Mamasoli jumaboyev


Darsni  mustahkamlash  uchun  savollar



Download 12,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/120
Sana31.12.2021
Hajmi12,91 Mb.
#220217
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   120
Bog'liq
bolalar adabiyoti va ifodali oqish (1)

Darsni  mustahkamlash  uchun  savollar:
1. Topishmoq  qanday  janr?
2. Topishmoqning  ba’zi  fanlar  bilan  yaqinligi?
3. Topishmoqlarning  aqllarni  charxlashda  tutgan  o‘rni?
4. Topishmoq  va  yozma  adabiyot?


31
TÅZ  AYTISHLAR
Insoniyat  odobining  va  odamiylik  asosining  ulug‘  qasri
ustunlaridan  biri — so‘zlash  va  nutqning  qimmatbaho  gavha-
rini  muloyimlik  va  odob  parmasi  bilan  teshmoq  hisoblanadi.
Insoniyat  kamoloti  va  bilimining  baland  martabalaridan  biri
chiroyli  gapirish  va  chiroyli  so‘zlash  bo‘lib,  bu  bog‘ning  guli
ilk  bahoristonning  nasimi  bilan  ochiladi.  Yunon  hakimlarining
aytishlaricha,  til  har  bir  aql  sohibi  fazilati  xazinasining  kali-
tidir  va  har  kimsaning  bilimi  miqdori  uning  so‘zlari  orqali
ma’lum  bo‘ladi.  Inson  yuragidagi  fikrini,  yutuq  va  quvon-
chini,  dard  va  alamlarini  o‘zgalar  bilan  dardlashishi,  baham
ko‘rishi  lozim.  Chiroyli,  burro,  dona-dona  qilib  gapirish  ham
bir  mahorat,  san’at  hisoblanadi.
Xalqda  chaqaloq  olamga  kelishi  va  unga  parvarish  ishlari
boshlanishi  bilanoq  ota-ona,  buvi-bobolar,  birinchi  navbatda,
uning  ko‘zi,  tiliga  ko‘proq  e’tibor  beradilar.  Ko‘zlarining  nu-
rafshon,  tilining  burro  bo‘lishi  uchun  bor  kuch,  mahoratla-
rini  ayamaydilar.  Inson  gapirmasa,  soqov  bo‘lsa,  bu  juda
og‘ir,  mushkul  savdo  hisoblangan.  Shunga  ko‘ra  qadim-qadim
zamonlarda  bolaga  alla-qo‘shiq  aytishda  onalar  bu  haqidagi
ezgu  niyatlarini  quyidagi  kabi  misralarda  ifoda  etishgan:
Uyingga  bug‘doy  to‘lsin,
Òiling  ham  burro  bo‘lsin,
Alla,  bolam,  alla-yo,
Jonim  bolam,  alla-yo.
Ko‘rar  ko‘zim,  alla-yo,
So‘zlar  so‘zim,  alla-yo!
Xalq  og‘zaki  ijodining  eng  ko‘p  tarqalgan  va  muhim  janr-
laridan  biri  tez  aytish  bolaning  tilini  ravon,  burro  qilishidan
tashqari,  aqliga  aql  qo‘shadi,  ongini  rivojlantiradi,  xotirasini
mustahkamlaydi,  ota-onasiga,  el-yurtiga,  o‘zini  qurshab  ol-
gan  olamga  nisbatan  mehr-muhabbatini  oshiradi.  Boshqacha
ibora  bilan  aytganda,  yangi  avlod  har  gal  o‘zidan  avvalgi  av-
lodlar  kashf  etgan  narsalarni  hisobga  oladi,  o‘zlashtiradi.  Bu
yo‘l,  shubhasiz,  boshqalariga  qaraganda  oqilona,  foydali,  por-
loq  kelajak  yo‘lidir.
Òez  aytishni  qayta-qayta  mashq  qilish,  berilgan  matnni
osongina  dilga,  tilga  jo  qilib  olish  har  tomonlama  foydalidir.
So‘z  o‘yini  bilan  ijro  etiladigan  har  bir  tez  aytish  zamirida


32
bir  nechta  vazifalar  yotadi.  Shulardan  birinchisi  qayta-qayta
mashq  qilish,  tinimsiz  takrorlash  natijasida  bolaning  nutqi
o‘sadi,  tili  ravon  bo‘ladi.  Bularning  hammasi  yig‘ilib  kelib
bola  tarbiyasiga  bog‘lanadi.  Bola  olamga  kelishi  bilanoq  uni
kelajakda  komil  inson  bo‘lib  o‘sishi  uchun  mana  shunday
chora-tadbirlarni  qo‘llashga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  ish  kechiktiril-
sa,  ko‘zlangan  natija  chiqmay  qolishi  mumkin.  Quyidagi  tåz
aytish  shu  asosda  yuzaga  kålgan:
Novvoy  non  yopar,
Nonni  novvot  dåb  sotar.
Asal — eng  shifobaxsh,  hamma  birdek  suyib  iste’mol  qila-
digan  taomlardan  biri.  Ko‘pchilik  bolalar  asal  qanday  qilib
paydo  bo‘lishini  bilmaydilar.  Unga  bag‘ishlangan  quyidagi  tez
aytishda  asal  bunyodkori — asalarini  boqish,  parvarish  qilish
tufayli  bu  mahsulot  paydo  bo‘lishi  haqida  gap  ketadi:
Mamadali,  Asadali,  Asqarali
Boqishadi  asalari,
Òo‘plagani  asal  bari.
Kichkintoylar  uy  jonivorlarini,  ayniqsa,  mushuk,  kuchuk,
buzoq,  uloq,  qo‘zichoqlarni  xush  ko‘rishadi.  Bular  haqidagi
tez  aytishlarni  jon-dillari  bilan  tinglashadi  hamda  o‘zlari  ham
takror-takror  aytishadi.  Quyidagi  kabi  tez  aytishlar  ularning
qalblarida  bir  umrga  muhrlanib  qoladi:
Yosh  mushuk,
Mosh  mushuk.
Mosh  mushuk,
Bosh  mushuk.
Mehnatkash  xalq  o‘z  ijodida  hech  narsaga  befarq  qara-
magan.  Hatto  insonning  kiyim-kechagi,  boringki,  dastro‘mol-u
sochiqlar  to‘g‘risida  ham  munosabat  bildirgan.  Qarang,  „So-
diq  sochini  sochiqqa  artdi“.  Bu  tez  aytishga  asos  bo‘lgan
narsa,  birinchi  navbatda,  inson  yuvinib-taranib,  pokiza  bo‘-
lib  yurishi  lozim.  Ikkinchidan,  o‘zi  tutadigan  buyum  ham
risoladagidek  bo‘lmog‘i  kerakligi  tez  aytishda  ko‘zga  tashlanib
turibdi.
Odamzod  ota-ona,  buvi-bobolar  yordami,  ularning  aytib
beradigan  alla-qo‘shiq,  maqol,  masal,  topishmoq,  ertaklari
bilan  kamol  topadi,  o‘sadi,  ulg‘ayadi.  Odob,  o‘qish,  kasb-


33
hunarni  egallash  ham  shu  zaylda  kamolot  cho‘qqisiga  ko‘-
tariladi.  Inson  qanchalik  og‘ir-bosiq  bo‘lsa,  u  hamisha  ezgulik
sari  intilsa,  kurashsa,  kam  gapirib  ko‘p  o‘qisa,  o‘rgansa,  o‘z
sohasining  yetuk  kishisi  bo‘lsa,  u  baxtiyordir.  Ana  o‘shanda
xalq  to‘qigan  quyidagi  tez  aytish  ham  zoye  ketmagan  bo‘ladi:
Ko‘p  so‘zning  ozi  yaxshi,
Oz  so‘zning  o‘zi  yaxshi.
O‘zbekistonning  yer  osti  va  usti  boyliklari  juda  ko‘p.  Biz
bu  bilan  har  qancha  faxrlansak,  g‘ururlansak  arziydi.  Marmar
toshimizning  sifati,  chidamliligi,  ko‘rkamligi  jahonga  mashhur.
Shu  mavzuga  bag‘ishlangan  tez  aytish  bolalarda  ona-Vatanimiz
boyligiga  faxr  hislarini  yanada  jo‘sh  urdirib  yuboradi:
G‘ozg‘onning  marmari  jahonga  mashhur,
Bizning  g‘ozg‘onchilar  shuning  uchun  mag‘rur.

Download 12,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish