UYG'UN (1905-1990) •
Hozirgi zamon o'zbek bolalar adabiyotining taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan qalam sohiblaridan bin Uyg'undir. Uning kichkintoylarga bag'ishlab yaratgan «Qorbobo», «Hadya», «Bahor va men», «Ikki ona» va boshqa she ' riy to'plamlari bolalar adabiyotida yetakchi o'rinda turadi. Shoir bolalarga atab yozgan barcha katta-kichik she'rlarida o'qimishli, ona-Vatan va mehnatni jon-dildan sevgan chin do'st, rostgo'y, sofdil bolalarning his-tuyg'ularini ifodalaydi, yoshlarning Vatanimizning go'zal tabiati, boyliklari va kishilarimizning ajoyib fazilatlari bilan tanishtiradi.
Shoir bolalarga bag'ishlab yozgan barcha she'rlarida mavzuni o'ziga xos jihatdan aks ettirishga harakat qiladi. Shoirlarimiz tomonidan kuylangan ona-Vatan mavzuini o'ziga xos tarzda ifoda etadi. Shu jihatdan uning «Ikki ona» she'ri xarakterlidir. She'r qahramonining ikki onasi bor; biri unga oq sut bergan; ikkinchisi esa o'z bag'rida avaylab parvarish qilgan. Ikkala onasi ham aziz, muqaddas va mo'tabar. Biri — uning tuqqan mehribon onasi bo'lsa, ikkinchisi — jonajon vatani. Lirik qahramon ana shu bir-biridan mo"tabar ikki onasi bilan g'ururlanadi, faxrlanadi. O'zini boqqan, tarbiyalagan bu ikki ona oldida bir umr qarzdor. Zarur bo'iib qolsa ular uchun qurbon bo'lishga ham tayyor:
onamdir, Ikkinchisi hur Vatan,
Ikkisiga barobar .
Qurbon bo'lsinjonu tan.
Uyg'un bolalar adabiyotida vatanparvarlik tp'g'risida ko'plab she'rfar yozgan shoir sifatida e'zozlanadi. Masalan, «Meningakam», «Chegarachi», «Sadoqat soqchilari» kabi asarlari bimga misol bo'la oladi. Bu she'rlarda chegara soqchilarining o'z postlarida sergak turib, uni qo'riqlayotganini va jangchilarning Vatan oldidagi qahramon liklarini tasvirlash orqali bolalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi.
Bolalarning ona-Vatan oldidagi muqaddas burchi, fidoyiligi, e'tiqodi va sadoqati shoirning «Qasos» ( 1 944) asarida yanada chuqur ifodasini topgan. Asarda muqaddas Vatan, dushmanga nisbatan nafrat, g'alabaga komil ishonch g'oyasi ifodalanadi.
Shoirning «Qizaloqning o'limi», «O'g'irlangan husn», «Inson» kabi bir qator she' rlarida mudhish urush dahshatlari va yot go'daklar taqdiri haqida yozilgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida fashistlar tomonidan qanchadan-qancha shahar va qishloqlar vayron bo'ldi, kishilar jang maydonlarida qahramonlarcha halok bo'ldi, necha-necha begunoh go'daklar ota-onasidan tirik yetim qoldi,
qanchalari fashist gazandalarining qo'lida halok bo'ldi.
«Qizaloqning o'hmi»da ana shunday mudhish va fojiali ko'rinishlaidan
biri quyidagicha tasvrrlanadi:
Qarang, bu manzara naqadarmudhish,
. Tilka-tilka bo'lingan yurak burdasi:
Jonsiz onasining qonli ko 'ksida,
Yotar chaqaloqning kichlk murdasi.
Paxtaday yuzlari... jajji qo'Uari...
Uyg'un tabiat va fasllar kuychisi sifatida e'zozlanadi. Serquyosh O'zbekistonning bir-biridan ajoyib fasliarining o'ziga xos fazilatlari, xosiyati, jozibasi shoirning «Bahor», «Bahor haqida», «Kuz keldi», «Qor», «Yoz», «Qorbobo» kabi qator asarlarida zo'r hayajon bilan kuylanadi. Uyg'un fasllarning o'ziga xos betakror sirlarini bolalarga turli usullar bilan ularning yoshi, saviyasiga mos holda sodda, ixcham va jozibali misralarda ifodalab beradi. Ularni hayotdagi turli -tuman muammolar bilan tanishtiradi, fasllar shoiming niyatini amalga oshirishda bir vosita sanaladi. Shoir fasllar va ularga xos bo'lgan o'yinlardan o'z qahramoni — bolalarning ruhiyatini ochish va ularning xarakterini ko'rsatishda unumli foydalanadi. Mana, uning «Fasl!ar» she'ri:
Yilimizning salmoqdor ishi To'rtfaslga tekis bo'linar;
Qish tayyorlar, bahor ekadi,
Kuzyig'adi, yoz tarbiyalar.
Shoir har faslning xislati va fazilati inson mehnati bilan go'zal ekanligini «Bahor» she1 rida yaxshigina tasvirlab beradi:
Bog'bon chiqar bog'iga,
Cho'pon ketar tog'iga.
, Sol arilar g'uviUab,
' Qo 'nar gul yaprog'iga...
Do'stlaringiz bilan baham: |