Malakaviy bitiruv


Uyushgan jinoyatchilikning oldini olishdagi profilakgik chora-tadbirlar tizimi



Download 0,56 Mb.
bet5/6
Sana10.04.2017
Hajmi0,56 Mb.
#6408
1   2   3   4   5   6

3.2. Uyushgan jinoyatchilikning oldini olishdagi profilakgik chora-tadbirlar tizimi

Uyushgan jinoyatchilik o’ziga xos ijtimoiy voqyelik sifatida mavjud va u yangi jamiyat qurishga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Uyushgan jinoyatchilik jamiyatda ro’y berayotgan o’zgarishlarga qarama-qarshi tarzda o’z tusini o’zgartirish xususiyatiga yegaligini albatta ye’tiborga olmoq darkor. Shunga ko’ra, olib boriladigan barcha umumiy va maxsus ta’sir choralarining qo’llanishida buni ye’tiborga olish lozim.

Oddiy qilib aytganda, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda jamiyatning ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan tarzda umumiy kurash olib borishi talab yetiladi. Xususan, ushbu kurashni tashkil yetishda sosiologiya, iqgisodiyot va psixologiya sohasidagi olimlarning uyushgan jinoyatchilikdek salbiy holat yuzasidan olib borgan tadqiqotlarining xulosalariga tayanish katta ahamiyatga yega. Chunki jamiyat hayotidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy kamchiliklar, aytib o’tilganidek, uyushgan jinoyatchilikni yuzaga keltiradi va uning rivojlanishini «oziqlantiruvchi» sharoit bo’lib hisoblanadi.

Ushbu ijtimoiy illatga qarshi olib boriladigan kurash strategiyasi bilan bog’liq profilaktika, huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlarning amalga oshirilishini rejalashtirishga alohida ye’tibor qaratilishini talab yetadi. Bu kabi tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash yesa mavjud xufiyona iqtisodiyot va iqtisodiyot bilan bog’liq barcha jinoyatlarni atroflicha tahlil yetish bilan uzviy bog’liqdir.

Shuningdek, hozirgi kunda jamiyatning ijtimoiy tizimini ilmiy jihatdan baholash, aholining turli qatlamlari va guruhlariga nisbatan differensial siyosat yuritishni yo’lga qo’yish talab yetiladi.

Shunga ko’ra, quyidagi toifadagi shaxslarga alohida ye’tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir:

1) shubhali tarzda daromad topayotgan va ko’p miqdordagi mulk va moliyaviy mablag’larga yega shaxslarni;

2) kam daromadli, umuman moddiy ta’minotga yega bo’lmaganlar;

3) jinoiy va ma’naviy buzuq yo’lga kirganlar (jinoyatni kasb qilib’ olganlar, bir necha bor sudlanganlar, ichkilikbozlar, giyohvandlar, toksikomaniyaga yo’liqqanlar, o’zgalar hisobiga kun ko’ruvchilar, daydilar kabi).

Yeng muhimi, uyushgan jinoyatchilikka qarshi qaratilgan kurashni takomillashtirish uchun, birinchi navbatda, ushbu faoliyat yo’nalishini muvofiqiashtiruvchi huquqiy asoslarni yanada takomillashtirish talab yetiladi. Hozirgi kunda korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik va operativ qidiruv faoliyati to’g’risidagi qonunlarni yaratish dolzarb ahamiyatga yega bo’lib hisoblanadi. Shu bois, bu borada zarur ishlar amalga oshirilmoqda.

Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni takomillashtirish uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish bilan bir qatorda, ushbu kurash faoliyatining ta’minoti ham alohida ahamiyatga yega (ya’ni, yuqori malakali mutaxassislar, moddiy-texnikaviy ta’minot kabilar).

Chunki zarur ta’minot ishlarining amalga oshirilishi qo’yilgan vazifalarning bajarilishini kafolatlaydi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida qayta tashkil yetilgan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash xizmatlari faoliyatining tashkiliy asoslarini ko’rsatish mumkin. Qisqa vaqt ichida ushbu xizmat sohasidagi boshqarma va bo’limlar zarur zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlandi hamda xorij tajribalari asosida tayyorlangan mutaxassislarga yega.

Yuqorida ko’rib chiqqanimizdek, uyushgan jinoyatchilik muntazam ravishda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining faoliyatlari yuzasidan doimiy ravishda o’z manfaatlari uchun kuzatuv ishlarini olib boradilar. Demak, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari va jinoyatchilikka qarshi kurashayotgan jamoatchilik vakillarining huquqiy jihatdan himoyasini ta’minlash ham katta ahamiyatga yegadir. Bu, albatta, muhim amaliy ahamiyatga yega bo’lgan muammodir va bu muammoni yechish bo’yicha zarur normativ asoslar yaratilgan.

Ammo ushbu holat yuzasidan bir qator masalalar o’zining nazariy yechimini ham kutayotganligi kriminologik tadqiqotlarda alohida o’rin yegallamoqda. Jumladan, xodimlarning xavfsizliklarini ta’minlash va jinoyatchilarning turli salbiy gap-so’zlarni tarqatishi va shu orqali xodimlarni o’zlarining jinoiy saflariga tortishlarining oldini olish uchun jinoiy unsurlar qiladigan har qanday g’arazli ishlar to’g’risida axborotlar to’plash tizimini yo’lga qo’yish lozim.

Shu bilan birga, xodimning o’z vazifalarini bajarishidagi har qanday to’siqni yuzaga keltirishdagi xatti-harakatlarni, kim tomonidan amalga oshirilgan bo’lmasin, qonun asosida ko’rib chiqilishini ta’minlash lozimdir.

Sanab o’tilganlar huquqni muhofaza qilish organlari va ularning xodimlarini muhofaza qilish mexanizmining ayrim jihatlari, xolos. Yeng muhimi, xodimning uyushgan jinoyatchilik va ularning jinoiy faoliyatlarida qo’llaniladigan usul hamda vositalarni bilishi maqsadga muvofiqdir. Shu o’rinda ma’lumotlar o’z vaqtida, aniq va kerakli bo’lishi lozimligiga alohida ye’tibor qaratilishi lozim.

Shunga ko’ra, bu ma’lumotlar quyidagilarni o’zida ifodalashi lozim:

indikativ, ya’ni uyushgan jinoyatchilikning rivojlanishidagi o’ziga xos jihatlar va yo’nalishlar xususidagi ma’lumotlarni o’zida aks yettirishi;

-taktik, ya’ni doimiy ravishda huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlarining amaliy faoliyatlarida zarur bo’lgan ma’lumotlar;

— strategiya nuqtai nazaridan, ya’ni yeng muhim axborotlar sifatida uyushgan jinoyatchilikning shakli va uning tashkiliy tizimiga xos bo’lgan hamda tegishli tarzda to’plangan va tahlil yetilgan ma’lumotlar;

— isbotlovchi, ya’ni tekshirilgan va sud jarayonida dalil-isbot sifatida ishlatilishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar.

Uyushgan jinoyatchilikning oldini olish va unga yo’l qo’ymaslik ko’p jihatdan ichki ishlar organlarining operativ qidiruv faoliyati bilan uzviy bog’langandir. Shuning uchun ham ularning oldini olishda operativ qidiruv profilaktikasini qo’llash katta ahamiyatga yegadir.

Yeng muhimi, uyushgan jinoyatchilik va ularning yo’lboshchilari xususida Ichki ishlar vazirligi va uning tizimiga kiruvchi barcha xizmat sohalari, boshqarma va bo’limlari olib boradigan barcha axborotlarni markazlashgan holda jamlash lozim. Chunki, bu kabi markazlashgan axborot markazi o’z vaq-tida har bir xizmat sohasi, boshqarma va bo’limlar uchun zarur axborotlarni o’z vaqtida topishga katta yordam beradi. Shu jumladan, jazoni ijro yetish muassasalarida saqlanayotgan axborotlar ham ushbu markazga kiritilishi lozimligini unutmaslik zarur.

Albatta, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, birinchi navbatda, davlat boshqaruvining barcha yo’nalishlari faoliyatida qonunchilikning to’liq ta’minlanishiga rioya yetishni talab yetadi va shu orqali poraxo’rlik, davlat, uning ijro organlari va ayniqsa ichki ishlar organlarida korrupsiyaning yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Bunda mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy tizimni isloh qilish, demokratiya va oshkoralikni yo’lga qo’yish alohida ahamiyatga yegaligini ye’tiborga olmoq darkor.

Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda ommaviy axborot vositalarining tutgan o’rni o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda gazetalarda bir qator maqolalar, televideniye va radio orqali maxsus ko’rsatuv hamda yeshittirishlarda uyushgan jinoyatchilik va uning fosh yetilishi yuzasidan muntazam ravishda ma’lumotlar berib borilmokda. Shuningdek, internet tarmoqlari orqali ham xalqaro miqyosdagi uyushgan ji-noyatchiliklar xususida ko’plab ma’lumotlarni olish mumkin. To’g’ri, bu kabi ma’lumotlar nafaqat xabar berishi, balki ommaning bunday unsurlarga nisbatan ma’naviy jihatdan xulosa chiqarishlariga imkon yaratishi lozim va shu orqali jinoyatchilikning ildizi ayrim ijtimoiy guruhlar ongidagi salbiy ruhiyatga borib taqalishini ochib berish lozim.

Zotan, uyushgan jinoyatchilik va uning ishtirokchilarini ulug’lash kabi holatlarning yuzaga kelib qolishiga mutlaqo yo’l qo’yilmasligi lozim. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi qurashni umumdavlat va yeng ahamiyatli miqyosdagi tadbir sifatida tushunmoq zarur.

Umuman olganda, uyushgan jinoyatchilikning oldini olish va bartaraf qilish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmog’i lozim:

—huquqni muhofaza qiluvchi organlar o’zaro hamkorligining shakli va usullarini yaratish orqali, ularning faoliyat yo’nalishlarini tarmoqlararo tuziladigan muvofiqlashtiruvchi organ olib boradigan hamda ma’lum bir vaqt oralig’iga mo’ljallangan dastur asosida zarur vazifalarning ba-jarilishini belgilash;

—uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashga faqat maxsus tayyorgarlikdan o’tgan shaxslarni jalb yetish;

—uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi maxsus guruhlarni zarur moddiy-texnikaviy jihozlar bilan ta’minlash;

—mamlakatda fuqarolarning oladigan daromadlarini nazorat qilishning aniq mexanizmini yaratish va shu orqali bozor iqtisodiyoti sharoitida g’ayriqonuniy daromad olishga yo’l qo’ymaslik, ularning xufiyona iqtisodiyot korchalonlari va uyushgan jinoyatchilik yo’lboshchilari ta’siriga tushib qolmasligi hamda korrupsiya ta’siriga tushib qolgan «xalq g’amini o’ylovchi» kimsalarga zarba berish.

Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda ichki ishlar organlarining xalqaro hamjamiyatlar bilan aloqa o’rnatishi va shu orqali uyushgan jinoyatchilikning xalqaro miqyosda harakatda bo’lgan tashkiliy tuzilmalari faoliyatlarini cheklash muhim va dolzarb vazifa yekanligiga alohida ye’ti-bor qaratilishi lozim. Sir emaski, uyushgan jinoyatchilik ijtimoiy hayotning turli sohalarini o’z ta’siriga olmoqda.Shu bois, ushbu unsur bilan talab darajasidagi kurashni yo’lga qo’ymasdan, jamiyatda mavjud bo’lgan ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish murakkab kechadi.Shuning uchun ham bir qator davlatlar qatori O’zbekistonda ham aynan uyushgan jinoyatchilikning turli ko’rinishlariga qarshi kurash dasturini ishlab chiqish yo’lga qo’yilmoqda.



XULOSA

Tarixan yangi ijtimoiy sifat holatiga o’tish jarayoni, afsuski, ijtimoiy salbiy hodisa hisoblangan jinoyatchilik kabi shaxs, jamiyat va davlat hayotidagi ijtimoiy xavfli hodisa bilan birga yuz bergan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ta’biri bilan aytganda, “jinoyatchilikning o’sishi nafaqat islohotlar yo’liga jiddiy to’siq, balki o’tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid qiladi”. Shunday ekan, har bir mamlakatda qabul qilingan qonunlarga xilof ravishda sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilik sur’atini keskin kamaytirish va ularga qarshi kurashish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shuni aytish lozimki, ma’lum sohada jinoyatchilikka qarshi kurash va uni oldini olishda samarali natijalarga erishish, miqdor jihatdan jinoyat sodir etilishini eng past darajagacha tushirish, salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun, avvalo, jinoyatchilikning jamiyatda bo’lishini, rivojlanishini taqozo qiluvchi va unga ta’sir etuvchi, sabablari sifatida harakat qiluvchi hodisalar, voqyealar va jarayonlarni, ular o’rtasidagi sababiy bog’lanishni o’rganish kerak.

Jinoyatchilik iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, demografik, geografik, tashkiliy, huquqiy, ijtimoiy-psixologik, individual-psixologik, biologik va hatto genetik hodisalar, jarayonlar va xususiyatlar bilan sababiy bog’langan bo’ladi.

O’tgan asrning so’nggi o’n yilligida jamiyatimiz hayotida yuz bergan tub o’zgarishlar (mamlakat iqtisodiyotida inqirozli hodisalar, siyosiy tuzumning o’zgarishi) ijtimoiy-huquqiy nazorat sezilarli darajada susayishiga va buning oqibati o’laroq, jinoyatchilikning sezilarli darajada o’sishiga olib keldi. O’z-o’zidan ravshanki, jinoyatchilik jamiyatning muayyan holatini tavsiflaydi va bunday jamiyat xususiyatlarini o’zgartirish birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Ammo jinoyatchilik, ayniqsa uning uyushqoqligi yuksak darajada bo’lgan holda, jamiyatning rivojlanish yo’nalishlarini belgilashga qodir ekanligi ham kriminolog olimlar tomonidan isbotlangan.

Shu tufayli ham ishtirokchilikdagi jinoyatchilik, uning doirasida esa eng xavfli – uyushgan jinoyatchilik tadqiqot uchun alohida qiziqish uyg’otadi. Ishtirokchilikdagi jinoyatchilik – bu ancha keng tarqalgan hodisa.
Uyushgan jinoyatchilik jamiyat uchun ayniqsa xavfli hisoblanadi. Uyushgan jinoyatchilikning ijtimoiy xavflilik darajasi ishtirokchilikdagi jinoyatchilikning ijtimoiy xavflilik darajasidan kuchliroq ekanligi asosan uning ijtimoiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarish qobiliyati, bu oqibatlar ko’lamining kengroqligi, shuningdek uning ko’proq darajada presedentliligi bilan belgilanadi. Hatto u mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik omillaridan biri hisoblanishi ham qayd etiladi, chunki iqtisodiyot sohasida hukmron mavqyeni egallash va shu tariqa jinoiy yo’l bilan topilgan daromadlarni oshkorlashtirish va ularni yanada ko’paytirish uchun qulay sharoitlarni ta’minlashga harakat qiladi.

O’z navbatida, uyushgan jinoyatchilik bunday darajaga ko’tarilishi mamlakat iqtisodiyotidagi inqirozli hodisalar bilan bog’liq. Iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi va bozor munosabatlariga o’tilishi o’tgan asrning 90-yillaridan boshlab mamlakatda kriminal vaziyatning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatgan ayrim jarayonlarning faollashuviga turtki berdi. Mazkur jarayonlar orasida ishlab chiqarish pasayishining kuchayishi, ishsizlar sonining ko’payishi, daromadlar bo’yicha aholining tabaqalanishi tufayli ijtimoiy keskinlikning kuchayishi bor. Ayrim tadqiqotchilar fikriga ko’ra, ishsizlar muayyan qatlamining kriminal salohiyati odatdagi jinoyatchilikka emas, balki uyushgan jinoyatchilikning kriminal biznesiga qo’shilishga ko’proq qaratilgan. Natijada uyushgan jinoyatchilik so’nggi yillarda sifat jihatidan butunlay o’zgacha darajaga ko’tarildi, davlatning ayrim funksiyalari, chunonchi: xavfsizlikni ta’minlash, qarz majburiyatlari bajarilishini ta’minlash (“ijro ishi yuritish”), “hakamlik” va shu kabilarni bajarishni o’z zimmasiga oldi.

Shu o’rinda uyushgan jinoyatchilik har qanday jamiyatda mavjud bo’lgan ijtimoiy-huquqiy nazoratdan o’zini qanday himoya qiladi, degan tabiiy bir savol tug’iladi. Axir eng barqaror va kuchli salbiy aloqalardan biri g’ayriqonuniy xulq-atvor ustidan ijtimoiy-huquqiy nazorat darajasi va jinoyatchilikning holati o’rtasida kuzatiladi-ku. Ijtimoiy-huquqiy nazorat odamlar hayoti va faoliyatini demokratik yo’l bilan qabul qilingan qonunlarga muvofiq tashkillashtirishni nazarda tutadi. Bunda mazkur qonunlar ijrosi fuqarolar, jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa tuzilmalari, ommaviy axborot vositalari, parlament, huquqni muhofaza qilish organlari, boshqa ijro etuvchi hokimiyat idoralari va sudlar tomonidan nazorat qilinadi. Qonunlarni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy, intizomiy, xizmatga doir, ma’muriy va jinoiy javobgarlik kelib chiqadi. Ta’kidlash joizki, ishtirokchilikda sodir etiladigan jinoyatlarning sabablari va ularga imkon bergan sharoitlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

- o’zgalar hisobiga kun ko’ruvchi (parazit) va g’ayriqonuniy ravishda “moddiy ta’minlangan” ayrim shaxslarning javobgarlikka tortilmaslik­lari. Bunday kimsalar o’ziga xos manmanlik ruhiyatini yuzaga keltiradilar va shu kabi hayot tarzini targ’ib qiladilar;

- xufiyona va g’ayriqonuniy ravishda topilgan mulkka ega bo’lish;

- jinoyat ishtirokchilarini topish, ularni jipslashtirish orqali o’z faoliyati va xavfsizligini ta’minlash.

Qayd etish lozimki, ishtirokchilikda sodir etiladigan jinoyatlarning sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlamasdan turib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o’zgarishlarning talab darajasida bo’lishiga erishish mumkin emas, chunki uyushgan jinoyatchilikning mavjudligi oqibatida huquq-tartibotning buzilishi va jamiyatda jiddiy asoratlarning yuzaga kelishi mumkin.

XVIII asr ma’rifatparvar olimlari, xususan Monteskyening fikricha “har qanday hokimiyat jinoyat uchun jazo belgilashni emas, balki jinoyatning oldini olish to’g’risida g’amxo’rlik qilmog’i lozim”. Bundan tashqari, Ch.Bekkaria ham o’zining “Jinoyat va jazo to’g’risida”gi asarida “jinoyat uchun jazo tayinlashdan ko’ra, uni oldini olish ma’qulroq” ekanligi ta’kidlalagan edi. Keyinchalik esa, Volter uning asarlarini tahlil qilib, jinoyatchilikni oldini olish hozirgi sivilizasiyaga erishgan haqiqiy yurisprudensiyadir, degan xulosaga keladi. Darhaqiqat, jinoyatchilikni oldini olish doimo davlat va jamiyat hayotining eng dolzarb masalalaridan biri sifatida qarab kelingan. Shu sababdan ham O’zbekiston Respublikasining amaldagi JK 2-moddasida “jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respulika Konstitusiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalash” JKning vazifalaridan biri sifatida keltirilishi, 7-modda (insonparvarlik prinsipi)da esa, “jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishini oldini olish uchun zarur ham yetarli bo’ladigan jazo tayinlashi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo’llanalishi kerak”ligi, 241-moddasida esa, tayyorgarlik ko’rilayotgan og’ir yoki o’ta og’ir jinoyat haqida xabar bermaslik uchun javobgarlik belgilab qo’yilganligi ham alohida ahamiyatga ega bo’lgan masala hisoblanadi.

Ishtirokchilikda sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish va ularni bartaraf qilish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmog’i lozim:

- huquqni muhofaza qiluvchi organlar o’zaro hamkorligining shakli va usullarini yaratish orqali, ularning faoliyat yo’nalishlarini tarmoqlararo tuziladigan muvofiqlashtiruvchi organ olib boradigan hamda ma’lum bir vaqt oralig’iga mo’ljallangan dastur asosida zarur vazifalarning bajarilishini belgilash;

- uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashga faqat maxsus tayyorgarlikdan o’tgan shaxslarni jalb etish;

- uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi maxsus guruhlarni zarur moddiy-texnikaviy jihozlar bilan ta’minlash;

- mamlakatda fuqarolarning oladigan daromadlarini nazorat qilishning aniq mexanizmini yaratish va shu orqali bozor iqtisodiyoti sharoitida g’ayriqonuniy daromad olishga yo’l qo’ymaslik, ularning xufiyona iqtisodiyot korchalonlari va uyushgan jinoyatchilik yo’lboshchilari ta’siriga tushib qolmasligi hamda korrupsiya ta’siriga tushib qolgan “xalq g’amini o’ylovchi” kimsalarga zarba berish.

Shu holat bilan bog’liq holda mazkur nazoratni amalga oshirishga nima xalaqit beradi, degan savol tug’iladi. Bunda asosiy salobiy omil korrupsiyadir. Ijtimoiy-huquqiy nazoratdan himoyalanishning boshqacha usuli bo’lmasa kerak. Korrupsiyaga qarshi kurash uchun jinoyat-huquqiy baza yo’qligi haqidagi vaj-korsonlar quruq gapdan bo’lak narsa emas. Jinoyat qonunida korrupsiya jinoyati tushunchasining yo’qligi so’zning o’z ma’nosidagi korrupsiya jinoyatlari yo’qligini anglatmaydi.

Bizningcha, uyushgan jinoyatchilikka uyushgan guruhlar faoliyatini ham kiritish o’rinli bo’ladi. Adabiyotlarda uyushgan jinoyatchilik g’ayriqonuniy faoliyatni ta’minlovchi uyushgan jinoiy guruhlar, jinoiy tashkilotlar va jinoiy uyushmalarning kriminal daromadlarni ko’paytirishga va hokimiyat tuzilmalariga ta’sirni kuchaytirishga qaratilgan keng birikuvi va jipslashuvidan tashkil topishi ta’kidlanadi

Ayni shu sababli uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni faqat yoki asosan jinoyat-huquqiy yo’llar va usullar bilan olib borish mumkin emasligini tushungan professionallar soni tobora ko’payib bormoqda.



FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI.

1.RAHBARIY ADABIYoTLAR.

  1. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T.6. – T.: O’zbekiston, 1998. – B.400-401.

  2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.6. – T.: O’zbekiston, 1997. – B. 31-261.

  3. Karimov I.A. Inson, uning huquq va yerkinliklari – oliy qadriyat. T. 14. –T.: O’zbekiston. 2006. – B.63.

  4. Karimov I.A. Inson manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish – ustuvor vazifamizdir. T.: O’zbekiston, 2007. – 48 b.


2. QONUNLAR VA BOShQA NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. T.: O’zbekiston, 2003. – 40-b.

  2. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (2001 yil 18 oktyabrgacha bo’lgan o’zgartish va qo’shimchalar bilan qayta nashri). Rasmiy nashr – T.: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2001. – 384 b.

  3. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat prosessual kodeksi (2004 yil 29 sentyabrgacha bo’lgan o’zgartish va qo’shimchalar bilan qayta nashri). T.: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2004. – 632 b.

  4. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari to’plami. 1999-2006 yy. T.2. –T.: Adolat, 2006. –B. 398.

  5. Ugolovnыy kodeks Respubliki Kazaxstan.-Almatы: Yurist, 1999.-S. 45.

  6. Ugolovnыy kodeks Respubliki Uzbekistan: nauchno-prakticheskiy kommentariy. – T.: Adolat, 1996. – S. 148-149.

  7. Ugolovnыy kodeks Rossiyskoy Federasii. – M.: Os-89, 2005. – 176 s.

  8. "Genosid jinoyatining oldini olish va uning uchun jazo belgilash to’g’risida"gi 1948 yil 9 dekabr Konvensiyasi.

  9. "Harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarga nisbatan muddati o’tganlik qoidasini qo’llanmasligi to’g’risida"gi 1968 yil 26 noyabr Konvensiyasi.

3. MAXSUS ADABIYoTLAR

  1. Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik. / A.S. Yakubov, R.Kabulov va boshq. – T.: O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2004. – B.186.

  2. Zabarnuk Ye., Soktayev Z. Deyatelnoye raskayaniye – pokayaniye v sodeyannom? // J. Zakonnost. №7, 2007. – S.47-48.

  3. Zagorodnikov N.I. O soderjanii ugolovno-pravovыx otnosheniy // Sov. gosudarstvo i pravo. 1963. №11.-S.68.

  4. Zaripov Z.S., Tadjiyev T.T. Jinoyat kodeksini takomillashtirish to’g’risida fikr-mulohazalar. // Huquq-Pravo-Law. – 2001, №3. – S.60.

  5. Ilhomov O. Jinoyat qonunini takomillashtirishning ayrim muammolari // Huquq-Pravo-Law. – 2002, №1. – S.15.

  6. Inog’omjonova Z. Istiqlol va sud islohoti // Mustaqillik yillarida islohotlarni ta’minlashda huquqshunoslikning roli mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari. –T.: TDYuI, 2006. – B.74.

  7. Ioffe O.S., Shargorodskiy M.D. Voprosы teorii prava. - M., 1961. - S. 314-318.

  8. Islamov Z. Obщyestvo. Gosudarstvo. Pravo. – T.: Adolat, 2001. – S.677.

  9. Kabulov R. O ponyatiye sostava prestupleniy // Huquq-Pravo-Law. – 2001, №3. – S.48.

  10. Kabulov U. Dastlabki tergovning umumiy shartlari. // Huquq-Pravo-Law. – 2001, №1. – S.82.

  11. Kamolxodjayev D. Zakonnost i obosnovannost prekraщyeniya ugolovnogo dela // Huquq-Pravo-Law. – 2000, №4. – S.36.

  12. Qodirov R. Sud-huquq islohotlarining muhim bosqichi // Fuqarolik jamiyati. – 2006, №1. – B.24-25.

  13. Kozlov A.P., Souchastiye. SPb. Yuridicheskiy sentr. Press. 2001 s. 201

  14. Matlyubov B. Otgranicheniye sovokupnosti ot konkurensii obщyey i spesialnoy norm pri kvalifikasii prestupleniy // Huquq-Pravo-Law. –1999, №2. – S.83.

  15. Mirenskiy B.A. Perspektivы ispolzovaniya institutov ugolovnogo i ugolovno-prosessualnogo zakonodatelstva SShA v xode reformirovaniya sudebno-pravovoy sistemы Respubliki Uzbekistan // Huquq-Pravo-Law. – 2003, №2. – S.29-30.

  16. Muhitdinov F. Jinoyat prosessini soddalashtirish muammolari. // Hayot va qonun. –№5. 2002. – B.39.

  17. Muhitdinov F. Jinoyat prosessining mohiyati: nazariya va amaliyot muammolari. // Qonun himoyasida. – 2002. №9-10. – B.16-18.

  18. Muhitdinov F.M. Jinoyat prosessi: mohiyat, mazmun va shakl. – T.: Adolat, 2002. – B. 106-107, 193-194, 231-235.

  19. Muslimov A.I.Kogda prestuplenii sovershayut dva i boleye lisa. – Baku 2004 s. 5,6

  20. Narbutayev Ye.X. Borba s prestupnostyu: zakon i praktika. – T.: 1991. – S. 77, 140, 248.

  21. Narbutayev Ye.X. Obщyestvennoye mneniye i sovershenstvovaniye zakonodatelstva / Konstitusiya va inson manfaatlari. – T.: 1997. – B.177.

  22. Narbutayev Ye.X. Ugolovnaya politika: isxodnыye kriterii postroyeniya // Huquq-Pravo-Law. 2004. №1. – S.73-75.

  23. Niyozova S. Ishtirokchilik tushunchasi, turlari, shakllari javobgarlik masalalari T. 2003 b.51

  24. Odilqoriyev X. Tulteyev I., Muhamedov O’. Ikki palatali parlament. – T.: 2004. – B.177.

  25. Oqilov O. Jinoyatga oid qonunlarni liberallashtirishning mohiyati. // J. Qonun himoyasida. 2005 yil sentyabr. №09(117). – B.36.

  26. Pulatov B.X. Teoreticheskiye osnovы sovershenstvovaniya zakonodatelnogo regulirovaniya i praktika uchastiya prokurora pri rassmotrenii ugolovnыx del v sudax. – T.: 2002. – S.161.

  27. Pulatov Yu.S., Inogamov Sh. Differensiasiya. // Qonun himoyasida. 2002. - №6. – B.31-32.

  28. Po’latov B.X. Qonun hujjatlarini tayyorlashning amaliy muammolari / Inson manfaatlari: qonun hujjatlarini takomillashtirish muammolari (ilmiy-amaliy anjuman materiallari). – T.: 1998. – S.61.

  29. Rajabova M. Jinoiy jazolarni liberallashtirish: ilmiy va amaliy tahlil. – T.: Adolat, 2005. – B.39.

  30. Rajabova M. Shariatda jinoyat va jazo. – T.: Adolat, 1996. – B.132.

  31. Rarog A.M. Vina v soveskom ugolovnom prave. – Omsk, 1987. – S.86.

  32. Rossiyskoye ugolovnoye pravo / Pod red. M.P. Juravleva. – M., 1999. – S. 223.

  33. Rustambayev M.X. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar. Umumiy qism. T.: ILM ZIYO, 2006- B. 877.

  34. Rustambayev M.X. Kurs ugolonogo pravo Respubliki Uzbekistan. V pyati tomax. TGYuI T. 2009

  35. Saidahmedov I. Huquq ijodkorligi faoliyatida bashorat qilish. / Konstitusiya va inson manfaatlari. – T.: 1997. – B.171.

  36. Tadjixanov B.U. Uzbekistan: liberalizasiya i osnovnыye napravleniya pravovoy politiki. – T.: 2002. – S.18-19.

  37. Tashxodjayev B.A. Ukrepleniye prosessualnoy samostoyatelnosti sledovatelya po novomu UPK. // V sb.: Huquqning dolzarb muammolari. – T.: 1996. – B.121.

  38. Teoriya gosudarstva i prava. / Pod red. V.M. Korelskogo i V.D. Perevalova. – M.: 1998. – S.313.

  39. Tulteyev I.T. Prognozirovaniye pravotvorcheskiy deyatelnosti. / Huquqning dolzarb muammolari. – T.: 1996. – S.39.

  40. Telnov P.F., Otvestvennost za souchastiye v prestuplenii. – M., 1974., s. 24;

  41. To’laganova G. Jinoyat prosessida shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza yetish. // Huquq-Pravo-Law. – 2003, №34. – S.54.

  42. Ugolovnoye pravo Rossii / Pod obщ. red. Revina V.P. – M.: Brandes. – 1998. – S.129.

  43. Ugolovnoye pravo Rossii. Obщaya chast: uchebnik dlya vuzov / Pod red. N.F. Kuznesovoy i I.M. Tyajkovoy. – M.: Zersalo, 2005. – S.587-588.

  44. Ugolovnoye pravo Rossii. Chast Obщaya / Otv. red. L.L. Kruglikov. - M., 1999. - S. 467.

  45. Ugolovnoye pravo. Obщaya chast / Pod red. I.Ya. Kozachenko i Z.A. Neznamovoy. - M., 1997. - S. 416-417.

  46. Usmonaliyev M. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. T.: Yangi asr avlodi. 2005. – B.115.

  47. Usmonaliyev M. Hozirgi zamon jinoyat huquqi muammolari. –T.: TDYuI, 2006. – B.217.

M U N D A R I J A

Kirish...........................................................................................................3

1-bob Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlarning nazariy masalalari............................................................................................................5

1.1 Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi...................................................5

1.2 Jinoyat ishtirokchilarining turlari va shakllari. Jinoyatga daxldorlik.............................................................................................................16

2- bob Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash asoslari.............................................................................................48

2.1 Jinoyatda ishtirok yetganlik uchun javobgarlik doirasi................48

2.2 Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash...64

2. 3. Jinoyat ishtirokchilarining jinoiy javobgarligi asoslari...73

3-bob. Ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlarning oldini olish.

3.1.Ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlarni yuzaga keltiruvchi sabab va shart-sharoitlar........................................................................................................

3.2.Ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlarning oldini olishda profilaktik chora-tadbirlar tizimi............................................................................................

Xulosa...................................................................................................

Foydalanilgan adabiyotlar....................................................................86

Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti 4-kurs talabasi Razzoqov Furqatning “Ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlar va ularga qarshi kurash” mavzusidagi malakaviy bitiruv ishiga ilmiy rahbar



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish