Mamarajabov shahbozbek Sobir o’g’li



Download 28,04 Kb.
Sana29.06.2021
Hajmi28,04 Kb.
#104477
Bog'liq
XMM oraliq Shahboz 25


Mamarajabov SHahbozbek Sobir o’g’li


  1. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli va ahamiyati.

  2. Valyuta interventsiyasi va uning mohiyati.

  3. Xalqaro moliya tizimini isloh etishning asosiy yo‘nalishlari.

Javoblar:

1

Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida uning tashqi dunyo bilan aloqalari holati, mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki muhim oʻrin tutadi. Mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokining kuchayishida xalqaro moliya munosabatlarini amalga oshirish mexanizmlarini samarali tarzda tashkil etish bilan uzviy bog’liqdir. Ta’kidlash joizki, xalqaro moliya munosabatlarining predmeti ikkita muhim tarkibiy qismni oʻziga qamrab oladi, ya’ni xalqaro moliyaviy munosabatlar va ularni amalga oshirish mexanizmi. Ma’lumki, mamlakatlar oʻrtasidagi xalqaro moliya munosabatlari muayyan mexanizm orqali amalga oshiriladi, bunda xalqaro tashkilotlar tomonidan belgilangan me’yoriy normalar, davlatlararo darajadagi shartnoma va bitimlar, mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro qabul qilingan kelishuvlarga amal qilinadi. Xalqaro moliya munosabatlari mexanizmiga huquqiy normalar va ularni amalga oshirish vositalari (shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va konventsiya) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan yoʻl yoʻriqlarni amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro moliya tashkilotlari kiradi. Xalqaro moliya munosabatlari jahon xoʻjaligi tizimida tez-tez takrorlanib turuvchi turli xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir mamlakat va ularning hududiy birlashmalari va sub’ektlari, alohida tashkilotlar oʻrtasidagi aloqalarni oʻz ichiga oladi. Xalqaro moliya munosabatlari tuzilmaviy jihatdan quyidagilarni oʻrganishni taqozo etadi:

– xalqaro valyuta munosabatlari;

– xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar;

– xalqaro savdo munosabatlari;

– investitsiyalar va kapitalning xalqaro harakati;

– mamlakatlar toʻlov balanslarini boshqarish;

– xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;

– xalqaro moliya tashkilotlari faoliyati va boshqalar.



Mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi. Mazkur holat, milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo uchun ochiqlik darajasi orqali ifodalanadi. Bunda, xalqaro moliya munosabatlarining ishtirokchilari uchun muayyan shartsharoitlarning yaratilishi, xususan, xalqaro savdoda bojlarning pasaytirilishi, xorijiy investorlarni keng jalb etishga qaratilgan qulay investitsiya muhitining yaratilishi hamda valyuta cheklovlarining bekor qilinishi kabi tadbirlar amalga oshirilishi muhim oʻrin tutadi.

2

Valyuta siyosatining quyidagi shakllari mavjud: diskont, deviz siyosati va uning koʻrinishlari: valyuta interventsiyasi, valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish, valyutaviy cheklashlar, devalvatsiya, revolvatsiya. Diskont (foiz stavkasi) siyosati. Markaziy bankning foiz siyosati, odatda milliy valyutaning amaldagi massasiga ta’sir koʻrsatish, ya’ni uni kamaytirsh yoki koʻpaytirish orqali valyuta kursiga ta’sir etish mexanizmidir. Foiz stavkasi- ssuda kapitalining yillik daromadini uning mutloq kattaligiga nisbatidan kelib chiqadi. Foiz oʻzining iqtisodiy ma’nosi boʻyicha, ssuda kapitalidan foydalanganlik uchun



toʻlanadigan qoʻshimcha qiymatdir. Foiz stavkalari odatda foyda me’yori orqali aniqlanadi, lekin amaliyotda foiz stavkasi darajasi ssuda kapitallariga boʻladigan talab va taklifdan kelib chiqadi. Bu talab va taklif bir qancha fundamental iqtisodiy hamda boshqa, ya’ni davriy oʻzgarishlar, inflyatsiya darajasi, iqtisodiyotga davlatning aralashuv darajasi, Markaziy bank va davlatning byudjet-soliq siyosati va h.k. omillarga bog’liq. Foiz stavkalari tarkibi asosida ob’ektiv tarzda pul bozori stavkasi yotadi. Ya’ni, tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalari asosida Markaziy bankning qayta moliyalash kreditlari stavkalari, pul bozori vositalari, shuningdek, banklararo kredit va depozit bozori foiz stavkalari, turadi. Pul-valyuta bozorining stavkalar tarkibini asosiy elementlariga xazina veksellari stavkalari kiradi. Ba’zan bu mamlakatlarda rasmiy foiz stavkasidan past boʻladi. Chunki, xazina veksellariga kafolatlovchi sifatida hukumatning oʻzi turganligidir. Shuningdek, hukumatning oʻzi kafolat beruvchi sifatida turganligi uchun bu veksellar eng likvidli aktivlar toifasiga kiradi. Xalqaro ssuda kapitallari bozorining rivojlanishi bilan LIBOR stavkasiga oʻxshash boshqa stavkalar paydo boʻldi: PIBOR (Parij), SIBOR (Singapur), NIBOR (Nyu-York, Norvegiya), KUBOR (Quvayt), LYuKSIBOR (Lyuksem-burg) va shu kabilar. Bularning barchasida valyutadagi foiz stavkalari “tenglashish” an’anasiga ega, chunki ular Yevrobozorda hududiy jihatdan yaqin joylashgan.

Valyuta interventsiyasi: Markaziy bankning deviz siyosatining eng keng tarqalgan shakli, valyuta interventsiyasi hisoblanadi. Markaziy bankning milliy valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida valyuta bozorida chet el valyutalarini sotib olish yoki sotishiga valyuta interventsiyasi deyiladi.

Deviz siyosati: Markaziy bankning deviz siyosati muomaladagi xorijiy valyuta miqdoriga ta’sir etish orqali valyuta kursiga ta’sir koʻrsatish, shuningdek, chet el valyutasidagi aktivlar barqarorligini ta’minlashga qaratiladi. XX asrning oʻrtalarida jami dunyo oltin zahirasining 70% AQShga tegishli boʻldi. Dollar – oltinga almashinuvchi valyuta zahira aktivlari, valyuta interventsiyalari va xalqaro xisob-kitoblarda ustunlik qiladigan vosita hamda valyuta paritetlarida asos boʻldi. Bir vaqtning oʻzida AQShning milliy valyutasi jahon puli sifatida faoliyat koʻrsatdi. Xalqaro valyuta fondiga a’zo mamlakatlar oʻzlarining valyuta kurslarini dollarga yoki oltinga nisbatan belgiladilar, oʻz navbatida dollar oltinga bog’langan edi. Shuning uchun oltinning dollardagi bahosi barcha narx xisob-kitoblari uchun asos boʻldi. Barcha jahon narxlari dollarda belgilana boshladi. Xalqaro toʻlov vositalari asosiy zahira valyutasi sifatida AQSh dollari va oltindan tashkil topgan boʻlishi kerak edi. Markaziy banklar oʻzlaridagi dollarni AQSh g’aznachiligidan qa’tiy belgilangan kurs boʻyicha oltinga almashtirishlari mumkin edi.
3

Xalqaro moliya tizimini isloh qilish yo‘nalishlari. Xalqaro moliya tizimini isloh qilishning asosiy sabablari qatorida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: xalqaro tashkilotlarning rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam berish imkoniyati xususiy kapital oqimining hajmiga nisbatan cheklanganligi; xalqaro tashkilotlarning inqirozlarni oldini olish, ularga qarshi kurashish, takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularning tarqalish sohalarini cheklashga qodir emasligi; moliyaviy va valyuta inqirozlarining takrorlanish va ta’sir etish ko‘lamining kengayishi; jahon iqtisodiyotining globallashuvi bir vaqtning o‘zida bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda faoliyat yurituvchi va investitsiyalarni amalga oshiradigan mamlakatlarda moliyaviy vaziyatni beqarorlashtirishga qodir bo‘lgan yangi xalqaro investorlarning yuzaga kelishiga hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda moliyaviy bozorlarni davlat tomonidan tartibga solish samaradorligini kamaytiradigan offshor hududlar miqdorining o‘sishiga imkon yaratdi; xalqaro tashkilotlar tomonidan moliyalashtirish dasturlarini amalga oshirish natijasida kelib chiqadigan nizolarning chuqurlashuvi; moliyaviy bozorlardagi, ayniqsa, qarz majburiyatlari bozoridagi operatsiyalar hajmining o‘sishi hamda xalqaro moliya bozorining yuqori darajada rivojlanishi o‘rtasida keskin farqlanish hamda uni tartibga solish uchun tegishli institutsional tuzilmaning yo‘qligi. Xalqaro moliya tizimini isloh qilish jarayoni tuzilmaviy muammolarni bartaraf etish, ayniqsa, moliya tizimining barqarorligini ta’minlash masalasini hal qilish bilan birga amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda moliya tizimini mustahkamlash jarayonida quyidagi chora-tadbirlar namoyon bo‘ladi:

– bank nazoratining xalqaro standartlarini yaratish;

– iqtisodiy ma’lumotlarning ommaviy ravishda oshkor etilishi uchun xalqaro

standartlarni takomillashtirish;

– XVFning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish;

– XVFning yangi kreditlash mexanizmlarini yaratish;

– moliyaviy bozorlarni tartibga solish bo‘yicha hech bo‘lmaganda



mintaqaviy darajada yagona me’yoriy-xuquqiy xujjatlarni joriy etish.

Xalqaro moliya tizimini isloh qilish masalasi jahon iqtisodiyotida ro‘y bergan

moliyaviy-iqtisodiy inqirozdan keyin yanada dolzarb ahamiyat kasb etdi. Xalqaro moliya tizimini isloh etish tuzilmaviy jihatdan turli yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin. Biroq, xalqaro moliya tizimini isloh etishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

– moliyaviy bozorlar va investitsiya institutlarini tartibga solish hamda ular



faoliyatini takomillashtirish;

– yangi iqtisodiy siyosatga o‘tish;



– xalqaro moliya institutlari tizimini isloh qilish;

– yangi xalqaro tashkilotlarni tashkil etish va boshqalar.
Download 28,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish