UMUMIY MA‟LUMOTLAR
Ushbu uslubiy ko‟rsatma 5330500-“Kompyuter injiniringi” yo‟nalishi talabalari uchun mo‟ljallangan. Uslubiy ko‟rsatma asosida individual loyihalarni bajarish tartibi, rasmiylashtirish tartiblari keltirilgan.
Individual loyiha 5-6-semestr davomida topshiriladi. Individual loyiha 5-6-chi semestrda bajarilib, talabaning fan bo‟yicha olgan bilim va ko‟nikmalarini mustaxkamlash hamda dasturiy ta‟minot yaratish ko‟nikmalariga ega bo‟lishlari, avtomatlashtirilgan ish o‟rinlarini yaratish jarayonlari bilan, saytlar yaratish texnologiyalari bilan tanishishlari asosiy maqsad qilib qo‟yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |