Malakaviy bitiruv ishi



Download 68,79 Kb.
bet2/8
Sana13.07.2022
Hajmi68,79 Kb.
#791026
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
o\'xshatish

Bitiruv ishining maqsad va vazifalari. Malakaviy bitiruv ishining bosh maqsadi o’rganish obyekti qilib olingan o’zbek tilining badiiy tasvir vositalarini to’liq o’rganib chiqish va ulardan o’xshatishga to’xtalib, badiiy asarlardan misollar to’plab kortatika qilish va tahlil talqinini berish.
Badiiy asar tilida tasviriy vosita juda qadimiy va keng qo’llanuvchi lingvistik xususiyatdir. Unda tilning rang-barang uslubiy imkoniyatlari o’z ifodasini topadi. Davrlar o’tishi bilan ijtimoiy-siyosiy hayotda yangilanish bo’lgani sari badiiy tilda ham yangicha jilolar paydo bo’ladi, tasviriy vositalar yangicha mazmun kasb etadi, tilning o’ziga xos uslubiy buyoqlarini namoyon etadi. Shu sababli ham sintaktik figuralar va troplarning yozuchilarning tili va uslubi doirasida o’rganish filologiya, xususan tilshunoslik fani oldida hamisha dolzarb va muhim masalalardan biri bo’lib qoladi. Shuning uchun ham tilshunoslikda badiiy tasvir vositalarini o’rganishga katta e’tibor bilan qaralmoqda.





2 Ўринбоев Б.Умумий тилшунослик.- Самарқанд, 2008, 3-5- бетлар.
O’zbek adabiy tilining keyingi taraqqiyoti uning vazifaviy doirasining kengayib borishi bilan xarakterlanadi. O’zbek tilshunosligida vazifaviy uslublarni o’rganish, tilning uslubiy tomonlarini belgilash bo’yicha bir
qancha tadqiqotlar qilingan.
Mavzuni o’rganilish darajasi. Uslubiyat-tilshunoslikning qiziqarli va hali ko’p qirralari ochilmagan sohalaridan biridir. O’zbek tilshunosligida badiiy adabiyot tili muammolari bilan shug’ullanishning jiddiy tus olishi,badiiy tasvir vositalarining adabiy asarda namoyon bo’lish xususiyatini tobora oydin tasavvur qilishga ko’maklashmoqda. O’zbek tilshunosligida ham bu sohada anchagina ishlar qilingan.Ulug’ ustozlarimizdan Qo’ng’urov R., O’rinboyev B., Begmatov E., Rustamov A., Sodiqova M., Yo’ldoshev B., Karimov S.lar bu sohada doktorlik dissertatsiyalarini, Shoabdurahmonov Sh., Shukurov L., To’ychiyev M., Jo’rayev T., Suvonova R., O’rinboyeva D., Pardayev A. kabilar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar. Uslubiyat tilning murakab tomonlarini o’rgatadi, shuning uchun ham u fonetika, leksikologiya, grammatika bilan chambarchas bog’liq.
Uslubiyatning vazifasini prof. Yefimov I. o’zining “Стилистика русского языка” asarida shunday ko’rsatadi: “Stilistikaning bosh vazifasi tasviriy vositalarning badiiy va boshqa asarlarning stilida qanday funksiyani bajarishni o’rganishdir. Stilistik funksiya deganda esa, so’zlar, iboralarning tasvirlaydigan roli, ijtimoiy sharoitga bo’g’liq bo’lgan ishlatish maqsadini anglatishni tushunmoq lozim.3
Uslubiyat-nutqning eng yaxshi va muvofiq vositasini tavsiya etadi, me’yor qilib belgilaydi. Nutqning turli uslubiy qatlamlarida qo’llanadigan vositalarini belgilab beradi. Shunga ko’ra uslubiyat so’z san’ati ifoda vositalari haqidagi alohida bir fandir.



3 Ушбу ҳавола Қўнғуров Р.нинг Ўзбек тили стилистикаси (Тошкент: Ўқитувчи , 1982.- 167 бет) kитобидан олинди.
Ana shu fan haqidagi tushunchalarimizni boyib borishida tilshunos olimlarimiz va yozuvchilarimizning xizmatlari beqiyosdir. Ularning katta mehnati tufayli o’zbek tilining ko’pgina sohalarida qat’iy me’yorlar belgilandi, til birliklarining aloqa jarayonidagi lisoniy na’munalari tavsiya etildi. Til taraqqiyotidagi ko’pgina masalalar ilmiy-nazariy asosga qo’yildi. Masalan: Dastlab o’zbek tilida tasviriy vositalar, ko’chimlar bo’yicha hal qilinadigan masalalariga kam e’tibor berilar edi. Keyinchalik bu sohalardan biriga aylanib bordi. Bu soha bo’yicha tilshunoslik va adabiyotshunoslikda qator asarlar yaratildi.
Badiiy asar tiliga bag’ishlangan va uslubiyat nuqtai nazaridan bajarilgan ilmiy ishlar ichida tasviriy vositalar, ma’no ko’chishning turli yo’llari tadqiq etilgan tadqiqotlar bizning e’tiborimizni tortadi. Ayniqsa uslubiy tomonlarini belgilash bo’yicha bir necha tadqiqotlar olib borildi. Buning natijasi o’laroq ilmiy asarlar va ilmiy maqolalar maydonga keldi. Shular asosida o’zbek tili uslubiyati mustaqil fan sifatida shakllana bordi.
O’zbek tili uslubiyati o’zbek tilshunosligining kam ishlangan sohalaridan biri desak xato qilmaymiz.
Tilning ifoda tasviriy vositalari ham uslubiyatning eng muhim o’rganish lozim bo’lgan soholaridan biri hisoblanadi.
Uslubiyat tilshunoslikning qiziqarli sohalaridan biri bo’lib, u olimlar diqqatini o’ziga jalb qilmoqda.
Rus tilshunosligida akademik Vinogradov V., professorlar Yefimov A, Gvozdev A., Rozental D., Golperin R., Budokov R. kabi tilshunoslarning uslubiyatga doir qator monografiyalari, maqolalari metafora, metanimiya va sinekdoha kabi tasviriy vositalar va o’xshatishlar ham ijodkor asari tilidagi o’ziga xos xususiyatlarini ochib berish ham mas’uliyatli, ham qiziqarlidir.
Men ushbu bitiruv ishimning rahbari dots. Suvonova R. bilan hamkorlikda o’zbek tilshunosligi kafedrasining tavsiyasiga binoan “O’tkir Hoshimovning Tushda kechgan umrlar romanida o’xshatishning qo’llanilishi”
mavzusida ish olib bordim. Yozuvchi mahorati bilan bog’liq tomonlarini izlanishlar natijasida yoritib berdim. Romandan o’xshatishga rang-barang va mazmunli misollar yig’dim. O’tkir Hoshimov mening sevimli yozuvchilarimdan biridir.
O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida asosan Afg’oniston urushi voqealari tasvirlangan. Adib bu adolatsiz urushning butun fojeasini, g’ayriinsoniyligini tasvirlaydi. Mina portlaganda qo’li bir tomonga, boshi bir tomonga uchib ketgan yigitning jon taslim qilishi, yurtini sog’ingan askarning faqat o’limni tush ko’rishi, vayron bo’lgan afg’on qishloqlarining manzaralari kishi qalbini larzaga soladi.
Ayniqsa, begunoh afg’on ayolini otib qo’yganda qanchalar gunohga botganini anglaydi. Iztirob, alam otashida yonadi.
Otasini tuhmatlardan qutqarishga, sevgilisini baxtli qilishga ojiz Rustam o’z joniga qasd qilishdan boshqa iloj topolmaydi.
Yozuvchi fojealarning ildizlari chuqur, hamma gap mustabid tuzumning mohiyatida ekanini ochib tashlaydi. Romandagi komissar obrozi orqali so’ngi ellik yil ichida yuz bergan zolimliklar nomoyon bo’ladi. Kollektivlashtirish yillardagi qatog’onlar, afg’on urushi va nihoyat “O’zbek ishi” degan jirkanch tuhmat, biz sig’ingan tuzum adolatsizlik va zulum poydevori ustiga qurilgani va nurab, yer bilan yakson bo’lish arafasida oxirgi nafasini olayotgani juda ishonarli tasvirlanganiga iqror bo’lamiz.
Bu asar voqealarida qo’llangan badiiy tasvir vositalari juda ixcham va origenal berilgan asardan o’xshatishlarga ko’plab misollar to’pladim va ularni tahlil tartibini berdim.
Shu bois tilshunoslikning muhim sohasi bo’lgan uslubiyatda O’tkir Hoshimov romanlar tiliga murojaat etilmoqda.
Tasviriy vositalarning bir turi hisoblangan o’xshatishni kuzatish, uning uslubiy xususiyatlarini tadqiq etishda o’zbek tilshunosligi fanidan yaratilgan mavjud ilmiy manbalarga tayanishga harakat qildik. Ilmiy ishlarga fikr
bildirish ham mashaqqatli ish. Bizning maqsadimiz yozuvchi O’tkir Hoshimovning romonidan o’xshatishlarga rang-barang misollar topish, ularning tahlili va ma’no turlariga ajratib o’rganishdir. O’xshatishni tasviriylik bilan bo’lib tahlil qilib berish bizning maqsadimizdir. Bitiruv ishi kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iboratdir.
O’zbekiston mustaqillikning 20 yillik davonidan misilsiz muvoffaqiyat bilan o’tmoqda.Bu muvoffaqiyat ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida o’z kurtagini tugdi va qiyg’os ochildi.Jumladan tilimizda ham sezilarli darajada katta o’zgarishlar yuz berdi.
Men ham ushbu bitiruv ishimni mustaqillikning 20 yillik to’yiga tuhfa sifatida tayyorladim.Uslubiyatda badiiy tasvir vositalarining o’rganilishida o’xshatishga doir misollar kelgusida talabalar uchun xizmat qiladi va ularni yangi izlanishlarga chorlaydi.
Bu muvoffaqiyatlarning zarvorli salmog’i hech bir istesnosiz, hayotimizning barcha sohalarida-iqtisodiyotda ham, ijtimoiyotda ham, ma’rifat-u ma’naviyatda ham torozi pallasini ro’yirost bosib turibdi. Ana shunday muvoffaqiyatlarning eng muhtashamlaridan biri, shubhasiz, xalqimizning aqliy va ruhiy dunyosining oynasi, dunyolarga bermaydigan bebaho boyligi bo’lgan, ammo asrlar davomida qizil va yana qancha ranglardagi istebdod iskanjasida to’lg’onsa –da, badiiyatning betakror bo’stonini bunyod etmoqqa tuganmas kuch topgan tilimiz-o’zbek tili o’zining erkin taraqqiyot o’zaniga tushub olib, bu oydin yo’ldan hadiksiz va hormay odimlamoqda. Tilimiz qorong’i kechadan kuduzga ko’chdi.
Istiqlol tufayli uning jasur me’mori bo’lmish Yurtboshimiz tashabbusi bilan o’zbek tili o’z nufuzi va obro’yini tikladi.
Bugun O’zbekistonda Yurtboshimiz rahnamoligida benihoya xolis va odil til siyosati shakllangan, bu siyosatni hayotga joriy qilish borasida ishlab chiqilgan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz I.Karimov O’zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’liga bag’ishlangan ma’ruzasida shunday degan edi: “Shuni ta’kidlash lozimki, mustaqillikka erishish davri haqida, eski tuzum inqirozga duchor bo’lib, sobiq ittifoq porokandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda keskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, o’zligimizni anglash va toptalgan milliy g’ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borgani, Vatanimiz mustaqilligini qo’lga kiritish qanday sharoitda kechgani haqida yaxlit, yagona va xolis ko’z bilan qarab baho beradigan jiddiy tahlil va tadqiqot hozirgacha amalda yo’qligini afsus bilan aytishga to’g’ri keladi”4

Download 68,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish