Bor – yo`q antonimik juftligi uch ma`nosi bilan zidlanadi:
Bor Yo`q
1. Tabiatda, voqelikda 1. Tabiatda, voqelikda mavjud bo`lgan. mavjud bo`lmagan.
Odamzod shundayki, bor narsa asta-sekin yo`qolsa ham payqaydi, lekin yo`q narsa asta-sekin paydo bo`lsa payqamaydi. (A.Qahhor)
2. Ko`zda tutilgan joyda 2. Ko`zda tutilgan joyda ko`rin- topiladigan, mavjud. maydigan, topib bo`lmaydigan,
mavjud emas.
…Yarimta bo`z bor ekan, qo`ltig`imga tiqib oldim. (A.Qodiriy)
…Birining poshnasi butunlay yo`q, biriniki yarimta. (Oybek)
3. Ko`chma: boylikka 3. Ko`chma: boyligi yo`q, ega bo`lgan, boy kambag`al, bechora.
Boy maqtansa topilar, Yo`q maqtansa chopilar. (Maqol) Bor bo`lsang, ko`rolmaydi, Yo`q bo`lsang, berolmaydi. (Maqol)
Bu hol bir necha antonimik guruh hosil qila oladigan ko`p ma`noli so`zlarni o`z-o`ziga nisbatan omonimga o`xshatib qo`yadi. Ammo bunday antonim guruhlar va ular ichidagi antonimik juftliklar o`rtasida ma`noviy bog`lanish mavjud bo`lgani uchun ularda takrorlanib keladigan so`z (to`g`ri so`zi) polisemantik xususiyatini yo`qotmaydi, chunki ayrim ma`nolari bilan bir necha antonimik guruh hosil qilishda qatnashadigan ko`p ma`noli so`zlar omonimga aylanib qolmaydi.
O`zbek tilida shakldosh so`zlardan ham antonimik guruhlar hosil bo`ladi. Masalan:
Chap1 O`ng
So`l
Gavdaning yurak joy- Gavdaning yurak joylashgan
lashgan tomoni. tomonining qarama-qarshi tomoni.
Chap2 O`ng
Biror ish-harakatni bajarish Biror ish-harakatni bajarish oson
qiyin bo`lgan holat. bo`lgan holat.
Bunday hollarda ko`p ma`noli so`z ham, shakldosh so`z ham o`z leksik-semantik xususiyatini saqlagan bo`ladi.
Antonimik guruh hosil qiluvchi so`zlarning, ayniqsa, polisemantik so`zlarning ma`no munosabatini, dominant antonim so`zlarning sinonimlari bilan ularning o`zaro munosabatini o`rganish antonimik juftliklarning semantik munosabatini chuqurroq o`rganishga yordam beradi.
Biz yuqorida ko`rib o`tganimizdek, tilimizda o`z mohiyatiga ko`ra antonimiya doirasida qaraluvchi hodisalar talaygina. Ana shunday hodisalardan biri oksyumoronlar hisoblanadi. Bu hodisa haqida fikr yuritishdan avval tilshunoslik va adabiyotshunoslikda unga berilgan ta`riflar bilan tanishaylik.
“Tilshunoslik terminlarining izohli lug`ati”da oksyumoronga shunday izoh berilgan: Oksyumoron (yun. oxutorop - farosat bilan, lekin bema`ni). Mantiqan biri ikkinchisini inkor etadigan, bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan ikki tushunchani (ma`nosi bir-biriga zid ikki so`zni) o`zaro qo`shishdan iborat uslubiy figura; badiiy adabiyotda obrazlilik, ifodalilik kabi maqsadlarda keng qo`llanadi: Kezadir bulutlar boshim ustida. Havo dim. Baqirgan sukunat... (R.Parfi). Go`zalim, negadir ko`zingda nam bor? Bu kun ko`zlaringda nozik bir g`am bor (M.Shayxzoda)56.
“Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o`zbekcha izohli lug`ati”da berilgan izoh esa quyidagicha: Oksimoron (gr. oxutorop - zakiy nodon so`zidan) - oksimoron. Badiiy ko`chim turlaridan biri bo`lib, tarkibidagi qarama- qarshi ma`noli tushunchalar yangi bir kutilmagan ma`noni keltirib chiqaradi. Oksimorondagi mana shu xususiyat kuchli obrazlilik kasb etadi57.
Antiteza va oksyumoron ma`lum bir ma`no qarama-qarshiligiga asoslanishiga ko`ra bir-biriga o`xshab ketsa-da, ular orasida katta farq bor.Antitezada ikki bir-biriga qarama-qarshi qutb biri ikkinchisini rad etadi, inkor qiladi. Oksimaronda esa ko`rganimizdek, ikki bir-biriga qarama-qarshi ma`noli so`z bir-biriga birlashtiriladi, biri ikkinchisiga nisbatan aniqlovchi sifatida qo`llanadi. Ammo unda ko`proq birikishdan kelib chiqqan ko`chma ma`noga ahamiyat beriladi. Bu xususiyatlari bilan (ularning har ikkalasi maydonga kelishida antonimlar katta rol o`ynasa-da) antiteza va oksimaronlar bir-birlaridan tamoman farq qiladi58.
Ma`lum xususiyatlariga ko`ra antonimlarga o`xshab ketsa-da, qo`llanish maqsadi, hosil bo`lish usuli va vazifasiga ko`ra ulardan farqlanib turuvchi oksyumoronlar tilimizda uchrab turadi. Ular badiiy-estetik ta`sirchan vosita sifatida asosan badiiy matnlarda qo`llaniladi. Oksyumoronlarning paydo bo`lishi, avvalo, badiiy asar muallifining individual uslubiga bog`liq. Bugungi kunda tilimizda , og`zaki va yozma nutqdagi “tirik murda”, “issiq qor” kabi noodatiy birikmalar ma`lum darajada qo`llanilganligi, ba`zan og`zaki nutqimizda ham uchrab turishi bois ulardagi estetik ta`sirchanlik unchalik kuchli emas. Ularning ta`sirchanlik quvvati asosan, poetik asarlar tilida seziladi. Masalan, shoir Muhammad Yusufning Stalinga nisbatan “qadrdon begona” , “yovuz mehribon”, “qora quyosh” kabi oksyumoronlarni qo`llashi sho`rolarning buyuk yo`lboshchisi xarakter-xususiyati, insoniyat tarixida qilgan mudhish jinoyatlari, xullas, ezgulik dushmani ekanligi haqida muayyan tasavvurlarni uyg`otishga xizmat qiladi.
Oksyumoronlar badiiy matnlarda tasvirlanayotgan kishilar faoliyati, xarakterdagi qusurlar, xulq-atvori to`g`risida aniq ma`lumot beradi va badiiy, obrazli, estetik ta`sirchan vosita sifatida qo`llaniladi. Ular alohida olingan ijodkorlar individual uslubi, ularning voqelik faktlarini qay darajada idrok etishi va badiiy matnlarda qo`llay olish mahoratini ko`rsatib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |