She'ryo'lin o'rgatgan quyoshim, oyim,
Kunduzim, yulduzim, ilhomim, so 'zim,
Shu Vatan, shu xalqim, shu o'g'il-qizim,
She 'rimning asosiy mavzui sizlar.
Asarim ovozi - parvozi sizlar,
0 'zingiz ilhomim oltin o 'zagi,
O'zingiz she'rimning husn-bezagi,
Chunki siz men uchun, Men-chi siz uchun...
Haqiqatdan ham shoir she'riarining mavzui bepoyon Vatan, lining mehnatsevar xalqi, shirin «o'g'il-qizlari»dir asarlarining ovozi ham, «parvozi» ham, «ilhomi»ning «oltin o'zagi», she'rim'ng «husn-bezagi» ham shulardir.
Shoir o'z asarlarida bolalarnir.g yurak tuyg'ularini, orzu va intilishlarini, o'qishdagi yutuqlarini aks ettirish bilan birga, ulardagi kamchiliklarni qoralaydi, uni yo'qotish yo'Harini izlaydi, topadi, o'z o'quvchisiga talabchan o'rtoq, qattiqqo'l ustoz sifatida yo'l ko'rsatadi.
Shoirni bolalarning hamma tomoni qiziqtiradi. U bolarga nima xunigu nima chiroylik, nima yaxshi-yu nima yomon, juda go'zal nima-yu juda qiziq nima ekanligi haqida yozadi. U o'z she'rlari bilan bolalarda estetik didni o'stirishga, go'zallik haqida tassavur hosil qilishga harakat qiladi.
To'qson yillik umrini bolalarga she'r, qo'shiq, doston, doston- ertak yaratishga qaratgan Quddus Muhammadiy 1907 yilda Toshkent shahrida mehnatkash dehqon oilasida dunyoga keldi. Bo'lajak shoirning otasi Muhammad Alibek Abdurahmonbekov ancha savodli kishi edi. Shu sababli u dastlabki ma'lumotni otasidan oldi.
1925 yilda otasi vafot etgach, Quddus Muhammadiy awal amakisinikida, so'ngra esa maktab-internatda tarbiya oladi. Internatda Q. Muhammadiyning birinchi she'ri «Chuvalachi» maydonga keladi va bu yerda chiqadigan «Quyosh» nomli devoriy gazetada bosilib chiqadi.
Shu ilk mashqlaridayoq bo'lajak shoirning nafosat olamini kuzatish va badiiy idrok etish talanti hamda umumlashtirish mahorati yaqqol ko'rinadi. U yetti yillik maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Toshkent qishloq xo'jalik texnikumiga o'qishga kiradi. Bu yerda u bofalar uchun she'rlar yoza boshlaydi. Uning «Tong o'yini», «Paranji», «Ahmad va asalari», «Seleksiya stansiyasi» nomli she'rlari vaqtli matbuotda bosilib chiqadi.
1931 yildan Q. Muhammadiy maktabda botanika o'qituvchisi bo'lib ishlaydi,
shu bilan biiga O'rta Osiyo davlat univeishetining biologiya fakultetida o'qiy boshladi.
Bolalar uyidagi va universitetdagi hayot, mehribon murabbiy va muallimlarning g'amxo'rlikiari Q. Muhammadiy qalbida bir umr o'chmas iz qoldiradi. Bu yerdagi o'zaro do'stlik bo'lajak shoir qalbini tordek ko'tarib yuboradi.
Quddus Muhammadiy Oybek, H. Olimjon, G'. G'ulomlarni o'zi uchun ustoz deb bilgan, ulardan o'rgangan, ular bilan doimo ijodiy muloqotda bo'lgan. Ilk she'rlaridan bin «Tong o'yini* orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi. Oybek bu iste'dodli bolalar shoirini hamisha qo'llab-quwatlab, ijodiga g'amxo'rlik qilib kelgan.
Bir kuni Yozuvchilar uyushmasida mushoira bo'Iadi. Mushoiraga raislik qilayotgan Hamid Olimjon she'r o'qish navbatini Q. Muhammadiyga beradi. Q. Muhammadiy zavq bilan «Sa'va sayrarkan» she'rini o'qiydi. Q. Muhammadiyning ijodiy qobiliyatini payqagan H. Olimjon she'r tugashi bilan uni yoniga chaqirtiradi. Qachondan beri she'r yozishini, qayerda ishlashini surishtirib, she'r ma'q.ul tushganini aytadi. So'ng bolalar uchun she'rlarning kamligi haqida to'xtalib, mana shunday ajoyib she'rlarni ko'proq yozishni ta'kidlaydi.
Q. Muhammadiy ijodiga xos bo'lgan muhim xususiyatlardan biri hozirjavoblikdir. Shoir asarlarida ona-Vatanga muhabbat, a'lo o'qish, xulq-odobda boshqalarga namuna bo'Jishga da'vat etish, fan va texnikani o'rganish muammolari asosiy mavzulardan hisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushi davrida Quddus Muhammadiy Islom shoirga adabiy kotiblik qiladi. Bu yerda u xalq og'zaki ijodi namunalari bilan yaqindan tanishadi. Islom shoirdan ko'p narsalarni o'rganadi.
Shoirning birinchi she'rlar to'plami 1946 yilda «O'quvchiga estalik» nomi bilan bosilib chiqadi. Shundan keyin uning 60 dan ziyodroq turli nom va tillardagi kitoblari bosilib chiqdi.
Quddus Muhammadiy doimo zarur mavzularda asarlar yaratib keldi. Har bir she'rni kundalik hayotimizdan olib yozdi. Yozganda ham qiziq yozdi, qizg'in yozdi, soz yozdi. Bolalami o'qishga, hunar o'rganishga, odobli bo'lishga, mehnatga chaqirdi, qiziqtirdi, yordamberdi. Buni shoirning «0'quvchiga estalik* she'rida ko'rish mumkin. Asarda maktab o'quvchisining ma'naviy qiyofasi va vazifalariga mufassal to'xtalib, o'qish, bilim o'rganish zarurligini ta'kidlaydi:
Bo'lay desang bog'bon,
Yo Vatanga posbon.
Yo osmonda uchuvchi,
Yo dengizda suzuvchi,
Nimani qilsang tilak, Bariga o'qish kerak.
San'atkorning qaysi turkumda yaratgan asarini olmang, barchasida hayotbaxsh ruh, da'vatkorlik, bolani nimagadir chorlash, yaxshilik, a'lo o'qish, axloq-odobli bo'lishda boshqalarga o'rnak ko'rsatish, qushlar va jonivorlarga mehribon bo'lishdek ibratomuz ma'no va mazmun yotadi.
Shoir o'quvchi bolalar hayotining faqat eng muhim, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'Igan masalaiarinigina qalamga oldi va ularni badiiy jihatdan yorqin va ifodali qilib tasvirlashga urindi. Bu esa u tomonidan ishlatilgan tasvirlash vositalarining naqadar o'rinli va mazmundorligini tasdiqlaydi, obrazli ibora eng qisqa ifodali va mazmundor ibora ekanini isbotlaydi.
Quddus Muhammadiy sofdil, a'lochi o'quvchi bolalarni samimiy sevadi, o'z she'rlarida bunday bolalarni maqtaydi. «A'iochi Sodiq», «Sinov», «Mening orzum», «Bizning uyda», «Yasha, Omon!», «Besh», «SoIijonning darsxonasi» va boshqa she'rlari a'lochi o'quvchilar haqida yaratilganligi bilan muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Shoir bu she'rlari orqali a'lo o'qish, tinmay mehnat qilish bilangina ilm-fan sirlarini egallash mumkinligini bolalar qulog'iga quyadi.
Q. Muhammadiy ijodining yana bir muhim qiirasi satirik va yumoristik asarlari bilan bog'liq. «Nomsiz erkatoylar haqida», «Dum», «Ahmadjonga uyat», «Lapashang», «Ravshanjonning qo'li tilga kirdi» kabi ko'plab she'rlarida bolalar xarakteridagi yaramas odatlar ayovsiz tanqid qilinadL* Ayniqsa, shoirriing «Dum» she'ri shu jihatdan xarakterlidir. Ulgurmovchi, uyga berilgan vazifani tayyorlamay «dum» bilan yuruvchi o'quvchilar haqida nasr va nazmda yozilgan ko'pgina asarlarni bilamiz. Ammo Q. Muhammadiy «dum»chilar ustidan kulish uchun mutlaqo yangi so'z va obraz topgan.
She'r quvnoq misralardan tashkil topgan bo'lib, bolalarning ruhiga, pedagogik-ruhiy xususiyatiga mostushadi: ,
Bir maktabda gap mishmish
Turg'unning dumi bormish.
Dum bilan yurish inson sha'niga yarashmasligi, ikkichi, qoloq, ishyoqmas tursunlarning bunday yaramas dumdan qutulib ketishi zarurligi asarning mantiqiy xulosasidir.
Quddus Muhammadiy ko'pgina she'rlarida bolalarni hayvonot, qushlar, o'simliklar va buyumiar olamiga boshlab kiradi.
Qisqa, esda qoladigan she'rlarda shoir sodda, ammo jarangdor qofiyalarda toychoq, tuya, laylak, xo'roz, ipakqurti, gullar, parovoz va samolyot haqida hikoya qiladi.
Atrofdagi mavjudotlar haqida bolalarning dunyo qarashini kengaytirish, ularning so'z boyligi va bilimlarini boyitish Quddus Muhammadiy o'z oldiga qo'ygan vazifalardan biridir.
«Ahmadjonning kitobxonligi» she' rida Ahmadning ko'z oldidagi kitobga tushirilgan har bir hayvon va qushchaga qisqacha ta' rif beriladi:
Ana mug'ombir tulki.
Pisib turishi kulgi. .
Ana o'rdak bilan g'oz,-r
Ana maymun sho'x dorvoz- v
Do'stlaringiz bilan baham: |