' Maktab sizga jannat ochar, y
Maktab jaholatdan qochar,
G'ayrat qilib o'qing, o'g'lon! '
Maktab siwi inson qilur, ;
Maktab hayo ehson qilur
Maktab g'ami vayron qilur, •
G'ayrat qilib o'qing, o'g'lonf.. •
Darslikda ko'plab ibratomuz she'r, hikoya va ertakiar berilgan. 4 Abdulla Avloniy 1904 yildan umrining oxiriga qadar o'qituvchi bo'lib ishladi. U o'nlab she'rlar, «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darsliklari bilan hozirgi zamon o'zbek bolalar adabiyotiga poydevor qo'ygan edi. Uzoq yillar qayta-qayta nashr etilgan «Turkiy guliston yoxud axloq» Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig», Nosir Xusravning «Saodatnoma», Sa'diyning «Guliston» va «Bo'ston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Donishning «Farzandlarga vasiyat* tipidagi o'zigaxos tarbiyaviy asardir. Unda Abdulla Avloniy o'zining ijtimoiy va axloqiy qarashlarini bayon etgan. Asarning so'z boshisida muallif bu haqda shunday yozadi: «Men bu asarimni maktablarimizning yuqori sinflarida ta'lim bermak Ua barobar ulur adabiyot muhiblari — axloq havaskorlarining e'tiborlariga taqdim qildim».
Darslikdagi har bir bo'lim ta'lim-tarbiyaning muhim bir masalasiga bag'ishlangan bo'lib, ularning biri ikkinchisini to'ldiradi, takomillashtiradi. Har hir bo'Iimda kichik hajmli, ibratli hikoyalar keltiriladi, she'riy
parchalarda yoki hikmatli so'zlarda «qissadan hissa» chiqariladi.. Yozuvchi bu asarida xalq og'zaki ijodidan keng foydalangan.
Abdulla Avloniyning «Bahor keldi», «Bulbul», «Bola ila gul», «Yolg'onchi cho'pon», «Tulki ila qarg'a» kabi juda ko'p she'rlari kichik rnaktab yoshidagi bolalarga bag'ishlangan.
«Maktab bolasi» she'ri boshlang'ich sinf o'quvchilari hayotidan olib yozilgan. Asarda ishyoqmas, dangasa bolaning qalbida o'qishga muhabbat uyg'onishi umumiy yo'sinda bayon etiladi:
Yo'lga soldi til ila yo'ldoshin, ,
Maktabga moyil ayladi boshin.
Soldi o'rtog'iningso'zina quloq,
Bosdi ul ham o'quv yo'lina oyoq. ,,,
Ikkisi birga bo Idilar mullo,
. Chiqdi xatu savod ham imlo.
Shu tariqa shoir qissadan hissa chiqarar ekan, «Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga* g'oyasini ilgari suradi.
Abdulla Avloniy o'zbek adabiyotida drama janrining rivojlanishiga ham katta hissa qo'shdi. Uning «Advokatlik osonmi?*, «Pinak», «Biz va siz» pesalari adabiyotimiz tarixida o'chmas iz qoldirdi.
Abdulla Avloniy 1934 yilda vafot etgan. U ma'rifatcm,shoir, dramaturg, jurnalist, rejissyor, tarjimon, aktyor, jamoatchi, muallim sifatida xalqimiz qalbida maiigu saqlanib qoladi. G'AFUR G'ULOM
(1903-1966)
Otashnafas kuychi G'afur G'ulom hozirgi zamon o'zbek bolalar adabiyotining yuksalishida muhim o'rin egallaydi.
1918 yilda G'afur G'ulom 8 oylik muallimlar tayyolash kursiga kirib o'qidi va 1919 yildan boshlab o'qituvchilik ishlari bilan shug'llana boshladi. Yoshlarni bilim va madaniyat quchog'iga tortishda u astoydil xizmat qildi. U Toshkentdagi «Urfon» nomli maktab qoshidagi boqimsiz bolalar uyida tarbiyachi va mudir bo'lib ishladi.
1923 yildan adabiyot maydoniga qadam qo'ygan G'afur G'ulom o'z ijodini bolalarga atab she'r yozishdan boshladi. U butun ijodi davomida yosh avlodni unutmadi va unga munosib adabiy meros qoldirdi. Shoirning «Mukofot» (1940), «She'rlar» (1946), «Tongotar qo'shig'i» (1949), «Bari seniki» (1953), «Bir g'uncha ochilguncha» (1955), «Siz mening yoshligimsiz» (1958)she'riy to'plamlari; o'rta va katta yoshdagi bolalar uchun «Shum bola», «TiriIgan murda» (1934), «Yodgor» (1935) kabi ajoyib asarlari bolalar adabiyotida munosib o'rin tutadi.
«Tursunali nega varrakdan voz kechdi?» she'rida G'afur G'ulom texnikaning kuch-qudratini kichik yoshdagi bolaiar saviyasiga mos vositalar — varrak va aeroplan orqali ko'rsatadi. Shoir buni varrakning kuchsizligi bilan aeroplanning kuchliligini bir-biriga qarama-qarshi qo'yish va jonlantirish usuli orqali mohirona ko'rsatishga muvaffaq bo'lgan. Shoir aeroplanda tinmay baland va uzoqlarga uchgan qahramon obrazini chizar ekan, bolalarda zamonamizning shunday qahramoniga nisbatan mehr-muhabbat uyg'otadi. Shu bilan birga, muallif she'rda Vatanimiz qudrati va go'zalligini shoirona tasvirlaydi, hayotda tug'ilayotgan yangiliklar bilan bolalarni tanishtiradi, bularning hammasi ijodiy mehnat orqali yaratilganligini kuylab, ularni zamonamiz qahramonlari izidan borishga, fanning cho'qqilarini egallashga undaydi.
Aeroplanning uchar otga o'xshab ketishi bolaning xayoliga muvofiq keladi. Shoir aeroplan talqinida bolani uni minib olishga, «Fanning eng cho'qqisi»ga uchirib olib borishga chaqiradi. Sunday havas ishtiypqi yosh yurakni to'lqinlantiradi va bola samolyot minishga qatv iy ahd qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |