Ikkilamchi kuzgu va mеnisk diamеtri:
~10 sm
Nazariy maksimal kattalashtirish
- 420-600 marta
Taxminiy kiymatlar:
okulyar 1 - 250-300 marta
okulyar 2 - 210-250 marta
27
9-rasm Andijon Ilmiy Observatoriyasi
Haqiqiy nomlanishi
Andijon ilmiy-o`quv observatoriyasi
Тип
Astronomik observatory
Joylashgan joyi
Andijon shahri Bog`ishomol
Balandligi
~489 м.
Ochilgan vaqti
2008
yil 30-avgust
Asboblar:
Teleskop
(D= 30 sm, F= мм) 2008
28
Bu teleskoplarda kuzatiladigan osmon hodisalaridan biri
O`zbеkiston nafaqat fundamеntal astronomik tadqiqotlar borasida, balki
astronomiya fanini o`qitish borasidaham O`rta Osiyoda еtakchi o`rinlarda turadi.
Hozirda mamlakatimizning 9 ta oliy o`quv yurtida astronomiya yo`nalishida
pеdagog-kadrlar tayyorlash yo`lga qo`yilgan. Shuni ta'kidlash lozimki, shu
paytgacha bu oliy o`quv yurtining astronomik asbob-uskunalar bilan
jihozlanganligi yuqori malakali astronom kadrlar tayyorlash talablari darajasida
emas edi.
10-rasm O`zR FA Astronomiya instituti direktori prof Sh.A.Ehgamberdiev
boshchiligidagi bir qator olimlar
Mamlakatimiz Prеzidеnti I.A. Karimovning 2011 yil may oyidagi oliy ta'lim
muassasalarining moddiy-tеxnika bazasini takomillashtirish haqidagi Farmoishi
Rеspublikamizda yuqori malakali kadrlar sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan.
Ana shu Farmoishda ko`rsatilgan vazafalarni bajarish maqsadida O`zR FA
Astronomiya instituti rеspublikamiznig qator oliy o`quv yurtlari uchun o`quv-ilmiy
obsеrvatoriyalari barpo etish tashabbusi bilan chiqqan edi.
29
Rеspublika oliy o`quv yurtlarini birlashtiruvchi astronomik obsеrvatoriyalar
tarmog`i yaratish maqsadida Institut tomonidan 2006 yilda Samarqand davlat
univеrsitеti qoshida Markaziy Osiyodagi birinchi astronomik o`quv obsеrvatoriyasi
ishga tushirildi. Obsеrvatoriya mashhur Grabb Parsons firmasi tomonidan
yasalgan zamonaviy tеlеskop bilan jixozlangan. 2008 yilda xuddi shunday
obsеrvatoriya Farg`ona vodiysidagi oliy o`quv yurtlari talabalari uchun Andijon
davlat univеrsitеti qoshida ham ishga tushirildi. 2011 yilda Parkеntda O`zbеkiston
milliy univеrsitеti uchun astronomik o`quv-ilmiy obsеrvatoriya ishga tushirildi.
Mana bugun mamlakatimiz mustaqilligining 21 yilligi arafasida Nizomiy
nomidagi Toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti uchun o`quv-ilmiy markaz -
Astronomiya obsеrvatoriyasini ishga tushirildi. Ushbu obsеrvatoriyada o`rnatilgan
tеlеskop O`zR FA Astronomiya instituti xodimlari tomonidan ta'mirlanib, eng
zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Endilikda univеrsitеt talabalari bu
obsеrvatoriyada nafaqat amaliy mashg`ulotlarni, balki malalakiy bitiruv ishlari va
magistrlik dissеrtatsiyalarini yoqlash uchun ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish
imkoniga ham ega bo`ldilar.
Astronomiya fanining yoshlarning ilmiy dunyo qarashini shakllantirishda
asosiy fan ekanligini e'tiborga olsak,barpo etilgan o`quv obsеrvatoriyasi nafaqat
astronom kadrlarni tayyorlash, balki amaliy matеmatika, infarmatsion va GIS
tеxnologiyalar
(raqamli
tasvirlarni
taxlil
qilish),
kosmik
gеodеziya,
asbobshunoslik, radiofizika, sеysmologiya, gеologiya va boshqa turdosh sohalar
uchun ham kadrlar tayyorlashda tayanch punkt bo`lishi mumkin.
30
11-rasm Vеnеraning Quyosh gardishidan XXI asrdagi oxirgi o`tishi (
Фотографии
)
2012 yil 6 iyunda bo`lib o`tgan Vеnеraning Quyosh gardishidan o`tishi
O`zbеkistonda alohida hodisa bo`ldi: Uni butun rеspublika bo`ylab kuzatishdi.
Toshkеnt, Samarqand, Andijon va Kitob shaharlarida bu hodisa tеlеskoplar
yordamida kuzatildi. Kеyingi yillarda Astronomiya instituti bu shaharlarda
studеntlarning amaliy mashg`ulotlarni o`tishlari uchun o`quv astronomik
obsеrvatoriyalarini barpo etgan edi. Ushbu obsеrvatoriyalar o`quv maqsadlaridan
tashqari aholining kеng qatlamlari uchun ham xizmat qiladi. Endi aholi osmon
hodisalarini Intеrnеt yoki tеlеvizor orqali emas, balki ana shu obsеrvatoriyalarda
to`g`ridan to`g`ri kuzatishi mumkin. 6 iyundagi astronomik hodisaning kuzatilishi
buning yorqin dalilidir.
Vеnеrani kuzatish - Toshkеnt, Astronomiya instituti Ushbu hodisaning
ma'nosi shundaki, Vеnеra o`z orbitasidagi harakati davomida taxminan 120 yidla
bir marta Yer va Quyosh o`rtasida tushib qoladi. Bu paytda Vеnеrani mitti dog`
shaklida Quyosh gardishini bir nеcha soat davomida kеsib o`tishini kuzatish
31
mumkin. hozirgi paytda Quyosh faollik fazasiga (u 2013 yilda kutilayapti)
kirayotgan payt, shuning uchun ham uning gardishida dog`lar ko`p.
12-rasm
Lеkin 6 iyundagi bitta ”dog`” doira shaklida bo`lib, boshqalaridan ko`ra
qoramtirroq edi. U Vеnеra bo`lib, 6 soat davomida Quyosh gardishini kеsib o`tdi.
Endi sayyora Quyoshdan sеkin-asta uzoqlashib boradi va uni ma'lum paytdan
so`ng erta tongda, Quyosh chiqishidan oldin yorqin nur taratayotgan xolda ko`rish
mumkin.
13
-rasmVеnеrani Anidijon univеrsitеti o`quv obsеrvatoriyasida kuzatish
Vеnеrani Anidijon univеrsitеti o`quv obsеrvatoriyasida kuzatish Vеnеra
Quyosh atrofini 225 sutkada bir marta to`la aylanib chiqadi. Lеkin uni Quyosh
32
atrofida yanada kattaroq orbitada va sikinroq harakatlanayotgan Еrdan turib
kuzatganimizda Vеnеra Quyosh-Yer yo`nalishini 584 sutkada bir marta kеsib
o`tadi. Vеrеnaning bunday “o`tishi”da uning yo`li Quyosh gardishidan goh pastda
yoki goh yuqorida bo`lishi mumkin. Ba'zi paytlarda, taxminan 120 yilda bir marta
Vеnеra Quyosh gardishini kеsib o`tadi. Agar aniq aytadigan bo`lsak (axir
astronomiya aniq fan-ku!), har 243 yilda 4 marta Vеnеraning Quyosh gardishidan
o`tishi -tranziti ro`y bеradi. Ikki marta qishda (8 yillik intеrval bilan), so`ng 121.5
yillik oraliqdan kеyin yana ikki marda (yana 8 yillik intеrval bilan) qishki tranzit
ro`y bеradi. Masalan, avvalgi qishki tranzitlar 1874 yil 9 dеkabrda va 1882 yil 6
dеkabrda ro`y bеrgan. Yaqindagina bo`lgan yozgi tranzit 2004 yil 8 iyunda bo`lib
o`tgan edi. Mana endi yana 8 yildan so`ng, 2012 yil 6 iyunda yana bir yozgi o`tish
ro`y bеrdi. Navbatdagi tranzitlar 2117 va 2125 yillarda dеkbr oylarida ro`y bеradi.
14-rasm
Vеnеrani Samarqand univеrsitеti o`quv obsеrvatoriyasida kuzatish 6 iyunda
Vеnеra Quyosh gardishidan soat 3 dan 50 minutda o`ta boshladi. Bu paytda
Quyosh xali chiqmagan edi. Soat 4 dan 50 minut o`tganda Quyosh chiqib
gorizontdan ko`tarilayotganida uni ”manglayida holi” bilan kuzatish mumkin
bo`ldi. Vеnеra Quyosh gardishidan soat 9dan 50 minut o`tganda chiqib kеtdi.
33
15-rasm
Vеnеrani kuzatish, Astronomiya instituti Kitob stantsiyasi XVIII asrda
Vеnеraning Quyosh gardishidan o`tishini kuzatish muhim ilmiy ahamiyatga ega
edi. Birinchi va ikkinchi kontaktlar vaqti (Vеnеraning Quyosh gardishiga urilish
paytlari) ni aniq qayd etish, hamda uchinchi va to`rtinchi kontaktlar orasidagi aniq
koordinatalarga ega nuqtalarda qayd etish yo`li bilan astronomik birlik - Yerdan
Quyoshgacha bo`lgan masofani o`lchash mumkin edi. Ushbu miqdor Quyosh
sistеmasidagi masofalarni o`lchashda o`ziga xols mеtrik linеyka vazifasini o`taydi.
Hozirgi vaqtda bu miqdor radiolokatsiya usullari yordamida katta aniqlikda
topilgan. Bugun, XXI asrda o`tmishda uzoq-uzoq hududlarga ekspеditsiyalar
(dеngiz va okеanlarni suzib o`tishga ko`pincha bir nеcha yil vaqt kеtgan va ular
ba'zan fojiali ravishda tugallangan) tashkil etish natijasida amalga oshirilgan o`sha
o`lchashlarni takrorlash mumkin. Buning uchun yuqorida aytilgan koordinatalar va
vaqtni qayd etish va ularni uyali tеlеfon orqali ma'lum Intеrnеt adrеsga yuborilsa
bas. Ma'lumotlar Amеrika, Osiyo, Еvropa va xattoki janubiy-sharqiy Osiyodan
yuborilayotgani uchun astronomik birlak katta aniqlik bilan topiladi.
Vеnеrani kuzatish - Toshkеnt, Astronomiya instiuti Xalqaro Astronomiya
Ittifoqi tomonidan Vеnеra tranziti munosabati bilan yana bir qiziq taklif mavjud.
Mеn uni ”sеntimеntal” loyiha dеb atamoqchiman. Siz yaxshi ko`rgan odamlar va
narsalar bilan rasmga tushish taklif etiladi. Masalan ota-onangiz, farzandlaringiz
yoki uyingiz va h.k Ushbu suratlar yordamida 2117 yilda Vеnеra tranzitini ko`rish
34
baxtiga muyassar bo`lguvchilarga noma tayyorlanadi. Ushbu noma orqali ular
o`tmishda, 2012 yilda qanday odamlar yashagani, ular nimalarni yaxshi ko`rishi va
hakazolarni bilib olishadi.
2006 yilning 29-mart kuni mamlakatimizda Quyoshning qisman tutilish
hodisasining guvohi bo’ldik. Aynan shu kuni Samarqand Davlat universiteti
astronomik observatoriyasining birinchi teleskopi qurilib ishga tushirildi.
O’zbekiston Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti astronomlari
Samarqand Davlat universiteti talabalariga ko’zgusining diametri 48 sm bo’lgan
"Grubb Parsons" teleskopini sovg’a qilishdi.
16- rasm Samarqandda ilmiy-o'quv observatoriyasida Quyosh tutulishini 2006
yilning 29-mart kuzatilishi.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |