ABDULIA AVLONIY
(1878-1934)
Hoziigi zamon bolalar adabiyotining rivojiga juda katta hissa qo'shgan Abdulla Avloniy bola ta'lim-tarbiyasiga alohida muhabbat bilan qarar edi.
- Tarbiyani tug'ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quwatlantirmak, axloqimizni kuchlantirmak, zehnimizni ravshanlantirmak lozim... - deydi u,— Shuning uchun tarbiya qiluvchi muallimlarning o'zlari ilmlariga oiim bo'lib, shogirdlariga ham bergan darslarini amal Ua chaqishtirib o'rgatmaklari lozimdir. Bu ravish ta'lim ila borilgan dars va ma'lumot shogirdlarning diliga tez ta'sir qilib, ular ilmli-odobli bo'ladilar...
Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydirgan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi mualiim olim bo'lib, amalsiz bo'lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta'sir ko'rsatadir...
Abdulla Avloniy bola kamolotida zakovat va fikming ijobiy ta'sir kuchiga g'oyat zo'r baho beradi. Uningcha, zakovat - insonning eng yaxshi fazilatlaridandir. Zakovatli kishilar biron ishni boshlamoqchi bo'lsalar uni har taraflama o'ylab ko'radilar. Shuning uchun ham ular katta hayotiy tajriba orttirib, kamolotga erishadilar. Zakovat hayotning barcha mushkul va jumboq masalalarini hal qilishda odamga hamrohdir: - Fikr tarbiyasi, -deb yozadi Avloniy, - eng kerakli, ko'p zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan vazifadir. Fikr insonning sharofatli, g'ayratli bo'lishiga sabab bo'ladi.
Shuning uchun Avloniy bolaning fikrlash qobiliyatini o'stirishda muallimning roli katta ahamiyatga ega deydi. Uning ta'kidlashicha, bolaning fikrini biron narsaga yo'llash va uning o'sha narsa haqida o'ylashiga erishish uchun uning diqqatini aniq narsalarga yo'naltirish, uning oldiga aniq bir masala qo'yish va unga javob topish uchun unda ehtiyoj paydo qilish kerak. Bunda bola fikrini muayyan tomonga yo'naltiruvchi aniq vazifalar belgilab berishda mualiim katta rol o'ynaydi: - Bu tarbiya, - deb yozadi Avloniy, - muallimlarning yordamiga so'ng darajada muhtojdirki, fikrning quwati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog'liqdir. Dars bilan tarbiya orasida bir oz farq bo'lsa ham ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi biriga bog'langan jon ila tan kabidir. Masalan, joy solinmagan yaxshi bir uyning ichida o'tirmak mumkin bo'lmadig'i kabi, ichga har xil yangi ashyolar to'ldirib ziynatlangan eski imorat ham o'ltirishga yarog'limas. Basharti, o'ltirsa, insonlar «Eski uyda yangi zardevor», «Kir ko'ylakka jun jiyak», «Mis qozonga loy tuvoq» deb kulgu qulurlar,
Bayt:
Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa,
Xaniar olmosdan bo'lur o'tkir.
Fikrning oynasi o'lursa zang,
Ruh ravshan, zamin bo'lur benur.
Ha, bu ulug' pedagog Abdulla Avloniyning dil so'zlari. Sunday buyuklarning el-yurtga xizmati singan mo'tabar kishilarning nomlari mangulikka dahldor bo'ladi. Asrlar osha bunday odamlarning xizmatlari ko'z-ko'z qilanaveradi. Prezidentimiz qachon ta'lim-tarbiya haqida gapiradigan bo'fsa, albatta, Abdulla Avloniy haqida to'xtaladi. Uning ibratomiz so'zi va ishini misol qilib aytadi, - men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamat, yo najot, yo halokat, yo saodat, falokat masalasidir*> degan fikrini ko'p mushohada qilaman, - deb bu aziz ustozning bosib o'tgan hayot yo'lini yoshlarga ibrat qilib ko'rsatadi.
O'zbek madaniyatining ulkan vakillaridan bin, pedagog, jamoat arbobi va yozuvchi Abdulla Avloniy 1878 yilda Toshkent shahrida to'quvchi oilasida dunyoga keldi.
A.bdulla Avloniy boshlang'ich diniy maktabda va rnadrasada o'qidi, ilm-fanga ixlos qo'ydi. O'zbek va boshqa sharq xalqlari adabiyotini berilib o'rgandi. Abdulla Avloniy 14 yoshidan boshlaboq she'rlar yozishni mashq qila boshladi. Uning bu davrda yozgan ilk she'rlari o'sha davr vaqtli matbuot sahifalarida bosilib turdi.
Abdulla Avloniy xalqni ilm-fan nurlaridan bahramand qilishni o'zining birdan-bir burchi deb bildi va 1904 yilda o'zi yashab turgan joyda — Mirobodda maktab ochdi.
Abdulla Avloniy maktab har tomonlama bolani o'ziga tortishi uchun harakat qiladi. Uning qo'lidan duradgorlik ishlari ham kelar edi. Shuning uchun u yozuv taxtasi, parta yasab, barcha o'quv jihozlarini o'zgartiradi. Bu yerda o'qiydigan bolalarning asosiy ko'pchiligini kambag'allarning bolalari tashkil etganligi sababli mualiim boy-badavlat do'stlarining ko'magida «Jamiyati xayriya» tashkil etadi. Bu bilan bolalarga kiyim-bosh, oziq-ovqat, daftar, qalam bepul berilishini ta'minlaydi.
Avloniy ochgan maktabning shuhrati tobora ortib, o'quvchilarning soni ko'paya boradi.
Abdulla Avloniy o'zi tashkil qilgan maktabda bolalar diqqatini asosiy fanlarga qaratib, ularning tezda savodini chiqarishga va aniq fanlardan bahramand etishga harakat qildi. U bolalarga jo'g'rofrya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat (fizika) kabi fanlardan ma'lumotlar berdi.
1907 yilda «Shuhrat» deb nomlangan ro'znoma tashkil etdi va uning sahifalarida mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qilishga doir fikrlarni targ'ib etdi. Jumladan, ro'znomaning birinchi sonida: «Matbuot har insonga o'z holini ko'rsatuvchi, ahvol olamdan xabar beruvchi, qorong'u kunlarni yorituvchi, xalq orasida fikr tarqatuvchi, ilm, ittifoq, hikmat g'oyalarini* yoyuvchidir, deb yozgan edi. Abdulla Avloniy «Adabiyot yoxud milliy shev rlar» deb nomlangan to'rt qismdan iborat bo'Igan darsligida yoshlarni maorif, madaniyatga chorlaydi, yararnas xulq-odatlami esa tanqid qiladi.
O'sha davrxalq pedagogikasida Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim» — «Alifbo», «Ikkinchi muallim» — «0'qish» kitoblari katta rol o'ynadi.
Bu kitoblarda Avloniy o'tmish adabiyotimizning eng yaxshi an'analarini davom ettirdi, ilm va ma'rifatning ahamiyatini yangichasiga talqin etdi.
«Birinchi muallim»da Avloniy dastavval 32 harfni yolg'iz yoziladigan shakllarini bir sahifada alifbo tartibida bergan. Shu sahifada alifning so'zning boshida, o'rtasida va oxirida yozilishini ko'rsatgan, so'ng alifni barcha «bosh harflar»ga qo'shib bo'g'inlar hosil qilgan.
«lkkinchi muallim»da bolalarning axloq, odobiga doir, halollik va poklikka oid turli she'rlar, hikoya, masal va ertakiar jamlangan, rang-barang allegorik obrazlardan ustalik bilan foydalanilgan.
Kitob «Maktab» she'ri bilanboshlanadi, Undakimki maktabgaborsa, o'qisa, savodxon bo'lsa, juda ko'p narsalarga erishishi chiroyli ta'riflanadi:
Maktab duru gavhar sochar,:
Do'stlaringiz bilan baham: |