O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALIShER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
HUQUQShUNOSLIK FAKULTETI
«JINOYaT HUQUQI» KAFEDRASI
MALAKAVIY BITIRUV
IShI
MAVZU: IShTIROKChILIKDA SODIR ETILADIGAN JINOYaTLAR VA ULARGA QARShI KURASh
BAJARUVChI: 4-kurs talabasi
RAZZOQOV F.
ILMIY RAHBAR: F.HAYITOV
SAMARQAND – 2012
KIRISh
Mavzuning dolzarbligi.Mamlakatimizda yerkin va demokratik jamiyat qurilishining hozirgi bosqichida huquqiy tizimning takomillashuvining o’ziga xos belgisi sifatida huquq tarmoqlari va alohida normalarni ijtimoiy munosabatlarning o’zgaruvchan tarkibiga muvofiqligini ta’minlash asosiy maqsad deb qaralmoqda. Huquqiy tartibga solish mexanizmini tizimli tahlil qilishda yuzaga kelgan yehtiyojlar shundan dalolat beradiki, huquqning ayrim tarmoqlarini tabaqalashtirib, institutlarga bo’lib o’rganish, o’sha huquq tarmoqlari tabaqalashuvining qonuniy natijasi sifatida bugungi kunda ayrim huquq tarmoqlarini va tarmoqlar guruhlarini o’zaro bir-biriga ta’siri holatida kompleks o’rganish bilan almashadi. Bu borada jinoyat huquqi va kriminologiya fanlarining tarkibiy bo’g’ini deb ye’tirof yetilayotgan ishtirokchilikda sodir yetilayotgan jinoyatlarga qarshi kurash muammosi ham bundan mustasno yemas.
Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlarga qarshi kurashni ilmiy-nazariy jihatdan o’rganishga bo’lgan qiziqish yigirmanchi asrning yetmish-saksoninchi yillariga to’g’ri keladi.Chunki aynan shu davrlarda uyushgan jinoyatchilikning alomatlarini jinoyat qonunchiligi nuqtai-nazaridan dastlabki ilmiy va huquqiy baholashlar yuzaga kelganligini ko’rish mumkin.
Uyushgan jinoyatchilikning nafaqat mamlakatimizda,balki jahon miqyosida ijtimoiy-huquqiy,qolaversa, siyosiy nuqtai-nazardan ko’rib chiqilishi va baho berilishi uning turli ijtimoiy-tabiiy fanlarning tadqiqot obektiga kirib borayotganligining o’ziyoq bu muammoning naqadar dolzarb yekanligin ko’rsatadi. Uyushgan jinoyatchilikning oldini olish va unga yo’l qo’ymaslikning yana bir jihati ularning amaliy jihatdan oldini olish chora-tadbirlarini samarali qo’llashdan iborat.
Uyushgan jinoyatchilikning jahon miqyosidagi uyushgalik xususiyatidan kelib chiqqan holda, yana bir bor ta’kidlash joizki, ushbu ijtimoiy illat insoniyat taraqqiyotiga katta xavf tug’dirishini hayot tajdribasi ko’rsatmoqda.Ya’ni uyushgan jinoyatchilik ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, qolaversa madaniy, munosabatlar yo’nalishining har birida, shu bilan birga ushbu yo’nalishlarda sodir yetiladigan jinoyatlarning bir-biri bilan o’zaro aloqadorligini ham ko’rsatadi.
Shu bois, mamlakatimizda aynan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va shu maqsadda davlat boshqaruv organlari tizimida maxsus organlar hamda xizmat sohalari tuzishga alohida ye’tibor qaratilgan. Jumladan ichki ishlar vazirligi va prokuratura organlari tizimida uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashda faoliyat ko’rsatuvchi bo’lim va va bo’linmalar tashkil yetilgan.
Yeng muhimi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda jahon hamjamiyati bilan hamkorlik qilish va aytib o’tilgandek, uyushgan jinoyatchilik va uning oldini olishni ta’minlash davlat siyosatida alohida o’rin tutadi.
Uyushgan jinoyatchilik jamiyat hayotining turli yo’nalishlarida yuzaga kelayotganligini ko’rish mumkin. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan yuzaga kelgan ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida, davlatlar o’rtasida yangidan shakllanayotgan iqtimodiy va siyosiy aloqalar hamda ushbu sanab o’tilganlar bilan bog’liq jinoiy faoliyatlarning yuzaga kelishi jamoatchilik ye’tiborini o’ziga tortmoqda. Bu yesa ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlar va uning o’ziga xos jihatlarini ilmiy-nazariy jihatdan ko’rib chiqishni talab yetadi.
To’g’ri uyushgan jinoyatchilik va umuman guruh bo’lib jinoyat sodir yetish fan uchun yangilik yemas.Ushbu ijtimoiy illat ustidan tadqiqotlar olib borilgan va olib borilmoqda.
Uyushgan jinoiy guruhlarning tijorat va biznes sohasida qaror topishi oqibatida aholining ko’pchilik qismi o’zi anglamagan holda uyushgan jinoiy guruhlar xizmatidan foydalanishlarini jahon miqyosida ham ko’rish mumkin. Shuningdek, olimlarning fikriga ko’ra, uyushgan jinoiy guruhlar faoliyati va ularning o’ziga xos shakllanishlarini kriminologiya nuqtai-nazaridan o’rganish bu turkum jinoyatlarning oldini olish va ularpga yo’l qo’ymaslikda katta ahamiyatga yegadir.
Bizning fikrimizcha, ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlar uchun jazo tayinlash amaliyotini qo’llashda amaldagi qonunchilik doirasida jazo miqdorini oshirish maqsadga muvofiq yemas, chunki jazoning qattiqligi jinoyatchilikni kamayishiga olib kelmaydi. Hozirgi sharoitda sharoitda huquqning kishilar ongi va xulq-atvoriga ta’siri jazo ta’siriga qaraganda ancha keng, boy va rang-barangdir. Taqiqlovchi jinoiy-huquqiy huquq normalarini qabul qilinishing o’ziyoq fuqarolarning ongi va xulq-atvoriga, xatti-harakatiga tartibga soluvchi ta’sir ko’rsatadi.
Shu munosabat bilan ye’tiborga sazovor tendensiya ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlarni yanada kengroq ijtimoiy tahlil pozisiyasidan kelib chiqib, qonun chiqaruvchi tomonidan ijobiy hal yetiladigan jinoyat uchun yuridik javobgarlik muammosi bilan bog’liqlikda yondashish maqsadga muvofiqdir.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlar uchun javobgarlik va ularga qarshi kurash mavzusi bo’yicha respublikamiz huquqshunos olimlaridan M.H.Rustambayev, F.Tohirov, M.Usmonaliyev, Q.Abdurasulova Yu.S.Po’latov, R.Kabulov, U.Abdug’aniyev, A.Ya.Yakubov, A.Rustambayev, S.Niyozova, rossiyalik olimlar S.S.Avetisyan, A.A.Arutyunov, S.A.Baleyev, R.X.Shaipov, F.G.Burchak, V.D.Ivanov, S.X.Mazukov, M.I.Kovalev, Yu.A.Krasikov, A.V.Ilidjeyevlar tomonidan o’rganilgan.
Malakaviy bitiruv ishining tuzilishi.Malakaviy bitiruv ishi kirish,uchta bob,sakkizta paragraf,xulosa,foydalanilgan adabiyotlar ro’yxa-tidan iborat.
1- bob Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlarning nazariy masalalari
1.1 Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qo’shma majlisidagi ma’ruzasida shunday deyilgan: «Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz avvalgicha qoladi - bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarining yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo’lidan og’ishmay izchil va qat’iyat bilan borishdir1». Bu o’z navbatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar oldida jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish bilan bog’liq aniq vazifalarni belgilab qo’yadi. Bular ishtirokchilik shaklida sodir yetilgan qilmishlarga ham bevosita taalluqlidir.
Ma’lumki, jinoyatda ishtirokchilikning asosiy belgilaridan biri – uning obektiv belgilari hisoblanadi. Ular:
a) ikki va undan ortiq shaxslarning jinoyatda qatnashganligi;
b) ularning yagona jinoyatning sodir yetish uchun birgalikda o’z hissasini qo’shishi kabilar kiradi.
Ikki va undan ortiq shaxslarning yagona jinoyatni sodir yetishda qatnashgan yoki jinoiy faoliyat bilan shug’ullanganlik belgisi ishtirokchilikning son ko’rsatkichi hisoblanadi. Sodir yetilgan jinoyatda kamida ikki shaxs qatnashgan taqdirda ishtirokchilik vujudga keladi. Demak, son ko’rsatkichining yeng kam miqdori ikki kishini tashkil yetadi. Bir jinoyatni sodir yetishda yoki jinoiy faoliyat bilan shug’ullanishda deb yozgan yedi professor B.A.Mirenskiy, - ikki yoki undan ortiq shaxslarning mavjudligi belgisi ishtirokchilikning miqdoriy ko’rsatkichi hisoblanadi2. Jinoyatda qatnashgan barcha shaxslarning hammasi ham ishtirokchi bo’lavermaydi. Ishtirokchilik deb baholash uchun ikki yoki undan ortiq shaxslar jinoyat sodir yetish bilan birga jinoyatga subekt bo’lishlari kerak. Ishtirokchi deb faqat ma’lum yoshga to’lgan, aqli raso, jismoniy shaxslar hisoblanishi mumkin. Ishtirokchilikda jinoyat sodir yetgan shaxslarning zaruriy yuridik belgisi bu – ularning jinoiy javobgarlik yoshiga yetganligi hisoblanadi. Ma’lum yoshga yetganlik deganda Jinoyat kodeksida ko’rsatilgan jinoiy javobgarlik yoshiga to’lganlik tushuniladi. Jinoyat qonunida umumiy jinoiy javobgarlik yoshi 16 yosh deb belgilangan. Ammo, Jinoyat kodeksining 17 - moddasiga asosan ayrim jinoyatlarga 13 yoshdan, 14 yoshdan, 18 yoshdan boshlab jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat qonunida 13 yoshdan boshlab, faqat javobgarlikni og’irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o’ldirish jinoyati uchun javobgarlik belgilangan (O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismi). Javobgarlikni og’irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o’ldirish jinoyatida ishtirok yetayotgan ikki shaxsdan biri 13 yoshga to’lmagan bo’lsa ishtirokchilik vujudga kelmaydi. Bu kabi holatlarda jinoiy javobgarlik yoshiga to’lgan shaxs, qanday harakatni bajarishidan qat’iy nazar, u bevosita jinoyatni bajaruvchisi hisoblanadi.
Shunday qilib jinoyat qonuni bilan belgilangan jinoiy javobgarlik yoshiga to’lgan shaxslar jinoyatda ishtirokchi bo’lishlari mumkin. Shu bilan birga, jinoiy javobgarlik, ishtirokchi shaxslar aqli raso bo’lgan taqdirda vujudga keladi. Jinoyat kodeksining 18 –moddasiga asosan, jinoyat sodir yetish vaqtida o’z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va o’z harakatlarini boshqara olgan shaxs aqli raso deb topiladi. Ushbu moddada ko’rsatilganidek, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir yetish vaqtida aqli naroso bo’lgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi, ammo unga nisbatan tibbiy yo’sindagi majburlov choralari qo’llanishi mumkin.
Yuqoridagilarni inobatga olib, aytish mumkinki, ishtirokchilik uchun jinoiy javobgarlik, jinoyat sodir yetishda ikki va undan ortiq, aqli raso, jinoyat qonunida ko’rsatilgan ma’lum yoshga to’lgan shaxslarning birgalashib harakat qilishi natijasida vujudga keladi. Jinoyat sodir qilishda qatnashgan ikki shaxsning biri javobgarlik yoshiga yetmagan yoki aqli noraso deb topilsa, bu jinoyat ishtirokchilikda sodir qilingan deb topilmaydi. Bu holatda jinoyat subekti bo’la olmaydigan shaxslar orqali jinoyat sodir qilingan hisoblanadi va ular bilan birga bajargan, ularni jinoyatga yo’naltirgan, qiziqtirgan va jinoyat sodir yetishlarida yordam bergan shaxslar bevosita bajaruvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Shu bilan birga ayrim olimlarning fikricha jinoyatda qatnashgan ikki shaxsdan biri jinoiy javobgarlik yoshiga yetmagan yoki aqli noraso bo’lgan taqdirda ham ishtirokchilik mavjud bo’lishi mumkinligi ta’kidlab o’tilgan.1
Ammo bu fikrga qo’shilib bo’lmaydi, chunki qonun chiqaruvchi kamida ikkita jinoyatga subekt bo’la oladigan shaxslarning birgalashib harakat qilishlari ishtirokchilikni tashkil yetishi mumkinligini ta’kidlab o’tgan.
Agar, jinoyatga jalb qilayotgan shaxs 18 yoshga to’lgan bo’lib, jalb qilish harakatini voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir yetgan bo’lsa, u holda jinoyatga jalb qilgan shaxs sodir yetilgan jinoyat va Jinoyat kodeksining 127 moddasi 3-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ishtirokchilarning jinoyat sodir yetishda birgalashib harakat qilishi obektiv belgining asosiy qismini tashkil yetadi. Ishtirokchilik tushunchasida qonun chiqaruvchi jinoyatda birgalashib qatnashish uning zaruriy belgisi yekanligini ko’rsatib o’tgan. Jinoyat sodir yetishda birgalashib qatnashishning mohiyati shundan iboratki, aybdorlarning harakati o’zaro uzviy aloqada bo’ladi, hamda barcha ishtirokchilar uchun yagona bo’lgan jinoiy oqibatga olib keladi. Bu holatni ishtirokchilarning hamkorligi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Hamkorlikda sodir qilingan jinoyat o’zida ishtirokchilarning umumiy jinoiy oqibat keltirib chiqarishiga qaratilgan harakatlari mavjudligini anglatadi. Unda ishtirokchilarning umumiy birgalikdagi harakatlari orqali jinoyat sodir qilinadi va jinoiy faoliyat yesa amalga oshiriladi.
Birgalikdagi (hamkorlikdagi) harakat jinoyatni obektiv tomonini tashkil qilganligi tufayli u ham ishtirokchilikning obektiv belgisini tasvirlaydi. Birgalikda jinoyat sodir yetishda ikki yoki undan ortiq shaxslarning xarakatlari o’zaro bir-biriga bog’liq bo’ladi. Ularning har biri yagona tajovuzga o’z xissasini qo’shib harakat qiladi. Kimdir ko’proq, kimdir kamroq hissasini qo’shishi mumkin. Ishtirokchilarning harakati o’zaro uzviy bog’liq bo’lib, boshqa ishtirokchiga yordam berishga, jinoyat sodir yetishni osonlashtirishga yoki jinoyat izini yashirishga qaratilgan bo’lishi mumkin. Shu bilan birga bir ishtirokchining harakati ikkinchi ishtirokchini harakat qilishga majburlamaydi (bundan jinoyat sodir yetishga majbur yetish hollari mustasno). Har bir ishtirokchi jinoyat sodir qilish - qilmaslikni o’zi hal qiladi. Shaxs jinoyat sodir yetishga va’da berib, so’ng jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytmoqchi bo’lsa (sodir yetayotgan barcha harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda), o’z ixtiyori bilan, boshqa ishtirokchilar bilan birga sodir yetishga va’da bergan jinoyatni sodir yetilishini hamda jinoiy oqibat kelib chiqishining oldini olishi kerak. Aks holda shaxs boshqa jinoyatdan qaytmagan ishtirokchilar bilan bir qatorda jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Agar shaxs o’z qilmishi bilan boshqa ishtirokchining qilmishiga sharoit yaratib berganligi isbotlangan taqdirda ishtirokchilarning harakati o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan deb hisoblanadi. Shunday qilib, birgalikda ishtirok yetish, jinoyatni umumiy harakatlar natijasida sodir qilinishini, jinoiy faoliyat yesa umumiy harakatlar natijasida amalga oshirilishini to’g’riligi yana bir bor tasdiqlanmoqda. Ikki yoki undan ortiq shaxslar tomonidan sodir qilinayotgan vaqtda bir ishtirokchining harakati guruhning barcha a’zolari yoki bir necha a’zolari yoxud bitta a’zosi harakati bilan uzviy (to’g’ridan-to’g’ri) bog’liq bo’ladi. Boshqa ishtirokchilarning harakati bilan bilvosita (vositali) sababiy bog’lanishda bo’ladi.
Ishtirokchilikda jinoyat sodir qilayotgan shaxslarning harakatining o’zaro bog’liqligini xususiyati shundan iboratki, unda bir ishtirokchining harakati, boshqa ishtirokchilarning harakat qilishi uchun zarur shart bo’lishi yoki sharoit yaratib beruvchi omil bo’lib xizmat qilishi mumkin. Muayyan predmetlar yoki hodisalarni o’zgatiradigan, keltirib chiqaradigan va shunga o’xshash boshqacha ta’sir yetadigan barcha holatlar sabab deb ataladi. Ayni paytda bir holat, ya’ni bir qilmishdan iborat. Sharoit sabab bilan birga bo’lib, oqibatga qilmishning sabab bo’lishini tezlashtiradi yoki buning aksi bo’lishi mumkin. Ammo sababga o’xshab oqibat keltirib chiqarmaydi.
Ishtirokchining harakati jinoiy oqibat kelib chiqishiga sabab bo’lishi yoki boshqa ishtirokchi tomonidan jinoiy oqibatni keltirib chiqarishda sharoit yaratib bergan bo’lishi mumkin. Shularni inobatga olgan holda aytish mumkinki, birgalikda jinoyat sodir yetishda barcha ishtirokchilarning qilmishi bajaruvchi sodir yetgan jinoyat bilan sababiy bog’lanishda bo’ladi. Sababiy bog’lanishni aniqlash ishtirokchilarning javobgarlik chegarasini belgilash imkonini beradi. Sababiy bog’lanishni birgalikda jinoyat sodir yetishning belgisi sifatida aniqlashning ahamiyati ham shunda namoyon bo’ladi.
Ikki yoki undan ko’p kishilarning jinoyat qilishida birgalashib harakat qilishi va jinoiy oqibat ularning birgalikdagi harakati natijasidagi bo’lishi ishtirokchilikning asosiy obektiv belgisidir. Bizga ma’lumki, har bir sodir yetilgan jinoyat o’ziga xos bo’lgan ijtimoiy xavflilik darajasiga yega. Moddiy tarkibli jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi yetkazilgan zararning xususiyatiga qarab aniqlanadi. Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi yakka shaxs tomonidan sodir qilingan jinoyatga taqqoslab aniqlanadi.
Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi yakka shaxs tomonidan sodir qilingan jinoyatga nisbatan yuqori bo’ladi. Yakka shaxs tomonidan sodir qilingan jinoyatga nisbatan, ikki yoki undan ortiq shaxslar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar, ko’p hollarda, ko’proq zararli oqibatlarga olib kelishi tabiiydir. Zararli oqibatlar deganda jinoyat sodir yetish natijasida vujudga kelgan borliq, dunyodagi salbiy o’zgarishlar tushuniladi. Sodir yetilgan har bir jinoyat davlatga, jamiyatga yoki fuqarolarning huquq va yerkinliklariga yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin bo’lgan zararli oqibat orqali jiddiy xavf soladi.
Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatda har bir ishtirokchining harakati zararli oqibatning kelib chiqishiga turlicha ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ayrim holatlarda ishtirokchilar jinoyat tarkibining obektiv tomonidagi barcha harakatlarning teng bajarishlari ayrim holatlarda yesa ba’zi ishtirokchilar jinoyatning obektiv tomonidagi harakatlarning ko’prog’ini, qolganlari bir qismini bajarishlari mumkin. Shu bilan birga, ayrim ishtirokchilar yoki bitta ishtirokchi tomonidan jinoyatning obektiv tomoni to’laligicha bajarilishi mumkin, qolgan ishtirokchilar yesa unga yordam berish, dalolat qilish va yo’l-yo’riqlar ko’rsatib rahbarlik qilish bilan chegaralanib qolishi, ya’ni jinoiy oqibat kelib chiqishiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir o’tkazmasdan bilvosita aloqada bo’lishi mumkin.
Sud va tergov idoralari amaliyotdagi har bir jinoyat natijasida kelib chiqqan zararning miqdori, xususiyati va boshqa holatlarini aniqlash, ularning bevosita vazifalari yekanligi qonunda ko’rsatilgan. Ulardan kelib chiqqan holda har bir ishtirokchiga taalluqli bo’lgan quyidagi holatlarni aniqlash zarur: birinchi - ishtirokchining qilmishi qanday darajada boshqa ishtirokchilar qilmishiga sharoit yaratib bergan yoki boshqa ishtirokchilar qanday darajada unga sharoit yaratib bergan; ikkinchi - guruhga umumiy bo’lgan jinoiy oqibat va shaxsning harakatining o’zaro zarurligi; uchinchi - shaxsning guruhga umumiy bo’lgan jinoiy oqibati kelib chiqishida qatnashish darajasi.
Ushbu tizimni soddaroq qilib aytish mumkinki, ishtirokchilikning obektiv belgisi hisoblanmish, jinoyatda shaxsning faol qatnashganligi va asosiy harakatlarni sodir yetganligini yoki buning aksi, ya’ni passiv qatnashganligi va boshqa ishtirokchilar tomonidan jinoyat sodir yetilishiga faqat sharoit yaratib berishi bilan cheklanganligini (bu sharoitning muhimligi yoki unchalik ahamiyat kasb yetmasligini) aniqlash muhim ahamiyatlidir.
Birgalikdagi harakat, bizning nazarimizda quyidagi holatlarning yig’indisi bilan aniqlanadi: birinchidan, har bir ishtirokchining qilmishi boshqa ishtirokchining harakat qilishi uchun zarur bo’lishi, ya’ni ularning harakati bir-biriga kerak (muhim, zarur, bog’liq) bo’lishi shart. Masalan, o’g’irlik jinoyatida sodir yetishda ishtirokchilardan biri jinoyat sodir yetish uchun vositalar qidirib topsa, ikkinchisi, bevosita o’g’irlikni sodir yetishi mumkin. Ko’rinib turibdiki har ikkala ishtirokchi o’g’irlik sodir yetishga qaratilgan, biri ikkinchisiga kerak bo’lgan harakatlarni sodir yetmoqda. Ikki va undan ortiq shaxslar harakati bir-biriga zarur bo’lmasa ishtirokchilik ham bo’lmaydi. Masalan, mevazor bog’dan meva uzib o’g’irlik qilayotgan A. shaxsning yoniga B. shaxs kelib qo’shildi. Ikkalasi ham bir-birining jinoyat sodir yetayotganini biladi. Ammo ularning har biri o’zi uchun o’g’irlik sodir yetmoqda va biri ikkinchisiga harakat yetishda na zarari na foydasi bor, ya’ni ularning harakati o’zaro bog’liq yemas.
Ikkinchidan, har bir ishtirokchining qilmishi bajaruvchi (bajaruvchilar) sodir yetayotgan jinoyat bilan sababiy bog’lanishda bo’lishi kerak. Ikki va undan ortiq shaxslar obektiv tomonini birga bajargan taqdirda (birga bajaruvchilikda) ularning qilmishi (moddiy tarkibli jinoyatlarda) jinoiy oqibat bilan bevosita sababiy bog’lanishda bo’ladi.
Bajaruvchining ijtimoiy xavfli harakati (harakasizligi) moddiy tarkibli jinoyatlarda jinoiy oqibat bilan bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) sababiy bog’lanishda bo’ladi. Yoki rasmiy (formal) tarkibli jinoyatlarda jinoyat tarkibining barcha belgilari bu harakatda (harakasizlikda) mavjud bo’ladi. Boshqa ishtirokchilarning harakatga (harakasizligiga) kelsak, ular bevosita sababiy bog’lanishda bo’lmasdan, bajaruvchining harakati orqali sababiy bog’lanishda bo’ladi. Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatda ayrim shaxslar dalolatchi, yordamchi va tashkilotchi sifatida qatnashgan taqdirda ularning qilmishi bajaruvchiga ko’rsatgan yordami va boshqa vazifalari tufayli jinoiy oqibat bilvosita, ya’ni bajaruvchining harakati orqali sababiy bog’lanishda bo’ladi. Masalan, va’dasiga muvofiq asbobsoz (tokar) K. o’g’irlik qilishi uchun kalit yasab berdi. U yasagan kalitdan foydalanib B. o’g’irlik jinoyatini sodir yetdi. K. yasagan kalit jinoyat sodir yetishni osonlashtirganligi tufayli uning harakati jinoyat bilan bilvosita sababiy bog’lanishda bo’lmoqda.
Uchinchidan, kelib chiqqan oqibat barcha ishtirokchilar uchun umumiy va yagona bo’ladi, ya’ni har bir ishtirokchining qilmishi umumiy hisoblangan jinoiy oqibatni kelib chiqishiga yo’naltirilgan bo’ladi.
Ishtirokchilikda jinoyat sodir yetayotgan har bir shaxs guruh uchun yagona (umumiy) bo’lgan jinoiy oqibatni vujudga kelishi uchun harakat qiladi va kelib chiqqan oqibat ularning umumiy harakatlari natijasi hisoblanadi.
Jinoyatda ishtirokchilik institutining tushunchasi va belgilari masalalari respublikamizning yetakchi olimlari ishlarida o’z ifodasini topgan.1
Biz buni o’z ishimizda qisman tahlil yetish va to’ldirishga harakat qilamiz. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 27-moddasi «Ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir yetishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi», - deb ta’rif beradi.
Demak, qonun chiqaruvchi tomonidan berilgan ta’rifdan kelib chiqib, ishtirokchilikning bir qator belgilarini ajratib olish lozim buladi:
1. Jinoyatni sodir yetishda yoki unga tayyorgarlik ko’rishda kamida ikki shaxsning ishtiroki;
2. Jinoyatni sodir yetishga nisbatan qasdning mavjud bo’lishi;
3. Ishtirokchilarning jinoyat sodir yetish maqsadida birgalashib harakat qilishi;
Ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatda o’z nomidan ko’rinib turibdiki, kamida ikkinchi sherikning bo’lishi talab yetiladi. Bu qonun chiqaruvchi tomonidan qo’yilgan majburiy shart yekanligini professor M.X.Rustamboyev ham ko’rsatib o’tadi.2 Ikkinchi ishtirokchi bo’lmaganida ishtirokchilik ham mavjud bo’lmaydi.
Ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlarda, qasd masalasi asosiy masalalardan biridir. Ikki yoki undan ortiq shaxs tomonidan sodir yetilgan qilmishda jinoyat belgilari bo’lmasa-da, bu qasddan sodir yetilmagan bo’lsa, bunday jinoyatni ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyat deb topish mumkin yemas.
S.V.Afinogenevning fikricha, «Qonunning ishtirokchilik - qasddan birgalashib sodir yetilgan jinoyat deb belgilab berishi, ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlarni ham qasddan bo’lishi to’g’risidagi havolani keraksiz qilib qo’yadi».1
Yuqoridagi fikrdan xulosa qilish mumkinki, yehtiyosizlik oqibatida sodir yetiladigan jinoyatlarda ishtirokchilik bo’lishi mumkin yemas.
Qonun chiqaruvchi jinoyatchilikka qarshi kurashda ishtirokchilik institutini jinoiy-huquqiy tartibga solishning ahamiyatini Jinoyat Kodeksida ushbu jinoyatga nisbatan alohida modda belgilash orqali ko’rsatib o’tadi.
Jinoyatda ishtirokchilikning muhim belgilaridan biri ikki va ortik shaxsning ishtiroki to’g’risidagi masala bu son ko’rsatkichidir. Bunda ikki va undan ortik shaxsni oldindan til biriktirib, yagona maqsadni ko’zlagan holda harakatlanishi zaruriy belgidir. Bir necha shaxsning tasodifan birlashib qolishi va jinoyatni oldindan kelishmasdan sodir yetishi yoxud bir necha shaxs bir-biridan mustaqil ravishda bir maqsad yo’lida harakat qilishi kabi holatlar ishtirokchilikni istisno yetadi, ya’ni bunday harakatlar uchun Jinoyat Kodeksining 27-moddasi orqali javobgarlikka tortish mumkin yemas.
A.S.Yakubov to’g’ri ta’kidlaganidek, jinoyatda birgalikda ishtirok yetish ko’yidagilarni bildiradi: har bir ishtirokchining qilmishi boshqa ishtirokchilar qilmishini amalga oshirish uchun zaruriy shart hisoblanib, ular bir-birini to’ldiradilar; barcha ishtirokchilarning qilmishlari bajaruvchi sodir yetayotgan jinoyat bilan sababiy bog’lanishga yega bo’lishi kerak; yuzaga kelgan jinoiy oqibat barcha ishtirokchilar uchun umumiy va yagona hisoblanadi.2
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkin-ki, jinoyatni ishtirokchilikda sodir yetilgan deb topish uchun jinoyatning har bir ishtirokchisining harakatlari, ya’ni tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi va bajaruvchining qilmishlari bir-biriga yaqindan ko’mak beradi va buning okibatida jinoyatni sodir yetish yengillashadi, ayni vaqtda ushbu qilmish natijasida yuzaga kelgan jinoiy oqibatni barcha ishtirokchilar istagan va aynan uning yuzaga kelishi uchun «astoydil» harakat qilgan bo’lishi lozim.
Odatda, ishtirokchilar faol harakat qilishadi. Ammo, shaxs undan talab yetiladigan harakatlarni sodir yetmaslik yo’li bilan, ya’ni harakasizlik bilan jinoyatning ishtirokchisiga aylanishi mumkin. Ya’ni, oldindan til biriktirgan holda shaxs o’zi qo’riqlashi lozim bulgan joyni ochiq qoldiradi va harakasizlik yo’li bilan jinoyat sodir yetilishiga ko’maklashadi.
R.Kabulov jinoyat qonunchiligini tahlil yetgan holda jinoyat subekti sifatida faqatgina jismoniy shaxslar bo’lishi mumkinligini ko’rsatib o’tadi.1
Shaxs ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatning subekti bo’lishi uchun konkret jinoyat uchun qonunda belgilangan yoshga yetgan bo’lishi, aqli raso bo’lmog’i, ya’ni o’z harakatlari va uning ijtimoiy oqibatini anglab yetadigan bo’lishi kerak.
Ishtirokchilarning maksad va motivlari odatda, bir-biriga mos keladi, ba’zida bu bir xil bo’lmasligi ham mumkin. Jinoyatning motiv va maqsadlari turli ishtirokchilarda boshqa-boshqa bo’lganida jinoiy harakatlarini to’g’ri kvalifikasiya qila olish muhim ahamiyat kasb yetadi. Jinoyatning motiv va maqsadi jinoyat tarkibining majburiy belgisi yekanligi yoki yemasligi kvalifikasiyaga ta’sir yetadi.
Agarda jinoyat ishtirokchilari bajaruvchining maqsadi va motivini bilishmagan bo’lsa, ularning harakatlari o’z maqsad va motivlari uchun kvalifikasiya qilinadi.
Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlar faqat qasddan sodir yetiladi. Yehtiyosizlik natijasida sodir yetiladigan jinoyatlarda ishtirokchilik bo’lishi mumkin yemas.
Do'stlaringiz bilan baham: |