Маълумотлар омбори ва уни бошкариш тизими хакида умумий тушунчалар



Download 2,75 Mb.
bet47/83
Sana18.07.2022
Hajmi2,75 Mb.
#819472
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83
Bog'liq
MBBT-маъруза матни-лотин1

SQL tili. SQL - kompyuter MB da saqlanuvchi ma`lumotlarni qayta ishlash va o`qish uchun mo`ljallangan instrument bo`lib, u faqat relyatsion MB bilan ishlaydi. Barcha relyatsion MBBT lar SQL tilini tushunadi.

Bu sxemaga muvofiq hisoblash tizimi muhim ma`lumotlar saqlanuvchi MB ga ega bo`ladi. Agarda foydalanuvchi MB dan ma`lumotlarni o`qimoqchi bo`lsa, u buni MBBT dan SQL yordamida so`raydi. MBBT so`rovga ishlov beradi, talab qilingan ma`lumotlarni topadi va uni foydalanuvchiga uzatadi.


Ma`lumotlarni olish yoki ma`lum bir shartlar buyicha ishlov berilgan ma`lumotni MB dan olish buyrug`i so`rov deb aytiladi.
SQL bir qator imkoniyatlarga ham ega, ya`ni:
1. Ma`lumotlar tuzilmasini tuzish. SQL foydalanuvchilarga MB tuzilmasini tuzish, o`zgartirish hamda MB elementlari o`rtasida aloqalarni o`rnatish imkoniyatini beradi.
2. Ma`lumotlarni o`qish. SQL foydalanuvchi yoki dasturga MB da saqlanuvchi ma`lumotlarni o`qish va ulardan foydalanish imkonini beradi.
3. Ma`lumotlarni qayta ishlash. SQL foydalanuvchiga yoki dasturga MB ni o`zgartirish, ya`ni unga yangi ma`lumotlar qo`shish, mavjud ma`lumotlarni o`zgartirish va o`chirish imkonini beradi.
4. MBni himoyalash. SQL yordamida MB foydalanuvchilarini, undagi ma`lumotlarni o`qish va o`zgartirish imkoniyatlarini chegaralab qo`yish mumkin. Bu orqali ruxsat berilmagan foydalanuvchilardan axborotlar himoyalanadi.
5. Ma`lumotlardan birgalikda foydalanish. SQL ma`lumotlardan birgalikda foydalanishni koordinatsiya qiladi, bu esa paralel ishlayotgan foydalanuvchilar bir-birlariga xalaqit bermasdan MB dagi ma`lumotlardan foydalanishlari imkonini beradi.
6. Ma`lumotlar yaxlitligini ta`minlash. SQL MB ni yaxlitligini ta`minlashga imkon beradi va unda noo`rin o`zgartirishlar qilishni oldini oladi.
Demak, SQL MBBT bilan o`zaro aloqa qiluvchi etarlicha kuchli tildir.
SQL tilining vazifasi. SQL tili foydalanuvchining relyatsion MB bilan muloqat qilishi uchun mo`ljallangan bo`lib, quyidagi 3 ta qismdan iborat:

  • DDL (Data Definition Language) – ma`lumotlarni aniqlash tili. MB ni (jadvallarini, indekslarini va h.k.) yaratish va uning sxemasini tahrirlash uchun mo`ljallangan.

  • DCL (Data Control Language) – ma`lumotlarni boshqarish tili. Foydalanuvchilarning MB ob`ektlariga murojaatini chegaralash operatorlaridan iborat.

  • DML (Data Manipulation Language) – ma`lumotlarni qayta ishlash tili. MB jadvallariga o`zgartirishlar kiritish uchun mo`ljallangan.

MB bilan ishlovchi ixtiyoriy til foydalanuvchiga quyidagi imkoniyatlarni yaratishi
lozim:

  • tuzilmasini to`la tavsiflagan holda MB ni va jadvallarini yaratish;

  • ma`lumotlar ustida manipulyatsiya amallarini bajarish, masalan, jadvallardan ma`lumotlarni kiritish, tahrirlash, va o`chirish;

  • oddiy va murakkab so`rovlarni bajarish.

Bundan tashqari, MB bilan ishlovchi til yuqoridagi amallarni bajarish uchun foydalanuvchilardan kam urinishlarni talab qilishi, hamda buyruqlarining sintaksisi va tuzilishi o`rganish uchun oson va tushunarli bo`lishi kerak. Nihoyat, bu til universal bo`lishi kerak. Bu bir MBBT dan boshqasiga o`tganda buyruqlarni bir xil tuzilmasi va sintaksisidan foydalanishni ta`minlaydi. SQL tili bu talablarni barchasini qanoatlantiradi.

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish