(1821—1878)
Òaniqli rus adibi Nikolay Alekseyevich Nekrasovning bo- lalik yillari Volga bo‘ylarida — o‘zi tug‘ilib o‘sgan joylarda o‘tgan edi. Shoirning yoshlik tarbiyasida oqila onasining roli katta bo‘lgan. Shu bois u keyinchalik „Ona“ dostonini onasiga bag‘ishlab yozgan edi. O‘g‘lining dehqon bolalari bilan o‘ynashi, yayrab yurishini xohlagan ona — Elena Andreyevna bo‘lajak shoirning xalqparvarlik ruhida tarbiyalanib o‘sishiga munosib hissa qo‘shgan edi.
Bugina emas, Nekrasovning enagasi ham dehqon hayoti va xalq og‘zaki ijodi ruhi bilan sug‘orilgan ajoyib ertaklar aytib, bo‘lajak shoir xayolini qanotlantirar edi. Shu-shu Nekrasov ertaklarni juda sevib qoldi. O‘z vatanining dala va o‘rmonlariga, qor va sovuqlariga, bahorgi „yashil shovqiniga“ muhabbat bog‘ladi.
Nekrasov dehqon bolalari bilan hamisha hamnafas bo‘l- ganligi uchun dovyurak, botir va jasoratli bola bo‘lib o‘sdi. Bo‘lajak shoir 10 yoshga to‘lganda uni Yaroslavl gimnaziyasiga o‘qishga berishadi. O‘qituvchilar bilimga havasmand, iste’dodli bolaga durust saboq bera olmadilar. Natijada u gimnaziyani tashlab, mustaqil o‘qishga berilib ketadi. Otasi uning ofitser bo‘lib yetishishini istar edi. Shuning uchun ham uni Peter- burgdagi kadetlar korpusiga o‘qishga yuboradi. Lekin ilm-fan cho‘qqilarini egallashga intilgani tufayli Peterburg universitetiga o‘qishga kiradi. Otasi o‘g‘lining o‘zboshimchaligidan tajang bo‘lib, moddiy yordam bermay qo‘yadi. Biroq maqsad yo‘lida sobitqadam Nekrasov moddiy mahrumliklar sharoitida yashash va olg‘a harakat qilishga intiladi. Ana shu yillarda oddiy odamlar turmushi og‘ir ekanligini sezadi va umrining oxirigacha ular haqida to‘lib-toshib kuylaydi.
344
Buni biz shoirning bolalarga bag‘ishlab yozgan asarlarida, ayniqsa, yaqqol ko‘ramiz. „Dehqon bolalari“, „O‘zi mitti — juda miqti“, „Bolalar yig‘isi“ kabi she’rlarida bolalarning turli- tuman yumushlarni bajarib, tirikchilik qilganliklarini, ularning mehnatkash tabiati va og‘ir qismatini chuqur xayrxohlik bilan ifodalaydi. Endigina olti bahorni ko‘rgan bolaning kattalardek fikr yuritishi kishini hayratga soladi:
Nonxo‘rlar yetgulik, ishlovchi kam, Faqat ikki erkak: otam bilan man!
Nekrasovning she’rlari go‘zal, ohangdor, mazmunan boy va ayni zamonda sodda tilda yozilgan.
Nekrasov o‘zining dam olish kunlarida, ko‘pincha, Kostroma, Yaroslavl, Novgorod o‘rmonlariga borar, ov qilish bilan kunini o‘tkazar edi. Kostroma o‘rmonining Maliye Veji degan qishlog‘ida yashovchi Mazay bobo uning eng yaqin do‘stlaridan biri edi. Shoir Mazay bobodan ko‘p ajoyib voqealarni maroq bilan eshitadi. Shular asosida „Mazay bobo va quyonlar“ nomli she’rini yozadi.
Nekrasovning tasvirlashicha, oddiy ovchi Mazay bobo go‘yo o‘rmon hokimi. U qushlar va yirtqich hayvonlarning yaqin do‘sti.
Nekrasov ishlamay tishlaydiganlarni yomon ko‘radi. Ularni o‘z asarlarida qattiq qoralaydi. Chunonchi, „Daraxt kesish“,
„Hovli qaroli qo‘shig‘i“ kabi she’rlari fikrimizga dalil bo‘la oladi.
„Daraxt kesish“da xalq boyligi — o‘rmonlarni shafqatsizlik bilan kesib yuborilishini qalamga oladi. Birorta pomeshchikka pul kerak bo‘lib qolsa, o‘rmonni sotib yuborishi, puldor boy esa o‘rmonni tag-tubi bilan kesib yuborishi hech gap emas, u zumrad o‘rmonlarning kamayib ketishidan shoir singari qayg‘urmaydi. Shuning uchun Nekrasov:
Bir vaqtlar asriy o‘rmonlar, Shovullagan katta maydonlar, Endi o‘sha bepoyon bo‘ston
Bo‘m-bo‘sh, jimjit, go‘yo qabriston! —
deb alam chekadi. „Òemiryo‘l“ nomli she’rida Peterburg bilan Moskva o‘rtasidagi temiryo‘l qurilishida Rossiyaning turli shahar va qishloqlaridan haydab keltirilgan ishchi va
345
dehqonlarning alamli hayoti Vanya degan bolaga hikoya qilib beriladi. Buning bilan Nekrasov yosh avlodning diqqat va e’tiborini zamonning muhim ijtimoiy masalalariga — xalqning kuchi va qudratiga tortadi, uni chuqur tushunishga, o‘ylashga undaydi.
Shoir Volga daryosiga muhabbat bilan munosabatda bo‘ladi:
Ey, sen, xalqning to‘yg‘izuvchisi, Barakali, muqaddas daryo!
Shoir „Bo‘lajak Volga“ she’rida rus xalqining yorqin istiqboliga ishonch hislarini dilga jo etadi:
Otib qullik kishanlarini,
Charchash bilmas xalqim mardona. Qirg‘oqdagi qaqroq cho‘llarni, Aylantirar bog‘-u bo‘stonga.
Suv qudrati fan bilan ortar: Shunda daryo sathida yotib, Son-sanoqsiz va qator bo‘lib Suzar bundan gigant kemalar.
Mangu yashar shu bardam mehnat Mangu daryo ustida har vaqt...
Ulkan san’atkorning ijodi poyoni yo‘q bir dengiz kabidir.
Unga bizning ham mehr va ixlosimiz cheksiz.
YEREMUSHKANING ALLASI
— Òo‘xta, yamshik, kun issiq juda, Bo‘g‘ilguday odam nafasi.
Ko‘rmaysanmi, o‘roq vaqtida, Pichanzorda qishloq hammasi. Hovlisida, ayvon tagida O‘ltiradi enaga yolg‘iz.
Belanchakni tebratar asta
Va o‘zi ham mudrar yumib ko‘z. Zo‘rg‘a-zo‘rg‘a chiqar ovozi,
Esnar og‘zin ochib baralla, Men yoniga borib o‘ltirdim, Kampir mudrab aytardi alla:
„Uzoq davron surayin desang,
346
Badavlat bo‘l, xotiring jam qil, Buning uchun yetimcham, bo‘tam, Xushomad qil, boshingni xam qil. O‘zni past tut xor-u xasdan ham, Òubanroq qil, o‘g‘lim, boshingni, Shoyad yetaklasa ulug‘lar,
Shoyad artsa ko‘zda yoshingni. Amaldorlar bilan hamma vaqt Do‘stlasharsan, birga yurarsan. Yosh va tannoz xonimlar bilan O‘ynab-kulib umr surarsan.
Erkinlikda turmushing o‘tar Quvnoq, g‘amsiz qurib tantana.
E-ha, allang bemaza ekan, Go‘dagingni ber menga, ena!
Ol, jonginam, o‘zing qayerdan?
Shahardanman, o‘tkinchi mehmon.
Ma, ol, tebrat, bir nafas men ham, Mizg‘ib olay... Kuylagin, o‘g‘lon.
Nega aytmay, aytaman, ena. Senikiga o‘xshamas, ammo O‘zim sevgan o‘lanlarim bor:
„Alla, qo‘zim, alla-allayo! La’nat senga, dono hayotni Yalqovlikka sudraguvchisi, — Senga-senga, e, ahmoqlarning — Farosatin kir tajribasi!
Biz tug‘ilgan bu ona yurtning Òuprog‘iga tushganicha yo‘q: Òoza hayot va kishiga xos Mo‘l hosilli birorta urug‘.
Endi, sen-chi, o‘z yoshligingning Kunlaridan quvvat ol, so‘lma.
Baxtiyor bo‘l, yangi odam bo‘l, Eski shakllarga, quyulma!
Hayot erkin, shod bo‘lsin desang, Unga jo‘shqin yurak bilan kir, Kishilikning amallariga Ko‘kragingdan to‘ldirib joy ber.
347
Shular bilan sen tug‘ilgansan, Mehringni qo‘y, dilingda saqla. Bular: Do‘stlik, Òenglik, Ozodlik — Deb atalar — shularni yoqla!
Sev ularni! Unga xizmat qil,
So‘ng damgacha intil — quchoq och! Bundan oliy maqsad yo‘q, go‘yo — Yo‘qdir boshqa porlovchi gultoj, Shunda, inim, go‘zal Vatanda Nodir va zo‘r odam bo‘lursan, Xushomadgo‘y bir maxluq bo‘lsang, Unga talay zarar berursan.
Beboshroq ham ezuvchi, vahshiy — Zolimlarga qo‘rqmay dushman bo‘l, Òa’ma qilmay, ulug‘ mehnatga Ishonching ber va g‘ayratga to‘l.
Shu muqaddas huquq va ishonch — Bilan bu olamga boqarsan.
Adolatsiz hayot ustida Gurullatib chaqmoq chaqarsan... Ana shunda... bola uyg‘onib, Birdan qattiq yig‘lab yubordi,
Enaga ham cho‘chib ko‘z ochib, Cho‘qindi-yu go‘dagin oldi.
„Ma, jonginam, ma, ol mammangni, Qorning to‘qmi?.. — deb, bolasini — Ovuntirib, boshlab yubordi
Bir ohangda o‘z allasini...
BOLALAR YIG‘ISI
Hayot kurashida halok bo‘lganlar — Qarg‘ishni tinglaysiz nechun xotirjam? Do‘stlar! Òinglang, unga qo‘shilib kelar Sho‘rlik bolalarning ohi-zori ham:
„Yoshlikning eng noyob oltin chog‘ida Qandayki jonlik bor — yashar baxtiyor. Mehnat nima bilmay hayot bog‘ida Yashar quvnoq hamda beozor.
Faqat bizga nasib bo‘lmadi shunday
348
Dala, adirlarda o‘ynamoq, kulmoq. Qismat: fabrikada kun bo‘yi tinmay G‘ildirak burmog‘-u burmog‘-u burmoq! Òinimsiz aylanar cho‘yan g‘ildirak; Guvullar shamoli, ko‘ngil aynitar, Boshing misdek qizir, tez urar yurak. Ko‘z tinib, bor narsa charx urib ketar; Ko‘zoynak ostida ta’qib etadi.
Sho‘rtumshuq kampirning yovuz ko‘zlari, Hattoki bu joyda uchgan pashshalar, Eshiklar, devorlar, oynalar — bari.
G‘azabimiz toshib, so‘ng qichqiramiz:
— Òo‘xta, ey, dahshatli sabil g‘ildirak! Fursat ber, charchadik, horidik, ojiz — Es-u hushimizni yig‘moqqa andak!
Yig‘lash-u yolborish foydasiz — bekor, G‘ildirak eshitmas, rahm etmas, bilmas. O‘lsang ham la’nati aylanar takror.
O‘lsang ham guvullar, guvullar, tinmas! Biz erksiz, qiynalgan bechoralarga
Qani sho‘xlik bilan quvnashlik, shodlik? Yuborsalar edi bizni qirlarga,
O‘tlarga ag‘anab uxlab ketardik. Avval uyga ketsak edi va tezroq,
Lekin uyda ne bor, qanday ko‘rgilik? Uyda ham topilmas halovat biroq.
Bizni kutib olar ochlik, yo‘qchilik:
U yerda charchagan — horg‘in bosh bilan Ona ko‘kragiga tashlanib zor-zor,
Nolib bu qismatdan, achchiq yosh bilan, Uning yuragini ezamiz takror...“
349
Do'stlaringiz bilan baham: |