6.3. Kalit
Kalit haqida yuqoridagi mavzularda aytib o`tilganlarga quyidagi qo`shimcha ma`lumotlarni ham keltiramiz.
Har bir munosabat kalitga (birlamchi kalit), ya`ni kortejni bir qiymatli identifikatsiyalovchi atributga (oddiy kalit) yoki atributlar to`plamiga (tarkibiy yoki murakkab kalit) ega. Qaralayotgan munosabatda kalit bo`lmagan atribut yoki atributlar guruhi boshqa munosabatda kalit bo`lsa, bu atribut yoki atributlar guruhi tashqi kalit (ikkilamchi kalit) deb ataladi.
Agar biror jadval tashqi kalitga ega bo`lsa, u holda:
mos birlamchi kalitga ega bo`lgan jadval bilan mantiqan bog`langan;
bu bog`lanish birga ko`p xarakterga ega bo`ladi.
Kalitni ishlatishda uzun matnli va qiymatli atributni olish tavsiya etilmaydi (butun sonli atributlarni ishlatish foydaliroqdir). Masalan, talabalar identifikatsiyasi uchun unikal (qaytarilmaydigan yagona ma`nosida) imtihon daftarchasi nomerini ishlatish mumkin. Kalit sifatida familiyasini, guruh nomerini va boshqa qo`shimcha atributlarni olish mumkin. Ammo, bunday hollarda ikkita bitta familiyali talaba chiqib qolishi ham mumkin. Imkon darajasida murakkab kalitlardan foydalanmaslik maqsadga muvofiq hisoblanadi. Agar tabiiy oddiy kalit mavjud bo`lmasa, yangi sun`iy oddiy kalit qo`llash lozim.
Agar C mohiyati ikkita A va B mohiyatni bog`lasa, u holda A va B mohiyatlar birinchi kalitga mos tashqi kalitni tashkil etishi kerak.
Agar B mohiyati ikkinchi A mohiyatni belgilasa, u holda A mohiyat birinchi kalitga mos tashqi kalitni tashkil etishi kerak.
Har qanday o`zaro bog`lanishlarda bo`lgan mohiyatlarni belgilash uchun (prujinali, xarakteristik, belgilash assotsatsiya kabi) yangi birlashtirilgan termin ‘Maqsad’ yoki ‘Maqsadli mohiyat’ ishlatiladi.
Assotsatsiyalarni ko`rsatish usulini tanlash muammosini qarashda MB da ‘Qaysi kalit tashqi kalit?’ degan savolga javob olish lozim. Keyinchalik, har bir tashqi kalit uchun uchta savolni echish kerak bo`ladi:
Ishlatilayotgan tashqi kalit aniqlanmagan qiymat qabul qilishi mumkinmi (Null-qiymat)?
Tashqi kalitga murojaat qilayotgan maqsadli mohiyatni o`chirishga harakat bo`lganda nima yuz berishi mumkin?
Tashqi kalitga murojaat qilayotgan maqsadli mohiyat birinchi kalitni yangilashga harakat qilinganda nima yuz berishi mumkin?
Shunday qilib, har bir tashqi kalit uchun MB ni loyihalovchi loyihada tashqi kalitni tashkil qiluvchi atribut yoki atributlar kombinatsiyasini yuqoridagi savollarga muvofiq tashkil etishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |