Parallel qayta ishlash.
Ko’p foydalaniluvchi ma’lumot bazalari tashkilot va korxonalarning muhim axborot resurslari hisoblanadi. Shu bilan birga bunday resurslardan foydalanish bir qancha muammolar keltirib chiqaradi. Birinchidan, bunday ma’lumot bazasini ishlab chiqish va loyihalash murakkab, chunki bunda ko’p sondagi foydalanuvchilar talablarini hisobga olish kerak. Shu bilan birga vaqt o‘tishi bilan barcha talablar o‘zgaradi. Bu esa o‘z navbatida ma’lumot baza strukturasini o‘zgartirish zaruratiga olib keladi. Bunday strukturalarni o‘zgartirish aniq rejalashtirishni va nazorat qilishni talab etadi. Chunki bir guruh foydalanuvchilar uchun bajarilgan o‘zgartirishlar boshqa guruh foydalanuvchilari uchun muammolar tug‘dirmasligi talab etiladi. Bundan tashqari bir necha foydalanuvchilar
so‘rovlarini parallel qayta ishlashda maxsus tadbirlar qabul qilish kerak. MB tashkilot faoliyatining muhim komponenti bo’lib xizmat qiladi. Uning tarkibi buzulishi bilan axborotlarning yo’qolishi kabi nuqsonlar paydo bo’ladi. Shu bilan birga operatsion tizimlardagi takomillashtirishlar va dasturiy ta’minotning yangi versiyalari paydo bo‘lishi ma’lumot bazasini takomillashtirishni talab etadi. Bunday masalalarni yechish uchun tashkilot va korxonalarda ma’lumot bazasini administratsiyalash bo’limlari tuzilgan. Bu bo’limning asosiy vazifasi ma’lumot bazasi va uni ishlatadigan ilovani yaratishni, ishlatishni va ma’lumot bazasiga xizmat ko‘rsatishni amalga oshirishdan iborat. Jumladan:
ma’lumot baza strukturasini boshqarish;
parallel qayta ishlashni boshqarish;
qayta ishlash bo‘yicha huquq va vazifalarni (burchlarni) belgilash;
ma’lumot baza xavfsizligini ta’minlash va h.k.
Parallel qayta ishlashni boshqarish bo’yicha asosiy tadbirlar birorta foydalanuvchini boshqasiga kutilmagan holda ta’sir qilishini hisobga olishga qaratilgan. Parallel qayta ishlash sharoitida ba’zan foydalanuvchilar ma’lumot bazasiga yakka holda foydalanish sharoitidagi natijalarni olish maqsadiga qaratilgan. Boshqa hollarda foydalanuvchilarning kutilgan tarzda bir biriga ta’siri tushuniladi. Masalan, komputer tizimiga o‘z ma’lumotlarini kiritgan foydalanuvchi ma’lumot bazasidan bir qancha foydalanuvchi foydalanishiga qaramasdan bir xil natija olishi kerak. Shu bilan birga foydalanuvchi masalan, omborxona holati haqidagi axborotning oxirgi vaqtdagi hisobotini olishga harakat qilishi mumkin. Bunda shu paytda boshqa foydalanuvchi ma’lumotlarini o‘zgartirayotgan bo’lsa, amalga oshirayotganligini tugallanmagan o‘zgarishlarni hisobga olib ko‘rishga harakat qiladi.
Hozirgi kunda barcha parallel qayta ishlash hollari uchun ma’qul bo’ladigan usullar mavjud emas. Masalan, foydalanuvchi parallel qayta ishlashni qattiq boshqarishi mumkin. Bunda u ma’lumot bazani boshqa foydalanuvchilar uchun blokirovka qilib qo‘yishi mumkin, o‘zining ishi tugamaguncha boshqa mijozlar ma’lumotlar bazasi bilan hech qanday ish bajara olmaydi. Bu usul ishonchli bo’lishi bilan birga qimmat hisoblanadi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshiradigan, lekin dasturlash va amalga oshirish qiyin usullar ham mavjud. Ma’lumot bazasi bilan ishlaydigan ko’pgina ilovalarda foydalanuvchi ishini tranzaksiya ko’rinishida amalga oshiriladi. Tranzaksiya ba’zan ishni mantiqiy birligi hisoblanadi. Tranzaksiya - bu ma’lumot bazasi bilan bajariladigan ishlar (harakatlar) ketma-ketligi bo’lib, unda barcha ishlar to‘laligicha bajariladi yoki birortasi ham bajarilmaydi. Oxirgi holda ma’lumot bazasi o‘zgarishsiz qoladi. Bunday tranzaksiya ba’zan atomar deb ataladi. Chunki u bir butun ko’rinishda bajariladi.
Tranzaksiyani bajarish chegaralarini ko’rsatish uchun tranzaksiyani boshlashga, tranzaksiyani saqlashga va tranzaksiyani qaytarishga komanda berish zarur. Har xil MBBTda bu komandalar formasi bo’yicha farqlanadi. Agar bir vaqtda ikkita tranzaksiya bajarilsa, bu tranzaksiya parallel tranzaksiya deyiladi. Himoya faqat MB ma’lumotlarigagina tegishli emas. Himoyalash hisoblash tizimlarining boshqa qismlarini ham o‘z ichiga oladi. Shuning uchun MB himoyasi hisoblash qurilmalariga, dasturiy ta’minotga va bevosita ma’lumotlarga tegishli bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |