Mavzu: Ma’lumotlar bazasini boshqarish asoslari
Reja:
Ma’lumotlar resurslarini boshqarish
Ma’lumotlar bazalarini tuzishning asosiy usullari Ma’lumotlar bazasining ierarxik modeli
Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining asosiy elementlari
Ma’lumotlar resurslarini boshqarish
Har qanday samarali axborot tizimi uning qanday sohaga yoki yo‘nalishga bag‘ishlanganidan qat‘iy nazar, foydalanuvchilarni aniq, o‘z vaqtida olinadigan hamda bajarilayotgan ishlarga mos ma‘lumotlar to‘plami bilan ta‘minlab berishi lozim. Bunday ma‘lumotlar komp‘yuterda mavjud bo‘lgan xilma-xil turdagi fayllar va qurilmalarda yig‘iladi. Komp‘yuterning amaliy dasturiy tizimi ma‘lumotlarini bitlar, baytlar, maydonlar, yozuvlar, fayllar, fayllar va ma‘lumotlar bazalari ko‘rinishida tashkil qiladi hamda saqlaydi. Keyinchalik foydalanishda tushunarli bo‘lishi uchun bu tushunchalarga qisqacha izoh berib o‘tamiz:
Maydon – simvollarning so‘zlar, so‘z guruhlari, sonlar ko‘rinishida ifodalanishi bo‘lib, ma‘lumot bazalarida ular jadval ustunlariga mos keladi;
Yozuv – bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan maydonlar to‘plami bo‘lib, ular jadvallar sifatida ifodalangan ma‘lumot bazasi jadvalining qatorlariga mos keladi;
Fayl – bir xil turga mansub yozuvlar guruhi bo‘lib, ular ma‘lum bir nom berilgan ma‘lumotlar to‘plamiga mos keladi;
Attribut – ma‘lumotlar bazasining ma‘lum bir ob‘ektini aniqlab beradigan ma‘lumot bo‘lagi.
Kalit maydonlari – yozuvdagi biror bir ma‘lumotni o‘ziga xos tarzda aniqlab beradigan bir ma‘lumot yozuvlari yangilanishi, tarqatilishi yoki uzatilishi mumkin.
Kalit maydon ikkita jadvalning o‘zaro bog‘lanishini aniqlab beradigan va bu ikkala jadval uchun umumiy bo‘lgan maydondir.
Quyida ma‘lumot bo‘laklarining ierarxiyasini sxematik ravishda ko‘rish mumkin:
Quyidagi yozuvda TALABNOMA deb nomlangan ob‘ekt va uning attributlari keltirilgan. TALABNOMA ni tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar uning raqami, sanasi, mahsulot nomeri, mahsulotning soni va uning miqdoridir. Talabnoma raqami kalit maydoni bo‘lib xizmat qiladi, chunki har bir talabnoma o‘z unikal identifikatsion (aniqlanish) raqamiga ega. Demak, ob‘ektning talabnoma raqami (ya‘ni kalit maydoni) orqali u ma‘lumot bazasining boshqa ob‘ektlari bilan bog‘lanishi, ularga ma‘lumotlar uzatishi mumkin va o‘zaro turli xil ma‘lumotlar almashinish imkoniyatiga ega. Ma‘lumot bazasini tuzish va u bilan ishlay boshlashdan avval albatta kalit maydonlarini aniqlab olish zarur, chunki bu ish ob‘ektlarning o‘zaro aloqasini ta‘minlab beradi.
Ierarxiya (Misol sifatida)
Nomi Fani Sana Bahosi
|
-
Aliyev Obid Tarix 2003 В+
Karimov Said Hisob 2003 А
Omonov Anvar Moliya 2003 С
|
|
|
-
Omonov Anvar Moliya 2003 В+ Омонов Анвар (номи)
|
|
Maydon
01001010 (ASCII dagi kod)
0
-
|
Rasm.1 Ma‘lumot bo‘laklari ierarxiya sxemasi.
Talabnoma
2-rasm. Talabnoma sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |