013)
213
Adib ijodining yana bir jihati u o‘z personajlarini yomon
yoki yaxshi, adabiy atamalar qo‘llab aytadigan bo‘lsak, salbiy
yoki ijobiyga ajratmas edi. Ularga baho berar ekan, fe’l-atvori
qandayligini tasvirlar ekan, hech qachon kuchli iboralarni,
„ablah, iblis, yaramas, gazanda“ va hokazo haqoratomuz,
qattiq-quruq so‘zlarni ishlatmasdi. Zero, inson sifatida endi
shakllanayotgan bolalarga nisbatan bunday o‘tkir so‘zlarni
ishlatish insofdan va adolatdan emasligini tushunardi. U o‘z
qahramonlarini, qandayligidan qat’i nazar, o‘yinqaroqmi, la-
pashangmi, ayyormi, dangasami, maqtanchoqmi — hamma-
sini birday sevardi va sevib tasvirlardi. Uning uchun yomon
bola umuman yo‘q, kamchiligi bo‘lishi mumkin, deylik yol-
g‘onchiroq, xasisroq, xudbinroq, lekin nokas bola yo‘q, har
qanday bolani ham to‘g‘ri yo‘lga solib yuborish mumkinligiga
ishonardi. Va shu buyuk maqsad yo‘lida ijod qilardi.
Farhod Musajonning o‘ziga xos uslubi bor edi. Uning
asarlaridan bir parchagina o‘qigan odam muallifning kimligini
aniqlab olishi mumkin. U aniq, sodda, tushunarli va ixcham
yozardi. Shu sababli katta mahorat evaziga yillar davomida
paydo bo‘ladigan va shakllanadigan badiiy soddalik tufayli
uning asarlari o‘qimishli chiqardi. Bolalar tili bilan aytsak,
hikoyalari „rostakam bo‘lgan voqeaga o‘xshaydi“. Darhaqiqat,
adib voqealarni xuddi hayotdagidek ishonarli va qiziqarli qilib
so‘zlab berardi. Bu juda muhim. Negaki, bolalar hikoya vo-
qealariga ishonmasalar asarning ta’sir kuchi yo‘qqa chiqadi.
Mana shu omil — ishontira olish mahorati Farhod Musajon
ijodining eng muhim xususiyati edi.
Farhod Musajon barcha yoshdagi bolalar uchun yozardi.
Uning kitoblari orasida maktabgacha tarbiya yoshidagi, maktab
yoshidagi, kichik va o‘rta hamda katta yoshdagi bolalarga va
o‘smirlarga bag‘ishlangan asarlarini ham uchratish mumkin.
Ma’lumki, maktabgacha tarbiya bolalar kitobxonligi, aso-
san, ota-onalar, tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi.
Bolalar o‘zlari tinglagan asarlari yordamida atrof-muhit bilan
tanisha boradilar. Ona yurtga, tabiatga muhabbat xislatlari;
mehnat qilish va mehnat ahlini hurmat qilish kabi fazilatlar
shu yoshdan shakllana boshlaydi. Òurmushda qizg‘anchiq bo‘l-
maslik, kasb-hunar egallashga intilish, kattalarni hurmat qi-
lish kabi ijobiy fazilatlar ham shular jumlasiga kiradi. Bolalar-
214
ning pedagogik-psixologik xususiyatlarini yaxshi o‘rgangan
Farhod Musajon kichik yoshdagi bolalarga bag‘ishlab „Eng
yaxshi chana“, „Shodiyona kun“, „Shiqildoq“, „Pahlavon va
nimjon“, „Sovg‘a“, „Ajoyib buzoqcha“, „Yaxshilik“, „Òo‘-
lab ber“, „Varrak“, „Dog‘“ kabi o‘nlab hikoyalar yaratgan.
Inson olamga kåladiki, dastlab onani taniydi, kindik qoni
to‘kilgan zaminni biladi. Ana undan kåyin o‘zini qurshab ol-
gan atrof-muhit bilan oshno bo‘ladi. Onaning allasida, uning
aytgan ertaklarida ona zamin — Vatan kuylanadi. Vatanga måhr-
muhabbat, vatanparvarlik ham ona suti, xalq og‘zaki ijodi
bilan bola qalbiga singdiriladi.
Murg‘ak qalb to‘g‘ri qo‘yilgan tarbiya og‘ushida sog‘lom
niyatli, o‘qimishli, måhnatkash, dilkash, dardkash bo‘lib ka-
mol topadi, shubhasiz. Adibning „Bog‘“ hikoyasi shu nuqtayi
nazardan qaraganimizda muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
E’tibor båring:
„Eski paxsa dåvor, måvasi g‘arq pishgan daraxtlar, yårga
tushib yotgan olma, o‘rik, shaftolilar¾
Ehtimol, „¾ Bog‘“ dågan so‘zni ilk bora o‘shanda eshit-
gandirman. Bu såhrli so‘zning jozibasi ilk bora o‘shanda o‘r-
nashgandir qulog‘imga.
Kåyinchalik ertak kitoblaridan afsonaviy bog‘lar, Bog‘i
eram haqida o‘qidim. Va tabiiyki „Bog‘“ dågan so‘zning såhr
to‘la dunyosi yana ham kångayib kåtganday bo‘ldi.
Hozir shuni eslasam, o‘sha bola tasavvurimdagi bog‘ båjiz
mo‘jizalar olami bo‘lib tuyulmagan, dåb o‘ylayman.
Zåro, qancha ramz-u timsol, qancha hikmat aks etadi bu
so‘zda. Hayot bog‘i, umr bog‘i, ko‘ngil bog‘i. Bog‘ — obod-
lik, to‘kinlik, rizq butunligining bir bålgisi.
Shu bois ham sohibqiron Amir Tåmir båjiz aytmaganlar:
„Xon bo‘lsang-da, bog‘ yarat, gadoy bo‘lsang-da, bog‘ ya-
rat — bir kunmas bir kun måvasini tatirsan¾“
Låkin bu timsollar ichida tångsizi borki, xayolimga shu
timsol kålavåradi. U buyuk bobomiz da’vati ila asrlar davomida
yaralgan, gul-u gulzorlardan bunyod bo‘lgan bog‘ — Vatandir.
Siz-u bizda shu tuproqdan bo‘y cho‘zgan, nihol-u nov-
dalarni birlashtirib, barq urib turgan poyonsiz abadiyat bo-
g‘i — ona-Vatan. Ertakdagi bog‘lar esa xayol chaqinlari, xolos.
Vatan bog‘idan ko‘ra aziz, tabarruk bog‘ yo‘q yår yuzida.
Undan ko‘ra a’losi yåtti olamda mavjud emas“.
215
Adibning „Varrak“ asarining mazmuni oddiygina varrak
yasash voqeasi asosiga qurilgan. Asarda kichkintoylarni bo-
lalikdan boshlab mustaqil harakat qilishga chaqiriladi.
Ana shunday jozibali asarlaridan yana biri „Eng yaxshi
chana“dir. Bu hikoyada qo‘li ochiq, saxovatli, bag‘rikeng bo‘-
lish, xasis, ziqna bo‘lmaslik kabi g‘oyalar kichkintoylar ongiga
singdiriladi.
Latifjonga dadasi chana olib beradi. Quvonchdan bolaning
boshi ko‘kka yetay deydi. Latifjon boshda ancha qizg‘anchiq
bo‘ladi. Shuning uchun chanada bitta o‘zi uchadi. Boshqalarni
chanaga yaqin keltirmaydi, unga birovning qo‘li tegib ketsa,
chanani ko‘tarib uyiga chopadi.
Latifjonning dadasi o‘g‘lidagi bunday qizg‘anchiqlikni pay-
qaydi, lekin unga pand-nasihat qilib o‘tirmaydi. Aksincha,
quyidagi ibratli hikoyatni keltiradi:
„Bilasanmi, — debdi dadasi o‘g‘liga, — men bu ajoyib
chanani qayerdan oldim? Bunaqasi magazinda sotilmaydi, bu
buyurtma bilan qo‘lda yasalgan chana. Uning yoshi oltmishda.
Ha, oltmish yil burun bu chanani bir og‘aynimning dadasi
olib bergan ekan. Og‘aynim o‘sha paytda sendek ekan. Chana-
ning chiroyliligini ko‘rib, uchishga uning ham ko‘zi qiymabdi.
Kattaroq bo‘lganimda ucharman, hozir bolalar tortib olib es-
kitib qo‘yishadi, deb asrab yuraveribdi. Oradan yillar o‘tibdi,
bir kuni qarasa bolaligi tugab, chol bo‘lib qolibdi. Endi unga
chana kerak emas ekan, chunki qariganda uyalmasdan chana
uchadimi?! Og‘aynim chanani menga sovg‘a qilar ekan, be-
g‘ubor bolalik chog‘imda maza qilib ucholmadim, ishqilib
sening o‘g‘lingga yaxshi xizmat qilsin, dedi. Shunaqa, o‘g‘lim,
qizg‘anchiq odam zavqdan mahrum bo‘ladi!
Latifjon boshda dadasining bu gaplariga tushunolmadi.
Yuragining allaqayeri jiz etgandek bo‘ldi. Nihoyat u dadasiga
yuzlanib:
— Ertadan boshlab ayamasdan uchaman, — dedi“.
Adibning „Sovg‘a“ hikoyasi bolalarni mehnatkash bo‘lish-
ga da’vat etadi. Oqiljonning gul ekishi, uni mehr bilan par-
varish qilishi kichik kitobxonda katta taassurot qoldiradi.
„Òurdi, galstuk va men“ hikoyasi uzoq yillardan beri
yosh kitobxonlarning sevimli asarlaridan biri sifatida e’zozla-
nib keladi. Hikoyada ozodalik, shahar tozaligi uchun kura-
shish bosh masala qilib qo‘yiladi. Òurdi va G‘iyos kabilarning
216
shahar tozaligida faol qatnashmaganliklari, dangasaliklari fosh
qilinadi.
Xullas, Farhod Musajon o‘zining maktabgacha va maktab
yoshidagi kichik bolalarga bag‘ishlab yozgan hikoyalarida
salmoqdor fikrlarni sodda, bolalarbop shaklda aytardi. Adib
nasihat qilish yo‘lidan bormasdi, aksincha, bolalar hayotida
ko‘p uchrab turadigan oddiy voqealarni tasvirlardi va ayt-
moqchi bo‘lgan muhim gaplarni ana shu voqealar mag‘ziga
singdirib yuborardi.
Farhod Musajonning „Orzuga ayb yo‘q“, „Bo‘sh kelma,
Aliqulov“, „Buloq suvi“ kabi qissalari o‘zbek bolalar adabi-
yotida muhim o‘rinda turadi.
Farhod Musajon dramaturg sifatida ham yoshlarning
mehrini qozongan. „Xayolparastlar“, „Oq kabutar“, „Sabil
qoldi“, „O‘g‘limni qaytarib beringlar“ pyesalari shular jum-
lasiga kiradi. Bular orasida, ayniqsa, „O‘g‘limni qaytarib be-
ringlar“ asari mashhur. Dramaturg uning nomini o‘zgartirib
„Najot istab“ deb qaytadan ishladi. U hozirgi O‘zbek Milliy
teatrida sahna yuzini ko‘rdi. Dushanbeda, Almatida va Òataris-
tonda qo‘yildi. Pyesada, asosan, bola tarbiyasida ota-onaning
o‘ynaydigan beqiyos katta roli haqida gap boradi.
Farhod Musajon kattalarga bag‘ishlab „Bahor nafasi“,
„Bu ko‘zlarga ishonsa bo‘ladi“, „Xotin kishining ra’yi“,
„Ko‘r shofyor“, „Zo‘raki kashanda“, „Nozik masala“, „Kal-
la-pocha“, „Himmat“, „Bog‘ ko‘cha“ kabi kitoblar yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |