yaratish
Hozirgi kunda hayotimizni virtual olamsiz tasavvur qilish bir muncha mushkul. Shu bois unda paydo bo`layotgan yangiliklar, tez suratda rivojlanib borayotgan web sohasiga ham o`z tasirini ko`rsatmay qolmayabdi. Web ilovalarni ya‟ni internet saytlarni yaratish uchun bizga WAMP yoki LAMP platformalari kerak bo`ladi. Chunki hozirgi kunda dinamik saytlar yaratish uchun malumotlar bazalari, Apache server va php dasturlash tili zarur bo`ladi. Biz Windows operatsion tizimida sayt yaratganimiz uchun WAMP platformasidan foydalanamiz. Bu platformani eng soda ko`rinishi Denwer dasturi bo`lib, u barcha imkoniyatlarga ega platform hisoblanadi.
3.1-rasm Denwer ishlash xolati
Dasturning o`rnatiluvchi paketini Denwerning rasmiy www.denwer.org saytidan ko`chirib olashimiz lozim. PHP ishlashimiz uchun asosan bizga MySQL baza kerak bo`ladi. Buning uchun Denwerni ichidagi PHPMyAdmindan foydalansak bo`ladi. Brauzerga http://localhost/Tools/PHPMyAdminni yozamiz. Shu erdan "Базы Данных" ichiga kirsak quyidagicha oyna paydo bo`ladi. Shu erdan yangi baza yaratib olamiz. Misol uchun "doc" degan nom bilan. Endi "Z:/home" ni ichiga "mehmonxona.uz" deb nomlangan papka yaratamiz va yana bu "Z:/home/ mehmonxona.uz" ni ichiga "www"
deb papka yaratamiz. Endi shu yaratgan " Z:/home/ mehmonxona.uz /www" papkamizni ichiga hamma papka va fayllar ko`chirib o`tkaziladi.
“doc” bazasining ichiga jadval yaratiladi.Jadval yaratish quyidagi tartibda buladi.
Bunada jadval yaratishda jadvalning nomi va unning maydoni kiritiladi.
Yaratilgan jadval va bazani bog`lash brauzer bilan quyidagi kodlar orqali bajariladi .
Bu erda biz tepada PHPMyadmin orqali yaratgan MySQL bazamizni nomi va MySQL uchun foydalanuvchi malumotlarini kiritamiz.
Database name : localhost
Database username : root
Database password :
Denwerda MySQL uchun: foydalanuvchi "root" va parol bo`sh qoladi. Keyinchalik MySQL uchun parolni o`zingiz hohlaganizdek qilib o`zgartirib olishingiz mumkin.
// bazaga kirish
$connect=mysql_connect("localhost", "root", "") or die(‘Ulanishda xatolik’);
$database=" doc "; mysql_select_db($database); ?>
Hozirgi kundagi web interfeysda yaratilgan loyihalarga, dasturlarga, elektron darsliklarga e‟tibor bersak, ko`pgina loyihalarlar vaqt o`tishi bilan o`z mavqeini yo`qotib qo`ymoqda. Bunga asosiy sabablardan biri, loyihalarning statikligidir, ya‟ni loyihani boshqarib turish, unga doimiy yangi ma‟lumotlar kiritib borishning qiyinligidir. Aynan shuning uchun ham men loyihani yaratishda eng avvalo loyihaning dinamik bo`lishiga e‟tibor qaratdim. Ya‟ni administrator loyihani to`la boshqarish xuquqiga ega bo`ladi.
Dinamik loyiha yaratishda eng avvalo, ma‟lumotlar bazasini tashkil etish talab qilinadi. loyihadagi aksar ma‟lumotlar ma‟lumotlar bazasida joylashadi, bu esa albatta administratorga bu ma‟lumotlar bilan ishlash imkoniyatini yaratadi. Ma‟lumotlar bazasini tashkil etish uchun denwerni ishga tushiramiz va http://localhost/tools/phpmyadmin/index.php manzilni teramiz.
3.2-rasm. PhpMyadmin MBBT oynasi
Bu erda yaratadigan saytimiz uchun yangi ma‟lumotlar bazasi tashkil qilamiz. Bazamizni doc deb nomladik. Ma‟lumotlar bazasida 18 ta jadval mavjud bo`lib, ularning xar biri o`z vazifasiga ega:
3.3-rasm. phpmyadminda ma‟lumotlar bazasi Ma‟lumotlar bazasini tashkil etish shu bilan yakunlanmaydi.
Endi bevosita saytni yaratish uchun html, css va phpga murojat qilamiz. html malumotlarni teglar (buyurug‟lar) orqali joylashish joyini ko‟r satib bersa css texnologiyasi to‟liq dizayn ko‟rinishlarni qanday bo‟lishini boshqaradi. Php dasturlash tili esa boshqa dasturlash tillaridan farqi undagi buyurug‟larni faqat web sahifalarni dasturlashda ishlatiladi va bu bizga klent-server texnologiyasini yaratishda eng katta ishlarni bajarish mumkin. Shu bilan birga har bir oyna uchun alohida html file yaratishdan qochish maqsadida phpda bitta oyna bilan ishlash mumkin.
3.4-rasm saytning umumiy ko‟rinishi.
Mehmonxona saytimiz 5ta bo‟limdan iborat.
Yuqori qism – sayt nomi, domeni rasm, mehmonxona manzili va menyular qatori mavjud;
Chap qism – foydalanuvchi kirish oynasi, oxirgi kiritilgan yangiliklar mavjud;
O‟rta qism – o‟zgaruvchi qism bo‟lib yangiliklarni ko‟rmiqchi bo‟lib kerakli yangilikni ustida sichqonchani chertsak yangilikni to‟liq holati shu qismda paydo bo‟ladi. Bundan tashqari har bir bo‟limga tegishli malumotlar ham shu qismda paydo bo‟ladi;
O‟ng qism – asosiy bo‟limlar, online hona buyurtma qilish va qiziqarli savollar elon qilish mavjud;
Pastki qism – vaqt, reklama va muallif haqida malumot olishingiz mumkin;
3.5-rasm yaratilgan php fayllar.
Mbdan malumotlarni qabul qilib olish uchun quyidagi kodlar yoziladi: function maqola($menu)
{$sql="select * from news where menu_id=".$menu." order by vaqt desc limit 10";
$r=mysql_query($sql) or die("x".mysql_error()); while($row=mysql_fetch_object($r))
{echo " "; echo "";
echo " id."' >".$row->vaqt.":
".$row->title."...";
echo " | "; }
Bu yerda maqola($menu) nomli funksiya e‟lon qilinyabdi va uning ichida $sql o‟zgaruvchiga sql so‟rov yozilyabdi. Bu sql so‟rovning ma‟nosi „news‟ deb nomlangan jadvaldan barcha malumotlarni olib bersin newsni vaqt bo‟yicha saralangan holatda, 10tadan ko‟p bo‟lamagan ma‟lumotni. $r o‟zgaruvchisi esa sql so‟rovni mysql malumotlar bazasida bajarilishini taminlovchi buyurug‟ hisoblanadi. So‟ngra while sikl operatori orqali $row o‟zgaruvchiga mysql so‟rovni obyekt sifatida olib uni ketma ketlikga html teglari orqali qolibga solingan holatda chiqarib berishini taminlangan.
Menular qatorini oxiriga qidiruv formasi joylashgan bu formani ham funksiyaga olib uni kerakli joyga joylashtiramiz:
function qidiruv_form()
{if (!isset($_GET["s1"])){
?>
Bu yerda if shart operatori yordamida „s1‟ nomli tugama bosilmaganda ushbu formani hosil qilib turilishi taminlangan. Endi formaga qidirilayotgan yangilik kiritilganda mbdan aynan usha malumotni ekranga hosil qilishni bajaramiz.
function qidir(){
$q=addslashes($_GET["qidir"]);
$sql="select news.* from news where title and content like '%".$q."%'";
$r=mysql_query($sql) or die("x".mysql_error()); echo "Qidiruv Natijasi"; while($row=mysql_fetch_object($r))
{echo "id."'>".$row-
>title."";
echo "
".$row->content."
"; }
echo "bolim_id."'>Qaytish";
}}}
Bu yerda qidir() deb nomlangan funksiya bajarilyabdi eng avval yuqoridagi qidiruv formasidagi qidirilayotgan ma‟lumotni $q o‟zgaruvchisiga o‟zlashtirilyabdi va sql sorov yozilyabdi. „news‟ deb nomlangan jadvaldan barcha maydonlarni tanlab olsin qaysiki title va contentida $q ga o‟xshash malumotlarni va obyekt sifatida ekranda namoyon qilsin. Bu yerda % belgisi $q oldidan va davomidan qo‟yilgan buning manosi qidirilayotgan malumotga oxshash yani oxiri yoki boshi oxshash malumotnilarni ham ekranga chiqarsin. Agar % belgisi qo‟yilmasa aynan qidirilayotgan malumotni o‟zini chiqarib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |