XIZMATCHILAR
Nomi
Manzili
KodiMansabi
―Kadrlar‖ ma‘lumot bazasi
|
To‘lov ko‘rsatkichlari Qancha ishlagan
To‘lov darajasiUmumit tanlov
Soliq
Oyligi
|
|
Afzalliklar
Sug‘urta
Pensiya to‘lovi Qo‘shimcha to‘lov va boshqalar
|
|
|
-
|
-
|
-
|
Kadrlar bo‘limi
bo‘limi.
6-rasm. Ma‘lumotlar bazasi.
Ma’lumotlar bazalarini tuzishning asosiy usullari ma’lumotlar bazasining ierarxik modeli
Ushbu model ma‘lumotlar bazasining shunday ko‘rinishdagi tuzilishiki, unda ma‘lumotlar daraxtsimon ko‘rinishda ifodalanadi. Quyida bunday turdagi ma‘lumotlar bazasining sxematik ravishdagi ko‘rinishi keltirilgan. Unda bitta «Xizmatchi» deb atalgan asosiy segment bo‘lib, pastdagi segmentlar bilan o‘z navbatida keyingi segmentlar bilan ham bog‘langan. Masalan, kompensatsiya segmenti ko‘rsatkichlari va ish haqi tarixi segmentlari bilan bog‘langan bo‘ladi.
-
|
Ikkinchi farzand
|
|
Sug‘urta
|
|
Sog‘liqni saqlash
|
|
7-rasm. Ma‘lumotlar bazasining sxematik ko‘rinishi.
Endi ba‘zi tushunchalarga izoh beramiz. Segment deb har bir yozuvdagi ma‘lumotga aytiladi. YOzuvdagi eng yuqori o‘rinda joylashgan segment ―ildiz segment‖ det ataladi. Ko‘rsatgich esa yozuvga biriktirilgan shunday bir ma‘lumot elementiki, u boshqa yozuvning absolyut yoki nisbiy adresini ko‘rsatadi. Ierarxik ko‘rinishdagi ma‘lumotlar bazasida ma‘lumotlar bir-biri bilan xuddi shunday ko‘rsatkichlari orqali bog‘langan bo‘ladi. Masalan «Xizmatchi» segmentining oxirida kompensatsiya, ish yo‘nalishi, afzalliklar segmentlari bilan aloqani aniqlaydigan ko‘rsatkichlar bo‘lishi mumkin.
Ma’lumotlarning tarmoqli ko’rinishdagi modeli
Bu ko‘rinishdagi ma‘lumotlar bazasining modeli shunday bir mantiqiy modelki, u ko‘pdan-ko‘p ko‘rinishdagi aloqalarni ifodalash uchun juda qulay. Quyida bunday ma‘lumotlar bazasining modelini ko‘rish mumkin. Bunda universitetda o‘qiyotgan talabalar va ular o‘rganayotgan fanlar orasidagi aloqa keltirilgan. Lekin ushbu ma‘lumotlar bazasida ko‘rsatgichlar oldingisiga qaraganda ko‘p ishlatiladi.
8-rasm. Ma‘lumotlar bazasi modeli.
3.Ma‘lumotlarning relyatsion modeli.
Bu xildagi ma‘lumotlar bazasi modelida ma‘lumotlar bir-biri bilan bog‘liq ikki o‘lchamli jadvallar shaklida ifodalanadi. Barcha jadvallardagi ma‘lumotlar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lishidan tashqari, ular biror-bir umumiy elementlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Quyidagi sxemada ushbu hol tushunarli tarzda tasvir qilingan. Bu erdagi har bir jadvalning yozuvi yoki qatori bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Har bir ustun maydon deb ataladi. Jadvallarning o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqqan holda kerakli turdagi hisobotlarni tayyorlash mumkin. TALAB jadvali o‘zining EHTIYOT QISM NOMERI maydoni orqali – EHTIYOT QISMLAR fayli bilan ma‘lumotlar almashina oladi.
9-rasm. Ma‘lumotlar bazasi modeli.
Bu fayl esa TA‘MINLOVCHI fayli bilan TA‘MINLOVCHI NOMI maydoni vositasida ma‘lumot almashishi mumkin.
YUqorida ko‘rib o‘tilgan uch xil turdagi ma‘lumotlar bazasi modellarining kamchiliklari va afzalliklarini quyidagi jadval vositasida o‘rganib chiqish mumkin.
1-jadval
Har qanday ma‘lumotlar bazasini tuzish uchun ikki bosqichli ishni bajarish lozim – bulardan birinchisi ma‘lumotlar bazasining kontseptual yoki mantiqiy loyihasini tuzish bo‘lsa, ikkinchi uning fizik loyihasini tuzishdan iborat. Kontseptual yoki mantiqiy loyiha ma‘lumotlar bazasining foydalanuvchilar nuqtai nazaridan tuzilishini ishlab chiqish bo‘lib, fizik loyiha uning real xotira qurilmalarida qanday tashkil etilishidir. Bularning biri foydalanuvchilar fikrini to‘la hisobga olgan holda tashkil qilinsa, ikkinchisini ma‘lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha mutaxassislar tashkil etadi. Xozirda tarqoq turdagi ma‘lumotlar bazalari ham mavjud bo‘lib, ularda ma‘lumotlar bo‘laklari hilma xil joylarda saqlab qo‘yilgan bo‘lishi ham mumkin. Lekin shunga qaramasdan, ular bir joydan yoki bin necha joylardan boshqariladi yoki to‘ldiriladi. Mul‘timedia yoki gipermedia turiga mansub ma‘lumotlar bazalarida esa ma‘lumotlarning xilma xil turlari bir vaqtda saqlanishi yoki qayta ishlanishi mumkin.
Undan tashqari bunday ma‘lumotlar bazalarida mavjud bo‘lgan dasturlar orqali ma‘lumotlarning o‘zini qayta ishlab uning boshqa turlarini ham yaratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |