Xulosa
Bugungi kunda ―O‗zbekiston temir yo‗llari‖ AJ ning tez sur‘atlarda
rivojlanib borishi, elektr harakat tarkibi orqali yuk tashish hajmining o‗sishiga
bog‗liq bo‗lmoqda. Tez yurar elektrovozlar va
elektr poezdlarining ishga
chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkazish, taftish qilish elektropoezdlarning
elektr va elektron uskunalarini hamda kontaktorlari va elektropnevmatik
kontaktorlarini taftish qilish jarayonlarini takomillashtirish, ishlash ishonshliligini
oshirish va shu kabi bir qancha texnik xizmat ko‗rsatishlarini oshirish imkoniga
keng yo‗lga qo‘yish muhim omil hisoblanadi.
Mustaqillikdan so‘ng temir yo‗l transporti orqali yuk va yo‗lovchilarni
manzilga
baxtsiz hodisalarsiz etkazish, asosan elektr transportidan oqilana
foydalanish orqali amalga oshdi. Elektr tortuvli lokomotiv yuk tashish (uzatish)
qobiliyatini yuqori harakat tezliklarida harakat tarkiblari bilan bajarish va bu
sohani yuksaltirish samaraliy va amaliy vosita hisoblanadi.
Elektropoezd o‗z tuzilishiga ko‗ra juda murakkab mashina hisoblanadi.
Uning har bir qismi, tarkibi, bo‗lagi va apparatlari o‗z xizmat burchiga ega.
Ularning bir-biriga bog‗liq holda ma‘lum texnik
vazifalarni bajarishi
Elektropoezdga yuklatilgan talablarni bajarish yo‗lida eng muhim omil
hisoblanadi.
Elektropoezdlarda qo‗llanuvchi boshqaruv va himoya elektr apparatlarini
qo‗llash, ularni tanlash ham katta ahamiyatga ega. Ushbu elektr apparatlari
yordamida elektropoezdning boshqaruv va rostlash sxemalarini tuzish va ishlatish
tamoyillarini yoritish ham eng muhim vazifa bo‗lib,
elektropoezdning ishlash
samarodorligini oshirish, tezlikni va tormozlashni rostlash ko‗rsatkichlarini
oshirishdagi asosiy va muhim vositalar qatoriga kiradi.
o‘lch
varaq
№ hujjat
imzo
sana
varoq
59
BMI.5310700.09.2018.
bitiruvchi
Mamadaliyev.N.I
rahbar
Qayumov S.N.
kaf. mudiri
Berdiev U.T.
. М.В
Xulosa
adb
varaqlar
67
ToshTYMI EM–606
Kuch zanjirlarida elektropnevmatik kontaktorlarni texnik nazoratdan
o‘tkazish va ta‘mirlash texnologiyalariga rioya qilish va ozodalikka rioya qilish
uzoq muddatlarga turg‘in ishlashni taminlaydi.
Elektropoezd va elektr poezdlari tortuv elektr motorlari ularning vaqt birligi
ichida bajargan ishlari bilan aniqlanadi. TEM dan qanchalik
katta qiymatdagi tok
o‗tsa (albatta qisqa tutashish toklari bundan mustasno), mashina chulg‗amlari
shunchalik ko‗p qiziydi. Natijada, ma‘lum sharoitlarda bu chulg‗amlar va TEM da
qo‗llanilayotgan boshqaruv apparatlari va jihozlari ruxsat etiluvchi haroratdan
ko‗proq qiziydi. Shu bois o‗ta qizish TEM chulg‗amlari izolyasiyalarini
mo‗rtlashishga, kontaktlarini nurashiga va tok o‗tkazuvchi boshqa elementlarni
ishdan chiqishiga sababchi bo‗ladi.
TEM da to‗ldirgich sifatida eboksidli smolani qo‗llash g‗altak va u bilan
bog‗langan po‗lat o‗zak monoblokini yaratish imkonini beradi.
Bunday
konstruksiyada g‗altaklar vibratsiyasi bo‗lmaydi, g‗altakning tiralgichsiz ishlashi
natijasida motorning ishlash puxtaligi ortadi. Shisha bog‗lagichlarni qo‗llash (sim
bog‗lagich o‗rniga) yakor ishlash puxtaligini va izolyasiya qobiliyatini ko‗taradi.
Chulg‗amlar haroratining pasayishi natijasida foydali ish koeffitsienti ham ortadi.
Foydalanishdagi VL60 va VL80 elektrovozlarining ishga chiqishdan oldin
texnik ko‘rikdan o‘tkazish, taftish qilish, ularning elektr
va elektron uskunalarini
hamda kontaktorlari va elektropnevmatik kontaktorlarini taftish qilish
jarayonlarini takomillashtirish, ishlash ishonshliligini yanada oshirish va shu kabi
bir qancha texnik xizmat ko‗rsatishlarini oshirish imkoniga keng yo‗lga qo‘yish
muhim omil hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: