Тизим маълумотларни бирлаштириш (қўшиш) усулларини автоматик аниқлаши керак. DDB ни бу хоссаси SQL тилидаги одатдаги сўров доирасида тақсимланган
маълумотлар базаси устида танлаш амалини бажариш имконияти билан изохланади.
Тақсимланган транзакцияларни қайта ишлаш.
Тақсимланган транзакцияларни қайта ишлаш протоколи транзакцияларни қуйидаги тўртта хоссасига риоя этилишини таъминлаши керак: атомарлик, мослашганлик, изолацияланганлик ва давомийлик. DDB ни бу хоссаси маълумотларнинг бутунлигини бузмаган холда янгилаш (INSERT, UPDATE, DELETE) амалларини бажариш имконияти билан изоҳланади. Бу хосса тақсимланган транзакцияларни бажаришнинг амалдаги стандарти бўлиб қолган транзакцияларни фикциялашни (two-phase commit protocol) икки фазали протоколини қўллаш орқали таъминланади. Уни қўлланилиши тақсимланган (глобал) транзакция доирасида бир нечта тугунларда маълумотларни келишилган холда ўзгартирилишини кафолатлайди.
SQL tilining SELECT operatori parametrlari. (24 va 34-savollarga qarang)
Ma’lumotlarniadministratsiyalash.
MBni administratsiyalashtirish shundan iboratki, u foydalanuvchilarga ma’lumotlar bazasi imkoniyatlaridan foydalanish, ma’lumotlarning to‘laligini ta’minlash va ko‘p foydalanuvchilar ilovalarini yaratish huquqini beradi. Ma’lumotlar bazasi administrator quyidagi hollarda jadvallardan foydalanishi mumkin:
ma’lumotlar bazasi obyektlari xotirasini taqsimlashni boshqarishda;
ma’lumotlar bazasi foydalanuvchilari uchun xotira kvotalarini o‘rnatishda;
ma’lumotlarga kirishni boshqarishda online yoki offline holatlarni hisobga olgan holda;
ma’lumotlarni nusxalash va qayta tiklashda;
ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun ma’lumotlarni uskunalarga taqsimlashda. Ma’lumotlar bazasini administratsiyalashtirish - bu uni initsializatsiyalash (o‘rnatilishi), unga kirishni boshqarish, ma’lumotlar bazasi butunligini ta’minlash va hokazo. Kompyuterda ma’lumotlar bazasini tashkil qilish – kompyuterga o‘rnatiladigan va yagona ma’lumotlar bazasi sifatida foydalaniladigan bir yoki bir nechta ma’lumotlar faylini tayyorlashdan iboratdir. Qancha fayldan iborat bo’lishidan va undan necha marotaba foydalanishdan qat’iy nazar ma’lumotlar bazasi bir marotaba tuziladi. Agar mavjud bo’lgan ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar o‘chirilsa, ma’lumotlar bazasini yaratish protsedurasidan foydalanish mumkin. Bunda shu nom va fizik struktura bilan yangi ma’lumotlar bazasi tuziladi.
Ma’lumotlar bazasi quyidagi operatsiyalarni o‘z ichiga oladi:
yangi ma’lumotlar fayllarini yaratish yoki oldingi fayllaridagi ma’lumotlarni o‘chirish;
Ma’lumotlar bazasini yaratishdan oldin quyidagilar kerak:
indeks va jadvallarni rejalashtirish va ularga kerakli bo‘lgan hajmlarni baholash;
ma’lumotlar bazasi himoyasini va uning jurnallari konfiguratsiyasini, egallaydigan hajmini va zahira ko‘chirmalarini rejalashtirish.
Ma’lumotlar bazasi operatori ma’lumotlar bazasini ishga tushirishni va ishdan to‘xtatishni
amalga oshiradi.
Ma’lumotlar bazasi foydalanuvchilari uch asosiy kotegoriyaga ajratiladi: yaratuvchilar, administratorlar va foydalanuvchilar.
Yaratuvchilarning vazifasiga quyidagilar kiradi:
o‘rnatish va hokazo.
Ma’lumot bazalarini administratsiyalashtirish shu tizimning boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi. Bu shaxs ma’lumotlar bazasi administratori deb ataladi. Agar ma’lumotlar bazasi katta bo’lsa, bu majburiyatlarni bir nechta odamlar (guruh) – ma’lumotlar bazasi (MB) administratorlari bajarishi mumkin. Administrator majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
MBni o‘rnatish va MBBT versiyalarini yangilash;
diskli xotirani taqsimlash va tizimni xotiraga bo‘lgan talablarini rejalashtirish;
ma’lumotlar bazasida xotira strukturasini yaratish (jadvaliy kenglik);
birlamchi obyektlar yaratish (jadvallar, indekslar);
foydalanuvchilarni hisobga olish va tizim himoyasini qo‘llab-quvvatlash;
foydalanuvchilarning ma’lumotlar bazasiga kirishini boshqarish va nazorat qilish;
zahira nusxalash va qayta tiklashni rejalashtirish;
axborotni saqlash qurilmalaridagi arxiv ma’lumotlarini qo‘llab-quvvatlash;
zahiraviy nusxalash va qayta tiklashni bajarish.
Ayrim hollarda ma’lumotlar bazasi bitta yoki bir nechta xavfsizlik xodimlariga ega bo‘lishlari kerak, ya’ni asosan yangi foydalanuvchilarni ro‘yxatga olishga javob beradi, foydalanuvchilarning ma’lumotlar bazasiga kirishini boshqaradi va nazorat qiladi hamda ma’lumotlar bazasini himoya qiladi.