§ 2.2 Samarqand observatoriyasining astroiqlimi va meteorologik
parametrlari
Astronomiya bo’yicha mutaxasislar hozirgi vaqtda Qarshi va Samarqand Davlat
Universitetida Fizika va Astronomiya o’qituvchilari Nizomiy nomli Toshkent
pedogogika Unversitetida va yana beshta (Jizzax, Qo’qon, Navoyi, Nukus,
Toshkent viloyati Angren shahri) va Respublika Inistetutlarida tayyorlanmoqda.
Astronomiya hodimlarini tayyorlash yuqorida sanab o’tilganidek oliygohlarda
Astronomiya Inistetutida Fanlar Akademiyasining Respublika O’quv Muassasasida
moddiy texnika bazasini yaratish astronomik tarmoqlarda va ilmiy o’quv
observatoriyalarida amalga oshiriladi. Birinchi observatoriya tarmog’i SamDU da
2006 yilda Samarqand observatoriyasi qurildi. Samarqand observatoriyasida
uskunalar bazasining paydo bo’lish Kassek Renovskiy refraktor bosh ko’zgusi 48
sm diametrga ega bo’lgan Grubb Parsons firmasida tayyorlangan.
Bundan tashqari talabalar bilan ilmiy amaliy mashg’ulotlar Samarqand
observatoriyasida o’tkazish rejalashtirilgan. Lekin tema tanlovi teleskopning
imkoniyatidan emas balki Samarqand astroiqlimining atmosfera sifatiga bog’liq.
Atmosfera sharoitini bilish teleskopni qayerda o’ rnatish imkoniyatini beradi.
Tasvir sifati olingan astronomik aniqlik va teleskopni kuzatishi uning
samaradorligiga bog’liq.Asroiqlimning asosiy parametri tasvir sifatida aniqlanadi,
qaysiki o’lchamlarini va kengayib ko’rinayotgan yulduzlar diametri turbulent
oqimi orqali atmosferaning shu qismida aniqlanadi. U birdan kichik bo’lgan
burchak sekundlarda jahonning etakchi observatoriyalarida o’lchanadi .
Hozirgi vaqtda tasvir sifati DIMM priborida o’lchanadi. U o’zida 28 sm li
Shmed – Kassegren teleskopini mujassamlashtirgan. Teleskopning chiqish
tuynugida Shmed korrektrini oldida ikkita subaperto’r o’rnatilgan, qaysiki uning
bittasida qiya prizma o’rnatilgan. Shunday qilib teleskopning fokal teksligida bir
yulduzning ikkita bir xil tasviri paydo bo’ladi. Bu yulduzlarning dffirensial
markaziga har ikki o’qqa tasvir sifatini aniqlash imkoniyatini beradi.Shu usul bilan
DIMM priborining ishlash prinsipini o’rganish mumkun. Birinchi tasvir sifatini
36
o’lchash Samarqand observatoriyasida 2004 yil yanvaridan yilning oxirigacha
davom etdi. (17-rasmning chap tasviri ) izlanishlar shuni aniqladiki Samarqand
shahrining median tasvir sifati 1,68 sekund kenglikda aniqlandi. (17-rasmning o’ng
tasviri ) Pulkovo (2,5`) Tyanshan (Olmota) Astronomik observatoriyasidan (2,6`)
Qrimdagi astronomik observatoriyasida (2,2`)quyidagi observatoriyalarga
nisbatan yaxshi.
17-rasm To’liq qator tasvir sifatini ko’zatish va yuqori taqsimlanishi
Kuzatishlarning ikkichi bosqichida 2007 yildan modernezatsiya qilingan yangi
programmalashtirilgan DIMM priboridan foydalanildi[7]. Median tasvir sifati 1.54
kenglikni tashkil etdi. Ilmiy kuzatishlar shuni ko’rsatdiki Samarqand
observatoriyasining sharoiti qator izlanishlar va monitor kuzatishlar olib borish
uchun qulayligini ko’rsatdi.
Ma’lumki tasvir sifati juda asosiy parametr atmosfera sharoitini o’rganishda
astronomik kuzatishlarda eng yuqori burchak yechimiga ega. Bu parametrlarni
astronomik kuzatishlari DIMM priborida yulduzlarning diffrensial tebranishlarni
aniqlash amalga oshiriladi. Bu pribor butun jahonda etolon qilib belgilangan va
hamma jahondagi etakchi observatoriyalarda foydalaniladi. Bu o’lchamlarni
Samarqand shahrida amalga oshirish uchun pribor DIMM Maydanakdagi kabi
SamDU Yadro –Fizika kafedrasi hududidagi maxsus tayyorlangan platformaga
o’rnatilgan. Kuzatishlar 2004 yil 22-yanvaridan 2004yilning 5-dekabrgacha olib
borildi. 3 mingdan ortiq natija olish uchun 123 kecha kuzatishlar olib borildi.
37
18-rasmda Umumiy kuzatishlar ko’rsatilgan
Statistika shuni ko’rsatadiki median tasvir sifati 1,68 burchak sekundga teng,
o’rtacha 1,76 burchak sekundni tashkil etadi. Huddi kutilganidek bu parametrlar
bo’yicha 18-rasmda Samarqand observatoriyasidagi o’tkazilgan barcha
kuzatishlarning tasvirlari ko’rsatilgan.
oylar
Tundagi
kuzatishlar
soni
Aniqlashlar
soni
Burchak
sekundlarning
median
aniqliklari
Burchak
sekundlarning
o’rtacha
aniqliklari
1
2
36
1.39
1.44
2
10
168
1.33
1.39
3
9
452
1.39
1.45
4
6
241
1.56
1.61
5
14
371
1.76
1.83
6
26
772
1.96
2.03
7
9
221
1.75
1.80
8
11
61
1.78
1.83
9
17
244
1.76
1.82
38
10
12
305
1.52
1.71
11
5
91
1.91
1.96
12
2
52
1.64
1.63
jami
123
3014
1.68
1.76
5- Jadvalda tasvir sifatining mavsumiy natijasi keltirilgan
Biz shuni aniqladikki, o’rganishlar va bir qancha asosiy astronomik
tadqiqotlar pastda keltirilgan. Qor o’lchamlari va musoffo osmon kechalari etarli
bo’ldi. Astroiqlimning asosiy parametri bu – tasvir sifati bо‘lib, u kuzatish joyining
atmosferasi turbulentligi tufayli yulduz kо‘rinma diametrining kattalashishi va
tasvir shaklining buzilishi hisoblanadi. Tasvir sifati yoy sekundlarida о‘lchanadi.
Maydanak observatoriyasi va jahonning boshqa yetakchi observatoriyalarida bu
kattalikning median qiymati 0.6-0.9 yoy sekundini tashkil etadi [5].
Samarqandda tungi astronomik tasvir sifatini aniqlash maqsadida
2004 yilning yanvaridan dekabrigacha kuzatuv ishlari olib borilgan edi. Kuzatuvlar
hozirgi vaqtda astronomik tasvir sifatini о‘lchashga mо‘ljallangan DIMM
(Differential Image Motion Monitor) – yulduz tasvirining differensial titrashini
о‘lchovchi asbob [15] orqali amalga oshirilgan [13].
Ma’lumki, astronomik kuzatuvlarni ochiq tunlar miqdori kо‘p bо‘lgan joyda
olib borish kerak, chunki teleskopdan olinadigan ma’lumotlarning hajmi va sifati
uning ishlash vaqtiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liq. Ochiq tunlar miqdorini
baholashda meteorologik usuldan foydalaniladi. Bu usulda yaqin orada joylashgan
meteostansiyaning kо‘p yillik ma’lumotlaridan foydalaniladi. Keyin atmosfera
sharoitlari: tungi astronomik tasvir sifati, bulut bilan qoplanganlik darajasi
о‘rganiladi.
Tungi ochiq vaqtlar miqdori О‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmat
markazi tomonidan 2002-2005 yillarda olingan ma’lumotlar asosida baholandi.
Umumiy sutkalar soni 1400, har bir sutkaning bulutliligi 10 ballik sistemada 8
marta baholangan. Baholarni olish vaqtlari mahalliy vaqt bо‘yicha soat 2, 5, 8, 11,
39
14, 17, 20 va 23 lardan iborat. Tungi ochiq vaqtlar miqdorini baholash uchun bu
ma’lumotlardan sutkaning tungi qismida olingan baholar ajratib olindi. Bu vaqt tun
davomida Quyosh gorizontdan 18 gradusdan past bо‘lgan vaqt oralig‘ini о‘z ichiga
oladi.
19-rasm. Bir sutkadagi minimal xavosi ochiq soatlar miqdori
19-rasmda Samarqand, Toshkent, Qrim, Shimoliy Kavkaz va Pulkovo
punktlari uchun oylik о‘rtachalashtirilgan bir sutkaga mos keluvchi minimal ochiq
vaqtlar miqdori oyma-oy kо‘rsatilgan. Hamma kuzatish punktlari uchun sentabrda
bu parametr maksimal qiymatga ega. Aniq kо‘rinib turibdiki, Samarqandda ochiq
vaqtlar miqdori boshqa hamdо‘stlik davlatlaridagi astropunktlarnikidan kо‘proq.
20-rasm. Ochiq vaqtlar miqdorining mavsumiy о‘zgarishi
20-rasmda Samarqand va Maydanak observatoriyalaridagi ochiq vaqt
miqdori maksimal qiymatga nisbatan foizlarda berilgan. Samarqand bо‘yicha
ma’lumotlar 2002-2005 yillarni, Maydanak bо‘yicha esa 1996-2002 yillarni о‘z
40
ichiga oladi. Rasmga kо‘ra, mart-oktabr oylarida ochiq vaqt miqdori har ikki
observatoriyada deyarli bir xil, boshqa (qishki) oylarda Samarqandda bulutli tunlar
soni kо‘proq. Bundan tashqari bizdagi ma`lumotlarga asoslanib yangi solishtirish.
Umumiy bulutlanish 2 baldan kam bўlgan 24 soatlik vaqt oralig`i bulutsiz sutkalar
dеb qabul qilindi. Solishtirish uchun Suffa platosi uchun 1981-1991 yillar
oralig`idagi bulutsiz sutkalar soni kеltirilgan [2].
21- rasm Samarqand va Suffa obsеrvatoriyalaridagi bulutsiz sutkalar soni
Suffa obsеrvatoriyasidagi ochiq vaqt miqdori silliq egri chiziqdan iborat
bo`lgani holda, Samarqanddagi bu paramеtr kеskin chеtlanishlarga ega. Bunga
sabab ma'lumotlarning statistik vaznidagi farqdadir: Suffada 11 yillik ma'lumot va
shuning uchun egri chiziq - tеkis va silliq; Samarqandda esa faqatgina 2011 yilga
tеgishli bo`lgan bir yillik ma'lumot va unda alohida olingan yilga xos bo`lgan
chеtlanishlar ko`zga tashlanadi. Natijalar tahlili shuni ko`rsatmoqdaki,
Samarqandda 2011 yilning iyul oyida kuzatish uchun maksimal vaqt qayd etilgan.
Kuz va qish oylarida esa kеskin salbiy chеtlanishlar kuzatilgan. Bu Suffa bilan
solishtirilganda ko`proq statistika yig`ish zaruriyatini taqozo etadi. Shundan kеlib
chiqqan xolda Samarqand uchun kamida bir nеcha yillik ma'lumotlarni tahlil uchun
olish maqsadga muvofiqdir.
Samarqand ilmiy-о‘quv observatoriyasida 2007 yilning may-iyun oylarida
DIMM qurilmasi uchun yangi dasturiy ta’minot yaratildi [5] va uning yordamida
may-oktabr oylarida kuzatuv ishlari olib borildi. Quyida keltirilgan 22-rasmda
2004 yilda olingan ma’lumotlar bilan birgalikda yangi dasturiy ta’minotga ega
41
bо‘lgan DIMM qurilmasi yordamida о‘lchangan 2007 yildagi Samarqand ilmiy-
о‘quv observatoriyasidagi astronomik tasvir sifati keltirilgan.
22-rasm. Samarqandda о‘lchangan tungi astronomik tasvir sifati
Jadvalda 2004 va 2007 yillarda turli dasturiy ta’minotga ega bо‘lgan DIMM
qurilmalari yordamida olingan tasvir sifati bо‘yicha statistik ma’lumotlar
keltirilgan. Jadvaldan kо‘rinib turibdiki, har ikki yilda olingan ma’lumotlar bir-
biriga juda yaqin statistik kо‘rsatkichlarga ega.
6-jadval
2004 yil (yoy
sekundlari)
2007 yil
(yoy sekundlari)
25-persentil
1.23
1.27
Median qiymat 1.50
1.52
75-persentil
1.84
1.81
О‘rtacha qiymat 1.57
1.54
42
23-rasm. Tasvir sifatining kumulyativ taqsimoti
Samarqandda olingan tasvir sifatining kumulyativ taqsimotini har ikki yil
uchun solishtirsak (23-rasm), ularning ustma-ust tushganligining guvohi bо‘lamiz.
Xulosa qilib aytganda, Samarqand observatoriyasidagi ochiq tunlar miqdori yoz
oylarida yetarlicha yuqori qiymatga ega. Tasvir sifati 2004 va 2007 yillarda har-xil
avvalgi va modernizatsiya qilingan DIMM qurilmasi yordamida о‘lchanganiga
qaramasdan bir xil qiymatlarga ega[15].
Do'stlaringiz bilan baham: |