Malakaviy bitiruv ishi



Download 68,79 Kb.
bet6/8
Sana13.07.2022
Hajmi68,79 Kb.
#791026
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
o\'xshatish

O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanidan o’xshatishga misollar.

    1. O’tkir Hoshimov va uning tilshunoslikda tutgan o’rni. Yozuvchi O’tkir Hoshimovning teran va hayotiy romanlari biz izlanuvchi tilshunoslarni misollar girdobiga g’arq qiladi va bu o’z ifodasini topadi.

“Shunday asar yozsangki, kitobxon o’qiganida hamma narsani unitsa asar qahramonlari hayoti bilan yashasa, quvonsa, iztirob cheksa… Kitobni o’qib bo’lgan kuni kechasi bilan uxlamay, tulg’onib chiqsa… kelib, o’sha kitobni yana qo’liga olganida qaytadan hayajonga tushsa…Undan yangi ma’nolar tuysa… Orzum-shu…” degan edi O’tkir Hoshimov20.
Darhaqiqat shunday ekan, yozuvchi o’z ijod maskanida tildan, uning nodir topilmas so’zlaridan unumli foydalanadi. Bu so’zlar tizimi bevosita uslubiyat, badiiy tasvir vositalari bilan bog’liqdir.
“ Sharq yulduzi” respublikada nashr qilinadigan adabiy-badiiy ijtimoiy- siyosiy jurnallar ichida eng mashhur ommaviy jurnaldir. Yozuvchi O’tkir Hoshimov shu jurnalning bosh muharriri sifatida aktiv faoliyat ko’rsatdi.
Ulug’ bobomiz Amir Temur shaxsiga toshlar otilayotgan bir paytda yozuvchi u haqda qator maqolalar e’lon qila boshladi. Hujumlardan, do’q- po’pisalardan cho’chimagan bosh muharrir buyuk sarkarda faolyatini izchil yoritishda davom etdi.
Bir vaqtlar badnom qilingan “Temur tuzuklari”, “Zafarnoma”, “Kecha va kunduz” asarlari shu jurnalda e’lon qilindi.
Jurnalda Qur’oni karimning o’zbekcha tarjimasi osonlikcha bosilgani yo’q. Bu savobli ishga shaxsan yurtboshimizning o’zi rahnamolik qilgani va jurnal





20 Ҳошимов Ў. Танланган асарлар. I том. -Тошкент: Шарқ, 2009.
tahririyati sa’y-harakati bilan Alloh Kalomi ikki yildan ortiq vaqt ichida nashr etilgani jiddiy voqea bo’ladi.
Istiqlol yillarida yozilgan “Tushda kechgan umrlar” ramoni esa yetmish yil davomida adolatsizliklarni toptalgan qismatlarni ro’yirost, badiiy teran aks ettirgan asardir. U pishib yetilgan anorni kaftingizga qo’yib, yaxshilab tikilasiz. Donalari pustini turtib turadi. Sal vaqt o’tsa shu qalin pustlar ichki turtkilarga dosh berolmay yoriladi.
O’tkir Hoshimovning ixchamgina “Tushda kechgan umrlar” romanida ham voqealar shunchalik zichki, muqovasini yorib yuboraman deb turganga o’xshaydi.
Romanning anchagina boblarida afg’on urushi tasvirlanadi. Adib bu adolatsiz urushning butun fojeasini ,gayriinsoniyligini ro’yirost tasvirlaydi.
Roman qahramonlaridan biri Rustam o’z “internatsional” burchini o’tayotganidan mamnun edi. Biroq u bu qonli manzaralar qarshisida o’yga toladi. Bu urush xalqlarga faqat kulfat olib kelishi mumkinligini tushinib qoladi. Biroq… u o’z jonini saqlash uchun qon to’kishi shart. Aks holda uning o’zi qurbon bo’ladi.
O’tkir Hoshimov – so’z sa’natkori. Romanlarida xalq tili shunchalar ravon, shunchalar ifodaliki, har bir satr she’rday ravon oqadi.

“Men O’tkir Hoshimovning jasoratli, qo’rqmas, haqiqatni har qanday sharoitda ayta oladigan yozuvchi deb atadim. Bu ta’birimni ikkilanmay har yerda dadil ayta olaman. Bor bo’yini ko’rmoq uchun sal orqaga chekinib O’tkirga qaradim.Shunda necha yillar ijod qilgan, birga safarlarda yurgan qadirdonimni bo’y-basti bilan, o’zini ardoqlagan xalqiga qilgan xizmatlari bilan aniq ko’rdim. Oldingdan oqqan suvning qadri yo’q, deganlaridek shu paytgacha menga oddiy yozuvchi bo’lib ko’ringan ijodgor to’g’risida shuncha gap bilarkanman, bilganlarim shunchalar ko’p ekanki, sizga faqat bir shingilinigina gapirib berdim, xolos.


Xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti sovrindori, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi O’tkir Hoshimov qo’lidagi kichginagina, ammo tog’larni ko’tarishga qodir qalami bilan ona xalqiga, mustaqil yurtimiz xizmatiga doim shaydir”21.
Yozuvchi O’tkir Hoshimovning eng taniqli va noyob romanlarini kitob do’konlaridan topish qiyin. Uning asarlari o’ta hayotiyligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Romandan tasvirlar, voqealar rivoji, qalbni titratadigan sahnalari va hissiyotlari shunday go’zal va haqqoniy tasvirlangan go’yo o’sha obraz siz. Uning ishtirokchisiga aylanasiz. Yozuvchi O’tkir Hoshimov so’z san’atidan, tilimizdagi badiiy tasvir vositalaridan ustalik bilan foydalangan. Romandan ko’chimlar va figuralarga istagancha misollar topish mumkin. Ayniqsa o’xshatish va uning turlariga misollar rang-barangdir. Romandagi har bir personaj o’zga bir olam. Ularning nutqi va nutqining ravonligi ortiqcha so’z va gaplardan mustasnoligi tilimizning boyligini oshiradi. U albatta yangi so’z ayta oladi. Asarning badiiyligi juda kuchli berilgan. Til boyligini yuzaga chiqarishda uni ahamiyatliligi va ta’sirchan bo’yoqlarga boyligi, o’xshatishga to’plangan misollarimizda ham ko’rinib turibdi. Leksik va grammatik tipdagi o’xshatishlarga yuzdan ziyod misollar to’pladim va ayrimlarini tahlil tartibini keyingi punkitda yoritib beramiz va talqin qilamiz.
Ma’lumki, tilshunoslik fanida O’tkir Hoshimov serqirra ijodi tili haqida aytilmagan gaplar ko’p. Ayniqsa uning ijodini uslubiy zahiralardan foydalanishdagi mahorati yanada chuqurroq o’rganilishiga muhtoj.
Adibning qaysi bir asariga ko’z yugurtirmaylik, ona tilimizdan zukkolik bilan foydalanilgani va so’zlar durdonasini bitta ikkita tergani va durlarni joy- joyiga qo’ygani ko’zga yaqqol tashlanadi.
Tildagi imkoniyatlarni o’z uslubiga mos tarzda badiiy mushohada qo’dratiga bo’ysindira olganligini ko’ramiz.



21 Саид Аҳмад . Сўз боши. .Ҳошимов Ў. Танланган асарлар. 1-том.- Тошкент: Шарқ, 2009. 12-бет.
Yozuvchi “Tushda kechgan umrlar” romanida badiiy tasvir vositalaridan keng foydalangan. Buning ijobiy natijasini ilmiy tadqiqotlarda ko’ramiz. Uning romanidagi tasviriy vositalar uslubiyatda yanada mufassal, yana ham chuqurroq o’rganilmog’i lozim.
O’tkir Hoshimovning ijodini kuzatar ekanmiz uning she’riyatida o’xshatishlarning o’rni beqiyosdir. Ayniqsa “Ona vatan”, “Muqaddas tuproq”, “Hayot haqiqatlari”, “Sevgi va muhabat sabr-qanoat” va “Ehtirom va sadoqat” haqidagi she’rlarida badiiy tasvir vositalarini mahorat bilan qo’llanganligini guvohi bo’lamiz. Iste’dodli yozuvchi O’tkir Hoshimovning ijodi va faoliyati haqida ustozlari va muxlislari tomonidan fikr-mulohaza bildirilgan, maktublar yo’llangan. Ular quyidagilar:
O’tkir Hoshimov asarlarini jozibador qilgan, ularga o’ziga xos badiiy tarovat baxsh etgan ikki muhim xususiyat bor. Bularning biri shuki, adib badiiy asarni yengil tashveqot vinitchasiga, jo’n targ’ibot quroliga aylantirmaydi, balki asarlarning ko’pchiligida biron umumbashariy muammoni o’rtaga tashlashga intiladi… ikkinchidan esa shu muammolarning hammasi, eng murakkab savollarga javob izlash kishini hayajonga soluvchi yuksak badiiy shakllarda amalga oshiriladi. Hayotdan olingan, o’zimizning tevarak atrofimizda tez-tez uchrab turadigan odamlarning taqdirida ifodalanadi. Eng muhimi esa bu odamlar yalang’oya g’oyalar tajassumi emas, o’z qiyofasiga shakli shamoyiliga ega bo’lgan, jozibasi kuchli shaxslar sifatida namoyon bo’ladi…
“ Bahor qaytmaydi” qissasi o’z vaqtida katta shuhrat qozondi. Uning asosida yaratilgan videofilm tillarga tushdi. Buning boisi shundaki, bir qarashda jo’n ko’rinadigan, turmushda tez uchrab turadigan voqea asosida qurilgan bo’lsa-da, juda muhim masalaga har qanday inson hayotida taqdirini belgilovchi ahamiyat kasb etishi mumkin bo’lgan muammoga bag’ishlanadi. Uch-to’rt odamning o’zaro munosabatini, ularning sil-silasidan tashkil
topadigan taqdirlarni tahlil qilib, yozuvchi umumbashariy qadriyatlar haqida mulohaza yuritadi…
Yozuvchini kitobxonlar chin dildan yaxshi ko’radilar. Farg’onaning G’aniobod xo’jaligida ishlovchi Jafar’ali Payg’amov degan yigit pilla brigadasining boshlig’i ekan. Shu odam O’tkirning nomidan bir quti ipak qurti boqib, tushgan 828 so’m pulni (u paytda bu-katta pul edi), Jahon Tinchlik jamg’armasiga o’tkazibdi. Bu xabar matbuotda e’lon qilindi. O’tkirning iltimosi bilan Jafar’alining uyiga bordik. Turush-turmushi xarobgina. Keksa onasi bor ekan. Men Jafar’aliga aytdim: “Shuncha pulga xolodilnik, televizor olsangiz ham bo’ladiku”, desam, yigit ko’nglida borini aytib qo’ya qoldi. “ Men o’sha kitobga ishqibozligimdan shunday qildim. Televizor olish qochmaydi, aka!” .
Adib bilan ko’p safarlarda bo’ldim. Bunaqa misollarni ko’p ko’rdim. O’tkir Hoshimov xalqining suyukli adibi. Yozuvchi uchun bundan katta baxt yo’q.
Ozod Sharafiddinov. O’zbekiston qahramoni.
“Hurmatli O’tkirjon!
Yoshim saksonga bordi. Pensiyadaman. Siz olib boradigan “Bahs” ko’rsatuvini tomosha qilib ko’p narsalarni o’yladim. O’kindim. O’ttizinchi yillardagi qahatchilikda kunjara yeganlarni ko’rdim. Ochlikdan shishib o’lganlarni ko’rdim. Urushda bo’lib, Polshagacha bordim. Nasibam qo’shilgan ekan, ona yurtimga qaytib keldim. Chindan ham bugun nom chiqararga to’y qilib, ortib qolgan qazon-qozon ovqatlarni cho’chqaxonalarga berayotganlar ham, nonni oyog’osti qilayotganlar ham bor. Bunisiyam mayli shunaqalar borki, to’rtta-beshta buqani shulha, kunjara bilan emas, magazindan arzon- garovga un olib, semirtirib sotayapti. Tag’in biz oziq-ovqat programmasini bajaryapmiz, deb maqtanadi. Odam yeydigan unni, ya’ni nonni hayvonga berish gunoh emasmi?”
Turg’unali Obidov.
Andijon, 1983 yil, 24-noyabr.
“Assalomu alaykum, ustoz! Men Andijon viloyati Marhamat tumanida yashayman. Yoshim 23 da. Kasbim-iqtisodchi. Yoshligimdan badiiy adabiyotga qiziqaman. Uchinchi sinfda o’qiyotganimda “G’uncha” jurnalida birinchi she’rim bosilgan. Vatanni, do’stlikni, haqiqiy sevgini kuylashni istayman… Matbuotda “Nega? Nega-a-a?” nomli hikoyangizni o’qib yuragimda bir narsa uzilib ketgandek bo’ldi. Shu asarni o’zimcha she’rga solmoqchi bo’ldim. Bilaman, she’rim hech qayerda chiqmaydi. Muxlisingiz, o’quvchingiz sifatida javob xati yozsangiz o’zimni baxtiyor sanagan bo’lur edim.
Ko’ngli tongday. Maktub kelibdi bugun. Yolg’iz o’g’li-Raxmatidan zoridan.
“Meni kuting, uyga qaytarman tez kun” Debdi. Mana bu xat iftixoridan.
Xayol ketdi. Ostonada kelinchak Qo’llarida sochiq turar, choy tutar. Uy to’rida go’dak ila belanchak,
“Bobo”, deya har kech yo’lini kutar. Shirin o’yla ketib borar bosh egib, Kun sanashga bormoqlari yetmaydi. Shuncha kunni o’tkazdi u zor kutub O’g’li kelar, shubha bezor etmaydi… Ostonada paydo bo’ldi bir odam,
Quchoqladi va zo’r bardosh tiladi.
Sovuq xona… Nega undaydi qadam? Nega muzlar, nega notinch yuragi?
Ana! “Sekin!” Nahot, shu o’g’li bo’lsa? “Ota!” - dedi ingranib jonsiz ovoz.
-Bolam! Bolam! Qani ko’zim ko’r bo’lsa! Sochlari oq, rangpar yuzi oq qog’oz!
-Tur, jon bolam, tur o’rningdan, ketamiz! Onaginang seni mushtoq kutmoqda.
Tur, jon bolam, tur o’rningdan, ketamiz! Bir biz emas, butun qishloq kutmoqda.
Va… ustidan yulqib oldi adiyolni
Shunda ko’rdi… yarim yo’q tirik jonni! Qonga botgan yarmi yo’q kesik o’g’lonni! Shunda ko’rdi qonli Afg’onistonni!
“Ko’zingni och! Kel bag’rimga. Kel o’g’lim! Nega! Nega! Nega chiqmas hech ovoz?
Bolamda ne gunoh? Bu qanday zulm? Qani pahlovonim? Qani u shavvoz?! Ey xudo! Suyanchim, tilagim qani?
Nega o’n to’qqizda sochi qordek oq? Belimning madori, yuragim qani?
Bolam! Bo’lolmadim men senga panoh! Nega? Nega? Nega- a-a?”
Sen kechmagan qonlarni kechib keldim-ku o’g’lon! Qushmi, ajal bo’ylagan osmonlarda uchdi-ku!
Yuzlab asl o’g’lonlarning boshiga yetdi Afg’on, Yetti o’g’ling boshiga, qatoringdan ketdi u!
Munavvar Toshpo’latova, 1989-yil, 12-fevral22

    1. Tushda kechgan umrlar” romanidagi o’xshatishga misollar va ularning tahlil talqini. Romanni boshidan oxirigacha o’qir ekanmiz




22 Ҳошимов Ў. Танланган асарлар. I-том .-Тошкент: Шарк. 2009 ,443-446 бетлар.
o’xshatishga ko’plab misollar uchratamiz. Albatta orginal ya’ni badiiylik ufurib turgan yoki o’xshatish yaqqol namoyon bo’lgan misollarni tahlil qildik. Ularni ikki guruhga ajratdik.

  1. Leksik vositalar bilan hosil bo’lgan o’xshatish.

  2. Grammatik vositalar bilan hosil bo’lgan o’xshatish O’xshatishga misollar:

Shaxnozanining qulog’i shang’illar, birov uning miyasiga kirib olib, muttasil to’qmoq bilan o’rayotganga o’xshar edi.

O’tkir Hoshimov bu kontekstda iboralar yordamida o’xshatishlar hosil qilgan.”urayotganga o’xshar edi” birikmasi orqali leksik o’xshatish ifodalangan va o’xshamoq fe’lining sifatdosh shakli hosil bo’lgan.


Oyoqlari ipdek, puf desang uchib ketadigan holi bor-ku, miq etmaydi, eshshak! Nachora, boshqa usulni qo’llashga to’g’ri keladi.


Bu misolda yozuvchi – dek o’xshatishni yuzaga keltiruvchi grammatik vositadan foydalangan va “oyoqlari ipdek” birikmasi sifat yasovchi affiksi orqali o’xshatish hosil bo’lgan.


Avtomatni aynan menga o’qtalib turgandek, boshimni ichiga tortdim.


Bu misolda ham leksik, ham grammatik o’xshatishlar bor. Misli, bamisoli aynan ravishlari doim o’xshatish obrazini ko’rsatuvchi so’zdan avval keladi.

Yo’q, bu kulgu emas, kaltakesakning tamoq taqillatishiga o’xshagan mudhish bir tovish edi.


Bu inkor ma’nodagi o’xshatishlar kaltakesakni tamoq taqillatishini eshitmagan bo’lsakda, o’xshamoq fe’lining sifatdosh formasi ekanligini etirof etishimiz lozim.

Mauzerning og’zi lang ochilib, basharasi yana ham ahmoqona tusga


kirdi.
Bu salbiy ma’noli matnda-ona qo’shimchasi o’xshatish obrazini ko’rsatuvchi so’zga qo’shiladi va biror predmet, belgini va holatni shu so’z orqali ifodalab qiyos qilishga yordam beradi va o’xshatish hosil bo’ladi.

Bu dunyo muttasil aylanib turadigan murakkab mexanizm.


Yozuvchining bu misolini sof o’xshatish deb qaraymiz. Chunki bu misolda leksik so’zlar yoki grammatik vositalar ishtirok etmagan. Dunyoni mexanizmga o’xshatgan. Bu bizning tafakkurimizda hosil bo’lgan o’xshatishdir.
Boshini bir tomonga tashlagan ko’yi qop-qora kipriklarini gunohkorona prillatib turushi shu qadar samimiy ediki, boyagi “artisnamo” shopirdan rashk qilganimga o’zim uyaldim.
Bu misolda -namo affiksi orqali o’xshatish hosil bo’lgan. U o’xshatish obrazini ko’rsatuvchi “artist” so’ziga qo’shilib holatni ifodalayapti va qiyos qilishga yordam bermoqda.

To’laganova qo’y og’zidan cho’p olmagan farishta.


Yozuvchi O’tkir Hoshimov bu misolda iboralar orqali To’laganovani farishtaga o’xshatgan.
Shaxnoza mening yostig’imni quchoqlab turib, bolalarcha sodda quvlik bilan kuldi.

Bu misralarda “bolalarcha” so’zi orqali o’xshatish hosil qilingan.


– cha kuchaytirish formasidan foydalangan va Shaxnozani bolaga o’xshatganligi kontekstdan anglashilib turibdi.

Talabalar shaharchasi arining uyasiga o’xshaydi.


Bu misolimizda o’xshamoq fe’lining sifatdosh formasi hosil bo’lgan. O’ylab qarasam, o’tgan umrim – umir emas, tush ekan.
Bu o’xshatish “ekan” o’tgan zamon fe’lida ifodalangan inkor ma’nosini anglatuvchi o’xshatishdir. Bunda yozuvchi inson mrini naqadar qisqa ekanligini ifodalagan.

Mundoq kirish-chiqish qilaylik, bolam, ko’zday qo’shnimiz…


Bu misolda –day fe’lning sifat yasovchi formasi sifatida hosil bo’lgan o’xshatish, ibora bilan ifodalangan.

“Sabotaj” tashkilotchisi – Rustam degan yigit ekan. Baskedbolchilarga o’xshagan baland bo’yli, gavdali…


Bu misolda o’xshatish, qiyoslash ma’nosi anglashilib turibdi. Leksik vosita “o’xshagan” so’zi orqali hosil bo’lgan. U doimo o’xshatilgan predmet yoki shaxsdan keyin keladi.


Kuz – o’lim to’shagida yotgan bemorga o’xshaydi…

Bu misolda ham yozuvchi leksik vosita bilan ko’chim o’xshatish hosil qilgan. Bunda bo’yoqdorlik kuchli tasvirlangan. Kuz faslini to’shakda yotgan bemorga o’xshatmoqda.


“O’xshaydi” o’tgan zamon fe’lining sifatdosh formasi bilan ifodalangan.
Biz O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanidan o’xshatishlarni kuzatar ekanmiz yana o’zgacha o’xshtishlarni guvohi bo’ldik. O’xshatishni yuzaga keltiruvchi grammatik vositalar borki ular biror predmet, belgi va holatni boshqalarga o’xshatish, qiyos qilish uchun xizmat qiladi. Ularga quydagilar kiradi:
-day (-dek), -simon, -ona, -namo, -larcha, -omuz, -cha, -chasiga, -da, -li. Bu qo’shimchalar o’xshatish obrazini ko’rsatuvchi so’zga qo’shiladi va biror predmet belgi va holatni boshqalarga o’xshatish, qiyos qilish uchun xizmat qiladi.
Masalan: Shunda… kutilmagan hodisa ro’y berdi. Ovozi do’rillab qolgan tengdoshlari quyundek yopirilib keldi.

Bu misolda tengdoshlari quyundek so’z birikmasi orqali o’xshatish hosil bo’lgan. Uning tengdoshlarini – dek grammatik vosita orqali quyunga o’xshatilgan.


Bostirmaning qorayib ketgan pastak shiftida olmadekkina lampochka osilib turardi. Bor - yo’q jihoz shu.


Bu misolda ham –dek grammatik qo’shimchasi orqali lampochka olmaga o’xshatilmoqda. Misolda –kina kichraytirish formasi qo’llangan.


Katta yo’l chetida qachonlardir uzilib ketgan tank zanjiri zanglab yotibdi. Xuddi ajdar terisiga o’xshaydi.


Bu misolda “xuddi” leksik vosita qo’llangan. Misoldagi “xuddi” so’zini bemalol tushurib qoldirishimiz mumkin. U fakultativ xarakterga ega va gap ma’nosiga ta’sir qilmaydi. Bu tushurib qoldirishimizda mazkur gaplar ma’nolariga zarar yetmasligi uchun ularni tuzilishida juz’iy o’zgarish qilishimiz mumkin:


Katta yo’l chetida qachondir uzilib ketgan tank zanjiri zanglab yotibdi.Ajdar terisiga o’xshaydi.


O’xshatishda bir soni ham qo’llaniladi. Bunda omonimlik xususiyati paydo bo’ladi. Masalan: Do’stim bir qushdek yengil bo’libsiz-da.


yoki: Tog’da yurgan ohu bir juvon sochlarini mayin taraydi.


Bu misolda ham bir so’zi orqali juvonni ohuga o’xshatgan. Bir so’zini omonimi hosil bo’lgan.


Bunga juda ko’plab misollar keltirishimiz mumkin. Hamma “bir” so’zi qo’llangan misolarni ma’nosi har xil bo’ladi.

Egnida olimpiyka, boshiga cho’qqisimon to’qima qalpoqcha kiygan ikki kishi shtab bilan yugurib yonidan sharpadek o’tib ketdi.


Bu misolda –simon, -dek grammatik vositalar qo’llangan. Birinchisida “cho’qqisimon taqiya” deb, cho’qqiga o’xshatilgan bo’lsa, ikkinchisida sharpaga o’xshatilgan.


Nazira hayotida hech kim bilan olishishni istamagani kabi o’limda ham ajal bilan tortishib o’tirgisi kelmagandek osoyishta yotar, lablarida alamli tabassum qotib qolgan, go’yo oxir-oqibat, bu ozoblardan qutilganiga shukr qilgandek.

Bu katta matnda o’xshatishning leksik va grammatik formalari ishtirok etgan va “istamagani kabi”, “go’yo oxir-oqibat, shukr qilgandek” birikmalarida ko’rinadi.


Naziraning yuzi muzdek edi. Xuddi xolodilnikdagi go’shtdek.


Bu misolda ham Naziraning yuzi “dek” grammatik vositalar orqali go’shtga o’xshatgan. Qo’pol tasviriy vosita deb ham aytishimiz mumkin, ya’ni salbiy xarakterdagi o’xshatishdir.

Bir mahal kipriklari kapalak qanotidek titrab kulib yubordi. Bu tabiiy go’zal va yoqimli o’xshatishda ham yozuvchi badiiy tasvir vositalaridan ustalik bilan foydalangan.


“Kapalak qanotidek” birikmasi orqali o’xshatish hosil bo’lgan. Demak qizning uzun kipriklari kapalakning qanotiga o’xshatilayapti.


Bir kecha-kunduz mijja qoqmay tik oyoqda tursin - chi, holi nima kecharkin? Tagidan arra solingan terakdek gup etib ag’dariladi.


-dek, -day kabi qo’shimchalar sifat yasovchi affiks bo’lib, qiyos qilinadi.


O’xshatishda boshqa affikslarga qaraganda ko’proq ishlatiladi.
Bundan tashqari -cha affiksi ham mavjudki u otlarga qo’shilib kichraytirish, erkalsh ma’nolarini bildiradi.
Masalan: uycha, qizcha yigitcha kabi. Sonlarga qo’shlilganda chama ma’nosini anglatadi: o’ncha, mingcha, qirqcha va hokozolar. –cha affiksi so’zlarga qo’shilib, urg’u olmaganda sifat va ravishlarni yasaydi va o’xshatish, cho’g’ishtirish ma’nolarini beradi.
Bu xususiyat bilan – day, - dek affikslariga juda yaqin turadi. –cha affiksi vositasida sifat yasalganda, asosan, predmet, vaqt, daraja, ko’rsatish kabi ma’nolar bilan bo’g’liq o’xshatish hosil qiladi.
Masalan: Ko’z yoshlari daryocha bo’ldi.
Bu misolda –cha affiksi yordamida o’xshatish hosil bo’lgan. Bu frazeologik o’xshatish bo’lib, ko’z yoshlarini daryo suviga o’xshatmoqda.
Xullas o’xshatishlar badiiy tasvir vositalarida keng o’rinni egallaydi.
O’xshatishning ochilmagan qirralari haqida kelgusi kuzatishlarimizda to’xtalamiz.
Xulosa

Tilshunoslikning asosiy vazifasi til haqidagi bilimlardan kelib chiqqan holda til birliklarini ularning o’zoro sintagmatik, paradigmatik, shakl-mazmun va boshqa munosabatlarida ( kelib chqishi, davriga, hududga tegishliligidan) bo’ladigan o’zgarishlarni hisobga olib aniq belgilashdan va ularning nutqda qo’llanilish imkoniyatlarini ochib berishdan iborat bo’lmog’i darkor.


Uslubiyatning asosiy vazifasi til birliklari imkoniyatlarining nutqda namoyon bo’lish qonuniyatlarining, davrga, nutq ko’rinishlariga nisbatan me’yoriyligini belgilab berishdan iboratdir. Tilshunoslikka va stilistikaga oid tadqiqodlarning hammasi ana shu vazifalarni bajarishga yo’naltirilgan bo’lishi shart. Bu narsa tilshunoslikning ham, stilistikaning ham boshqa sohalar bilan munosabatidan kelib chiqadigan boshqa vazifalarni, albatta inkor etmaydi.
Ko’p yozuvchilarni bilish, bitilgan matnlarni o’qiy olish, ko’p yozuvlarda yoza bilish, ko’p tilni bilish, bu tillarda gaplasha olish insonlarning eng yaxshi fazilatlaridan biridir. Insonlarning komillik darajasi,avvalo uning nutqida o’z ifodasini topadi.
Tilini qadrlamagan odam o’zini ham, xalqini ham, vaqtini ham qadrlamaydi. Shu nuqtai nazardan biz har bir matnga oqilona yondashib tahlil tartibiga e’tibor bermog’imiz lozim. Matn faqat yozma ko’rinishga xos, nutqning esa og’zaki va yozma ko’rinishlari mavjud . Biz mavzumizdagi badiiy tasvir vositalaridan o’xshatishga har bir matnda yoki og’zaki nutqimizdan misollar keltirishimiz mumkin.
Lekin uning leksik vositalar ishtirokidagi misollari grammatik ko’chimlardagi misollardan jozibadorligi bilan farqlanadi. O’xshatishlar ko’proq nazmiy matnlarda uchraydi. Lekin biz bugun nasriy asarlardan misollar to’pladik va ko’zlangan maqsadga erishdik.
Tasviriy vositalar orasida o’quvchining tafakkurini kengaytirishga xizmat qiladigan adabiy san’atlardan biri o’xshatishdir. O’xshatish o’tmish adabiyoti va adabiyotshunosligida tashbeh deb yuritilgan. Mumtoz she’riyatimizdagi badiiy san’atlarning taniqli tadqiqodchilaridan biri A.Husayniy tashbehning yetti xil shakl ko’rinishlari mavjudligini ko’rsatib o’tadi. Hozirgi zamon adabiyotshunosligi va tilshunosligiga oid darslik qo’llanmalarda ham tashbeh ox’shatishning shakllari to’g’risida batafsil fikrlar bayon etilgan.
Biz O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida o’xshatish san’ati qo’llanilishi haqida mulohaza yuritar ekanmiz, tasviriy vositaning shakl ko’rinishlarini qo’llanilishini emas, balki yozuvchining o’xshatishni qanday ifodalagani va uning o’quvchiga qanday yetib borishi tushuniladi. Bunda biz bitiruv ishidan maqsadimiz tilshunoslikning uslubiyat sohasida erishilgan samarali yutuqlari ,uslubshunoslikda ko’chimlar va ularni badiiy nutqda tutgan o’rni, badiiy tasvir vositalaridan o’xshatishni O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanidan olingan misollar orqali tahlil qilishga harakat qildik.
Bunda O’tkir Hoshimovning til xususiyatlarini o’rganish bilan birga uning badiiy matnda qo’llangan tasviriy vositalaridan mohirona foydalanganligini isbotini ko’rdik. Ayniqsa, o’xshatishga ko’pgina misollar uchratdik va uni kuzatishlar natijasida quyidagi xulosaga keldik:

Download 68,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish