Mulohazasi
Ishtirokchilikda sodir etiladigan jinoyatlar, ayniqsa uning uyushgan jinoyatchilik shaklidagi ko’rinishi o’ziga xos ijtimoiy voqyelik sifatida mavjud va u yangi jamiyat qurishga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Uyushgan jinoyatchilik jamiyatda ro’y berayotgan o’zgarishlarga qarama-qarshi tarzda o’z tusini o’zgartirish xususiyatiga yegaligini albatta ye’tiborga olmoq darkor. Shunga ko’ra, olib boriladigan barcha umumiy va maxsus ta’sir choralarining qo’llanishida buni ye’tiborga olish lozim.
Oddiy qilib aytganda, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda jamiyatning ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan tarzda umumiy kurash olib borishi talab yetiladi. Xususan, ushbu kurashni tashkil yetishda sosiologiya, iqtisodiyot va psixologiya sohasidagi olimlarning uyushgan jinoyatchilikdek salbiy holat yuzasidan olib borgan tadqiqotlarining xulosalariga tayanish katta ahamiyatga yega. Chunki jamiyat hayotidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy kamchiliklar, aytib o’tilganidek, uyushgan jinoyatchilikni yuzaga keltiradi va uning rivojlanishini «oziqlantiruvchi» sharoit bo’lib hisoblanadi.
Ushbu ijtimoiy illatga qarshi olib boriladigan kurash strategiyasi bilan bog’liq profilaktika, huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlarning amalga oshirilishini rejalashtirishga alohida ye’tibor qaratilishini talab etadi. Bu kabi tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash yesa mavjud xufiyona iqtisodiyot va iqtisodiyot bilan bog’liq barcha jinoyatlarni atroflicha tahlil etish bilan uzviy bog’liqdir.
Uyushgan jinoyatchilik o’ziga xos harakatchan aloqalar bilan bog’langan shakli va turlariga, ichki «oila rishtalariga yega bo’lish» va ushbu tizimning rivojlanishi uchun o’ziga xos tijorat (biznes) hamda turli faoliyat yo’nalishlarining o’zaro bog’liqligini ta’minlash asosida jinoiy faoliyat yuritadi. Uyushgan jinoyatchilikning jinoiy yo’l bilan olgan foydasi ayni paytda yangi daromadlar olishga sarf qilinadi. Uyushgan jinoyatchilik aynan shu tariqa o’zining xavfsizligini ta’minlashga qodir va jamiyatni parokandalikka olib keluvchi hamda moddiy jihatdan katta zarar keltiruvchi tizimga ega.
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil yetish uchun yesa birinchi galda uning sabab va sharoitlarini bilish katta ahamiyatga yega. Mavjud huquqiy va maxsus adabiyotlar hamda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash amaliyotidan ma’lum bo’ldiki, uyushgan jinoyatchilikning kelib chiqishida muayyan sabab va sharoitlar mavjud. Ijtimoiy munosabatlarda jinoiy bo’lmagan munosabatlarning jinoyatga sabab bo’lishi mumkinligini oldindan ko’ra bilmaslik va ilmiy bashorat etilmasliga, ijtimoiy hayot talablaridan chetga chiqishlarni avvaldan aniqlashga chora ko’rmaslik va qarshi kurash olib bormaslik uyushgan jinoyatchilikka yo’l ochadi.
Ta’kidlash joizki, jinoyatchilik jamiyatda yuzaga keladigan salbiy ijtimoiy holatdir, shu bois, uning o’ziga xos jihati, qonuniyatlari, shakllanish mantig’i mavjud. Jinoyatchilikka qarshi o’z vaqtida kurash olib borilmas yekan, u o’zini keltirib chiqargan sharoitga, jumladan iqtisodiyot-ga, ijtimoiy vaziyatlarga, siyosatga, jamiyatning ma’naviy yashash tarziga moslashadi, yeng xavflisi, jinoyatchilik ijtimoiy chekinishlarga ta’sir yetadi va ularning yanada kengayishiga imkon beradi.
Uyushgan jinoyatchilik jinoyatchilikning ijtimoiy sharoitdagi nomaqbul vaziyatlar bilan o’zaro bog’lanish oqibatidir. Ushbu holat uyushgan jinoyatchilikni atroflicha tahlil yetish uchun olib boriladigan tadqiqot ishlarida ye’tiborga olinishni taqozo yetadi.
Bitiruvchi kurs talabasi Razzoqov Furqat “Ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlar va ularga qarshi kurash” mavzusidagi malakaviy bitiruv ishini bajargan bo’lib, ushbu ish kirish, uchta bob, yettita paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat tarzda bajarilgan.
Malakaviy bitiruv ishining birinchi bobi ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlarning nazariy masalalari deb nomlanib, bu bobda jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi, jinoyat ishtirokchilarining turlari va shakllari, jinoyatga daxldorlik kabi masalalar o’z aksini topgan.
Malakaviy bitiruv ishining ikkinchi bobi ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlar uchun jazo tayinlash asoslari deb nomlanib, bu bobda jinoyatda ishtirok yetganlik uchun javobgarlik doirasi, ishtirokchilikda sodir yejtilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash, jinoyat ishtirokchilarining jinoiy javobgarligi asoslari kabi savollar yoritib berilgan.
Ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlarning oldini olish deb nomlanuvchi uchinchi bobda ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlarni yuzaga keltiruvchi sabab va shart-sharoitlar, ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlarning oldini olishda profilaktik chora-tadbirlar tizimi kabi masalalarni talaba malakaviy ishda yoritib bergan.
Malakaviy bitiruv ishining xulosa qismida talaba ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlarning oldinni olish bo’yicha fikr-mulohazalarini bayon qilgan.
Malakaviy bitiruv ishi albatta kamchiliklardan xoli emas. Lekin bu kamchiliklar ishning sifatiga salbiy ta’sir kursatmaydi deb hisoblab ushbu malakaviy bitiruv ishini Yakuniy Davlat Attestasiyasiga himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar: O’zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi Qonunchilikka rioya etilishi
ustidan nazorat qilish Bosh boshqarmasi
Samarqand viloyat hududiy bo’limi
bosh maslahatchisi: F.Hayitov
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti 4-kurs talabasi Razzoqov Furqatning “Ishtirokchilikda sodir etiladigan jinoyatlar va ularga qarshi kurash” mavzusidagi malakaviy bitiruv ishiga
TAQRIZ
Insoniyat tarixida odamlar doimo bir-biri bilan aloqadorlikda rivojlanib kelgan.Shuning bilan birga, guruhlarga birlashishga moyillik xususiyati ham mavjud. Qiziqishlari,manfaatlari,dunyoqarashlari bir-biriga yaqin bo’lgan kishilar har doim rasmiy va norasmiy guruh yoki uyushmalarga birlashib kelganlar. Kishilarning jinoiy hulqi ham bundan mustasno emas.
Tarixan yangi ijtimoiy sifat holatiga o’tish jarayoni, afsuski, ijtimoiy salbiy hodisa hisoblangan jinoyatchilik kabi shaxs, jamiyat va davlat hayotidagi ijtimoiy xavfli hodisa bilan birga yuz bergan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ta’biri bilan aytganda, “jinoyatchilikning o’sishi nafaqat islohotlar yo’liga jiddiy to’siq, balki o’tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid qiladi”. Shunday ekan, har bir mamlakatda qabul qilingan qonunlarga xilof ravishda sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilik sur’atini keskin kamaytirish va ularga qarshi kurashish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shuni aytish lozimki, ma’lum sohada jinoyatchilikka qarshi kurash va uni oldini olishda samarali natijalarga erishish, miqdor jihatdan jinoyat sodir etilishini eng past darajagacha tushirish, salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun, avvalo, jinoyatchilikning jamiyatda bo’lishini, rivojlanishini taqozo qiluvchi va unga ta’sir etuvchi, sabablari sifatida harakat qiluvchi hodisalar, voqyealar va jarayonlarni, ular o’rtasidagi sababiy bog’lanishni o’rganish kerak.
Jinoyatchilik iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, demografik, geografik, tashkiliy, huquqiy, ijtimoiy-psixologik, individual-psixologik, biologik va hatto genetik hodisalar, jarayonlar va xususiyatlar bilan sababiy bog’langan bo’ladi.
O’tgan asrning so’nggi o’n yilligida jamiyatimiz hayotida yuz bergan tub o’zgarishlar (mamlakat iqtisodiyotida inqirozli hodisalar, siyosiy tuzumning o’zgarishi) ijtimoiy-huquqiy nazorat sezilarli darajada susayishiga va buning oqibati o’laroq, jinoyatchilikning sezilarli darajada o’sishiga olib keldi. O’z-o’zidan ravshanki, jinoyatchilik jamiyatning muayyan holatini tavsiflaydi va bunday jamiyat xususiyatlarini o’zgartirish birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Ammo jinoyatchilik, ayniqsa uning uyushqoqligi yuksak darajada bo’lgan holda, jamiyatning rivojlanish yo’nalishlarini belgilashga qodir ekanligi ham kriminolog olimlar tomonidan isbotlangan.
Shu tufayli ham ishtirokchilikdagi jinoyatchilik, uning doirasida esa eng xavfli – uyushgan jinoyatchilik tadqiqot uchun alohida qiziqish uyg’otadi. Ishtirokchilikdagi jinoyatchilik – bu ancha keng tarqalgan hodisa.
Uyushgan jinoyatchilik jamiyat uchun ayniqsa xavfli hisoblanadi. Uyushgan jinoyatchilikning ijtimoiy xavflilik darajasi ishtirokchilikdagi jinoyatchilikning ijtimoiy xavflilik darajasidan kuchliroq ekanligi asosan uning ijtimoiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarish qobiliyati, bu oqibatlar ko’lamining kengroqligi bilan belgilanadi. Hatto u mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik omillaridan biri hisoblanishi ham qayd etiladi, chunki iqtisodiyot sohasida hukmron mavqyeni egallash va shu tariqa jinoiy yo’l bilan topilgan daromadlarni oshkorlashtirish va ularni yanada ko’paytirish uchun qulay sharoitlarni ta’minlashga harakat qiladi.
Bitiruvchi kurs talabasi Razzoqov Furqat “Ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlar va ularga qarshi kurash” mavzusidagi malakaviy bitiruv ishini bajargan bo’lib, ushbu ish kirish, uchta bob, yettita paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat tarzda bajarilgan.
Malakaviy bitiruv ishining birinchi bobi ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlarning nazariy masalalari deb nomlanib, bu bobda jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi, jinoyat ishtirokchilarining turlari va shakllari, jinoyatga daxldorlik kabi masalalar o’z aksini topgan.
Malakaviy bitiruv ishining ikkinchi bobi ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlar uchun jazo tayinlash asoslari deb nomlanib, bu bobda jinoyatda ishtirok yetganlik uchun javobgarlik doirasi, ishtirokchilikda sodir yejtilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash, jinoyat ishtirokchilarining jinoiy javobgarligi asoslari kabi savollar yoritib berilgan.
Ishtirokchilikda sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish deb nomlanuvchi uchinchi bobda ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlarni yuzaga keltiruvchi sabab va shart-sharoitlar, ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlarning oldini olishda profilaktik chora-tadbirlar tizimi kabi masalalarni talaba malakaviy ishda yoritib bergan.
Malakaviy bitiruv ishining xulosa qismida talaba ishtirokchilikda sodir etiladigan jinoyatlarning oldinni olish bo’yicha fikr-mulohazalarini bayon qilgan.
Malakaviy bitiruv ishi albatta kamchiliklardan xoli emas. Lekin bu kamchiliklar ishning sifatiga salbiy ta’sir kursatmaydi deb hisoblab ushbu malakaviy bitiruv ishini Yakuniy Davlat Attestasiyasiga himoyaga tavsiya etaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |