Agar satr tarkibida izlanadigan qism bir necha marta bajarilsa, oxirgi qismning indeksini aniqlash uchun rfind() funksiyasidan foydalaniladi. Rfind() funksiyasini ishlash jarayoni find() funksiyasini ishlash jarayoni bilan bir xil.
Fayllarni e’lon qilish C++ dasturlash tilida fayllar bilan ishlashda .txt kengaytmali fayllardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Dastur tarkibida fayllarga murojat qilish uchun albatta oldin .txt kengaytmali faylni yaratib alohida joyga saqlab quyish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Dasturlash tilida ishlatiladigan fayllar nomi ikki turda bo‘ladi.
1) Fizik nomi;
2) Mantiqiy nomi.
Faylning fizik nomi kompyuterda .txt kengaytmali nom bilan saqlangan nomi hisoblanadi.
Faylning mantiqiy nomi esa dastur tarkibida faylning fizik nomi bilan bog’lashga xizmat qiladigan nomi hisoblanadi. C++ dasturlash tilida fayllarni e’lon qilishdan oldin albatta #include kutubxonasini chaqirish kerak.
C++ dasturlash tilida fayllarning asosiy nomiga to‘g’ridan to‘g’ri murojat qilib bo‘lmaydi. Fayllarga murojat qilish uchun faylning fizik nomiga mantiqiy nomini bog’lab murojat qilish mumkin. Fayllar mantiqiy nomini fizik nomiga bog’lagandan So‘ng dastur tarkibida faylga uning nomi bilan murojat qilinadi. Dastur tarkibining ixtiyoriy joyida faylga murojat qilish uchun albatta uning mantiqiy nomi bilan murojat qilinadi.
C++ dasturlash tilida fayllarni e’lon qilish va ularni mantiqiy nomi bilan bog’lash uchun ixtiyoriy o‘zgaruvchini mantiqiy nom sifatida qabul qilinadi.
C++ dasturlash tilida fayllar bir nechta holatlar bo‘yicha e’lon qilinadi.
1)Fayllarga ma’lumot yozish uchun ochish bo‘yicha e’lon qilish;
2)Fayllardan ma’lumot o‘qish uchun ochish bo‘yicha e’lon qilish;
C++ dasturlash tilida fayllarga ma’lumot yozish uchun ochish bo‘yicha e’lon qilishning umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
ofstream ;
Ofstream kalit so‘zi orqali fayl e’lon qilinganda, e’lon qilingan fayl ustida faqatgina ma’lumot yozish amali bajariladi. Ya’ni dastur natijasi biror bir faylga saqlash uchun faylni yozish bo‘yicha e’lon qilinadi.
C++ dasturlash tilida fayllardan ma’lumot o‘qish uchun ochish bo‘yicha e’lon qilishning umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: