Ipak Yoli AITB UMAR MINTAQAVIY filialida bank kassa operatsiyalari faoliyati bilan tanishish.
Banklar ozining faoliyati jarayonida hujjatlar bilan ish olib borildi. Buxgalteriya hisobida otkazilishi kerak bolgan hech bir operatsiya hujjatsiz amalga oshirilishi mumkin emas, chunki hujjatlar mol-mulkning talon-taroj qilinmasdan toliq saqlanishini taminlashda asosiy rol oynaydi. Misol uchun, pul mablaglarini bankka topshirish yoki bankdan olishni toliq toldirilgan va oldindan tekshirilgan maxsus hujjatlar asosida amalga oshirilishi mumkin, otkazib bolingan operatsiyalarning naqadar togriligi yoki qonuniyligi keyinchalik shu hujjatlar asosida tekshiriladi.
Hujjatlardagi operatsiyaning mazmuni, uni hisobga olish uchun kerak bolgan barcha belgilar hujjatlarning rekvizitlari yoki korsatkichlari deyiladi. Hujjatlar va korxonalarda buxgalteriya hisobini olib borish haqidagi Nizomga muvofiq barcha hujjatlar uchun majburiy bolgan rekvizitlar ornatilgan.
Hujjatlarning asosiy rekvizitlari quyidagilar:
Hujjatning toldirish sanasi va uning nomeri.
Mahsulot sotuvchi va mahsulot oluvchi korxonalarning toliq nomi.
Shu korxona va tashkilotlarning bankdagi hisobvaraq nomerlari.
Ularga xizmat korsatuvchi banklarning nomi, ularning kodi.
Operatsiyaning mazmuni.
Tolanadigan summa (raqamlar va yozma ravishda).
Rahbar shaxslarning imzolari va korxonaning muhri.
Har bir hujjat xatosiz, yozuv mashinkalarida bir yola bir necha nusxada toldirilishi yoki kompyuterda terilishi kerak. Kassa operatsiyalari boyicha ishlatiladigan hujjatlar bundan mustasno, bunday hujjatlar qolda, ruchkalar yordamida toldiriladi.
Bankda ishlatiladigan barcha hujjatlarni biz shartli ravishda 2 qismga bolamiz:
Korxonalar tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjatlar.
Banklar tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjatlar.
Hujjatlarning asosiy qismi korxona va tashkilotlar tomonidan rasmiylashtirilib, banklarga topshiriladi. Korxona va tashkilotlar tomonidan toldiriladigan hujjatlarga asosan naqd pulsiz hisob-kitob bilan bogliq bolgan hujjatlar: tolov talabnomasi, tolov topshiriqnomasi, tolov talabnomasining royxati, cheklar royxati, kassa operatsiyalari boyicha esa pul topshirish haqidagi hujjat (elon) pul cheki kabilar kiradi. Har bir hujjatlarga korxona rahbari va buxgalterining imzolari qoyilib, ular muhr bilan tasdiqlangan bolishi lozim.
Hujjatlar sodir etiladigan operatsiyalarning hajmiga kora oddiy va yigma bolishi mumkin. Oddiy hujjatlarda faqat bitta xojalik operatsiyasi aks etadi, yigma hujjatlarda esa bir necha operatsiyalar jamlangan boladi. Oddiy hujjatlarga tolov talabnomasi, tolov topshiriqnomasi, akkreditiv ochish uchun ariza, kirim orderi va pul chekini misol qilish mumkin. Yigma hujjatlarga esa yigma tolov topshiriqnomasi, tolov talabnomasining royxati, cheklar royxati, kassa kirim jurnali, kassaning chiqim jurnalini kiritish mumkin.
Bundan tashqari bajariladigan operatsiyalarning mazmuniga kora bank operatsiyalari boyicha barcha hujjatlarni 3 guruhga bolish mumkin:
Naqd pulsiz hisob-kitoblarda ishlatiladigan hujjatlar;
Naqd pul bilan bogliq bolgan kassa hujjatlari;
Balansdan tashqaridagi hisobvaraqlarlar boyicha hujjatlar.
Malumki, har bir xojalik yurituvchi subyekt oz pul mablaglarini biror bankda ochgan hisobvaraqda saqlaydi va barcha naqd pulli hamda naqd pulsiz operatsiyalari (pul tolash va pul kelib tushishi boyicha) mana shu hisobvaraqlar orqali otkazadi. Pul otkazish mijozning topshirigi yoki mol jonatuvchi korxonaning tolov talabnomasi orqali bank xodimlari tomonidan bajariladi. Bu holda naqd pul ishlatilmaydi. Operatsiyalar hisobvaraqlardan yozuvlar bajarish orqali otkaziladi. Shuning uchun bunday operatsiyalarda ishlatiladigan hujjatlarni naqd pulsiz hisob-kitoblarda ishlatiladigan hujjatlar guruhiga kiritamiz. Bankda balans ichidagi hisobvaraqlar bilan bir qatorda balansdan tashqari hisobvaraqlar ham yuritiladi. Bunday hisobvaraqlarda asosan qimmatbaho hujjatlar hamda bazi bir bank operatsiyalari boyicha hujjatlar hisobga olinadi. Masalan, tolanadigan akkreditivlar, tolov muddatini kutayotgan hisob -kitob hujjatlari, oz vaqtida tolanmagan hujjatlar balans tashqaridan hisobvaraqlar boyicha yuritiladigan hujjatlar jumlasidandir. Bu hisobvaraqlardagi qoldiq bank balansiga tasir etmaydi. Shuning uchun bunday hujjatlar balansdan tashqari hisobvaraqlar boyicha hujjatlarga kiritiladi. Bu guruhlarning har biriga korxona va tashkilotlar tomonidan toldirilgan hujjatlar hamda bank tomonidan toldirilgan hujjatlar kiradi. Bu hujjatlarning har biri haqida bundan keyingi mavzularda toxtalib otamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |