Mamasoli Jumaboyev



Download 0,53 Mb.
bet15/42
Sana21.06.2023
Hajmi0,53 Mb.
#952700
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
Bog'liq
portal.guldu.uz- BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Butun dunyo anglasin
«Bir modelist kepti, — deb
Yangi avlod bayrog'in '
Qutb uya tikdi, — deb»,
She'r bolaning kelajakda orzu-umidiga erishishiga bo'lgan zo'r ishonch bilan tugaydi. Bu asar boialarni ilm va hunarga muhabbat, tinmay olg'a intilishga chaqiriq ruhida tarbiyalashi jihatidan katta ahamiyatga ega.
Zamondoshlarimizning yangi qo'riq va bo'z yerlarni o'zlashtirish, mo'l-ko'l hosil olish va qishloqlarni obodonlashtirish ishida olib borayotgan kurashlari «Yuksak tog', keng o'tloq va mard o'rtoq haqida qissa» dostonida ochib berilgan.
Zafar Diyor dostonda sahro-cho llardagi shamolning vahimasi va uning ayanchli tasvirini chizib, kitobxon diqqatini asarga jalb qiladi. Doston ertak shaklida, bolalarbop usulda yozilgan. Shoir sahrolarning «Qashqir kabi uvillovchi», «Boyqush kabi huvlovchi» dahshatli shamollari odam—tabiat dushmani ekanini obrazli misralarda yoritadi. Bundan keyin shoir hayotni go'zal, sahro-cho'Uarni obod qilishda suvning qadrini juda yaxshi bilgan keng o'tioqni jonlantirib so'zlatadi va u yerlarda «gul hayot» qurish g'oyasini olg'a suradi. Keng o'tloq yuksak toqqa murojaat qiladi:
Ne bo 'larmish bitning ham Ko'ksimizdan ketsa g'am. Bu g'am suvsiz ketmaydi, Suvsizyara bitmaydi...
Men suvingdan kuch olsam,
Tentakyeldan o'ch olsam, .
UzoqyillarxoSiangan,
Qaqrab toshga aylangan
Ko'ksim bo'lardi obod,
Boshlanardi gul hayot...
Talabimga yetkur tog',
Ber suvingdan, jon o 'rtoq! ,
Yuksak tog' ham chorasizlikdan o'z dardini — suvni keng o'tloqqa eitib berolmasligini o'kinch va alam bilan so'zlaydi.
Shoir endi bolalar fikrini boshqa narsaga — dunyoda aql -ongga, qudratga ega bo'lgan inson va uning ta'riflga buradi. Zafar Diyor insonning kuch-qudrattni sodda, mazmunli, shirali, bolalar qaibiga tez yetadigan iboralarda ifodalagan:
Bu mardlik va mahorat, ,
Bu kuch-quwat, jasorat
Insonlarga yo 'Idoshdir,
ishlatib, she'rning badiiy ta'sirchanligini yanada oshirgan.
Zafar Diyor ikkinchi jahon urushi yillarida hozirgi «O'zbekiston ovozi» gazetasida adabiy xodim bo'lib ishladi. Ayni choqda, u tinmay, samarali ijod etdi. Shoirning «G'unchalar», «Serquyosh o'lka», «Ona qo'shig'i», «Bizning oila», «Qahramon», «Tankist», «Ulug' bayram», «Qurol bering menga ham», «Qahramonning kelishi», «Biz yashamoq istaymiz», «Qo'riqchilikda» singari jangovar she'rlari shu yillarda yaratilgan.
Zafar Diyor bahorni sevgan, go'zal ko'klam oshig'i bo'lgan shoir edi. U o'z ijodida bahor mavzuiga qayta-qayta murojaat qilgan va bu haqda rang-barang she'rlar yozgan shoirdir. Bu o'ynoqi, quvnoq she'rlarda u to'la entires bilan bahorni quchar, quyosh nurini simirib ichar, bahor gullarini asalariday to'yib-to'yib hidlar va bol - ilhom yig'ar edi. Bahor haqidagi she'rlarining birgina ro'yxatiyoq uning bu mavzuga qanchalik oshiq bo'lganini yaqqol ko'rsatuvcht dalildir. «Bahoryaqin», «Navbahor», «Bahor keldi», «Bahoi>) «Bahor keldi, o'rtoqlar!», «Gunafsha» va hokazo...
Bu she'rlar tobora bir-birini to'ldirib, o'quvchisini bahor qo'yniga, qizg'in mehnat quchog'iga, quyosh bag'riga chorlaydi.
Shoir «Bahor yaqin» shVrida:
Otib ketdi Qishning sovuq,
Ham bo'ronli kunlari.
Ortda qoldi ulduzsiz
Tim qorong'u tunlari
deb kuylasa,
Bahor keldi» she'rida:
Bahor keldi,
Gul ochildi,
Nur sochildi borliqqa; .
.Oh qandayin ,
Yurak to lldi shodlikka.
Zafar Diyor bugungi o'zbek bolalar dramaturgiyasi taraqqiyotiga ham barakali hissa qo'shdi. U bolalar hayoti haqida «Baxtli yoshlik», «Yosh vatanparvarlar», «0monat», «Uch og'ayni» kabi qator dramalar yozdi.
O'zbek bolalar nasrini rivojlantirishga ham Zafar Diyor o'z hissasini qo'shgan yozuvchilardan. Uning «Jo'natish», «Cho'pon qizi», «Nojo'yaliklar» kabi hikoyalari shular jumlasidandir.
Zafar Diyor bolalar adabiyotining hamma janrlarida qalam tebratdi.
U bolalarning talab-ehtiyojlari hamda orzu-tilaklarini, turmushini, ruhiyatini puxta bilganligi uchun bolalarning yoshiga, ong-tushunchasiga moslab, g'oyaviy-badiiy jihatdan pishiq asarlar yaratdi.
Zafar Diyor turli yoshdagi bolalarning tilini yaxshi o'rganib, ular uchun sodda, ravon, shirali tilda, o'ynoqi vaznlarda ohangdor, ta'sirchan she'rlar yozdi.
Shoir o'zining qo'shiq va she'rlarida hamda boshqa asarlarida yosh kitobxonlarni ulug' yurtimizning behisob boyliklari bilan faxrlanishga, kelgusida yaxshi hayot bunyod etishlari uchun astoydil kurashuvchi, ongli, madaniyatli, vatanparvar kishilar bo'lib yetishishlari uchun a'lo baholar bilan o'qishga chaqiradi. U yosh avlodni mehnatga muhabbat bilan qarashga, rostgo'y va intizomli bo'lishga undadi, ularda vatanparvarlik, do'stlik tuyg'ularini o'stirishga katta e'tibor berdi. Uning asarlari davr bolalari va yoshlari uchun zavq bag'ishladi, ularni o'qish-o'rganish va kamol topish uchun kurashga ruhlantirdi.
O'zbek bolalar adabiyotining rivojlanishiga she'r, qo'shiq, doston va ertaklari bilan juda katta hissa qo'shgan Zafar Diyoming asarlarini bolalar hamon sevib o'qiydilar va yuksak qadrlaydilar. QUDDUS MUHAMMADIY
(1907-1997)
Quddus Muhammadiy butun umrini, ijodini kichkintoylarning katta adabiyotiga bag'ishladi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish