Mamasoli jumaboyev



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/118
Sana25.02.2022
Hajmi9,04 Mb.
#464331
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   118
Bog'liq
Bolalar adabiyoti.2-nashr Jumaboev M. (1)

NASRIY BAYONI:
YANA B I R Q U S H N I N G H U D H U D G A S A V O L I :
Savol beruvchi dedi:
— Ey qutlug1 jam ol egasi! M ol-u dunyo mening ko‘nglimga 
cheksiz m uhabbat soldi. Unga erishm oq xayoli jonim ga quvonch 
bagNshlaydi, uning jaranglagan tovushini eshitsam , ko‘nglim 
h u z u r to p a d i. 
K o‘nglim d a ag ar b ir nafas o ltin -k u m u s h
boMmasa, meni o ‘sha zahotiyoq o ‘lgan deb hisoblayver.
H U D H U D N I N G J A V O B I:
H udhud unga dedi:
— Ey haqiqatdan yiroq! Joningga pul firoq dog‘ini q o ‘yibdi. 
Hirs jom i ko‘nglingni mast aylabdi. Sen bu m astlikdan yer 
bilan bitta boMib, bu behuda xayolni boshingdan chiqarib 
tashla! M iyangni ezib yotgan bu q attiq to shd an qutqar! 
H aq iq iy y er b o ‘lsang, asl m a q sad n i k o ‘zlag il, n im aik i 
so ‘zlasang, o ‘shand an so ‘zlagil. Bu no m u n o sib ish bilan 
shugbullanm a, chunki undan senga zarar yetib, oxiri joning- 
ning uvoli b o la d i.
84


H IK O Y A T :
Basra shahrida bir xasis kishi bor edi. U nodonlik bilan 
oltin-kum ush yig‘ishga mukkasidan ketgan edi. H otam Toy 
saxovat va karam ko‘rsatishda qancha nom qozongan bo‘lsa, 
u d ino r va dirham yig‘ishda undan m ashhurroq edi. U shbu 
xasis va pastkash kishi ko‘p m ashaqqat chekib, bitta-bittalab 
oltin yig‘ar edi. U katta bir xazina to ‘plagach, ularni yer 
tagiga kobmdi. Bu ochko‘z yana shunga teng keladigan boylikni 
to ‘niga gir aylantirib tikib olgan edi. Yashirgan behisob oltinlar 
o ‘sha shum hirsli kishining ko‘ziga hatto kunduz kunlari ham 
osm onda yaraqlagan yulduzlar kabi ko‘rinar edi. U o ‘zicha, 
tanim ga q u w at, tanim ga quvvatgina em as, balki jonim ga sihat 
ham m ana shu oltinlar tufayli, deb o ‘ylardi.
Ittifoqo, bir kuni u savdo-sodiq qilish u ch u n daryo 
sohiliga keldi. U yerda savdo qilgan m olidan tushgan harom
pullarga taom olib yedi. Shundan so‘ng q o ‘lini yuvmoqchi 
b o lib daryo labiga engashdi. A m m o to ‘niga tikkan oltinlari 
og‘irlik qilib, uni suv tortib ketdi. Xasis kishi ana shu yom on 
fe'li tufayli daryoga c h o ‘ka boshladi. U suvdan chiqm oqchi 
b o ‘lib, iztirob bilan chun on talpinar, birov kelib qutqarar, 
degan um idda baq irib-chaqirar edi. A m m o odam lar yetib 
kelgunga qadar u daryo tubiga c h o ‘kib boMdi. Chunki uning 
oltindan b o ig a n langari behad og‘ir ediki, shu sababli u suv 
tubida sadaf ichidagi gavhardek mangu tik turib qoldi.
U ning joniga ofat yetkazgan narsa, albatta, o ‘zi yig‘gan 
sim -u zar edi. Shuningdek, uning yashirib q o ‘ygan xazinasi 
ham talon-toroj b o ld i. O ltin-kum ush y ig lsh oqibatida ana 
shunday m udhish voqea ro ‘y berdi. Sen bunday jirkanch 
ishlardan q o lin g n i tort! Ularga zinho r mayl ko‘rsatm a, chunki 
bu fano dengizi — dunyo doim o dahshatli to lq in ichidadir.
Nasriy bayon muallifi
Sharafiddin Sharipov
85



Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish