BANK FAOLIYATINING MAQSAD VA TURLARI.
Bank faoliyatining asosiy maqsadlari quyidagilar:
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida investitsion va tijorat faoliyatining osishiga ko`maklashish;
Xususiy ishbilarmonlik shakllanishi va rivojlanishini qo`llab-quvvatlash;
Xususiy jalb qilingan mablag`lardan foydalanib daromad olish.
Ko`rsatilgan maqsadlarga erishish uchun bank quyidagi asosiy faoliyat turlarini amalga oshiradi:
Naqd pul mablag`larining bankdan tashqari aylanmasini kamaytirish, mijozning birinchi talabiga ko`ra uni naqd pul mablag`lari bilan uzluksiz ta’minlash, bank chakana xizmatlari xajmini ko`paytirish
Bank sohasida maslaxat xizmatlari ko`rsatish;
To`lovlarni amalga oshirish;
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziya asosida barcha bank xizmatlarini ko`rsatish;
Bank bevosita ishlab chiqarish, savdo va sug`urta faoliyati bilan shug`ullanish huquqiga ega emas, O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko`zda tutilgan hollar bundan mustasno.
Bank o’z biznesini quyidagi tamoyillarga tayangan holda amalga oshiradi:
Kasbiy mahorat. AT «Aloqabank» bilan ish olib borayotgan har qanday mijoz sifatli xizmat ko’rsatilishi hamda mahsulotlardan foydalanishda eng maqbul qaror va maslahatlar taqdim etilishiga amin bo’lishi mumkin.
Ishonchlilik. AT «Aloqabank» biznes sohasida yaxshi nom orttirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yib, mijozlar, hamkorlar va davlat organlari bilan halollik, o’zaro ishonch, ochiq siyosat va hamjihatlikka asoslangan o’zaro munosabatlarda ish etikasining yuksak me’yorlariga rioya qiladi.
Ochiqlik. AT «Aloqabank» faoliyati mijozlar, xodimlar, jamoatchilik va davlat bilan bo’ladigan ochiq va samimiy munosabatlarga asoslangan.
Qonuniylik. AT «Aloqabank» o’z faoliyatini qonuniy asoslarga tayanib olib borishi bilan birga, noo’rin tavakkalchilik va shubhali (g’ayriqonuniy) bitimlar tuzilishiga yo’l qo’ymaydi.
Innovatsion g’oyalarni qo’llash. AT «Aloqabank» doimo har bir mijozga jahon miqyosidagi bank ishi va innovatsion g’oyalarning eng zamonaviy yutuqlariga asoslangan bank mahsulotlari va xizmatlarining majmuasini taqdim qilishga intiladi.
Xalqaro hamkorlik. AT «Aloqabank» mamlakatimiz korxonalariga chet el investorlarini jalb qilish va xorijiy hamkorlarga O’zbekistonda o’zlarining biznes faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun zamonaviy g’oyalarni taklif etadi.
Samaradorlik. Har bir operatsiyani amalga oshirishda AT «Aloqabank» qisqa vaqt ichida mehnat va moliyaviy resurslardan eng maqbul ravishda foydalangan holda eng yuqori natijalarga erishishni ko’zda tutadi.
Shaffoflik. Bank doimo faoliyatida sodir bo’layotgan muhim voqealar to’g’risida ishonchli ma’lumotlarni taqdim etadi, chunki axborotlarning shaffofligi – mijozlar va hamkorlarning bankka bo’lgan yuqori darajadagi ishonchi uchun asos va poydevordir.
O’zaro ishonch. Bank o’z mijozlarini biznesni rivojlantirishning asosi deb hisoblagan holda ularning bankka bo’lgan ishonchini qadrlaydi hamda munosabatlarni o’zaro manfaatli sharoitlarda mustahkamlaydi.
Professionallik. Professionallar jamoasini shakllantirgan holda bank o’z hodimlarining malakasini muntazam oshirish uchun zaruriy sharoitlarni yaratadi,ularning ijtimoiy himoyasi hamda motivatsiyasi haqida qayg’uradi.
Novatorlik. Bank mijozlarining talablariga to’liq javob berish uchun o’tgan davr tajribasi va bugungi kunning innovatsion echimlarini birlashtiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |