2.2. Bankda mijozlarga xizmat korsatish sifatini oshirish
Hujjatlar aylanishi operatsiyalarning qonuniyligi, hujjatlarning haqiqiyligi va togri rasmiylashtirilganligini hamda ularning hisobda togri aks ettirilishini tekshirish bilan bogliq bolgan ishlarni oz ichiga oladi. Hujjatlarning rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab ular boyicha operatsiyalar bajarilgunga qadar bolgan vaqt ichidagi tartibli harakatiga bank operatsiyalari boyicha hujjatlar aylanishi deyiladi. Hujjatlar aylanishi bank operatsiyalarining oz vaqtida togri va qonuniy tarzda amalga oshirilishida katta rol oynaydi. Shuning uchun har bir bankda hujjatlarning aylanishi va mijozlarga xizmat korsatish vaqti grafiklarda aks ettiriladi. Bankning har bir ish kunining 5-6 soati bevosita mijozlarga xizmat korsatishga ajratiladi. Kunning qolgan qismida esa avvalgi kun hisob materiallari tekshiriladi, shu kunning operatsiyalariga yakun yasaladi va ertangi kun operatsiyalariga tayyorgarlik koriladi. Shu kun kelib tushgan hujjatlar shu kunning ozida, kechki payt kelib tushgan hujjatlar esa ertasi kun otkaziladi, chunki hujjatlar kechki pochta orqali kelishi mumkin. Hujjatlar aylanishi aks etgan grafiklarda bank operatsiyalarini bajaruvchi bank xodimlarining bir-biriga hujjatlarni uzatish, banklararo aylanmalar guruhi, kassaga yoki bankning hisoblash markazlariga, yani komputer bolimiga uzatish vaqtlari belgilanadi. Banklarda ish kuni va hujjatlar aylanishini tashkil etish boyicha Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan asosiy talablar ishlab chiqilgan bolib, ular Ozbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan yoriqnomada oz ifodasini topgan. Yoriqnomada korsatilgan talabnomalar quyidagilardir:
Operatsiya kuni davomida, yani ish kunining birinchi yarmida bankka kelib tushgan barcha hisob-kitob, pul hujjatlari shu kunning ozida qabul qilinishi, rasmiylashtirilishi va buxgalteriya hisobi varaqlarida qayd etilishi kerak. Operatsiya kuni tugagandan keyin bankka kelib tushgan barcha hujjatlar qoida tariqasida kelasi ish kunida mijozlarning hisobvaraqlariga kiritiladi.
Shaxsiy komputerlar yordamida fayllarga ishlov berish tartibi va ularni hisob-Markaziga jonatish vaqti Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasi banklari ortasida elektron tolovlar tizimi boyicha hisob-kitoblar yuritish togrisidagi Nizom hamda unga kiritilgan qoshimcha va ozgartishlar asosida amalga oshirilishi lozim.
Operatsiyalarning sifatli otkazilishini tartibga solib turish uchun har bir bank bolimida doimiy ravishda bankka katta miqdorda hisob-kitob va pul hujjatlarini taqdim etuvchi asosiy mijozlardan hujjatlar qabul qilish qatiy grafiklarini tuzish lozim.
Operatsiya kuni davomida mijozlardan barcha hujjatlarni bevosita buxgalteriya xodimlarining ozlari qabul qilib oladilar. Operatsiya kuni tugagandan song, yani kunning ikkinchi yarmida hujjatlar bankka maxsus qutilar orqali topshiriladi. Ulardagi hujjatlar har soatda olib turilishi kerak.
Barcha hisob-kitob va pul hujjatlaridan otkazilishi lozim bolgan summalar, jumladan, budjetga ajratmalar, ish haqi va shunga tenglashtirilgan naqd pul tolovlari mijozning Talab qilib olinadigan depozit boyicha hisobvaragida yetarli pul mablaglari bolgan taqdirda, yani shu hisobvaraqdagi mablaglar chegarasida tolanadi.
Quyida banklarda buxgalteriya xodimlarining ish kuni rejimi togrisidagi namunaviy korsatmalarni keltiramiz:
Masul ijrochilarning ish kuni ertalab 8.00 dan 17.00 gacha davom etadi.
Soat 8.00 dan 9.00 gacha mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni tekshirish, analitik va sintetik hisob materiallarini bir -biri bilan solishtirish, kerakli hujjatlar bilan shaxsiy hisobvaraqlarni mijozlar boyicha hisob varaqlar kartotekasiga joylashtirish bilan shugulanadi.
Pul sanash kassasidan tushumni yigishga doir hujjatlar operatsion bolim buxgalteriya xodimi qoliga ish kuni boshlanish vaqtida kelib tushishi lozim. Operatsiya kuni davomida inkassatsiya qilingan tushum hujjatlari tushum sanab bolingandan keyin, lekin 13.00 dan kechikmay kassadan olinadi. Kassa daftarlarini kassa malumotlari bilan solishtirish 15.00 gacha tugallanishi lozim.
Ish kunining ikkinchi yarmida mijozlardan qabul qilingan hisob-kitob, pul hujjatlari tolov muddatlari arafasida qaydlov uchun rasmiylashtiriladi.
Mijozlardan hujjatlar butun ish kuni davomida qabul qilinadi.
Operatsion kun oxirigacha bankka kelib tushgan hujjatlar joriy kun balansi boyicha otkaziladi.
Operatsion kun tugagandan song yoki kun oxirida topshirilgan hujjatlar bankning keyingi ish kuni balansi boyicha otkaziladi.
Ish kuni yakunlanishiga kamida ikki soat qolganda inkassoga qabul qilingan boshqa shaharlar bilan hisob-kitoblar boyicha tolov talabnomalari tolovchilarga xizmat korsatuvchi banklarga osha kunning ozidayoq jonatiladi.
Mazkur bank mijozlarining hisobvaraqlari boyicha summalarini kiritish va olishi uchun hujjatlar bir operatsiya xodimlaridan boshqalarga berilishi kechiktirilmasligi, ular kelib tushgani va hujjatlarga ishlov berilgani sayin topshirib turilishi lozim.
Joriy kun operatsiyalari boyicha hujjatlar hisob-kitob markaziga ular bilan kelishilgan maxsus grafik boyicha berilishi kerak.
Ekspeditsiya bolimiga hujjatlar ish kuni oxiriga kamida 1-1,5 soat qolganda qabul qilish toxtatiladi. Endi bank operatsiyalari boyicha hujjatlar aylanishiga toxtalib otamiz. Bankning har bir operatsiyasi boyicha hujjatlar aylanishining oz xususiyatlari bor (naqd pulsiz, kassa, kreditlash). Kassa operatsiyalari boyicha hujjatlar aylanishiga ayniqsa alohida ahamiyat beriladi. Shuning uchun kassa operatsiyalari boyicha hujjatlar aylanishini korib chiqamiz.
Endi bank kassa operatsiyalari boyicha hujjatlar aylanishiga toxtalib otamiz.
Mijoz nazoratchiga pul topshirganlik haqidagi elonni topshiradi.
Nazoratchi hujjatni tekshiruvdan otkazib, kassa kirim jurnalida undagi yozuvlarini aks ettirgandan song elonni kirim jurnali bilan birga kassaga uzatadi.
Mijoz kassaga naqd pul topshiradi.
Kassir pulni sanab, elon va kirim jurnalidagi summa bilan solishtiradi, hujjatlarni rasmiylashtirib, kvitantsiyani mijozga qaytaradi.
Order va kirim jurnali nazoratchiga qaytariladi.
Nazoratchi kun oxirida kassa kirim jurnali malumotlarini kassa kitoblari bilan solishtiradi.
Solishtirishdan song bu malumotlar bank hisob markaziga (komputer bolimiga) yuboriladi.
Orderdagi malumot shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi va masul ijrochiga beriladi.
Masul ijrochi shaxsiy hisob varaqdan kochirma bilan orderni birgalikda mijozga berishga tayyorlaydi.
Qolgan operatsiyalar boyicha hujjatlar aylanishi alohida xususiyatlarga Bankda mijozlarga xizmat korsatish sifatini oshirish
Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi orinbosari A.Haydarov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida ishonchli va mustaqil milliy bank-moliya tizimini yaratish, aholining bank muassasalariga bolgan ishonchini mustahkamlash va ularning moliyaviy savodxonligini oshirishga yonaltirilgan izchil islohotlar amalga oshirilayotganini takidladi. Davlatimiz rahbarining 2010-yil 26-noyabrda qabul qilingan 2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting korsatkichlariga erishishning ustuvor yonalishlari togrisidagi qarori bu borada muhim dasturilamal bolib xizmat qilmoqda.
Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki Germaniyaning xalqaro hamkorlik boyicha jamgarma kassalari fondi komagida mamlakatimiz bank sohasini isloh qilish jarayonida faol ishtirok etmoqda. Masalan, ushbu hamkorlik doirasida Ozbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini yanada oshirish loyihasi amalga oshirildi. Ushbu loyihadan kozlangan maqsad aholi, kichik va orta biznes vakillari orasida moliyaviy xizmatlarga bolgan talabni kuchaytirishdir. Markaziy bankning 10 nafar xodimiga Bank maslahatchilarini tayyorlash boyicha trener sertifikati topshirildi.
Tadbirda bank muassasalari Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun tamoyiliga amal qilayotgani qayd etildi. Aholining turli qatlami manfaatlari inobatga olinib, qator moliyaviy xizmatlar taklif qilinmoqda. Ayni paytda mijozlar bilan bevosita muloqot qiladigan bank maslahatchilari korsatilayotgan bank xizmatlari samaradorligini taminlashda muhim orin tutib, mijozlar bilan barqaror va foydali munosabatlar ornatishga yordam bermoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 1000 kishiga 1028 bank hisobraqami togri kelayotgani ushbu yonalishda olib borilayotgan ishlarning yaqqol samarasidir.
Axborot texnologiyalari sohasi ham etibordan chetda qolayotgani yoq. Bugungi kunda mamlakatimiz banklari bank-mijoz, internet-banking va SMS-banking kabi masofadan xizmat korsatish turlarini taklif qilmoqda. Mijoz telefon yoki internetga ulangan komputer yordamida xohlagan paytda tolovlarni amalga oshirishi, ushbu jarayonni kuzatishi, hisobga pul kelib tushgani yoki mablag sarflanganiga oid malumotlarni tezkor olishi mumkin. Tadbirda korsatilayotgan interaktiv xizmatlarni takomillashtirish boyicha takliflar bildirildi. Interaktiv xizmatlar tijorat banklari sohasida byurokratik tosiqlarni bartaraf qilishga yordam bermoqda.
Germaniyaning xalqaro hamkorlik boyicha jamgarma kassalari fondi vakillari mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar banklarning kapitallashuvi va likvidligiga ijobiy tasir korsatib, bank sohasini yanada rivojlantirishning mustahkam asosini yaratayotganini takidladi.
– 2008-yildan buyon Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlik qilib kelmoqdamiz, deydi Germaniyaning xalqaro hamkorlik boyicha jamgarma kassalari fondi departamenti direktori Mattias Fos. Ozbekiston banklari xalqaro standartlarga mos ravishda jadal rivojlanmoqda. Bugungi kunda dunyoda, jumladan, Ozbekistonda ham bank va mijoz ortasidagi aloqalar yangi bosqichga kotarilmoqda. 250 nafardan ziyod bankir talabni shakllantirish va mijozga sifatli xizmat korsatish boyicha malaka oshirdi.
2.3 Ipak Yoli AITB UMAR MINTAQAVIY filiali Xodimlar bilan ishlash bo`limi bilan tanishish
Samarqand shahri Ipak Yoli AITB filialida Kadrlar xizmati mehnat jamoalarining turli jamoat tashkilotlarining huquq va kafolatlari, ularning korxona va tashkilotlarda xodimlar siyosatini amalga oshirishda mamuriyat bilan hamkorlikni davom ettirgan hozirgi sharoitda xodimlar bilan ishlash, sifatli mutaxassislarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish boglab olib borishni nazarda tutadi. Bu esa yosh avlodni mehnatga tayyorlash va qayta oqitish hamda kasbga yonaltirishdan boshlanib malakali xodimlar, mutaxassislarni hamda rahbarlarni tayyorlashda yordam beradi. Korxonalarda xodimlar xizmatining bevosita tashkilotchilari mamuriyat va jamoat tashkilotlaridir. Xodimlar xizmati faqatgina hujjatlarni rasmiylashtirish, xodimlarni ishga olish va ishdan boshatishni hal etishdan iborat bolmasdan, balki xodimlar qobiliyatini aniqlash, ishchanlik va kasbiyligiga lavozim boyicha mutaxassisligini tashkil etishni ham oz ichiga oladi. Xodimlar xizmati asosan ikkita tushuncha bolib, birinchisi, mehnat jamoasining kadrlar bolimi, ikkinchisi, kadrlar bolimini boshqaruvchi shaxs vazifalari tushuniladi.
Ichki mеhnat tartibi qoidalari (kеyingi matnda – qoidalar) korxonaning asosiy lokal hujjatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu qoidalar korxonada qonun hujjatlari va lokal hujjatlari bilan nazarda tutilgan qoidalarning amalga oshirilishi tartibini bеlgilaydi.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Mеhnat kodеksining 174-moddasiga muvofiq ichki mеhnat tartibi qoidalari ish bеruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik orga - ni bilan kеlishgan holda tasdiqlanadi. Qoidalarni tasdiqlashda bеlgilangan tartib buzilgan hollarda (qoidalarni faqat ish bеruvchi tasdiqlagan bo‘lsa; qoidalar vakillik organi bilan emas, balki uning raisi bilan kеlishilgan bo‘lsa va boshqalar), u yuridik kuchga ega emas dеb hisoblanadi. Qoidalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tasdiqlangan paytdan yoki ish bеruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kеlishib bеlgilagan sanadan boshlab qo‘llanila boshlaydi. Qoidalarda odatda ularning amal qilish muddati qayd etilmaydi. Qoidalarga tuzatish kiritish yoki yangisini qabul qilish zaruriyati paydo bo‘lgan hollarda, ular O‘zbеkiston Rеspublikasi Mеhnat kodеksining 174-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Qoidalarda ishga kirmoqchi bo‘lgan shaxs qaysi mansabdor shaxs tomonidan qabul qilinishi, ularning murojaatlari (agar yozma bo‘lsa) qayerda ro‘yxatga olinishi, xodim bajarishi lozim bo‘lgan ish va korxonada amal qiluvchi hujjatlar bilan tanishtirish, xavfsizlik tеxnikasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq bеrish, mеhnat shartnomasining nusxasini xodimga bеrish tartiblari, tibbiy ko‘rikdan o‘tish zarurligini xodimga kim tomondan tushuntirilishi, ish bеruvchida qoladigan mеhnat shartnomasi qayerda saqlanishi va boshqalar aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |