MALAKAVIY AMALLIYOT HISOBOTI
Amaliyot ob`ekti – AT Aloqabank Andijon XKXKM
Kirish:
Amaliyot ob`ektining shakllanish tarixi va umumiy ma`lumot
Amaliyot ob`ektining boshqaruv strukturasi.
Amaliyot ob`ektining ichki va tashqi aloqalari.
Amaliyot ob`ektining iqtisodiy ko`rsatkich taxlili.
Amaliyot ob`ektining iqtisodiy faoliyatini yaxshilashning amaliy yo`llari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
Kirish
Respublikamizda olib borilayotgan barcha sohalardagi islohatlarni yanada chuqurlashtirish jarayoni kadrlarni tayyorlash tizimida ham tub o`zgarishlar qilinishini taqozo qilmoqda. Chunki, o`z yo`nalishi bo`yicha zarur bilim malakalarni chuqur egallab, bir so`z bilan aytganda, vatan taraqqiyoti yo`lida kuyib yonadigan kadrlar ushbu islohotlarni yanada jonlantirib, yurtimiz rivoji va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishi uchun o`z xissasini qo`sha oladi. Zamon talablariga javob beradigan bilimdon va yuqori malakali mutaxasislarni tayyorlash oliy maktabning dolzarb vazifasidir.
Shu munosabat bilan oliy talabalarini tanishuv, ishlab chiqarish, malakaviy va bitiruv oldi amaliyotlariga jalb qilinmoqda. Bundan maqsad talabalar o`z yo`nalishlari bo`yicha amaliyot davrida mutaxasisliklari bo`yicha bir qancha tajriba va ko`nikmalarga ega bo`lishadi. Shu sababli biz xam institutimiz tomonidan malakaviy amaliyotga yo`naltirildik. Biz “Menejment” yo`nalishi I-boshqich talabalari xam amaliyotni yaxshi tajribalar orttirish uchun 5 hafta mobaynida amaliyotda bo`ldik. Men “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti “Menejment” yo`nalishi 1-bosqich 10/20-gurux talabasi Muhammadamin Alibekov Ulug`bek o`g`li, nazariy bilimlarimni amalda qo`llash maqsadida 2021 yil 7-iyundan 2021 yil 10 iyulga qadar AT “Aloqabank” Andijon XKXKM (keying o`rinlarda bank deb yuritiladi)da amaliyot o`tadim. Bu vaqt mobaynida men bankning har bir bo`limida ularning ishlarini o`rgandim. O`rganganlarimni tahlil qilib hisobot ko`rinishida havola etaman. Hisobotni quyidagi rejalar asosida batafsil yoritib ketiladi.
“Obyektning shakllanish tarixi” bunda amaliyot joyimni qanday tashkil topgani haqida qisqacha ma`lumotlar bilan to`ldirilgan.
Har bir korxonani boshqaruvsiz tasavvur qilib bo`lmagani uchun har bir tashkilot, korxona, muassasa, va banklarda ham bu narsa albatta border. Bularni “Obyekt boshqaruv strukturasi” da batafsil yoritib o`tdim.
“Obyekt ichki va tashqi aloqalari” amaliyot obyektining qanchalik iqtisodiy aloqalari yaxshiligini shunda aks ettiriladi.
Eng amaliyotning asosini tashkil etuvchi bu iqtisodiy taxlili xisoblanadi. Amaliyot obyektining iqtisodiy faoliyatini “oxirgi 3 yil malumotlari asosida obyektning iqtisodiy faoliyatiga umumiy baho berish” da yoritib boriladi.
Amaliyot obyektining iqtisodiy faoliyatini yaxshilashning amaliy yo`llari. Bilamiz har bir korxona yoki tashkilotning kelajakda rivojlanishi uchun strategiyasi bo`ladi. Shu sababli ham bu strategiyaga o`z xisammni qo`shish maqsadida bir qancha bankning faoliyatini yaxshilash uchun takliflar berib o`tdim.
Shu o`rinda albatta hisobotga xulosa berib o`tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |